LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 6-dekabrdagi 28/3-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3411, 11.01.2023-y.) asosan 2023-yil 14-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) va “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 37-38-son, 372-modda), “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 149-modda) qonunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ–1438-son “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 48-son, 442-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Mikrokredit tashkilotlarida audit tekshiruvlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 23-iyundagi 19/4-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi, “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi va “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-son “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq mikrokredit tashkilotlarining moliyaviy hisobotlarini hamda u bilan bog‘liq moliyaviy axborotlarni auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 10-noyabrdagi 35/12-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2379-3, 05.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2018-y., 10/18/2379-3/2275-son)
auditorlik tashkiloti — tanlov asosida tanlab olingan auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo‘lgan yuridik shaxs;
auditorlik tekshiruvi — moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborot to‘g‘riligi va buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining (keyingi o‘rinlarda Markaziy bank deb ataladi) me’yoriy hujjatlariga mosligini aniqlash maqsadida mikrokredit tashkilotining moliyaviy hisobotini hamda u bilan bog‘liq moliyaviy axborotni auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirishdir;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
auditorlik hisoboti — auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga chiqishlar, moliyaviy hisobotdagi qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi mufassal ma’lumotlardan, shuningdek auditorlik tekshiruvi o‘tkazish natijasida olingan boshqa axborotdan iborat bo‘lgan va mikrokredit tashkiloti rahbariga, mulkdoriga, ishtirokchilari (aksiyadorlari)ning umumiy yig‘ilishiga yo‘llangan hujjat;
auditorlik xulosasi — mikrokredit tashkilotida moliyaviy hisobotning to‘g‘riligi va buxgalteriya hisobini yuritish tartibining qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi to‘g‘risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan, mikrokredit tashkiloti moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lgan hujjat.
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
2. Mikrokredit tashkilotlarining faoliyati har yili moliyaviy yil yakuni bo‘yicha auditorlik tashkiloti tomonidan tekshirilishi shart.
3. Mikrokredit tashkilotlar faoliyati samaradorligini tahlil qilish va baholashda auditorlik tashkilotlari, avvalambor daromadlilik (rentabellik), kapitaldan foydalanish darajasi, moliyaviy barqarorligi, to‘lov qobiliyati va o‘zini-o‘zi moliyalash darajasi, ishdagi faollik mezonlaridan kelib chiqadi.
4. Auditorlik tekshiruvi auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishini qo‘zg‘atuvchi mikrokredit tashkiloti, uning mulkdori, shuningdek ustav kapitalida qonunchilik hujjatlarida belgilanganidan kam bo‘lmagan miqdordagi ulushga ega ishtirokchilar (aksiyadorlar), nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar tashabbusiga ko‘ra o‘tkazilishi mumkin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
5. Aynan bir xil asoslarga ko‘ra aynan bir auditorlik tashkiloti aynan bir mikrokredit tashkiloti faoliyatini tekshirishga takror jalb etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
6. Auditorlik tashkiloti aynan bir mikrokredit tashkilotining faoliyatini ketma-ket yetti yildan ortiq auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishga haqli emas.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 10-noyabrdagi 35/12-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2379-3, 05.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2018-y., 10/18/2379-3/2275-son)
7. Mikrokredit tashkilotlari auditorlik tashkilotlarini tanlov asosida tanlab oladi. Tanlov auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda manfaatdorlik bildirgan kamida uchta auditorlik tashkilotining takliflaridan iborat bo‘lishi hamda tanlovda ishtirok etuvchi auditorlik tashkiloti boshqa auditorlik tashkiloti taklifining mazmunidan bexabar bo‘lishi kerak.
8. Mikrokredit tashkiloti va auditorlik tashkiloti o‘rtasida tuzilgan shartnoma va bitimlarda auditorlik xulosasi va hisobotini Markaziy bankka taqdim etishni cheklash bo‘yicha qoidalar ko‘zda tutilmasligi lozim.
tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi o‘tkazilayotganda auditorlik tekshiruvining yo‘nalishi va hajmini belgilash;
auditorning e’tirozlari asoslanilgan qonunchilik hujjatlarining normalari to‘g‘risidagi zarur axborotni auditorlik tashkilotidan olish;
(9-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
buxgalteriya hisobini yuritish, moliyaviy hisobotni tuzish tartibi to‘g‘risida hamda aniqlangan kamchiliklar va qoidabuzarliklarni to‘g‘rilash haqida auditorlardan maslahat va tavsiyalar olish.
auditorlik tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan muddatlarda auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditorga kerakli sharoitlarni yaratib berishi, unga zarur hujjatlarni taqdim etishi;
auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan buxgalteriya hisobini yuritish, moliyaviy hisobot tuzish qoidalari hamda soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqish tartibi buzilishlarini bartaraf etishga majburdir.
