O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TRENERLIK FAOLIYATINI YaNADA TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-noyabrdagi 918-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda O‘zbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan, trenerlik faoliyatini yanada tartibga solish, aholiga jismoniy tarbiya-sport hamda sog‘lomlashtirish xizmatlari ko‘rsatishning sifatini oshirish va xavfsizligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish yuzasidan attestatsiya o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish yuzasidan attestatsiya o‘tkazish bo‘yicha Respublika komissiyasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
2. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, jismoniy tarbiya - sport tashkilotlari hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish yuzasidan attestatsiya o‘tkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan tashkiliy chora-tadbirlar kompleksini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
2013-yil 1-iyuldan boshlab trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish yuzasidan attestatsiyadan o‘tmagan shaxslar bilan mehnat shartnomalarini belgilangan tartibda bekor qilish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rsin.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-yanvardagi 24-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 5-son, 57-modda)
3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish yuzasidan attestatsiya o‘tkazish, trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsatnomani rasmiylashtirish va berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom talablari O‘zbekiston Respublikasi hududida trenerlik faoliyatini amalga oshirishni xohlovchi jismoniy shaxslar, shuningdek jismoniy tarbiya va sportni ommalashtiruvchi yoki ushbu sohada aholiga xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.
Ushbu Nizom sport yo‘nalishidagi muassasalardan tashqari, davlat umumta’lim maktablarida, kollejlarda, litseylarda va oliy o‘quv muassasalarida jismoniy tarbiya bo‘yicha o‘qituvchilar sifatida o‘z faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarga tatbiq etilmaydi.
trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish yuzasidan attestatsiya (keyingi o‘rinlarda attestatsiya deb ataladi) — jismoniy shaxslarning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi malakasini, bilimlarini va kasbiy ko‘nikmalari darajasini ularning trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishiga ruxsat berish maqsadida aniqlash;
trenerlik faoliyati — aholi va sportchilar bilan o‘quv-trenirovka, jismoniy tarbiya-sport hamda sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazishga, shuningdek sport natijalariga erishish uchun ularning musobaqa faoliyatiga rahbarlikni amalga oshirishga yo‘naltirilgan faoliyat;
trener — sport bo‘yicha trener, trener-o‘qituvchi yoki trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lgan trener-instruktor sifatida trenerlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs;
trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsatnoma — O‘zbekiston Respublikasi hududida jismoniy shaxsga trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan hujjat.
o‘quv-trenirovka, jismoniy tarbiya-sport va sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarini o‘tkazishda aholi xavfsizligini ta’minlash;
trenyerlarning malaka, metodologik madaniyati darajasini maqsadli, uzluksiz oshirishini, shaxsiy, kasbiy o‘sishini, ularning zamonaviy pedagogik texnologiyalar va amaliy ko‘nikmalardan foydalanishini rag‘batlantirish;
sportchilarni tayyorlash samaradorligi va sifatini oshirish, aholi bilan jismoniy tarbiya-sport va sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarini o‘tkazish.
5. Kollegiallik, oshkoralik, ochiq-ravshanlik, talabgorga xolisona munosabatda bo‘lish va kamsitishlarga yo‘l qo‘ymaslik attestatsiyaning asosiy tamoyillari hisoblanadi.
6. Attestatsiya Trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha Respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan o‘tkaziladi.
7. Komissiyaning shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, sport turlari bo‘yicha respublika sport tashkilotlari (federatsiyalari, uyushmalari va boshqalar), jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ta’lim muassasalari xodimlaridan shakllantiriladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Komissiya a’zolarining Komissiyaga yuklangan vazifalarni bajarish bo‘yicha ishlarini muvofiqlashtirish;
Komissiyaning ko‘rib chiqishi uchun kiritiladigan materiallar bo‘yicha tegishli xulosalarni o‘z vaqtida taqdim etish;
Komissiya qarorlari ijrosi monitoringini yuritish va uning natijalarini Komissiyaning ko‘rib chiqishi uchun taqdim etish;
ishchi organ va ekspert guruhlarning Komissiya majlisiga materiallar tayyorlash bo‘yicha faoliyatini tashkil etish;
Komissiya raisi bilan majlislarni o‘tkazish muddatlari va joylari, shuningdek taklif etiladiganlar kontingentini kelishish;
Komissiya vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarga so‘rovlar tayyorlash.
12. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Sertifikatlashtirish va kompyuterlashtirish markazi (keyingi o‘rinlarda ishchi organ deb ataladi) Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Komissiya majlislarini o‘tkazishga barcha zarur materiallarning o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi hamda unga davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, shuningdek Komissiya a’zolaridan zarur materiallarni va trenerlik faoliyatiga taalluqli ekspert xulosalarni olish huquqi beriladi;
Komissiya majlislari o‘tkazilishini va kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlashni tashkil qiladi;
attestatsiyani sifatli o‘tkazish bilan bog‘liq ishlarni tashkil etish uchun malakali mutaxassislardan ishchi va ekspert guruhlarni shakllantiradi va ularning ishlarini muvofiqlashtiradi;
ishchi va ekspert guruhlar faoliyatini va Komissiya qabul qilgan qarorlarning bajarilishini joylarga borgan holda o‘rganadi;
Komissiya a’zolarini va taklif etiladigan shaxslarni majlisning o‘tkaziladigan sanasi, joyi va vaqti to‘g‘risida tegishli materiallarni yuborgan holda xabardor qiladi;
Komissiya qaroriga ko‘ra attestatsiyadan o‘tgan shaxslarga trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish yuzasidan ruxsatnomalarni rasmiylashtiradi va beradi;
(13-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-apreldagi 319-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/319/2957-son)
“Trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish yuzasidan ruxsatnomaga ega bo‘lgan shaxslar reyestri” Davlat axborot resursini yuritadi;
Komissiya qarorlariga muvofiq boshqa materiallarni Komissiyaning ko‘rib chiqishi uchun taqdim etadi.
Komissiya qarori bo‘yicha ishchi organga Komissiyaning faoliyati samaradorligini oshirish va attestatsiya o‘tkazish maqsadida boshqa funksiyalar ham yuklanishi mumkin.
14. Talabgorni attestatsiyadan o‘tkazish 3 yilda bir marta o‘tkaziladi, Komissiya tomonidan attestatsiyadan o‘tishning boshqa muddatlari belgilanadigan quyidagi holatlar bundan mustasno:
talabgorda davlat va xalqaro sport unvonlari va/yoki mukofotlari mavjud bo‘lsa yoxud talabgor O‘zbekiston Respublikasida sportni va trenerlik faoliyatini rivojlantirishga salmoqli ulush qo‘shgan bo‘lsa;
talabgorlarda trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga, ularda ko‘rsatilgan muddatlarni hisobga olgan holda, sport turlari bo‘yicha xalqaro federatsiyalar tomonidan berilgan ruxsat beruvchi hujjatlar mavjud bo‘lsa. Bunda sport turining xususiyati (olimpiada, noolimpiada, milliy va boshqa sport turlari) e’tiborga olinadi.
15. Homilador ayollar, shuningdek uch yoshgacha bolalari bo‘lgan ayollar attestatsiyaga jalb etilmaydi.
16. Ilgari ijtimoiy xavfli, og‘ir va alohida og‘ir jinoyatlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi qaratilgan jinoyatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar attestatsiyaga qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-apreldagi 319-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/319/2957-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-apreldagi 319-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/319/2957-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-apreldagi 319-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/319/2957-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-apreldagi 319-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/319/2957-son)
Qabul qilingan to‘lov mablag‘lari ishchi organning attestatsiyadan o‘tkazish, trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ruxsatnomani rasmiylashtirish va berish ishlarini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplashga yo‘naltiriladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
21. Attestatsiya ikki bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqich Komissiyaning ishchi organi tomonidan mintaqalarda o‘tkaziladi. Attestatsiyaning birinchi bosqichi muvaffaqiyatli o‘tgandan keyin ikkinchi bosqich respublika mintaqalarida sport turlari respublika (mintaqa) tashkilotlarini (federatsiyalar, uyushmalar va boshqalarni) jalb etgan holda o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-apreldagi 319-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/319/2957-son)
23. Attestatsiyaning birinchi bosqichi davomida talabgorlar malaka sinovlaridan (mutaxassislar bazaviy nazariy bilimlari darajasining attestatsiya mezonlariga muvofiqligini aniqlash jarayoni) o‘tadilar, bunda kompyuter dasturlari qo‘llanilgan holda yoki yozma shaklda ularning trenerlik faoliyatini amalga oshirish asoslarini, fiziologiya sohasidagi umumiy masalalarni, o‘quv-trenirovka va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarini o‘tkazish, o‘quv-trenirovka va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarini o‘tkazish paytida shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish metodikalarini bilishlari hamda trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish jarayonida zarur bo‘lgan boshqa umumiy nazariy bilimlarni bilishlari aniqlanadi. Savollar va baholash mezonlarining namunaviy ro‘yxati ishchi organning taqdimnomasi bo‘yicha Komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universitetini yoki ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxirasi maktab-internatlarini tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplomlarga ega bo‘lgan shaxslar ko‘rsatib o‘tilgan ta’lim muassasalarini tamomlagandan keyin tegishli sport turlari bo‘yicha uch yil mobaynida attestatsiyaning birinchi va ikkinchi bosqichidan o‘tgan deb hisoblanadilar.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
Boshqa oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport fakultetlarini tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplomlarga ega bo‘lgan shaxslar ko‘rsatib o‘tilgan ta’lim muassasalarini tamomlagandan keyin uch yil mobaynida attestatsiyaning birinchi bosqichidan o‘tgan deb hisoblanadilar.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
24. Uzrli sabab bilan attestatsiyaga kelmagan talabgorlar navbatdagi attestatsiyaga, biroq ko‘pi bilan bir marta qo‘yiladilar. Uzrli sabab bilan bir martadan ortiq attestatsiyaga kelmaganlik uzrsiz sabab bilan kelmagan deb baholanadi, talabgor esa attestatsiyadan o‘tmagan deb hisoblanadi.
