18.12.2009 yildagi 204-son
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. IPK 163-moddasi birinchi qismining 8-bandiga muvofiq sud ishni sudda ko‘rishga tayyorlash paytida taraflarni murosaga keltirish choralarini ko‘radi. Shu munosabat bilan da’vo arizasini qabul qilish va ishni sudda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrimda sudning taraflarga nizoni kelishish yo‘li bilan hal etish haqidagi taklifi ko‘rsatilishi lozim.
IPKning 16-bobi, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni normalarining mazmunidan sud taraflarni murosaga keltirishga ko‘maklashishi lozimligi, taraflar va nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar esa sudning har qanday instansiyasida hamda sud hujjatini ijro etishda ham kelishuv bitimini tuzishlari mumkinligi kelib chiqadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
8. IPK 50-moddasining birinchi qismida davlat organlari va boshqa organlar o‘zlarining vakolatlari doirasida davlat va jamiyatning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida da’vo taqdim etishlari mumkinligi nazarda tutilgan. Da’vo taqdim etgan mazkur organlar da’vogarning kelishuv bitimi tuzish huquqidan tashqari barcha huquqlaridan foydalanadi va majburiyatlarini bajaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. IPK 132-moddasining birinchi qismiga muvofiq kelishuv bitimi yozma shaklda rasmiylashtiriladi va taraflar yoki kelishuv bitimini tuzish vakolati maxsus nazarda tutilgan IPK 63-moddasining talablariga muvofiq berilgan ishonchnoma mavjud bo‘lgan holda, ularning vakillari tomonidan imzolanadi. Bunday ishonchnoma kelishuv bitimiga ilova qilinishi va ish hujjatlariga qo‘shib qo‘yilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Sudlar inobatga olishlari lozimki, kelishuv bitimining mazmuni IPKning 132-moddasi talablariga muvofiq bo‘lishi va uning shartlari aniq, ravshan bayon qilinishi va uning ijro etilishida kelishuv bitimining mazmuni bo‘yicha har xil talqin qilinishiga va kelgusida nizolarning kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaydigan bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
14.1. FK 179-moddasining birinchi qismiga asosan davlat korxonasi o‘ziga biriktirib qo‘yilgan mol-mulkni mulkdorning roziligi bilangina boshqa shaxsga berishga yoki uni boshqacha usulda tasarruf etishga haqli.
“Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasida davlatga to‘la yoki umumiy mulk huquqida qisman qarashli baholash obyektlari bitim tuzishga jalb etilgan taqdirda baholash o‘tkazilishi majburiyligi nazarda tutilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Kelishuv bitimini tasdiqlash va ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi sud hujjati ustidan IPKda belgilangan umumiy tartibda shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Ijro varaqasini berish masalasi sud tomonidan taraflar chaqirilmasdan IPKning V bo‘limi qoidalari bo‘yicha ko‘riladi. Zarurat tug‘ilganda sud ijro varaqasi berish masalasini sud majlisida ko‘rib chiqishga haqli.
Ijro varaqasining mazmuni IPKning 337-moddasi talablariga javob berishi kerak va u IPK 338-moddasining birinchi qismida belgilangan muddat ichida ijroga taqdim etilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 37-moddasi ikkinchi qismining 2-bandiga binoan ijro ishi yuritish davomida tuzilgan kelishuv bitimining tasdiqlanishi davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritishni tugatish uchun asos bo‘ladi.