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2020-yil 5-martdagi 5/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2379-4, 20.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 10/20/2379-4/0354-son)
Mikrokredit tashkiloti qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va uning zimmasida o‘zga majburiyatlar bo‘lishi mumkin.
(10-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
11. Mikrokredit tashkiloti ushbu Nizomga muvofiq amalga oshirilayotgan auditorlik tekshiruvini o‘tkazishdan bosh tortish yoki unga xalaqit berish maqsadlarida u yoki bu harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etishga haqli emas.
12. Mikrokredit tashkiloti auditorlik tekshiruvlari yakunlangach, auditorlik hisoboti va xulosasi, shuningdek auditorlik tashkiloti tomonidan haqqoniyligi tasdiqlangan mikrokredit tashkilotining moliyaviy hisobotining nusxalarini Markaziy bankka taqdim etishi lozim.
13. Mikrokredit tashkilotlari har yilgi moliyaviy hisobotni ularning yuqori boshqaruv organining yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin ijobiy auditorlik xulosasi bilan birga e’lon qilishi shart.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 6-fevraldagi 2/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2379-2, 18.02.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 7-son, 71-modda)
14. Mikrokredit tashkiloti auditorlik xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq auditorlik tashkiloti xizmatlari haqini o‘z vaqtida to‘lashi shart.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 8-iyundagi 12/8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2379-1, 24.06.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 26-son, 340-modda)
15. Auditorlik tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha ishlarga haq to‘lash auditorlik tekshiruvini belgilagan organ hisobidan amalga oshiriladi.
auditorlik tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun mikrokredit tashkilotining ta’sis hujjatlari va buxgalteriya hisobi hamda moliyaviy hisobotlari bilan oldindan tanishib chiqish;
auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda mikrokredit tashkilotining moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq hujjatlari bilan to‘liq tanishib chiqish, shuningdek ushbu hujjatda hisobga olingan har qanday mulkning aniq mavjudligi yoki har qanday majburiyatlarning aniq holatini tekshirish;
auditorlik tekshiruvi davomida yuzaga kelgan savollar bo‘yicha mikrokredit tashkilotining moddiy javobgar shaxslaridan og‘zaki va yozma tushuntirishlar hamda auditorlik tekshiruvi uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlarni olish;
mikrokredit tashkiloti ishonchli auditorlik xulosasini tayyorlash uchun barcha zarur bo‘lgan axborotni bermagan taqdirda auditorlik tekshiruvini o‘tkazishdan bosh tortish;
auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda auditorlar va boshqa mutaxassislarni ishtirok etishga belgilangan tartibda jalb etish;
auditorlik tekshiruvini olib borish davrida mikrokredit tashkilotiga buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish, tiklash, olib borish hamda moliyaviy hisobotni tayyorlashdan tashqari professional xizmatlar ko‘rsatish huquqiga egadir.
Auditorlik tashkilotlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
(16-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
auditorlik faoliyatini amalga oshirishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan litsenziya talablari va shartlariga amal qilishi;
(17-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
mikrokredit tashkilotining talabiga ko‘ra auditorlik tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha qonunchilik hujjatlaridagi talablar, auditorning fikr-mulohazalari asoslanadigan huquqiy normalar to‘g‘risida axborot taqdim etishi;
(17-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
auditorlik hisobotida moliya-xo‘jalik operatsiyalarining qonuniyligini buzish holatlari va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni aks ettirishi;
mikrokredit tashkiloti faoliyatini auditdan o‘tkazgan auditorlik tashkiloti mikrokredit tashkilotiga uning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari zarar yetkazganligini tasdiqlab turgan faktlarni aniqlagan taqdirda, bu haqda mikrokredit tashkiloti rahbariyatiga, mulkdoriga, ta’sischilarining umumiy yig‘ilishiga ma’lum qilishi hamda auditorlik hisobotiga tegishli qaydni kiritishga majbur. Zarur hollarda, auditorlik tekshiruvining natijalarini ma’lum qilish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ta’sischilarning umumiy yig‘ilishi chaqirilishini talab qilishi;
(17-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 8-iyundagi 12/8-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2379-1, 24.06.2013-y.) asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 26-son, 340-modda)
Auditorlik tashkilotlari zimmasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(17-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
auditorlik tekshiruvi natijalari bo‘yicha mikrokredit tashkilotlari faoliyatini takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlashlari;
auditorlik tekshiruvi jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mikrokredit tashkilotining yuqori boshqaruv organiga tavsiyalar kiritishlari;
auditorlik tekshiruvi jarayonida mikrokredit tashkilotining buxgalteriya hisobi va ichki nazorati ahvoli, moliyaviy hisobotlari, kredit portfelini tahlil qilish, berilgan kreditlar bo‘yicha zaxiralar hajmiga, tavakkalchilik va likvidlilik ko‘rsatkichlariga baho berish hamda uning faoliyati qonunchilik hujjatlariga, shu jumladan Markaziy bankning me’yoriy hujjatlariga mosligini tahlil qilishlari lozim.
