LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-maydagi 318-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiya to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2012-yil 16-oktabrdagi PF-4475-son Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2012-yil 23-oktabrdagi PQ-1836-son qaroriga muvofiq, shuningdek aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining tashkiliy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat qo‘mitasi deb ataladi) maqomini, asosiy vazifalarini, funksiyalarini, huquqlarini va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, radiochastota spektridan foydalanish va O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining tele-radiomahsulotlarini tarqatish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi, shuningdek elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi maxsus vakolatli organ hisoblanadi;
Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organi funksiyasini bajaradi.
3. Davlat qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga va mazkur Nizomga amal qiladi.
4. Davlat qo‘mitasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
5. Davlat qo‘mitasi Xalqaro elektraloqa ittifoqida, Butunjahon pochta ittifoqida hamda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqa xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalovchi vakolatli organ hisoblanadi.
6. Davlat qo‘mitasi “O‘zbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati, “O‘zbektelekom” va “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyalarining ustav fondlaridagi aksiyalar davlat paketlarining ishonchli boshqaruvini amalga oshiradi.
7. Davlat qo‘mitasi yuridik shaxs hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash, axborot texnologiyalarini rivojlantirish, axborotni himoya qilish va undan foydalanishning jahon darajasini hisobga olgan holda zamonaviy axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha kompleks milliy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
axborot resurslari, axborot tizimlari va tarmoqlari, dasturiy mahsulotlar va xizmatlar, ularni ta’minlash va himoya qilish vositalari bozorini jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan umumiy qabul qilingan xalqaro normalar va standartlarga muvofiq aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida qonun hujjatlari va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasining rivojlanishi va samarali ishlashi ustidan, shu jumladan xalqaro va tarmoq standartlari, texnik reglamentlar, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarini axborotlashtirish darajasini baholash mezonlari va indikatorlari tizimini joriy etish mexanizmlari orqali davlat boshqaruvi va nazoratini, shuningdek telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalashni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
telekommunikatsiya infratuzilmasi va ma’lumotlar uzatish, mobil va yo‘ldosh aloqa tarmoqlarini yanada rivojlantirish va modernizatsiyalash, axborot resurslari va axborot tizimlaridan yuqori tezlikda keng polosali foydalana olishni, shu jumladan qishloq joylarda joriy etish, telefon aloqasi, televideniye va radioeshittirish raqamli tizimlariga to‘liq o‘tilishini ta’minlash;
davlat boshqaruvi organlarida, iqtisodiyot sohasi va tarmoqlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va foydalanishni kompleks, tizimli tahlil qilish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
davlat axborot resurslari va ma’lumotlar bazalarini shakllantirish, saqlash va foydalanishning yagona tizimini yaratish, ma’lumotlarni uzatish va almashish idoralararo tarmoqlarining integratsiyalashgan tizimlarini yaratish va boshqarish, elektron hujjat aylanishi tizimini yaratish hisobiga “elektron hukumat” platformasida axborot muhitini yanada rivojlantirishni ta’minlash, davlat axborot resurslarini integratsiyalash, vazirliklar va idoralarning yagona vertikal korporativ tarmoqlarini shakllantirish, tadbirkorlik subyektlari va aholiga interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishning elektron shakllarini joriy etish;
investitsiya siyosatini shakllantirishda ishtirok etish, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasiga investitsiyalar, eng avvalo, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini ta’minlash, shuningdek axborot texnologiyalarini, shu jumladan davlat buyurtmasi doirasida rivojlantirish va qo‘llash bilan bog‘liq investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirish;
Internet tarmog‘i milliy segmentini yanada shakllantirishni ta’minlash, mamlakatning o‘zida ishlab chiqarilgan turli yo‘nalishdagi zamonaviy veb-resurslarni, shu jumladan aholining, ayniqsa yosh avlodning axborot va intellektual ehtiyojlarini qondirish uchun tarmoq resurslarini yaratish;
sifatli, raqobatbardoshli dasturiy mahsulotlarni mamlakatning o‘zida ishlab chiqarishni muvofiqlashtirishni ta’minlash va rivojlantirishga yordam ko‘rsatish, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va axborot resurslarini ishlab chiqarish va joriy etish sohasida mamlakat xizmatlar bozorini yanada shakllantirish;
axborot xavfsizligini ta’minlash, telekommunikatsiyalar tarmoqlari, axborot tizimlari va resurslarini himoya qilishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish, shu jumladan telekommunikatsiyalar tarmoqlarida, teleradioefirda va axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlash, axborot resurslarini himoya qilish bo‘yicha texnik infratuzilmani yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida, shu jumladan dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish, ma’lumotlarning axborot bazalari, axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishning samarali tizimini tashkil qilish;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, Internet tarmog‘i milliy makonini tartibga solish va boshqarish, radiochastota spektridan foydalanishni, kadrlar tayyorlash va innovatsion faoliyat sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron raqamli imzodan foydalanish, chet el ommaviy axborot vositalarining teleradiomahsulotlarini tarqatish sohasini tartibga solish va boshqarish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan ichki nazorat tizimi joriy etilishini tashkil etish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organlari bilan birgalikda pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari uchun ichki nazorat qoidalarini ishlab chiqish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan litsenziya bitimlarining, radiochastota spektridan samarali foydalanishning va telekommunikatsiya tarmoqlari, pochta aloqasi, teleradioeshittirishda, sohaning tegishli tashkilotlari orqali axborot tizimlarida ish yuritishning nazorat qilinishi va bajarilishini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
ommaviy kommunikatsiyalar, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, yo‘ldosh tizimlar, Internetning global tarmog‘i, axborotni, shuningdek bosma mahsulotlarni yetkazib berish va tarqatishning boshqa elektron vositalari sohasida faoliyat yurituvchi yuridik va jismoniy shaxslarning normativ-huquqiy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari, texnik reglamentlar, litsenziya bitimlari shartlariga rioya etishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
