13.11.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2400
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.03.2018
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 142-modda) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1992-y., 11-son, 37-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi haqidagi nizomga muvofiq buyuraman:
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 142-modda), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-sonli “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1999-y., 9-son, 51-modda) muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan tashkilotlarning (keyingi o‘rinlarda budjet tashkilotlari deb yuritiladi) daromadlari va xarajatlarining buxgalteriya hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
10. Budjet tashkilotlari tomonidan tejab qolingan budjet mablag‘larini Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazish Davlat budjetining g‘azna ijrosi qoidalariga (ro‘yxat raqami 2007, 2009-yil 16-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 38-son, 422-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
14. Budjet tashkilotlari tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarilishi va sotilishi Budjet tashkilotlari tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish tartibiga (ro‘yxat raqami 880, 2000-yil 25-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 2-son) muvofiq amalga oshiriladi.
43. Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larining sarflanishi mazkur Nizomning II bob 5-paragrafi hamda Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnomada (ro‘yxat raqami 2169, 2010-yil 22-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 51-son, 502-modda) belgilangan tartibda buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.