25. Uzrsiz sabablar bilan attestatsiyaga kelmagan talabgorlarga ishchi organ tomonidan (hujjatlar/materiallar asosida) talabgorni attestatsiyadan o‘tmagan deb hisoblash hamda unga trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsatnoma berish rad etilganligi to‘g‘risida qaror chiqarilganligi haqidagi yozma bildirishnoma yuboriladi.
Uzrsiz sabab bilan attestatsiyaga kelmagan shaxslar oldingi attestatsiya vaqtidan boshlab ko‘pi bilan 1 (bir) oydan keyin attestatsiyadan takroriy o‘tish huquqiga egadirlar.
26. Attestatsiyaning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tilgan taqdirda talabgorlarning hujjatlari Komissiyaga yuboriladi, u besh kun muddatda umumjismoniy tayyorgarlik bo‘yicha trener-instruktorlar sifatida trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsatnoma berish yoxud ruxsatnoma berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Talabgorlar sport turlari bo‘yicha trenyerlar sifatida faoliyatni amalga oshirish xohishini bildirgan taqdirda ular sportning tegishli turi bo‘yicha trenyerlarga qo‘yiladigan kasbiy sifatlari, bilimlari va mahoratlarini aniqlash hamda sport turlari bo‘yicha trenyerlar, sport turlari bo‘yicha trener-o‘qituvchilar va trener-instruktorlar sifatida trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsatnoma berish maqsadida xulosa olish uchun sport turlari bo‘yicha respublika (mintaqa) tashkilotlariga (federatsiyalari, uyushmalari va boshqalarga) yuboriladi. Tegishli sport tashkilotlari yoki malakali xodim mavjud bo‘lmagan taqdirda sportning tegishli turi bo‘yicha attestatsiyaning ikkinchi bosqichini o‘tkazish tartibi Komissiya tomonidan belgilanadi.
27. Attestatsiyaning ikkinchi bosqichi davomida talabgorlar sportning ommalashtirilayotgan turiga oid nazariy va amaliy bilimlari bo‘yicha sinovdan o‘tadilar, sinov yakuni bo‘yicha xulosa beriladi.
Xulosani berish tartibi, muddatlari va shartlari Komissiya bilan kelishgan holda sport turlari bo‘yicha respublika (mintaqa) tashkilotlari (federatsiyalari, uyushmalari va boshqalar) tomonidan tasdiqlanadi.
28. Ishchi organ tomonidan attestatsiyaning birinchi bosqichi natijalari va sport turlari bo‘yicha respublika (mintaqa) tashkilotlari (federatsiyalari, uyushmalari va boshqalar)ning attestatsiyaning ikkinchi bosqichi yakunlari bo‘yicha xulosalari trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsatnoma berish yoxud ruxsatnoma berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun Komissiyaga yuboriladi.
29. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” yoki “Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” unvoniga, jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy darajaga ega bo‘lgan shaxslar attestatsiyadan o‘tmasdan va attestatsiyadan o‘tganlik uchun haq to‘lamasdan trenerlik faoliyati bilan muddatsiz shug‘ullanishga ruxsatnoma oladilar. Davlat unvonlari va xalqaro unvonlarga va/yoki mukofotlarga ega bo‘lgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatini rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shgan shaxslar sport turi bo‘yicha tegishli respublika federatsiyasi (assotsiatsiyasi)ning iltimosnomasi bo‘yicha Komissiyaning qarori bilan attestatsiyadan o‘tishdan va attestatsiya o‘tkazilganligi uchun haq to‘lashdan ozod qilinishi mumkin.
Sportning turi bo‘yicha tegishli Respublika federatsiyasi (assotsiatsiyasi)ning iltimosnomasi Komissiyaning ko‘rib chiqishi uchun ishchi organga yuboriladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
30. Komissiya majlisi unda Komissiya a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Qarorlar ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Agar talabgor Komissiya a’zosi hisoblansa u attestatsiyadan o‘tishda o‘z nomzodi bo‘yicha ovoz berishda qatnashmaydi.