9. Davlat qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida strategik ustuvor vazifalarni shakllantiradi va amalga oshiradi, telekommunikatsiya tarmoqlari, ma’lumotlar uzatish, radioaloqa, radioeshittirish, televideniye, pochta aloqasi tarmoqlari, matbuot tarqatish tarmoqlarini rivojlantirish, radiochastota spektridan foydalanish sohasida davlat tomonidan tartibga solish va boshqarishni amalga oshiradi;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat masalalari bo‘yicha, shu jumladan radiochastota spektridan foydalanish, milliy axborot makoni monitoringi hamda Davlat qo‘mitasi faoliyatining boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida foydalaniladigan axborot tizimlari integratsiyasini ta’minlash maqsadida milliy axborot tizimini shakllantirish bo‘yicha yagona texnik siyosatni belgilaydi va amalga oshiradi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot ayirboshlashning elektron shakllariga o‘tish bo‘yicha dasturlar amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;
aholining, ayniqsa yosh avlodning o‘sib borayotgan axborot va intellektual ehtiyojlarini qondirish uchun mamlakatimiz axborot resurslarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qulay shart-sharoitlarni shakllantirish yo‘li bilan Internet tarmog‘ining milliy segmentini yanada rivojlantirish ustuvor vazifalarini belgilaydi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari va aholiga interaktiv davlat xizmatlarini joriy etish bo‘yicha yagona texnologik yechim amalga oshirilishini texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlashni tashkil etadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘rtasida idoralararo o‘zaro hamkorlikning axborot tizimlarini joriy etishni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron raqamli imzo vositalaridan foydalanish va chet el ommaviy axborot vositalarining teleradiomahsulotlarini tarqatish sohasida maxsus vakolatli organ funksiyasini amalga oshiradi;
aloqa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini istiqbolli rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarning davlat dasturlarini, shu jumladan keng polosali foydalanishning zamonaviy vositalari, ma’lumotlar uzatishning raqamli tizimlari, yo‘ldosh va mobil aloqa, tadbirkorlik subyektlari va aholiga davlat interaktiv xizmatlari ko‘rsatishni kengaytirish, mamlakatda sifatli, raqobatbardoshli dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishni tashkil etish, axborot tizimlari va resurslarini joriy etish bo‘yicha bosqichma-bosqichli dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
umumiy texnik reglamentlar va davlat standartlarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda taqdim etadi, davlat standartlari sifatida xalqaro standartlarni qabul qilish ishlarini tashkil etadi, mamlakatning yagona axborot makonini yaratish, shuningdek elektron raqamli imzodan foydalanish maqsadida radioelektron vositalar, telekommunikatsiya vositalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga maxsus texnik reglamentlar va normativ hujjatlar, texnik shartlar va talablarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Radiochastotalar bo‘yicha davlat komissiyasi tarkibiga kiruvchi davlat organlari bilan birgalikda radiochastota spektrini taqsimlash, undan foydalanish sohasida va ushbu sohada qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, teleradioeshittirish vositalari va tarmoqlarini, radiomonitoring, dasturiy mahsulotlarning texnik vositalarini rivojlantirish uchun investitsiya siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda hamda chet el investitsiyalarini jalb etishda ishtirok etadi;
hududiy boshqarmalarning ishlarini, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida standartlashtirish va normativ-huquqiy bazani takomillashtirishni ta’minlash, radiochastotalardan foydalanish, shuningdek aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalarini sertifikatlashtirish masalalarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatning alohida turlarini belgilangan tartibda litsenziyalashni amalga oshiradi;
telefonlarni raqamlash rejasi va tizimini, nomer sig‘imini ajratishni tasdiqlaydi, telekommunikatsiya tarmoqlarini raqamlash resurslaridan foydalanishni, Internet tarmog‘i milliy segmenti aniq yo‘naltirilgan makonini taqsimlashni hisobga olish va nazorat qilishni amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishgan holda pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar universal xizmatlarining ro‘yxatini va ularning sifatiga qo‘yiladigan talablarni qonun hujjatlariga muvofiq belgilaydi, pochta aloqasi va telekommunikatsiya universal xizmatlariga tariflarni tasdiqlaydi;
telekommunikatsiyalar, ma’lumotlar uzatish, pochta aloqasi tarmoqlarini birlashtirish va operatorlar, provaydyerlar tomonidan o‘zaro xizmatlar ko‘rsatilishi va ular o‘rtasida o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi va shartlarini tasdiqlaydi;
pochta to‘lovi davlat belgilarining namunalarini tasdiqlaydi va pochta markalarini nashr etish, ularni muomalaga kiritish va muomaladan chiqarish tartibini belgilaydi;
pochta indekslarini, yozma xat-xabarlarni olib qo‘yish chastotalari normativlarini, shuningdek pochta aloqasi operatorlari va provaydyerlari uchun majburiy bo‘lgan pochta jo‘natmalari o‘tishining nazorat muddatlarini tasdiqlaydi;
pochta aloqasi operatorlari va provaydyerlarining transport vositalarida joylashtiriladigan, pochta, kuryerlik jo‘natmalari va pul mablag‘larini tashishda ishlatiladigan farqlovchi maxsus belgilarni tasdiqlaydi;
pochta aloqasi milliy operatori xodimining formali kiyim-boshi va ko‘krak nishonini tasdiqlash va formali kiyimda yurish tartibini belgilaydi;
qonun hujjatlariga muvofiq aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda kiritadi;
tegishli davlat organlari bilan birgalikda mamlakatda ishlab chiqarilgan dasturiy mahsulotlarni rivojlantirishni rag‘batlantirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari uchun Milliy axborot tizimi doirasida yangidan ishlab chiqiladigan, moslashtiriladigan yoki sotib olinadigan maxsus dasturiy mahsulotlarning majburiy ekspertizasini o‘tkazishni tashkil etadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining maxsus dasturiy mahsulotlardan foydalanishlari uchun ruxsatnoma beradi;
dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishni tashkil etadi va ularni iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarida foydalanish uchun joriy etadi;
bozorda, birinchi navbatda, ichki ehtiyojlarni qondirish uchun raqobatbardoshli zamonaviy mahalliy dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishni rivojlantirishda ishtirok etadi;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, radiochastota spektri va elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida monitoring olib borish, huquqbuzarliklarni aniqlash va ularga barham berish borasida huquqni muhofaza qilish organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishgan holda telekommunikatsiyalarning alohida xizmatlari turlari ro‘yxatini belgilaydi hamda ularga tariflarni va foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olib, tarmoqlararo ulanishlarning tariflarini belgilangan tartibda kelishadi;
O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati uchun teng shart-sharoitlar yaratilishiga, raqobatni rivojlantirishga hamda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, shuningdek elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga yordam beradi;
elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazish markazlarini belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazish markazlarining vakolatli shaxslariga elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlarini beradi;
elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazish markazlari vakolatli shaxslarining elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlari yagona davlat reyestrini yuritadi hamda ulardan yuridik va jismoniy shaxslarning erkin foydalanishini ta’minlaydi;
yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlariga ko‘ra elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazish markazlari vakolatli shaxslarining elektron raqamli imzosi haqiqiyligini tasdiqlaydi;
Davlat qo‘mitasi tizimining moddiy mablag‘lari davlat zaxirasida safarbarlik rejasi, jamg‘arma tuzilmasi, tarkibi, normalari va rejasini ishlab chiqadi, harbiy qism kuchlari va vositalari bilan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari aloqasini ta’minlash uchun avariya-tiklash ishlarini bajarishni, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tizimining o‘ta muhim obyektlarini qo‘riqlashni tashkil qiladi;
strategik ustuvor vazifalarni amalga oshirishda hududiy boshqarmalarning telekommunikatsiya tarmoqlarini, shu jumladan ma’lumotlar uzatish, teleradioeshittirish, pochta aloqasi tarmoqlari, matbuot tarqatish, axborot resurslari va tizimlari bozorini, radiochastota spektridan foydalanishni rivojlantirish sohasida davlat tomonidan samarali tartibga solishda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro hamkorligini va faoliyati muvofiqlashtirilishini tashkil etadi;
aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni tashkil etadi va uni takomillashtirish choralarini ko‘radi;
elektron kutubxonalar tizimini, kutubxona axborot resurslarini tizimlashtirishni rivojlantirishni, aholi keng qatlamlarining axborot-kutubxona resurslari markazlaridan foydalanishini ta’minlaydi;
axborot tizimlarini yaratishga, axborot resurslarini shakllantirishga, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida xizmatlarni kengaytirishga ko‘maklashadi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el ommaviy axborot vositalarining teleradiomahsulotlarini tarqatish huquqi uchun taqdim etilgan hujjatlarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini ekspertizadan o‘tkazishni tashkil qiladi;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan litsenziya bitimlari, radiochastota spektridan samarali foydalanish, pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar tarmoqlarida xavfsizlik bo‘yicha texnik va texnologik talablar, shu jumladan ma’lumotlar uzatish, teleradioeshittirish, davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning axborot tizimlarida, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida va boshqa tashkilotlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ishlarni nazorat va tahlil qilishni va ularning bajarilishini tashkil etadi;
ommaviy kommunikatsiyalar, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, yo‘ldosh tizimlar, Internet global tarmog‘i, axborotni, shuningdek bosma mahsulotni yetkazish va tarqatishning boshqa elektron vositalari sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan, normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari, texnik reglamentlar talablariga rioya etilishini Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi orqali nazorat qilishni tashkil etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
xalqaro standartlar asosida, shu jumladan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, bank va moliya sohasida, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish indikatorlari va ulardan foydalanish samaradorligi mezonlari va baholash mexanizmini, axborotlashtirish masalalarini ishlab chiqadi;
fan va marketing tadqiqotlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, aloqa tarmoqlari va xizmatlari, tarmoq standartlari va texnik shartlarni rivojlantirish va takomillashtirish monitoringini olib borish, telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishning mamlakat va jahon an’analarini, shu jumladan ma’lumotlar uzatish, teleradioeshittirish, pochta aloqasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tarmoqlarini o‘rganish va tahlil qilish ishlarini tashkil etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
radiochastota spektri, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish monitoringi, shuningdek radioxalaqitlarni, shu jumladan industrial xalaqitlarni bartaraf etish ishlarini tashkil etadi;
telekommunikatsiya tarmoqlarida teleradioefirda va axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlash, Internet tarmog‘i orqali aholining, ayniqsa yosh avlodning dunyoqarashiga va ongiga salbiy ta’sirning oldini olish uchun axborot resurslarini himoya qilish bo‘yicha texnik infratuzilmalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha yagona siyosatni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi tarmoqlarida, teleradioeshittirish, axborot tizimlarida axborot xavfsizligini, zamonaviy talablarni hisobga olgan holda axborot tizimlarini himoyalashning samarali vositalari va usullari joriy etilishini, tezkor-qidiruv tadbirlari tizimlari joriy etilishini, shuningdek ulardan davlat, O‘zbekiston Respublikasi mudofaasi va milliy xavfsizligi manfaatlarini ko‘zlab va favqulodda vaziyatlar sharoitlarida ustuvor foydalanishni ta’minlaydi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan rioya etilishi monitoringi olib borilishi va nazorat qilinishi masalalari bo‘yicha ishlarga rahbarlik qiladi va mazkur ishlarni muvofiqlashtiradi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tashkil qilingan yuridik va jismoniy shaxslarning axborot resurslarini shakllantirish bo‘yicha ishlarni tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi;
telekommunikatsiyalar, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari tarmoqlari, tizimlari va vositalarini yaratish hamda ishlatish bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati ustidan davlat nazoratini tashkil qilish va amalga oshirish qoidalari va tartibini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar, ma’lumotlar uzatish, teleradioeshittirish, axborot tizimlari va axborot resurslarining tarmoqlari va vositalari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha talablarni belgilaydi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati va milliy xavfsizligini, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida alohida muhim va toifalangan obyektlarning uzluksiz va xavfsiz ishlashini, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning texnik kuch va vositalaridan foydalangan holda tabiiy ofatlar oqibatlarining bartaraf etilishini ta’minlash maqsadida kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda ularning bajarilishini tashkil etadi;
telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish, ularning samarali ishlashini ta’minlash, telekommunikatsiyalar resurslarini rivojlantirish va ulardan oqilona foydalanish, iste’molchilarning telekommunikatsiyalar xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini yanada to‘liq qondirish uchun turli operatorlarning telekommunikatsiyalar tarmoqlarini, idoraviy tarmoqlar egalarini muvofiqlashtirilgan tarzda boshqarish tizimini yaratish, shuningdek tarmoqlardan davlat organlarining, O‘zbekiston Respublikasi mudofaasi va milliy xavfsizligi manfaatlarini ko‘zlab oqilona foydalanilishini ta’minlash ishlari muvofiqlashtirilishini tashkil etadi;
