Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Oldingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Iqtisodiy sudlarning e’tibori O‘zbekiston Respublikasida soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (bundan buyon matnda Soliq kodeksi deb yuritiladi) va boshqa qonun hujjatlaridan iboratligiga qaratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1.2. Soliq kodeksining 11-moddasiga muvofiq soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagi bartaraf etib bo‘lmaydigan barcha qarama-qarshiliklar va noaniqliklar soliq to‘lovchining foydasiga talqin qilinadi. Bunda iqtisodiy sudlar shuni e’tiborga olishlari kerakki, ushbu qoida birinchidan, qarama-qarshiliklar va noaniqliklar faqat soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida mavjud bo‘lganda, ikkinchidan, qonun hujjatlarining o‘zaro nisbati “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasi belgilangan qoidalar asosida bartaraf etib bo‘lmaganda qo‘llaniladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 2-moddasining oltinchi qismiga muvofiq soliq va boshqa ma’muriy munosabatlarga nisbatan fuqarolik qonun hujjatlari qo‘llanilmaydi, Soliq kodeksi va soliq to‘g‘risidagi boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Iqtisodiy sudlar inobatga olishlari lozimki, Soliq kodeksi 3-moddasining birinchi qismiga muvofiq soliq solish soliq majburiyatlari yuzaga kelgan paytda amalda bo‘lgan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Soliq kodeksi 3-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq kodeksi 3-moddasining uchinchi qismiga muvofiq soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni bekor qiladigan yoki yengillashtiradigan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega. Shu munosabat bilan iqtisodiy sudlar soliq to‘lovchilarga huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtda amalda bo‘lgan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan ishni ko‘rish paytida amalda bo‘lgan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini o‘zaro solishtirib, javobgarlikni bekor qiladigan yoki yengillashtiradigan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llashlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi hududida Soliq kodeksida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar amal qiladi. Soliq kodeksining 30-moddasida belgilanganidek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar Soliq kodeksi, boshqa qonunlar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan berilishi mumkin. Mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, yagona yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlarni berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Soliq kodeksining 38-moddasiga muvofiq davlat soliq xizmati organi soliq davri tugaganidan keyin besh yil ichida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblashi yoki ularning hisoblangan summasini qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Soliq to‘lovchi soliq davri tugaganidan keyin besh yil ichida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning ortiqcha to‘langan summalarini hisobga olishni yoki qaytarishni talab qilishga haqli.
Soliq kodeksi 110-moddasi ikkinchi qismining uchinchi xatboshisiga muvofiq soliq majburiyatlari bo‘yicha da’vo muddatlarining tugaganligi soliq to‘lovchini soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlikdagi aybini va uni javobgarlikka tortishni istisno qiladigan holat deb e’tirof etiladi. Shu munosabat bilan soliq to‘lovchining soliqqa oid huquqbuzarliklari uchun javobgarlik choralarini qo‘llash haqidagi davlat soliq xizmati organining talabi bo‘yicha da’vo muddati huquqbuzarlik sodir etilgan soliq davri tugaganidan keyin besh yilni tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Soliq qarzini soliq to‘lovchining mol-mulkiga qaratish haqidagi ishlarni ko‘rishda iqtisodiy sudlar inobatga olishlari lozimki, Soliq kodeksi 54-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlariga muvofiq insofli soliq to‘lovchilarga soliq ta’tillarini berish shuningdek, soliq qarzini to‘lashni kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan bir oydan yigirma to‘rt oygacha muddatga berilishi mumkin. Bunda soliq qarzini to‘lashni kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash soliq qarzining jamiga yoki uning bir qismiga nisbatan amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Iqtisodiy sudlarga tushuntirish lozimki, Soliq kodeksining 56 — 58-moddalarida belgilangan qoidalarga muvofiq ortiqcha to‘langan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha nizo bo‘lmaganda ushbu summalarni qaytarish yoki kelgusi to‘lovlar hisobiga o‘tkazish vakolatli organ tomonidan mustaqil amalga oshiriladi. Agar vakolatli organ va soliq to‘lovchi o‘rtasida ushbu masala yuzasidan nizo kelib chiqsa, soliq to‘lovchi ortiqcha to‘langan yoki undirilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni kelgusi to‘lovlar hisobiga o‘tkazish yoxud undirishni