Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 23-avgustdagi PQ–1602-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini samarali muvofiqlashtirish va ularning mazkur sohada fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasiqaror qiladi:
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son qaroriga muvofiq huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlarining inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini samarali muvofiqlashtirish hamda ularning fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligini yanada takomillashtirish bo‘yicha Huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan inson huquq va erkinliklariga rioya etilishining holatini o‘rganish bo‘yicha Idoralararo ishchi guruhining (keyingi o‘rinlarda Idoralararo ishchi guruhi deb yuritiladi) faoliyatini tartibga soladi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”