O‘zbekiston Respublikasi axborot makonida ruxsatsiz foydalanishga urinishlar va kompyuter virusi hujumlari to‘g‘risida o‘z vaqtida xabar qilish va harakat qilishning usul hamda vositalaridan foydalanib, Internet tarmog‘ining milliy segmentida veb-resurslarning axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha idoralararo hamkorlik qilish mexanizmini amalga oshiradi;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalariga Davlat qo‘mitasining stipendiyalarini belgilaydi;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya hamda radiochastota spektridan foydalanish sohasida belgilangan tartibda xalqaro idoralararo bitimlar va shartnomalar tuzadi;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, radiochastota spektridan foydalanish sohasida davlatlararo va hukumatlararo bitimlar va shartnomalarning loyihalarini tayyorlashda qatnashadi;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy mamlakatlar hukumatlarining aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi, radiochastota spektridan foydalanish uchun ajratiladigan grantlaridan foydalanishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirishga investitsiyalarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha tendyerlar, tanlovlar va savdolar uyushtiradi va ularni o‘tkazishda ishtirok etadi;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida, birinchi navbatda, dasturiy vositalar, axborot ma’lumotlar bazalari, milliy axborot resurslari, kontentlar, barcha darajalardagi axborot-kommunikatsiya tarmoqlarini shakllantirish yo‘nalishida zamonaviy talablarni hisobga olgan holda kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etadi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy bozori rivojlanishi tendensiyalarini va xorij tajribasini hisobga olgan holda ta’limning yangi yo‘nalishlari uchun aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida mutaxassislar tayyorlash borasida ta’lim standartlarini ishlab chiqishda qatnashadi;
yetakchi xorijiy ta’lim muassasalarining mutaxassislarini va ekspertlarni jalb qilgan holda o‘quv jarayonlarida axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari tarkibini tayyorlash va malakasini oshirishning kompleks dasturlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi.
10. Davlat qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita hamda hududiy boshqarmalar, o‘ziga idoraviy mansub tashkilotlar orqali hal qiladi.
11. Davlat qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
davlat organlaridan, xo‘jalik yurituvchi subyektlardan Davlat qo‘mitasi vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha zarur axborotlarni so‘rash;
Davlat qo‘mitasining vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va davlat boshqaruv organlariga belgilangan tartibda takliflar kiritish;
favqulodda vaziyatlarda (harbiy harakatlar paytida, zilzilalarda, suv toshqinida, yong‘inlarda, epidemiyalarda va boshqalarda) pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar va axborot tizimlarining har qanday tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, ular ishini cheklash yoki to‘xtatib qo‘yish, shuningdek telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalarini markazlashtirilgan holda boshqarish, telekommunikatsiya xizmatlari maxsus foydalanuvchilarining telekommunikatsiya tarmoqlari bundan mustasno;
o‘z vakolati doirasida, shu jumladan Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi orqali pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar xizmatlarini, shuningdek tashkilotlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha norma va qoidalarga tashkilotlar tomonidan rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
pochta va telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat olib boradigan hamda belgilangan normalar, davlat, tarmoq standartlari, texnik reglamentlar va ko‘rsatiladigan pochta va telekommunikatsiya xizmatlari sifati, respublika hududida foydalaniladigan telekommunikatsiyalar vositalari, yuqori chastotali qurilmalar va radioelektron vositalar radionurlanishlarining parametrlari buzilishiga yo‘l qo‘yayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ayrim qurilmalari va texnologik uchastkalari ishini aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida yuqori chastotali qurilmalar va radioelektron vositalardan foydalanishga zarur ruxsatnomalar berish, shuningdek radiochastota spektridan foydalanishni to‘xtatish, to‘xtatib turish va cheklash;
radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar belgilangan standartlar, texnik reglamentlar va texnik normalarga muvofiq bo‘lmaganda fuqarolarning xavfsizligi, atrof muhit muhofazasi ta’minlanmaganda, radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq to‘lanmaganda, shuningdek alohida holatlarda ularni ishlatishni belgilangan tartibda taqiqlash;
davlat sektorida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy qilinishi holatining tahlili va monitoringini olib borish;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyatni amalga oshiradigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan litsenziya bitimlari talablari va shartlari bajarilishi ustidan tizimli monitoring olib borish;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat va monitoring natijalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar talablarining aniqlangan buzilishlari bartaraf etilganligi to‘g‘risida taqdimnoma berish;
dasturiy mahsulotlarning mahalliy ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish uchun mahalliy dasturiy mahsulotlar bozorining rivojlanish holatini tahlil qilish va o‘rganish;
vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik bo‘yicha nafaqa to‘lash, mavjud kreditorlik qarzlarni uzish, moddiy-texnikaviy bazani mustahkamlash, Davlat qo‘mitasi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish uchun Davlat qo‘mitasining Rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish;
Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Davlat qo‘mitasining markaziy apparatida va idoraviy mansub bo‘linmalarda, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ishlash uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yetakchi xorijiy mutaxassislarni, shu jumladan rais (rahbar) o‘rinbosarlari lavozimiga — maslahatchilar sifatida shartnoma asosida jalb etish;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, radiochastota spektri, elektron raqamli imzo, axborot xavfsizligi, teleradioeshittirish, pochta aloqasi sohasida faoliyatni tartibga soladigan, barcha vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish.
12. Davlat qo‘mitasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning ta’minlanishi, shuningdek o‘ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
13. Davlat qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan rais boshchilik qiladi.
Raisning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan olti nafar o‘rinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.
Davlat qo‘mitasi raisi maqomiga ko‘ra vazirga, Davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari – tegishli ravishda vazirning birinchi o‘rinbosariga va vazir o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi.