Komissiya qarori uning uchun Komissiyaning majlisda qatnashayotgan a’zolarining oddiy ko‘pchiligi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan deb hisoblanadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
31. Komissiya majlislari zaruriyatga ko‘ra o‘tkaziladi va so‘rov yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin.
32. Komissiya qarori protokol bilan rasmiylashtiriladi, u rais yoki uning o‘rinbosari tomonidan imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-apreldagi 319-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/319/2957-son)
34. Trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsatnoma blankasi qat’iy hisobot beriladigan hujjat hisoblanadi va tartib raqamiga ega bo‘ladi. Trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsatnoma blankasi raqamlangan, ip o‘tkazib tikilgan hamda rahbarning imzosi va ishchi organning muhri bilan tasdiqlangan tegishli daftarda majburiy tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
35. Komissiya qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat bildirilishi mumkin.
37. Attestatsiyadan o‘tmagan jismoniy shaxs oldingi attestatsiya bo‘lgan paytdan boshlab 1 (bir) oydan keyin attestatsiyadan takroran o‘tish huquqiga egadir.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 284-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 42-son, 519-modda)
371. Sportning olimpiya va paralimpiya turlari hamda Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari, Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari musobaqalarining g‘olib va sovrindor sportchilari tegishli sport federatsiyalari (uyushmalari) tavsiyalari asosida attestatsiyaning birinchi va ikkinchi bosqichlaridan o‘tmasdan, sport maktablarida trener sifatida ishlash uchun trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga belgilangan tartibda tegishli ruxsatnoma oladilar.
(371-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-apreldagi 319-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/319/2957-son)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarining tavsiyalari asosida umumta’lim maktablarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari sport maktablarida trener-instruktor sifatida ishlash uchun attestatsiyaning birinchi va ikkinchi bosqichlaridan o‘tmasdan trener-instruktorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga belgilangan tartibda tegishli ruxsatnoma oladilar.
(371-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 32-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/32/2481-son)
372. Trenerlik faoliyati uchun amal qiladigan ruxsatnomasi bo‘lgan shaxslar berilgan ruxsatnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar boshqa sport turlari bo‘yicha trenerlik faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomani olishga ariza berishlari mumkin.
373. Sport turi bo‘yicha trener-yo‘riqchi sifatida faoliyat bilan shug‘ullanishga ruxsatnomaga ega bo‘lgan shaxslar sportning aynan shu turi bo‘yicha trener yoki trener-o‘qituvchi sifatida faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha ariza berishi mumkin.
Bunda, agar talabgor yangi ruxsatnoma olish uchun unga amal qiladigan ruxsatnoma berilgan kundan boshlab sakkiz oygacha muddatda murojaat qilgan taqdirda, u attestatsiyaning birinchi bosqichini o‘tmasdan attestatsiyaning ikkinchi bosqichidan o‘tish uchun tegishli respublika sport tashkilotiga (federatsiyaga, uyushmaga va boshqalarga) yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(373-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-apreldagi 319-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/319/2957-son)
374. Trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsatnomani uzaytirish, to‘xtatib turish, tiklash, amal qilishini to‘xtatish va qayta rasmiylashtirish “Tadbirkorlik sohasidagi ruxsat berish tartib-tamoyillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablari hisobga olingan holda ushbu Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(375-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-apreldagi 319-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/319/2957-son)
Bunda, agar talabgor unga amal qiluvchi ruxsatnoma berilgan kundan boshlab olti oy mobaynida ruxsatnoma olish uchun murojaat qilgan taqdirda, talabgor attestatsiyaning birinchi bosqichidan o‘tmasdan attestatsiyaning ikkinchi bosqichidan o‘tish uchun sport turi bo‘yicha tegishli respublika sport tashkilotiga (federatsiyaga, uyushmaga va boshqalarga) yuboriladi.
Yangi ruxsatnoma rasmiylashtirilganligi va berilganligi uchun ushbu Nizomning 20-bandida ko‘rsatilgan yig‘imning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi.
38. Trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsatnomaning mavjudligi, ish jarayonida yuqori sport va mehnat natijalariga erishganlik trenyerlarga malaka toifasi berish uchun asos hisoblanadi.
39. Trenyerlarga malaka toifasi berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
41. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-apreldagi 319-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/319/2957-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-apreldagi 319-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/319/2957-son)
Sh. Isroilov | — | Jismoniy tarbiya va sport vaziri, komissiya raisi |
J.M. Matchanov | — | Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi, Komissiya raisining o‘rinbosari |
Lavozimi bo‘yicha | — | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi direktori |
A.K. Qodirov | — | Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari |
Sh. Sultonov | — | O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Sertifikatsiyalash va kompyuterlashtirish markazi direktori, komissiya kotibi |
(2-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)