Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 14.11.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddatlari

Mas’ul bajaruvchilar

I. Sud-ekspertiza xizmati faoliyatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish

1.

DNK (genom ma’lumotlar) milliy ma’lumotlar ba’zasini yaratish uchun biologik namunalarni olish, hisobga olish va saqlashning huquqiy asoslarini belgilovchi, shuningdek ulardan foydalanish va ularni yo‘q qilish masalalarini tartibga soluvchi “Genom bo‘yicha ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi2013-yil I chorakAdliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Milliy xavfsizlik xizmati, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi
2.

Markazning tarkibiy o‘zgartirilganligini, shuningdek unga yuklangan qo‘shimcha vazifalarni hisobga olgan holda Markaz Ustavini yangi tahrirda tasdiqlash.

Adliya vazirining buyrug‘i2012-yil IV chorakAdliya vazirligi
3.

Markaz hududiy bo‘linmalarining yangilangan nizomlari va tuzilmalarini unga yuklatilgan vazifalarni inobatga olgan holda tasdiqlash.

Adliya vazirining buyrug‘i2012-yil IV chorakAdliya vazirligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Moliya vazirligi
II. Sud-ekspertlik amaliyotini kengaytirish, sud ekspertizalarining sifati va ishonchliligini oshirish
4.

Markazda tadqiqotlarning yangi turlarini joriy etish:

Chora-tadbirlar rejasi





Rejani tasdiqlash — 2012-yil IV chorak, amalga oshirish — 2013-2014-yillar
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, vazirliklar va idoralar

raqamli texnologiyalar, shuningdek elektroakustik montaj belgilari asosida audio va videomanbalarni kompleks tadqiq qilish;

er uchastkalariga bo‘lgan egalik huquqlari qiymatini ekspert baholash;

tashqi savdo faoliyatining sud-iqtisodiy ekspertizasi;

sud-ekologik ekspertiza;

sud-siyosatshunoslik-lingvistik ekspertiza;

sud-filologik ekspertiza.

5.Ekspertlar xulosalarining ilmiy asoslangani va ishonchliligi oshishini ta’minlaydigan ekspert tadqiqotlari sifatini nazorat qilish tizimini tashkil etish.Qo‘shma qaror2014-yilAdliya vazirligi, “O‘zstandart” agentligi
6.

Markazning ekspert laboratoriyalarini jihozlash bo‘yicha standartlarni ishlab chiqish, ularni standartlashtirish va sertifikatlash bo‘yicha ekspert tadqiqotlarining yuqori sifati va ishonchliligini ta’minlaydigan tadbirlarni amalga oshirish.

Chora-tadbirlar dasturi2015-yilAdliya vazirligi, “O‘zstandart” agentligi
7.

Ekspertlik amaliyotiga ekspertizalarni o‘tkazish muddatlarini qisqartirishga, sud-tergov ishi tezkorligini oshirishga qaratilgan tadqiqotning ilg‘or metodikalarini joriy etish.

Chora-tadbirlar dasturi2013 — 2015-yillar Adliya vazirligi

III. Sud-ekspertlik xizmatning ilmiy-tadqiqot ishlarini takomillashtirish

8.

O‘zbekistonda sud ekspertizasi nazariyasi va amaliyotini rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash.

Sud ekspertizasi muammolari bo‘yicha Kengash qarori2013-yil I-chorakAdliya vazirligi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, vazirliklar va idoralar
9.