14. Davlat qo‘mitasining raisi ayni vaqtda Radiochastotalar bo‘yicha davlat komissiyasining raisi hisoblanadi.
Davlat qo‘mitasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi hamda Davlat qo‘mitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
o‘z o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, Davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari, idoraviy mansub tashkilotlar mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilaydi;
Davlat qo‘mitasi faoliyati yo‘nalishlarining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish yuzasidan, shuningdek hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar ishlari uchun o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning javobgarligi darajasini belgilaydi.
Davlat qo‘mitasi va idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi hamda ko‘rsatmalar beradi;
zarurat bo‘lganda Davlat qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega;
Davlat qo‘mitasining markaziy apparati, hududiy boshqarmalarining shtat jadvalini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Davlat qo‘mitasi markaziy apparati, hududiy boshqarmalarining, Respublika budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan idoraviy mansub davlat tashkilotlari hamda ularning bo‘linmalarining xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Davlat qo‘mitasining boshqarmalari, bo‘limlari va hududiy boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, shuningdek idoraviy mansub tashkilotlarning ustavlarini (nizomlarini) belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Davlat qo‘mitasi markaziy apparati xodimlarini, hududiy boshqarmalar, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
16. Davlat qo‘mitasida rais (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari (lavozimi bo‘yicha), Davlat qo‘mitasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo‘linmalar rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi.
Hay’at a’zolarining soni va shaxsiy tarkibi Davlat qo‘mitasi raisining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat qo‘mitasi faoliyatining ushbu Nizomda belgilangan asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Davlat qo‘mitasi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlar tanlash, ularni joy-joyiga qo‘yish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
ijro intizomini mustahkamlash, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ta’minlanishi uchun Davlat qo‘mitasi tizimi rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi.
Hay’at Davlat qo‘mitasining vakolatiga tegishli bo‘lgan boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqishga haqli.
Hay’at majlisiga Davlat qo‘mitasining vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Majlisda hay’at tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashsa Hay’at vakolatli hisoblanadi. Ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hay’at qarorlari Davlat qo‘mitasi raisining buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Rais va Hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelganda, rais yuzaga kelgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikrini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bildirishlari mumkin.
17. Respublika budjeti hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari Davlat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari, tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Davlat qo‘mitasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi, Davlat feldyegerlik xizmati, Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi (15361-harbiy qism), “Respublika maxsus aloqa uzeli” DUK, axborot-kutubxona markazlari, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining joriy ta’minoti Respublika budjeti mablag‘laridan moliyalashtiriladi.
Davlat qo‘mitasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining xodimlarini qo‘shimcha rag‘batlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha xarajatlar;
Ommaviy kommunikatsiyalar vositalari monitoringi markazi, Respublika axborot-kutubxona markazi, “Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi – UNICON.UZ” DUK huzurida faoliyat ko‘rsatadigan Aloqa obyektlari davlat kadastri xizmati, Tayanch standartlashtirish tashkiloti, Tayanch metrologiya xizmati, Elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish xizmati, Atamashunoslik va lug‘atlar xizmati, Kompyuter insidentlariga javob berish xizmati, ZiyoNet tarmog‘i resurs markazi, Milliy axborot tizimini shakllantirish va rivojlantirish departamenti, O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalini axborot jihatidan ta’minlash va rivojlantirish guruhi hamda “O‘zinfokom” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi huzurida faoliyat ko‘rsatadigan kompyuterlashtirish markazlariga ko‘maklashish guruhining ta’minoti Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan moliyalashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat qo‘mitasi va uning tashkilotlari faoliyati qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga ham moliyalashtirilishi mumkin.
18. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan xodimlarni qo‘shimcha rag‘batlantirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
a) muayyan muddat xizmat qilganlik uchun har oylik ustama. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida muayyan muddat xizmat qilganlik uchun har oylik ustama quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:
Ish staji | Ustama miqdori, lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda |
3 yildan 5 yilgacha bo‘lganda | 0,3 |
5 yildan 10 yilgacha bo‘lganda | 0,4 |
10 yildan 15 yilgacha bo‘lganda | 0,5 |
15 yil va undan ortiq bo‘lganda | 0,6 |
b) chorak yakunlari bo‘yicha eng tashabbuskor va samarali ishlagan xodimlarni lavozim maoshining 100 foizigacha bo‘lgan miqdorda bir yo‘la mukofotlash;
v) eng tashabbuskor va samarali ishlagan xodimlarni lavozim maoshining 100 foizigacha bo‘lgan miqdorda moddiy rag‘batlantirish.
Bunda bir chorakda bir yo‘la mukofotlash va moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari summasi ustamani (rag‘batlantirish koeffitsiyentini) hisobga olgan holda lavozim maoshi miqdoridan oshmasligi kerak.
Eng tashabbuskor va samarali ishlagan xodimlarni bir yo‘la mukofotlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi Nizom, shuningdek muayyan muddat xizmat qilganlik uchun mukofot olish huquqini beradigan ish stajini hisoblash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Davlat qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat qo‘mitasini rivojlantirish jamg‘armasiga tushadigan mablag‘lar hisobiga xodimlarga qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa to‘lovlar ham to‘lanishi mumkin.
Idoraviy mansub xo‘jalik hisobidagi tashkilotlarning moddiy-texnika ta’minoti, shuningdek ularning xodimlari mehnatiga haq to‘lash o‘z mablag‘lari hisobidan, Davlat qo‘mitasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
19. Davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari yuridik shaxs hisoblanmaydi va o‘z faoliyatini Davlat qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq amalga oshiradi.
Davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalariga Davlat qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan boshliqlar boshchilik qiladi.
20. Davlat qo‘mitasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda Inspeksiya deb ataladi) mulkchilik shakllari va idoraviy mansubligidan qat’i nazar aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari, texnik reglamentlar talablari, litsenziyalar talablari va shartlari, sertifikatlashtirilgan uskunalardan foydalanishning belgilangan tartibi, telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatining sifat normativlari bajarilishi hamda ularga rioya qilinishi, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanish yuzasidan davlat nazorati organi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Inspeksiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Butunjahon pochta uyushmasi Konvensiyasiga va Bitimiga, Elektr aloqasi Xalqaro Uyushmasi tavsiyalariga, O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining qarorlari va boshqa hujjatlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa normativ hujjatlarga amal qiladi.