(18-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
19. Auditorlik tashkiloti auditorlari mikrokredit tashkilotidan mustaqil bo‘lishlari lozim, ya’ni tekshirilayotgan mikrokredit tashkiloti rahbarlari va (yoki) boshqa mansabdor shaxslar bilan yaqin qarindosh bo‘lgan, ushbu tashkilotlarda mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy manfaatlari bo‘lgan shaxslarga hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa holatlarda auditorlik tekshiruvini o‘tkazish taqiqlanadi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
20. Auditorlik tekshiruvi natijasi bo‘yicha auditorlik tashkiloti tomonidan mikrokredit tashkilotining yuqori boshqaruv organiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq tayyorlangan auditorlik xulosasi va auditorlik hisoboti taqdim etilishi lozim.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
21. Auditorlik tekshiruvi mikrokredit tashkiloti ishtirokchilari (aksiyadorlari) yoki nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qilish organlari topshirig‘iga binoan auditorlik tashkiloti tomonidan o‘tkazilayotgan bo‘lsa, auditorlik hisoboti auditorlik tekshiruvi topshirig‘iga binoan o‘tkazilayotgan shaxsga ham taqdim etiladi.
22. Mikrokredit tashkilotining yillik moliyaviy hisoboti auditorlik xulosasiga uzviy bog‘liq hujjat bo‘lib, u xulosaga ilova qilinishi lozim.
23. Mikrokredit tashkilotining quyidagi moliyaviy hisobotlari auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilishi lozim:
a) buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot holatini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi qismni, jumladan:
buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishning belgilangan tartibiga rioya qilinishini baholash;
buxgalteriya hisobotini yuritishda va moliyaviy hisobotni tayyorlashda belgilangan tartiblarni buzilish holatlari aniqlanganda, ularni tavsiflash;
kapitali yetarliligiga baho berish, shuningdek ustav kapitalini o‘z vaqtida va to‘liq shakllantirishini tekshirish;
daromadlari va xarajatlari tahlili, shu jumladan soliq qonunchiligi talablariga rioya qilinishi tahlili;
aktivlari bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash zaxiralarini yaratish, ulardan foydalanish hamda hisobdan chiqarish siyosatiga baho berish;
avval o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvi yuzasidan berilgan tavsiyalarning bajarishi to‘g‘risida ma’lumot.
25. O‘tkaziladigan tekshiruvlar bo‘yicha barcha hisobotlarda mikrokredit tashkiloti ijro etuvchi organi faoliyati baholanishini, tavsiya qilingan tuzatishlar, aniqlangan kamchiliklar va qonunchilik hujjatlari talablari buzilishlarini bartaraf etishga doir tavsiyalarni tasdiqlaydigan hujjatlarning to‘liq ro‘yxatini o‘z ichiga oladigan yakuniy qism bo‘lishi kerak.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
26. Auditorlik hisobotining har bir beti auditorlik tekshiruvini o‘tkazgan auditor (auditorlar) va auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 8-iyundagi 12/8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2379-1, 24.06.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 26-son, 340-modda)
261. Auditorlik xulosasi auditorlik tekshiruvini o‘tkazgan auditor (auditorlar), auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan va auditorlik tashkiloti muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
(261-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 6-fevraldagi 2/1-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2379-2, 18.02.2016-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2016-y., 7-son, 71-modda)
27. Hisobotlar bevosita mikrokredit tashkiloti yuqori boshqaruv organiga ko‘rib chiqish va keyinchalik tasdiqlash uchun taqdim etilishi lozim. Hisobot nusxalari tasdiqlangandan keyin mikrokredit tashkilotining ijro etuvchi organiga ijro qilish uchun berilishi kerak.
28. Auditorlik faoliyatini amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
29. Auditorlik hisobotidagi axborot maxfiy hisoblanadi va oshkor qilinishi mumkin emas. Ushbu axborotdan foydalangan shaxslar axborotni oshkor qilganlik uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
30. Mikrokredit tashkilotining yuqori boshqaruv organi yil yakunlari bo‘yicha moliyaviy hisobot tayyorlanishi va buning uchun auditorlik tashkilotini jalb qilinishi uchun mas’ul hisoblanadi.
31. Mikrokredit tashkiloti faoliyatini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazgan auditorlik tashkilotlari mikrokredit tashkiloti va boshqa moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar oldida moliyaviy hisobot hamda mirokredit tashkilotining boshqa moliyaviy axboroti to‘g‘risida noto‘g‘ri yakundan iborat bo‘lgan auditorlik xulosasini tuzish oqibatida ularga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladi.
32. Auditorlik tekshiruvini sifatsiz o‘tkazganlik yoki lozim darajada o‘tkazmaganlik oqibatida mikrokredit tashkiloti va (yoki) auditorlik tekshiruvi buyurtmachisiga yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda auditorlik tashkiloti tomonidan qoplanishi shart.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
33. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)