so‘rab iqtisodiy sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Soliq kodeksi 69-moddasining birinchi qismiga muvofiq davlat soliq xizmati organlari, bojxona organlari hamda zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish vazifasi yuklatilgan boshqa davlat organlari hamda tashkilotlari budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga tushumlar hisobini yuritishi kerak. Shu munosabat bilan soliq to‘lovchilar tomonidan ortiqcha to‘langan yoki asossiz undirilgan pul mablag‘larini (soliqlar, majburiy to‘lovlar, jarimalar, penyalar) vakolatli organlardan undirish to‘g‘risida da’volar berilganda iqtisodiy sudlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, uning huzuridagi budjetdan tashqari jamg‘armalar va (yoki) ularning hududiy organlarini hamda boshqa vakolatli tashkilotlarni IPKning 48-moddasiga muvofiq nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar sifatida javobgar tarafidan ishda ishtirok etishga jalb qilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 14-iyundagi “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF—3619-sonli Farmonining 3-bandiga muvofiq davlat organlarining noqonuniy qarorlari yoki shu organlar mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida tadbirkorlik subyektiga yetkazilgan zararning o‘rni sud qarori asosida to‘la hajmda bevosita ana shu davlat organlari tomonidan, birinchi navbatda, ularning budjetdan tashqari jamg‘arma mablag‘lari hisobiga qoplanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
12.1. Soliq kodeksi 60-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma soliq to‘lovchiga yoki uning vakiliga bu talabnomani soliq to‘lovchi olganligini va talabnoma olingan sanani tasdiqlovchi usulda topshirilishi lozim. Soliq to‘lovchida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti mavjud bo‘lgan taqdirda, soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma unga soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilishi mumkin. Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilgan taqdirda, u buyurtma xat pochta jo‘natmasi topshirilganligi to‘g‘risidagi bildirish blankasida ko‘rsatilgan sanada olingan deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Soliq kodeksi 62-moddasining birinchi qismiga muvofiq soliq qarzini majburiy undirish choralariga quyidagilar kiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organining soliq qarzini soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraqlaridan so‘zsiz undirish choralarini ko‘rmasdan, undiruvni soliq to‘lovchining mol-mulkiga qaratish haqida berilgan da’vo arizasi IPK 155-moddasi birinchi qismining 9-bandiga muvofiq qaytariladi, ushbu holat da’vo arizasi ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, IPK 107-moddasining 4-bandiga muvofiq da’vo ko‘rmasdan qoldiriladi, soliq to‘lovchining bank hisobvaraqlari bo‘lmagan yoki soliq to‘lovchi soliq qarzini to‘lash uchun o‘zining bank hisobvarag‘iga to‘lov topshiriqnomasini qo‘ygan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar qarzdorlik summasi belgilangan miqdordan kam bo‘lsa, da’vo arizasini qabul qilish IPK 154-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos ravishda rad etiladi, ushbu holat ariza ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, ish yuritish IPK 110-moddasining 1-bandiga muvofiq tugatiladi.
14. Soliq kodeksi 63-moddasining birinchi qismiga muvofiq soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraqlaridan soliq qarzini so‘zsiz undirish, agar Soliq kodeksi 62-moddasining uchinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchining talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatayotgan bankka davlat soliq xizmati organining soliq qarzi summasini tegishli budjetga yoki davlat maqsadli jamg‘armasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi inkasso topshiriqnomasini taqdim etish orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq kodeksining 63-moddasi davlat soliq xizmati organi tomonidan soliq to‘lovchining soliq qarzini so‘zsiz undirish tartibini belgilaydi. Shu munosabat bilan iqtisodiy sudlar e’tiborga olishlari kerakki, soliq qarzini soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraqlaridan undirish haqidagi da’vo arizalari (arizalar) iqtisodiy sudlarga taalluqli emas, Soliq kodeksi 70-moddasining yettinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
