Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Tadbirkorlik va boshqa xo‘jalik (iqtisodiy) faoliyati sohasida xo‘jalik shartnomalarini (bundan buyon matnda shartnoma deb yuritiladi) tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish bilan bog‘liq nizolarni hal qilishda iqtisodiy sudlar (bundan buyon matnda sudlar deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi), Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi), “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari normalarini qo‘llashlari lozim.
2. FKning 8-moddasiga ko‘ra fuqarolik munosabatlari ishtirokchilarida fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining asoslaridan biri shartnoma hisoblanadi.
Shartnoma FK 2 va 354-moddalarining (shartnoma tuzish erkinligi prinsipi), 102-moddasi uchinchi qismining (shartnoma tuzish uchun taraflarning kelishilgan xohishi mavjudligi), 105, 107, 108, 110, 111-moddalarining (tegishli shakllarga rioya qilish), 364-moddasining (shartnoma taraflari o‘rtasida uning barcha muhim shartlari yuzasidan kelishuvga erishish) talablariga javob berishi lozim.
3. FKning 364-moddasiga muvofiq agar taraflar o‘rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari yuzasidan talab qilinadigan shaklda kelishuvga erishilgan bo‘lsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, shartnomaviy-huquqiy munosabatlarga kirishish haqidagi har qanday taklif ham oferta deb tan olinmaydi. Taklif oferta xususiyatlariga javob berishi uchun u FKning 367-moddasiga muvofiq yetarli darajada aniq bo‘lishi va shaxsning shartnoma tuzish niyatini aniq ifoda etishi, shartnomaning barcha muhim shartlarini o‘z ichiga olishi va bir yoki bir necha muayyan shaxslarga yuborilgan bo‘lishi lozim.
FKning 376-moddasiga muvofiq agar shartnomada uning tuzilgan joyi ko‘rsatilgan bo‘lmasa, shartnoma oferta yo‘llagan fuqaroning yashash joyida yoki yuridik shaxsning joylashgan yerida tuzilgan hisoblanadi.
6. FK 365-moddasining birinchi qismiga muvofiq oferta yo‘llagan shaxs uning akseptini olgan paytda shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
FK 373-moddasining birinchi qismiga ko‘ra yozma ofertada aksept muddati ko‘rsatilmagan aksept oferta yo‘llagan shaxs tomonidan qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan muddatlarda, agar bunday muddat belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa — buning uchun normal zarur bo‘lgan vaqt mobaynida olinsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, FK shartnomalarni tuzishda shartnomaning barcha muhim shartlari yuzasidan taraflar kelishuvga erishgan va u tegishli shaklga keltirilgan bo‘lishidan tashqari, qonunga binoan muayyan harakatlarni bajarishning talab etilishini ham nazarda tutadi. Xususan, FK 732-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq qarz shartnomasi pul yoki ashyolar topshirilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi, FK 759-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq esa, bank omonati shartnomasi omonat summasi bankka kelib tushgan kundan boshlab tuzilgan hisoblanadi va h.k.
7. FK 370-moddasining uchinchi qismiga muvofiq, agar qonundan, ish muomalasi odatidan yoki taraflarning ish bo‘yicha avvalgi munosabatlaridan boshqacha ma’no kelib chiqmasa, sukut saqlash aksept bo‘lmaydi.
FK 112-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq, agar taraflardan biri notarial tasdiqlash talab qilinadigan bitimni to‘la yoki qisman bajargan bo‘lsa, ikkinchi taraf esa — bitimni notarial rasmiylashtirishdan bosh tortsa, sud bitimni bajargan tarafning talabi bo‘yicha uni haqiqiy deb hisoblashga haqlidir. Bu holda bitimni keyinchalik notarial rasmiylashtirish talab qilinmaydi.
9. FKning 357-moddasiga muvofiq shartnoma tuzilgan paytidan boshlab kuchga kiradi va taraflar uchun majburiy bo‘lib qoladi.
FK 357-moddasining uchinchi qismiga muvofiq qonunda yoki shartnomada shartnomaning amal qilish muddati tugashi taraflarning shartnoma bo‘yicha majburiyatlari bekor bo‘lishiga olib keladi, deb belgilanishi mumkin. Agar bunday shart mavjud bo‘lmasa, shartnomaning amal qilish muddati tugagan bo‘lsa ham, taraflar o‘z zimmalariga olgan barcha majburiyatlarini lozim darajada bajargan taqdirdagina shartnoma o‘zining amal qilishini tugatadi.
10. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, qonunchilik hujjatlarida shartnoma tuzish majburiy bo‘lgan holatlar ham o‘rnatilgan. Xususan, ommaviy shartnoma (FKning 358-moddasi), dastlabki shartnomada nazarda tutilgan asosiy shartnoma (FKning 361-moddasi), kim oshdi savdosida g‘olib chiqqan shaxs bilan tuzilgan shartnoma (FKning 379-moddasi), davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasi (FKning 457-459-moddalari) va h.k.
