03.10.2012 yildagi 282-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.04.2017
 LexUZ sharhi
6. Direksiya taqdim etilgan hujjatlarning ushbu Nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligini 5 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqadi.
7. Ushbu Nizomning 4-bandi buzilgan holda taqdim etilgan investitsiya buyurtmanomalari ko‘rib chiqilmasdan investorga qaytariladi.
13. Ushbu Nizomning 11-bandi uchinchi xatboshiga muvofiq puxtalashtirilgan investitsiya buyurtmanomalari bevosita Ma’muriy kengashga ko‘rib chiqish uchun takroran kiritiladi.
23. Investor va Direksiya o‘rtasidagi investitsiyalash to‘g‘risidagi bitim ushbu Nizomning 29-bandiga muvofiq investor tomonidan “Angren” MIZ qatnashchisi sifatida tashkil etiladigan tadbirkorlik subyekti ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan boshlab kuchga kiradi.
29. Direksiya ushbu Nizomning 28-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar olingan kundan boshlab 2 ish kuni mobaynida tadbirkorlik subyektini “Angren” MIZ qatnashchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazadi va ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha “Angren” MIZ qatnashchisi guvohnomasini beradi.