IPK 149-moddasi ikkinchi qismining 8-bandi hamda Soliq kodeksining 59 va 60-moddalari talabidan kelib chiqib, undiruvni soliq to‘lovchining mol-mulkiga qaratish to‘g‘risidagi da’vo arizasiga soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma soliq to‘lovchiga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat ham ilova qilinishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Undiruvni soliq to‘lovchining mol-mulkiga qaratish to‘g‘risidagi nizolarni hal etishda iqtisodiy sudlar Soliq kodeksining 120-moddasiga ko‘ra soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash muddatlarining buzilishi o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun 0,033 foiz miqdorida penya hisoblashga sabab bo‘lishini, ammo penya miqdori tegishli soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarz summasidan oshib ketishi mumkin emasligini e’tiborga olishlari kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Iqtisodiy sudlar Soliq kodeksining 120-moddasiga muvofiq hisoblangan penyadan soliq to‘lovchini ozod etishga yoki penya miqdorini kamaytirishga haqli emas, penya miqdori tegishli soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarz summasidan oshib ketgan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
IPK 73-moddasi to‘rtinchi qismining mazmuniga ko‘ra, soliq to‘lovchining rahbari yoki xodimiga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha hukm muayyan harakatlar sodir etilgan yoki sodir etilmaganligi va ular kimlar tomonidan sodir etilganligi masalalari bo‘yicha iqtisodiy sud uchun majburiydir. Bunda vakolatli organ tekshirish tartibi va qoidalari buzilmagan holda o‘tkazilganligini hamda soliq to‘lovchining soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganligini isbotlashdan ozod etiladi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasida nazarda tutilgan reabilitatsiya asoslariga muvofiq chiqarilgan hukm bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
20.1. IPK 66-moddasi ikkinchi qismining mazmuniga ko‘ra va Soliq kodeksi 67-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq qonun hujjatlarining talablarini buzgan holda olingan dalillar (soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi hujjatlar yoki boshqa axborot) soliq to‘lovchini soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikka tortishga asos bo‘la olmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Soliq kodeksi 70-moddasining birinchi qismiga muvofiq, kameral nazorat soliq to‘lovchi tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan moliyaviy va soliq hisobotini, shuningdek soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risida davlat soliq xizmati organidagi mavjud boshqa hujjatlarni o‘rganish hamda tahlil etish asosida amalga oshiriladigan nazoratdir, ushbu Kodeks 71-moddasining sakkizinchi qismiga muvofiq naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji natijalaridan faqat taqdim etilayotgan soliq hisoboti to‘g‘riligini tahlil etish uchun, shuningdek soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini yuritish uchun foydalaniladi. Kameral nazorat yoki xronometraj natijasi soliq to‘lovchini javobgarlikka tortish uchun asos bo‘la olmaydi.
24. Soliq kodeksi 108-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq hech kim soliqqa oid sodir etilgan aynan bitta huquqbuzarlik uchun takroran javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Soliq kodeksi 108-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarlik uchun moliyaviy sanksiyalar yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan tartibda qo‘llaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
25.1. Sudlarga tushuntirilsinki, soliq to‘lovchi tomonidan soliqqa oid bir necha huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, har bir huquqbuzarlik uchun alohida jarima tayinlanib, so‘ngra Soliq kodeksi 108-moddasining sakkizinchi qismiga asosan jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar uncha og‘ir bo‘lmagan moliyaviy sanksiyani og‘irroq jarima bilan qamrab olish yoxud tayinlangan jarimalarni to‘liq yoki qisman qo‘shish orqali soliqqa oid huquqbuzarliklar majmui bo‘yicha qo‘llaniladi.
25.3. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, soliq to‘lovchi tomonidan soliqqa oid bir necha huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, agar boshqa huquqbuzarliklar bilan bir qatorda Soliq kodeksi 119-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ham mavjud bo‘lsa va ushbu huquqbuzarlik uchun belgilangan moliyaviy jarima miqdori sodir etilgan boshqa huquqbuzarliklar uchun belgilangan moliyaviy jarima miqdoridan og‘irroq bo‘lsa, jarimaning uzil-kesil miqdori to‘liq yoki qisman qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi.
Bunda jarimaning uzil-kesil miqdori Soliq kodeksi 119-moddasining tegishli qismida nazarda tutilgan eng yuqori miqdoridan oshib ketishi mumkin emas, qisman qo‘shishda esa jarimaning uzil-kesil miqdori Soliq kodeksi 119-moddasining tegishli qismida nazarda tutilgan eng kam miqdordan kam bo‘lmasligi kerak.
25.4. Sudlarga tushuntirilsinki, agar soliq to‘lovchi birinchi ish bo‘yicha qaror chiqarilguniga qadar soliqqa oid yana boshqa huquqbuzarliklar sodir etganligi ish bo‘yicha qaror chiqarilganidan so‘ng aniqlansa, Soliq kodeksi 108-moddasining sakkizinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha jarima qo‘llaniladi. Bu holda, sud tomonidan soliqqa oid huquqbuzarliklar majmui bo‘yicha tayinlangan jarima miqdorida birinchi qaror bo‘yicha to‘langan jarimaning summasi hisobga olinadi va bu haqda hal qiluv qarorida ko‘rsatiladi.