Oldingi tahrirga qarang.
11. IPK 26-moddasining 1-bandiga muvofiq tuzilishi qonunda nazarda tutilgan shartnoma yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklar yoki shartnoma yuzasidan kelib chiqqan bo‘lib, hal etish uchun iqtisodiy sudga topshirish haqida taraflar o‘zaro kelishgan ixtiloflar hal etish uchun sudga topshirilishi mumkin.
13. FK 377-moddasining ikkinchi qismida kelishmovchiliklar bayonnomasini sudda ko‘rib chiqish uchun topshirishning o‘ttiz kunlik muddati o‘rnatilgan. Shu bilan birgalikda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, ushbu muddatning o‘tkazib yuborilganligi da’vo arizasini qabul qilishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. FK 235-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq majburiyat unda taraflar sifatida qatnashmagan shaxslar (uchinchi shaxslar) uchun burchlar hosil qilmaydi. Sudlar nazarda tutishlari kerakki, agar shartnomaning shartlari uchinchi shaxslarning huquq va majburiyatlariga daxl qilmasa, shartnomani tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qilishga unda faqat ishtirok etuvchi shaxslar haqlidir.
17. Shartnoma uchinchi shaxs foydasiga tuzilgan taqdirda FKning 362-moddasiga muvofiq, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada o‘zgacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, uchinchi shaxs shartnoma bo‘yicha o‘z huquqidan foydalanish niyatini qarzdorga bildirgan paytdan boshlab taraflar o‘zlari tuzgan shartnomani uchinchi shaxsning roziligisiz bekor qilishlari yoki o‘zgartirishlari mumkin emas.
FK 382-moddasining ikkinchi qismi qoidalaridan kelib chiqib, shartnoma sudning hal qiluv qaroriga binoan faqat quyidagi hollarda o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin:
FK, boshqa qonunlar va shartnomada nazarda tutilgan o‘zga hollarda. FK 382-moddasining uchinchi qismiga muvofiq taraflardan birining shartnomani buzishi ikkinchi tarafga u shartnoma tuzishda umid qilishga haqli bo‘lgan narsadan ko‘p darajada mahrum bo‘ladi-gan qilib zarar yetkazishi shartnomani jiddiy buzish hisoblanadi.
FK 382-moddasining uchinchi qismiga muvofiq taraflardan birining shartnomani buzishi ikkinchi tarafga u shartnoma tuzishda umid qilishga haqli bo‘lgan narsadan ko‘p darajada mahrum bo‘ladi-gan qilib zarar yetkazishi shartnomani jiddiy buzish hisoblanadi.
FK 384-moddasining ikkinchi qismida belgilanganki, bir taraf shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi taklifga ikkinchi tarafdan rad javobi olganidan keyingina yoki taklifda ko‘rsatilgan yoxud qonunda yoinki shartnomada belgilangan muddatda, bunday muddat bo‘lmaganida esa — o‘ttiz kunlik muddatda javob olmaganidan keyin shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi talabni sudga taqdim etishi mumkin. Bunda o‘ttiz kunlik muddat taklif olingan paytdan, agar taklif olingan muddat noma’lum bo‘lsa, ikkinchi taraf shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi taklifni olishi uchun normal zarur bo‘lgan vaqt o‘tgan paytdan boshlab hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Mazkur toifadagi nizolarni hal etishda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, IPK 148-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, agar qonunda ayrim toifadagi nizolar uchun ularni sudgacha hal qilish tartibi belgilangan yoxud bu tartib shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, nizo mazkur tartibga rioya etilganidan so‘nggina sudga ko‘rib chiqish uchun topshirilishi mumkin. Shu sababli bunday toifadagi nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya etilmaganligi IPK 107-moddasining 5-bandiga muvofiq da’voni ko‘rmasdan qoldirish uchun asos hisoblanadi.
22. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish oqibatlari FKning 385-moddasida belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra shartnoma o‘zgartirilganida taraflarning majburiyatlari o‘zgartirilgan holda saqlanib qoladi, shartnoma bekor qilinganida esa, taraflarning majburiyatlari bekor bo‘ladi.
23. Shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilishga doir nizolarni ko‘rib chiqishda sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, FK 385-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq, agar qonunda yoki taraflarning kelishuvida boshqacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, taraflar shartnoma o‘zgartirilguncha yoki bekor qilinguncha majburiyat bo‘yicha o‘zlari bajargan narsalarni qaytarib berishni talab qilishga haqli emaslar.
25. FK 382-moddasining to‘rtinchi qismiga ko‘ra bir taraf shartnomani bajarishdan to‘la yoki qisman bosh tortib, qonun yoxud taraflarning kelishuvida bunga yo‘l qo‘yilsa, shartnoma tegishlicha bekor qilingan yoki o‘zgartirilgan hisoblanadi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”