Inspeksiya Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tarkibiga kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Inspeksiyaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlari barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida faoliyat yurituvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
4. Inspeksiyaga Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan jadvalga muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ularni rivojlantirishning holati yuzasidan nazorat qilish, monitoring olib borish va o‘rganish vakolati berilgan.
Inspeksiyaning davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ularni rivojlantirishning holati yuzasidan nazorat va monitoring yakunlari bo‘yicha xulosalari Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan tegishli qaror qabul qilish uchun asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Respublika budjeti va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari Inspeksiya va uning hududiy bo‘linmalari faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan Inspeksiya xodimlarini qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha xarajatlar moliyalashtiriladi.
Inspeksiya faoliyati shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirilishi mumkin.
6. Xodimlarni Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish quyidagicha amalga oshiriladi:
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi bilan kelishgan holda Inspeksiya boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadigan Nizomga muvofiq muayyan yil ishlaganlik uchun pul mukofoti va har oylik to‘lovlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi bilan kelishgan holda Inspeksiya boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq yil choragi yakunlari bo‘yicha xodimlarni lavozim maoshining 100 foizigacha bo‘lgan miqdorda mukofotlash va moddiy rag‘batlantirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xodimlarga qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa to‘lovlar ham to‘lanishi mumkin.
7. Inspeksiya tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Inspeksiyaning joylarda o‘z hududiy bo‘linmalari bo‘ladi.
Inspeksiya tuzilmasiga, zarur hollarda, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Inspeksiyaga belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq rahbarlik qiladi.
Inspeksiya boshlig‘ining uning taqdimnomasiga ko‘ra Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan uch nafar o‘rinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.
Inspeksiya boshlig‘i Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi hay’atining, Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtirish kengashining a’zosi hamda Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiya ishchi guruhining rahbari, Komissiyaning mas’ul kotibi hisoblanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar inspeksiyalariga Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi bilan kelishgan holda Inspeksiya boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliqlar rahbarlik qiladi.
Inspeksiyaning hududiy bo‘linmalari yuridik shaxs hisoblanmaydi va o‘z faoliyatini Inspeksiya boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Inspeksiya yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi bank muassasalarida hisob raqamiga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega.
10. Quyidagilar yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish Inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
mulkchilik shakllari va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar va davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlarini ko‘rsatuvchi, shuningdek telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi tizimi va inshootlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari, texnik reglamentlar talablari, litsenziya talablari va shartlari hamda sertifikatlashtirilgan uskunalardan foydalanishning belgilangan tartibi bajarilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida maqsadli yo‘nalishlar va belgilangan normalarga muvofiq infratuzilmani rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishning holati;
ish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish samaradorligi, integrallashgan axborot tizimlarini, ma’lumotlar uzatish va almashishning idoralararo tarmoqlarini joriy etish va ulardan foydalanish, davlat axborot resurslari integratsiyasi, shu jumladan interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi bo‘yicha malakali kadrlar bilan ta’minlanganlik;
elektron raqamli imzolar sohasida, shu jumladan elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari faoliyatida qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan ichki nazorat tizimining joriy etilishi;
pochta va telekommunikatsiyalar, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati hamda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida chora-tadbirlar ko‘rish;
telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi tarmoqlarida o‘z vakolatlari doirasida axborot xavfsizligini hamda favqulodda vaziyatlarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ulardan davlat manfaatlari uchun ustuvor foydalanishni ta’minlash;
respublika hududida foydalaniladigan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi tarmoqlarining, texnik vositalar va tizimlar parametrlarining, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar radionurlanishlarining amaldagi normalarga muvofiqligi;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mobil aloqa tarmoqlari va tizimlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish, radiochastota spektridan foydalanishning belgilangan normalari va qoidalariga rioya qilinishi;
radioelektron vositalarni sotib olish (berish), loyihalashtirish, qurish (o‘rnatish), O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanish va radioelektron vositalar, yuqori chastotali qurilmalarni va telekommunikatsiya tizimlarini chet eldan olib kelish, pochta va telekommunikatsiyalar tarmoqlari va inshootlarida sertifikatlashtirilgan asbob-uskunalar qo‘llanishining belgilangan tartibiga rioya qilinishi;
pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida xizmatlar sifati bo‘yicha hisobot ma’lumotlarining ishonchliligi hamda pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari, texnik reglamentlar talablari va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi uchun hisoblangan sanksiyalar miqdorlarining o‘z vaqtida to‘lanishi va haqqoniyligi;
vakolatli organlar bilan birgalikda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar radiochastota spektridan foydalanishning holati.
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida, shuningdek aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi korxonalari va tashkilotlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish jarayonlarini belgilangan tartibda nazorat qiladi, monitoring olib boradi va o‘rganadi, ularning yakunlari bo‘yicha tegishli xulosalar tayyorlaydi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar talablarining bajarilishini nazorat qiladi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasining joriy holatini o‘rganadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot resurslari va interaktiv davlat xizmatlarining mavjudligi va ulardan foydalanishning qulayligini nazorat qiladi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish jarayonlarini nazorat qilish, monitoring olib borish va o‘rganishlar natijalari bo‘yicha tegishli xulosalar tayyorlaydi hamda ularni Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasiga yuboradi;
Keyingi tahrirga qarang.