26. Soliq kodeksi 109-moddasining birinchi qismiga muvofiq shaxs soliqqa oid huquqbuzarlik uchun quyidagi holatlardan loaqal bittasi mavjud bo‘lgan taqdirda javobgarlikka tortilishi mumkin emas:
Soliq kodeksining 110-moddasida belgilangan holatlar soliq to‘lovchining soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlikdagi aybini va uni javobgarlikka tortishni istisno qiladigan holatlar hisoblanadi hamda bunday holatlardan loaqal bittasi bo‘lganda soliq to‘lovchi javobgarlikka tortilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Soliq kodeksi 96-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq davlat soliq xizmati organi soliq to‘lovchining banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga quyidagi hollarda murojaat qilishga haqli:
28. Soliq kodeksi 101-moddasining birinchi qismiga ko‘ra davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslari tomonidan soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha soliq tekshiruvi dalolatnomasi tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Soliq kodeksi 104-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq soliq to‘lovchi davlat soliq xizmati organi qarorining nusxasi olingan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida qarorda ko‘rsatilgan soliqqa oid huquqbuzarliklarni bartaraf etsa hamda hisoblangan soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar va penya summasini to‘lasa davlat soliq xizmati organi qarorining soliq to‘lovchiga nisbatan qo‘llaniladigan jarima qismi bekor qilingan hisoblanadi. Mazkur norma Soliq kodeksining 114, 119-moddalarida ko‘rsatilgan hollarga tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
35. Soliq kodeksi 112-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq soliq to‘lovchilarga moliyaviy sanksiyalar sud tartibida qo‘llaniladi, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash muddati o‘tkazib yuborilganligi uchun penya hisoblash, shuningdek soliq to‘lovchi sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybini tan olgan va jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lagan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar davlat soliq xizmati organi tomonidan Soliq kodeksi 54-moddasining uchinchi qismiga asosan, moliyaviy jarimani bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berilgan bo‘lsa, soliq to‘lovchi bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berilgan muddatga rioya qilmagan taqdirda, soliq inspeksiyasi moliyaviy jarimani sud tartibida qo‘llash haqida ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
35.1. Soliq kodeksi 112-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq qo‘llaniladigan moliyaviy sanksiya huquqbuzarlikning oqibatlariga nomutanosib bo‘lgan, javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar aniqlangan taqdirda, shuningdek huquqbuzarning moddiy ahvolini inobatga olib, sud Soliq kodeksining 17-bobida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyaning eng kam darajasidan ham kamroq, biroq belgilangan sanksiya eng kam miqdorining 25 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda, sabablar va asoslarni albatta ko‘rsatgan holda moliyaviy sanksiya qo‘llashga haqli.
Soliq kodeksi 111-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarning ro‘yxati tugal bo‘lmaganligi bois, sud soliq to‘lovchi tomonidan soliqlarni muntazam ravishda to‘lab kelinganligini, soliqqa oid huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etilganligini, uning moliyaviy ahvoli og‘irligini, moliyaviy sanksiyaning qo‘llanilishi oqibatida iqtisodiy nochor (bankrotlik) holatiga tushishi mumkinligini va soliq to‘lovchini ijobiy tavsiflovchi boshqa holatlarni yengillashtiruvchi deb hisoblashi mumkin.
Sudlarga tushuntirilsinki, agar soliq to‘lovchi tomonidan soliqqa oid bir necha huquqbuzarlik sodir etilgan bo‘lib va moliyaviy sanksiyaning eng kam darajasidan ham kamroq qo‘llash uchun asoslar mavjud bo‘lsa, Soliq kodeksi 112-moddasining to‘rtinchi qismidagi qoida har bir modda yoki moddaning har bir qismi yoxud ularning ayrimlari bo‘yicha alohida qo‘llanilishi mumkin. Bunda jarimaning uzil-kesil miqdori to‘liq qo‘shish yo‘li bilan aniqlanib, va u davlat soliq xizmati organi tomonidan arizada qo‘llanilishi so‘ralayotgan jarimaning eng yuqori miqdoridan oshmasligi lozim.
Hal qiluv qarorining xulosa qismida har bir huquqbuzarlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan Soliq kodeksining tegishli moddasi, huquqbuzarlikning har biri bo‘yicha Soliq kodeksi 112-moddasining to‘rtinchi qismi alohida qo‘llanilganligi va ushbu bandning to‘rtinchi xatboshida belgilangan qoida bo‘yicha aniqlangan moliyaviy sanksiyaning uzil-kesil miqdori ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
35.2. Sudlarga tushuntirilsinki, Soliq kodeksi 108-moddasining sakkizinchi va to‘qqizinchi qismlari, 112-moddasining to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar faqatgina Soliq kodeksining 17-bobida nazarda tutilgan soliqqa oid huquqbuzarliklar va moliyaviy sanksiyalarga qo‘llaniladi.
