25.05.2012 yildagi 6-son
Hujjat 25.05.2012 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq xalqaro shartnomalar shartnoma, kelishuv, konvensiya, protokol, memorandum, deklaratsiya va h.k. shakllarda tuzilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Xalqaro shartnomani qo‘llash masalasini hal etishda, qonunga ko‘ra, (“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasi) xalqaro shartnoma shartnomaning o‘zida nazarda tutilgan yoki ahdlashuvchi tomonlar o‘rtasida kelishilgan tartibda va muddatlarda kuchga kirishiga doir qoidadan kelib chiqish kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Shuni nazarda tutish lozimki, FPK 390-moddasi, JPK 592-moddasi mazmuniga ko‘ra, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sud ishlarini yuritish sohasida huquqiy yordam o‘zarolik prinsipiga asosan ham ko‘rsatilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
umumiy yurisdiksiya sudlari tomonidan ko‘rilayotgan ishlarni yuritish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha, shu jumladan, sud tomonidan JPK 399-moddasi tartibida e’lon qilingan qidiruv natijasida turgan joyi aniqlangan shaxsni ushlab turish va berish masalalari bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi orqali;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, qonunda (JPK 593-moddasi) xorijiy davlat hududida jinoyat ishi bo‘yicha protsessual harakatlarni bajarish to‘g‘risidagi so‘rov mazmuni va shakliga nisbatan muayyan talablar belgilangan. Bunday so‘rov, jumladan, quyidagilarni o‘zida aks ettirishi kerak:
Keyingi tahrirga qarang.
Qidiruvda bo‘lgan shaxsni ushlab turish, qamoqqa olish, ushlab berish va ko‘chirib kelish zaruriyati to‘g‘risidagi masalani hal etishda, sud mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishni JPK 84-moddasiga muvofiq, tugatish uchun asoslar bor-yo‘qligini tekshirishi lozim. Agar ish bo‘yicha mazkur moddada nazarda tutilgan asoslardan birortasi mavjudligi aniqlansa, sud jinoyat ishini tugatishga nisbatan shaxsning roziligini olish to‘g‘risida xorijiy davlatning vakolatli organiga so‘rov yuborish bilan chegaralanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Xalqaro huquq normalari va JPK 600-moddasiga muvofiq, xorijiy davlat tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga ushlab berilgan shaxs faqat ushlab berilguniga qadar o‘zi sodir etgan va faqat bunga uni ushlab bergan davlat roziligi olingan jinoyatlar uchun javobgarlikka tortilishi va jazolanishi mumkin.
Agar ishni ko‘rish paytida sudlanuvchiga nisbatan JK 59-moddasining sakkizinchi qismi yoki 60-moddasi qoidalariga muvofiq jazo tayinlash uchun asoslar aniqlansa va bunga xorijiy davlat vakolatli organining roziligi olinmagan bo‘lsa, sud JPK 418, 481-moddalari tartibida ishning muhokamasini keyinga qoldiradi va materiallarni mazkur masalani hal etish uchun prokurorga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Tushuntirilsinki, JK 34-moddasining beshinchi qismiga ko‘ra, xorijiy davlatlar sudlarining hukmlari bo‘yicha sudlanganlik holati shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topish to‘g‘risidagi masala hal qilinayotgan vaqtda hisobga olinishi mumkin. Boshqa barcha hollarda xorijiy davlat sudining hukmi bo‘yicha sudlanganlik holatini sud faqat agar bu O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan bo‘lsagina tan olishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Qonunda (JPK 602-moddasi) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosarining O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan shaxsni ushlab berish to‘g‘risidagi qarori ustidan shikoyat berish va uni sud tomonidan ko‘rishning alohida tartibi belgilangan. Bunda, agar shikoyatni berishdan kelib chiqadigan protsessual munosabatlar mazkur norma bilan tartibga solinmagan bo‘lsa, sud JPK 551-bobida nazarda tutilgan tegishli normalarga amal qilishi lozim.
Bunday shikoyatni ko‘rish natijalari bo‘yicha chiqarilgan sud ajrimi ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) JPK 13-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan uch nafar sudyadan iborat tarkibda ko‘rilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Tushuntirilsinki, Fuqarolik protsessual kodeksida sudlarning xorijiy davlat vakolatli organlari bilan o‘zaro hamkorligini batafsil tartibga soluvchi normalar mavjud emasligi tufayli, sudlar huquq analogiyasiga ko‘ra, Jinoyat-protsessual kodeksining 64-bobida belgilangan tartibga, agar bu fuqarolik protsessual qonunchiligi prinsiplariga xilof bo‘lmasa, amal qilishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.