ish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, integratsiyalashgan axborot tizimlari, ma’lumotlar uzatish va almashish idoralararo tarmoqlarini joriy etish va ulardan foydalanish, davlat axborot resurslari integratsiyasi holatini tahlil qiladi va baholaydi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlanganligini tahlil qiladi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida va mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish jarayonlarini o‘rganish natijalarini tahlil qiladi va umumlashtiradi, aniqlangan kamchiliklar va qoida buzilishlarini bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, ularni ko‘rib chiqish uchun Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasiga taqdim etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari faoliyatini qonun hujjatlari talablari bajarilishi bo‘yicha o‘rganadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan litsenziyalash haqidagi qonun hujjatlari, litsenziya bitimlari bajarilishi, radiochastota spektridan foydalanish, pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar, ma’lumotlar uzatish, teleradioeshittirish tarmoqlarida, axborot tizimlarida, xavfsizlik bo‘yicha texnik va texnologik talablar bajarilishi yuzasidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi;
respublika hududida joylashgan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarda pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar va davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlari parametrlari va sifat ko‘rsatkichlarining amaldagi normalarga muvofiqligi yuzasidan belgilangan tartibda monitoring va nazorat o‘tkazadi;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida litsenziya talablari va shartlarini buzgan holda, shuningdek tegishli litsenziyani rasmiylashtirmasdan muayyan faoliyatni amalga oshirayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni aniqlaydi;
pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar, davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlari ko‘rsatishda, shuningdek aloqa tarmoqlari, axborot tizimlari, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, kengaytirish va ulardan foydalanishda normativ-huquqiy hujjatlar, davlat, tarmoq standartlari, texnik reglamentlar, amaldagi normalar va qoidalarning bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlariga muvofiq aloqa tarmoqlari, axborotlashtirish vositalari va tizimlari ishlatilishi va yaratilishi bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan ichki nazorat qoidalariga pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan rioya etilishi monitoringi va nazoratini belgilangan tartibda amalga oshiradi;
pochta aloqasi xizmatlari tashkil etilishini, pochta jo‘natmalari va pul summalari saqlanishi ta’minlanishini, pochta jo‘natmalari qabul qilinishi, ularga ishlov berilishi, topshirilishiga rioya qilinishini va ularning belgilangan nazorat muddatlarida o‘tishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiradi;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida qo‘llanadigan o‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish va kalibrlash tartibiga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
yuridik va jismoniy shaxslarning pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar va davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlari, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish masalalari bo‘yicha murojaatlarini zarur hollarda joyiga borib hamda tegishli hujjatlarni o‘rgangan holda qonun hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqadi;
vakolatli davlat organlari tomonidan tartibga solinadigan tariflar ro‘yxatiga kiruvchi pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar xizmatlariga tariflarning to‘g‘ri qo‘llanilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiradi;
ko‘rsatiladigan xizmatlar, tariflar, xizmatlar ko‘rsatish qoidalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning, aloqa, axborotlashtirish va davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ish tartibi va ularni tartibga soluvchi boshqa axborotlarning mavjudligi va foydalanuvchilar uchun tushunarliligini, shuningdek ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmining to‘liqligi va muddatlarini nazorat qiladi;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari tarmoqlarining yangidan qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan obyektlarini foydalanishga qabul qilib olish komissiyalarida qatnashadi;
monitoring va tekshirishlar natijalari bo‘yicha aniqlangan qoida buzilishlari haqida tegishli qarorlar qabul qiladi, yozma ko‘rsatmalar beradi va ularni bartaraf etish muddatlarini belgilaydi, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlar litsenziyalarining amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risida takliflar kiritadi, qoida buzilishlariga doir Inspeksiya vakolatlariga tegishli bo‘lmagan materiallarni davlat nazorati tegishli organlariga ularning vakolatlari bo‘yicha belgilangan tartibda beradi;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari, texnik reglamentlar talablari, ko‘rsatilayotgan pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar, davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlari sifati buzilgan taqdirda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga belgilangan tartibda moliyaviy sanksiyalar hisoblaydi, ularga nisbatan sanksiyalar qo‘llash to‘g‘risida belgilangan tartibda yozma ko‘rsatmalar beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
aloqa mahsulotlari sifatiga va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga, telekommunikatsiyalar vositalari parametrlariga, yuqori chastotali qurilmalar va radioelektron vositalar radionurlanishlariga tegishli normativ-huquqiy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari, texnik reglamentlar, texnik shartlar, qoidalar, yo‘riqnomalar, litsenziya talablari va shartlari loyihalarini ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha xulosalar beradi.
Inspeksiya xodimlarini aloqa, axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari, axborot xavfsizligi va axborotni himoya qilish sohasidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli oliy ta’lim muassasalarida, shuningdek respublika vakolatli organlarining ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
o‘tkazilgan nazorat natijalarini tahlil qiladi va umumlashtiradi, aniqlangan kamchiliklar va qoida buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi, ularni tegishli boshqaruv organlarining ko‘rib chiqishi uchun kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradiomahsulotlarini va davriy matbuot nashrlarini tarqatish tartibiga rioya qilinishi ustidan belgilangan tartibda nazorat qiladi;
pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar, davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlari sifati bo‘yicha statistik hisobotlarning ishonchligiga rioya etilishini nazorat qiladi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining holati va rivojlanishi to‘g‘risida axborotlarning ishonchliligi ta’minlanishi va o‘z vaqtida taqdim etilishi yuzasidan monitoring va nazoratni amalga oshiradi;
hisoblangan moliyaviy sanksiyalarning belgilangan muddatlarga rioya qilingan holda to‘lanishi va to‘lanayotgan moliyaviy sanksiyalarning summasi to‘g‘riligini nazorat qiladi;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan amaldagi normalar, davlat va tarmoq standartlari, texnik reglamentlar talablari bajarilishini, pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar va davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlari sifatini yaxshilashni, shuningdek iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni profilaktika maqsadida o‘rganadi;
Keyingi tahrirga qarang.
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, texnik reglamentlar, standartlar, normalar, qoidalar va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqish, qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha buyurtmachi funksiyasini bajaradi;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida qoida buzilishlar profilaktikasi, ularni aniqlash, ularning oldini olish va ularga barham berish bo‘yicha kompleks tadbirlarni bajarish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan radiochastota spektridan foydalanish, mobil aloqa tizimlari va tarmoqlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanishning belgilangan normalari va qoidalari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar radionurlanishlari parametrlari, radiochastota spektridan foydalanish qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, aloqa va axborot texnologiyalari, radiochastota spektridan foydalanish va elektron raqamli imzolar sohasida qoida buzilishlari monitoringini olib borish, aniqlash va ularga barham berish bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa organlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilgan hollarda litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish to‘g‘risida takliflar kiritadi;
elektraloqa tarmoqlarining umumiy foydalanishdagi aloqa tarmoqlariga ulanishi qoidalarining, jumladan ulanish shartlarining bajarilishini nazorat qiladi;
radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarning elektromagnit moslashuvchanligini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlar bajarilishini nazorat qiladi;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, teleradioeshittirish, axborot tizimlari tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta’minlash ishlarining bajarilishi yuzasidan o‘z vakolati doirasida nazoratni tashkil etadi;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan axborot xavfsizligi texnologiyalarini, shu jumladan foydalanilishi cheklangan ma’lumotlarning himoyalanishini ta’minlash, shuningdek axborotni kriptografik himoyalash sohasidagi faoliyat turi bo‘yicha litsenziya bitimlari va mahsulotlarni sertifikatlash shartlariga rioya etish masalalari borasida davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
respublika hududida joylashgan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan jadvalga muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holatini tekshirishlarni belgilangan tartibda o‘tkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborotlar, hujjatlar, ma’lumotnomalar va boshqa materiallarni so‘rash va olish;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari, texnik reglamentlar talablari, normalar hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati buzilgan taqdirda ularga nisbatan belgilangan tartibda iqtisodiy sanksiyalar qo‘llash;
Keyingi tahrirga qarang.