Quyidagi mavzular bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish:
lotin grafikasi asosida o‘zbek tilida yozilgan qo‘lyozma matnlarni bajargan shaxsning jinsini aniqlash metodikasini ishlab chiqish;
lotin grafikasi asosida o‘zbek tilida dastxati ataylab o‘zgartirib yozilgan qo‘lyozma matnlarni tekshirish;
O‘zbekiston tub aholisining odam DNKsini Y-xromosomasi bo‘yicha tekshirish;
giyohvandlik vositalari, psixatrop modd�lar va prekursorlarning mikro miqdorlarini tekshirish usullarini takomillashtirish;
bosma vositalar va printer markasini identifikatsiya qilish maqsadida turli printerlarda bajarilgan bosma matnlar chiziqlarining mikro tuzilishini tekshirish;
yangi rusumdagi shinalar protektorlari ko‘rinishining albomini yaratish;
sud-ballistika ekspertizasi bo‘yicha o‘q uzgan shaxsni aniqlash uchun elektron mikroskapiyadan foydalanish;
izshunoslik (trasologiya) ekspertizasi bo‘yicha ma’lumotnoma-axborot fondini yaratish;
o‘simlik moyi va hayvonlar yog‘ini tekshirish bo‘yicha sud-ekspertlik tadqiqoti metodikalarini ishlab chiqish va takomillashtirish;
turli markadagi kislotali bo‘yoqlar bilan turli darajada bo‘yalgan jun tolalarni taqqoslab tekshirish uchun spektral usulning kriminalistika ekspertizalarini amalga oshirishga joriy etish;
“UzGM” rusumidagi avtomobillarning tormoz xususiyatlarini aniqlash;
bank sohasida iqtisodiy jinoyatlarni sodir etish uchun qo‘llanadigan hujjatlarni tekshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
baholashning bozor usullaridan foydalangan holda obyektlar qurilishini narxlash bo‘yicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqish;
raqamli manbalar yordamida yozib olingan o‘zbek tilidagi fonogrammalarda nutq signali ko‘rsatkichlariga tozalash vositalarining (filtrlarning) ta’sirini o‘rganish.

Ilmiy tadqiqotlar2013 — 2015-yillar Adliya vazirligi
IV. Sud-ekspertlik xizmatining kadrlar salohiyatini mustahkamlash
10.

Ekspert mutaxassisliklari bo‘yicha sud ekspertlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha maxsus o‘quv dasturlarini tasdiqlash.

O‘quv dasturlari2013-yilAdliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati
11.

Markazda sud ekspertlarini ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarini tashkil etish.

O‘quv kurslari2013-yilAdliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati
12.

Sud ekspertlarining ilg‘or xorijiy mamlakatlardagi sud-ekspertlik muassasalarida stajirovkadan o‘tishini, shuningdek xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda, jumladan Jahon sud ekspertlari assotsiatsiyasi (IAFS) shafeligida o‘tkaziladigan anjumanlarda muntazam ishtirok etishini tashkil qilish.

Stajirovkalar rejasi (kelishuv bo‘yicha)Muntazam ravishda Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

V. Sud-ekspertlik xizmatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

13.

Markaz hududiy bo‘linmalarining moddiy-texnika bazasi holatini o‘rganish, hududiy bo‘linmalarda ekspertizaning qo‘shimcha turlarini tashkil etish maqsadida ularni mustahkamlash va qo‘shimcha ravishda jihozlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Chora-tadbirlar rejasi2012-yil IV chorakAdliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari
14.

Markazning yangi ixtisoslashtirilgan binosini qurish uchun Markazga yer uchastkasi ajratish.

Toshkent shahar hokimining qarori 2012-yil IV chorakToshkent shahar hokimligi, Adliya vazirligi
15.

Markazning sud-ekspertlik laboratoriyalarini joylashtirishning zamonaviy standartlariga javob beradigan yangi ixtisoslashtirilgan binosini qurish.

Chora-tadbirlar rejasi2013 — 2015-yillar Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi
16.Markaz faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish dasturini amalga oshirish.Adliya vazirining buyrug‘i2013 — 2015-yillar Adliya vazirligi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi
17.

Markazning ekspertizalarni zamonaviy ilmiy darajada uzluksiz o‘tkazishni ta’minlaydigan uskunalar bazasini (kriminalistika texnikasi, ehtiyot qismlar, sarflash materiallari) modernizatsiya qilish.

Chora-tadbirlar dasturi2013 — 2015-yillar Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

VI. Huquqiy targ‘ibot bo‘yicha tadbirlar

18.

“O‘zbekistonda sud-ekspertlik faoliyatining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etish.

Konferensiya 2013-yil II chorakAdliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi
19.

Markazning Internet tarmog‘idagi Markazning tuzilmasi, tarkibi, vazifalari va funksiyalari haqida axborot taqdim etishni, shuningdek aholiga interfaol davlat xizmatlari ko‘rsatishni ta’minlaydigan rasmiy veb-saytini modernizatsiya qilish hamda muntazam yangilab borish.

Adliya vazirining buyrug‘i2013-yil I chorakAdliya vazirligi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi
20.

Huquqni muhofaza qilish organlari va sud xodimlari o‘rtasida sud ekspertizalarining zamonaviy imkoniyatlarini tushuntirish bo‘yicha mavzuga oid seminarlar, davra suhbatlari va ma’ruzalarni tashkil etish.

Jadval Muntazam ravishda Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”