Sudlar Soliq kodeksi 108-moddasining to‘qqizinchi qismi va 112-moddasining to‘rtinchi qismida belgilangan qoidalar faqat sudlar tomonidan qo‘llanishini inobatga olishlari lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 16-martdagi PQ-605-sonli Qarorining 3-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 29-iyundagi 245-sonli qarorining 4-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qo‘llanilishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 49-bandi, Soliq kodeksi 53-moddasining oltinchi qismida va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda ushbu qoidalar tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
37. Soliq kodeksi 53-moddasining birinchi qismiga muvofiq banklar soliq to‘lovchining soliqni va (yoki) boshqa majburiy to‘lovni o‘tkazishga doir to‘lov topshiriqnomalarini, shuningdek tegishli vakolatli organning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish to‘g‘risidagi inkasso topshiriqnomalarini “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisob raqamlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomada (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2012-yil 15-martda 2342-son bilan ro‘yxatga olingan), “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”gi Nizom (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2013-yil 3-iyunda 2465-son bilan ro‘yxatga olingan) hamda “O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining kassa ijrosi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomada (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2012-yil 1-fevralda 2320-son bilan ro‘yxatga olingan) belgilangan navbatda bajarishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
37.1. Iqtisodiy sudlarning e’tibori Soliq kodeksi 63-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq soliq qarzi summasini undirish soliq to‘lovchining barcha bank hisobvaraqlarida turgan pul mablag‘laridan amalga oshirilishi, qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratish mumkin bo‘lmagan hisobvaraqlar bundan mustasnoligiga qaratilsin.
37.2. Soliq kodeksi 53-moddasining oltinchi qismiga muvofiq bankning aybi bilan soliq to‘lovchining soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasini o‘tkazish topshiriqnomasi, tegishli vakolatli organning ularni undirish to‘g‘risidagi inkasso topshiriqnomasi bajarilmagan (bajarilishi kechiktirilgan) taqdirda, bankdan har bir kechiktirilgan kun uchun soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘tkazilmagan summasini 0,5 foizi miqdorida belgilangan tartibda penya undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
38. Soliq kodeksi 114-moddasining birinchi qismiga muvofiq kirim qilinmagan tovarlarni saqlash, bundan ularning qonuniy kelib chiqishi tasdiqlangan hollar mustasno, — kirim qilinmagan tovar qiymatining 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi, ushbu moddaning uchinchi qismiga muvofiq esa tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumni yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) — tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushum yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) summasining 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Shu sababli, sudlar Soliq kodeksi 114-moddasining birinchi qismiga asosan moliyaviy sanksiya qo‘llashda ushbu ish ma’muriy yoki jinoiy ish bilan bog‘liqligini aniqlashlari hamda sud hujjatlarida bayon etilgan holatlarga asoslanishlari lozim.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 30-sentabrdagi 286-sonli qaroriga asosan ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
38.2. Soliq kodeksi 114-moddasining beshinchi qismiga muvofiq, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumni yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) deb quyidagilar e’tirof etiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-avgustdagi “Budjet bilan hisob-kitoblar uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF—1504-sonli Farmoni 3-bandining beshinchi xatboshisiga muvofiq barcha chakana savdo korxonalari, shuningdek aholiga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning tushgan naqd pul mablag‘larini har kuni bank muassasalariga topshirmasligi ham tushumni yashirish deb baholanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
38.3. Soliq kodeksi 114-moddasining uchinchi qismiga muvofiq tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumning yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) summasiga qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
40.1. Soliq kodeksi 119-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar jarima qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida sodir etilganda ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan miqdorda, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar jarima qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida sodir etilganda esa ushbu moddaning to‘rtinchi qismida belgilangan miqdorda jarima solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
40.2. Agar soliq to‘lovchining bir necha savdo shoxobchalari mavjud bo‘lsa va bir soliq tekshiruvi jarayonida ularning har birida Soliq kodeksining 119-moddasida nazarda tutilgan bir xildagi huquqbuzarlik sodir etilganligi aniqlangan taqdirda, soliq to‘lovchiga bir marta moliyaviy sanksiya qo‘llaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq kodeksi 51-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha soliq majburiyatini bajarish, qayta tashkil etish tugallanguniga qadar huquqiy vorisga (huquqiy vorislarga) qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxs soliq majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi faktlari va (yoki) holatlari ma’lum bo‘lganligi yoxud ma’lum bo‘lmaganligidan qat’i nazar, uning huquqiy vorisi (huquqiy vorislari) zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
43. Moliyaviy sanksiyani qo‘llashda iqtisodiy sudlar Soliq kodeksining 111-moddasida belgilangan soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarning tugal emasligini, og‘irlashtiruvchi holat esa tugal hisoblanishini inobatga olishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”