aloqa, axborotlashtirish, radiochastota spektridan foydalanish va davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasidagi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va bayonnoma tuzish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash doirasida qonun hujjatlarining pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan buzilishi hollari aniqlangan taqdirda esa ushbu holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat nazorati tegishli organlariga belgilangan tartibda yuborish;
zarur hollarda, axborot texnologiyalari sohasidagi masalalarni tekshirish, o‘rganish va ko‘rib chiqishda qatnashish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa tashkilotlarning mutaxassislari va ekspertlarini jalb etish;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi va normativ-huquqiy hujjatlar, davlat, tarmoq standartlari talablari va ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati, respublika hududida foydalaniladigan telekommunikatsiya vositalari, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar radionurlanishlari parametrlarining muntazam ravishda buzilishiga yo‘l qo‘yayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ayrim qurilmalari va texnologik uchastkalari ishini aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar vaqtincha to‘xtatish to‘g‘risida qaror chiqarish;
Keyingi tahrirga qarang.
radionurlanishlar normasi va parametrlari buzilganda, shuningdek televideniye va radioeshittirish dasturlarini qabul qilishda to‘sqinlik qilishga olib kelgan hollarda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishga berilgan ruxsatnomalarning amal qilishini aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgungacha to‘xtatib qo‘yish;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlardan Inspeksiya vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha zarur ma’lumotlar va materiallarni talab qilish;
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlardan, shu jumladan ilmiy-tadqiqot muassasalari va laboratoriyalardan o‘z vakolatlarini amalga oshirish uchun aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi texnik hujjatlar, qoidalar, vositalarning ish normalarini olish;
O‘zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish monitoringini olib borish;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari, texnik reglamentlar talablari, ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati buzilishining oldini olish maqsadida, ular bilan kelishilgan reja-jadval bo‘yicha ularning faoliyatini belgilangan tartibga muvofiq o‘rganish;
Keyingi tahrirga qarang.
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi vositalarning texnik holati, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi vositalar va inshootlardan texnik foydalanish qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida qurilish normalari va qoidalari buzilgan holda olib borilayotgan qurilish ishlarini aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgungacha to‘xtatib turish;
litsenziya bitimlari talab va shartlari xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan buzilgan hollarda ularga ogohlantirishlar berish;
litsenziya bitimlarining talab va shartlari buzilganligi uchun litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatish va to‘xtatib turish, ularni bekor qilish to‘g‘risida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasiga takliflar kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi qaroriga muvofiq telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatni amalga oshirishga litsenziya olish uchun ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning ishonchliligini tekshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
nazoratni amalga oshirish masalalari bo‘yicha ekspertiza, tahlil va baholash, shuningdek ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish;
mulkchilik shakllari va idoraviy mansubligidan qat’i nazar xo‘jalik yurituvchi subyektlar, yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishda kamchilikka yo‘l qo‘ygan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mansabdor shaxslariga davlat nazorati doirasida o‘tkazilgan tekshirishlar natijasida aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish.
o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi va taqdim etiladigan tahliliy hujjatlarning xolisonaligi va kompleksliligi uchun;
o‘z vakolatiga kirmaydigan masalalar bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar vakolatli organlarga o‘z vaqtida taqdim etilishi uchun javob beradi.
14. Inspeksiyani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
1. Vazirlar Mahkamasining “Chastota spektridan foydalanish, teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda ma’lumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarori 9-bandining uchinchi xatboshi, shuningdek qarorga 5-ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 26-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining o‘rinbosari qo‘shimcha lavozimi kiritish to‘g‘risida” 2002-yil 3-dekabrdagi 419-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 7-maydagi 215-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 5-son, 47-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Pochta aloqasi sohasidagi faoliyatni takomillashtirish to‘g‘risida” 2004-yil 19-iyuldagi 339-son qaroriga 4-ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 67-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “Matbuot, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 16-avgustdagi 200-son qarorining 1-bandining ikkinchi xatboshisi, shuningdek qarorga 1-ilova hamda 6-ilovaning 4-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y.. 8-son, 46-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 26-sentabrdagi 215-son qarorining 2-bandi, shuningdek qarorga 3-ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y.. 9-10-son, 50-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradiomahsulotlarini tarqatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 7-fevraldagi PQ-277-son qarori)” 2006-yil 16-martdagi 47-son qaroriga ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y.. 3-son, 22-modda).
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 20-iyundagi PQ-381-son qarori)” 2006-yil 21-avgustdagi 178-son qaroriga ilovaning 1 va 3-bandlari (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 3-son, 22-modda).
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2007-yil 2-apreldagi 69-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 4-son, 17-modda).
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2009-yil 22-avgustdagi 244-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 8-son, 63-modda).
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2010-yil 5-iyundagi 108-son qaroriga ilovaning 40-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6-son, 27-modda).
12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari qo‘shimcha lavozimi kiritish to‘g‘risida” 2010-yil 26-noyabrdagi 263-son qarori.
13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi markaziy apparati tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 2010-yil 23-dekabrdagi 306-son qarori.
14. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni)” 2011-yil 10-noyabrdagi 298-son qaroriga ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 11-son, 87-modda).
15. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga 1-ilovaning 64-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 11-son, 79-modda).