Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
DALA ShAROITLARIDAGI IShLARDA BAND BO‘LGAN XODIMLARGA DALA USTAMASI TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA

ILOVA
Dala sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlarga Dala ustamasi to‘lash tartibi to‘g‘risida NIZOM

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 170-moddasiga va Soliq kodeksining 171-moddasiga muvofiq dala sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlarning mehnatini yanada rag‘batlantirish va qo‘shimcha xarajatlarining o‘rnini qoplash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
b) ushbu Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan geologiya-qidiruv, topografiya-geodeziya, loyiha-izlanish va boshqa tashkilotlar (korxonalar)ga bevosita ularning bazaviy dala shaharchalarida xizmat ko‘rsatish uchun maxsus tashkil etilgan maktablar, tibbiyot, madaniy-ma’rifiy, maktabgacha ta’lim muassasalari va boshqa yordamchi bo‘linmalar xodimlari.
b) kuniga 0,03 – mazkur Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan tashkilotlar (korxonalar)ning bazaviy dala shaharchalarida ishlaganda.
8. Ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan miqdorlardagi dala ustamasi o‘rtacha oylik ish haqini hisoblashda hisobga olinmaydi va Soliq kodeksiga muvofiq xodimning daromadi sifatida hisoblanmaydi.
12. Tashkilotlar (korxonalar)ning jamoa shartnomalarida, jamoa kelishuvlarida va mehnat shartnomalarida dala ustamasi ushbu Nizomning 4-bandida belgilangan miqdorlardan ortiq miqdorda nazarda tutilishi mumkin, uni to‘lash budjetdan tashqari manbalar hisobiga amalga oshiriladi. Tashkilot (korxona)lar dala ustamasini o‘z mablag‘lari hisobidan to‘laydilar.
14. Ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan normalardan ortiq miqdorda to‘lanadigan dala ustamasi O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq jismoniy shaxslarning daromadlari deb hisoblanadi va ulardan soliq olinadi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”