O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan takdim etilgan Budjetnomani hamda muhokama qilish davomida Qonunchilik palatasi deputatlarining fikr-mulohazalari va takliflari hisobga olingan holda maromiga yetkazilgan O‘zbekiston Respublikasining 2013-yilgi Davlat budjeti loyihasini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasining 2013-yilgi Davlat budjeti hamda shu davrga mo‘ljallangan soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari Davlat budjeti taqchilligining eng yuqori darajasi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilangan holda qabul qilinsin.
iqtisodiyotning yuksak sur’atlarda barqaror o‘sishini hamda aholi farovonligi va turmush darajasini oshirishga qaratilgan makroiqtisodiy barqarorlikning yanada mustahkamlanishini ta’minlash;
yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy tarmoqlar va ishlab chiqarishlarning ildam rivojlanishini ta’minlash orqali iqtisodiyotdagi tuzilmaviy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish hamda uni diversifikatsiya qilish, xalqaro sifat standartlariga javob beruvchi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan ishlab turgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik jihatdan yangilash jarayonlarini jadallashtirish;
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida kelib tushishi, berilgan imtiyozlar hamda preferensiyalar hisobiga xo‘jalik yurituvchi subyektlar tasarrufida qoladigan mablag‘lardan oqilona va samarali foydalanilishini ta’minlash;
avtomobil yo‘llari va temir yo‘l kommunikatsiyalari, shuningdek telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyihalarning amalga oshirilishini jadallashtirish hisobiga transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarining rivojlantirilishini ta’minlash;
fermer xo‘jaliklari faoliyatini, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan yanada qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish;
yangi turar joy shaharchalari barpo etish yo‘li bilan Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurish dasturini bajarish, shuningdek ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlari qurish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, kasanachilikning turli shakllarini kengaytirish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning bitiruvchilarini ishga joylashtirish hisobiga 2013-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi so‘zsiz bajarilishi;
ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, ijtimoiy nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatishni o‘z vaqtida moliyalashtirish;
budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi xamda ushbu mablag‘larning asossiz sarflanishini bartaraf etish chora-tadbirlari ko‘rilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish;
inflatsiyaning belgilangan eng yuqori darajadan oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, bunda Davlat budjeti taqchilligi respublika budjetining bo‘sh qolgan qoldiq mablag‘lari va boshqa noinflatsiyaviy manbalar hisobiga moliyalashtirilishini nazarda tutish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rsin.
3. Mahalliy davlat hokimiyati organlari Davlat budjetining parametrlari so‘zsiz bajarilishini, mahalliy budjetlarning xarajatlari sifatli rejalashtirilishi va o‘z vaqtida moliyalashtirilishini ta’minlasin, budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.