O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyuldagi 202-son “Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va saqlash bilan bog‘liq xizmatlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 28-son, 290-modda) 9-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligining 2012-yil 18-maydagi 5, 18-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyuldagi 202-son “Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va saqlash bilan bog‘liq xizmatlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq epizootik holatlarga qarshi tadbirlarni kuchaytirish, fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘ini va atrof muhitni muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena, veterinariya qoidalari va normalariga rioya qilinishini ta’minlash maqsadida aholi punktlarida yovvoyi hayvonlarni saqlash tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligining 2014-yil 31-dekabrdagi 3, 45-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2373-1, 15.01.2015-y) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 2-son, 26-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
tutqunlikda saqlash — yovvoyi hayvonlarga ular tor (to‘silgan) joyda yashaydigan sharoitlar yaratish (qafasda, temir panjarali joyda, bog‘langan holda saqlash va hokazo) va ularning yashash jarayoni insonga to‘liq bog‘liq bo‘lishi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligining 2014-yil 31-dekabrdagi 3, 45-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2373-1, 15.01.2015-y) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 2-son, 26-modda)
pitomnik — insonning doimiy nazorati ostida bo‘lgan va hayvonlarni urchitish uchun foydalaniladigan, hayvonlarning nazorat qilinadigan hududdan chiqib ketishiga to‘sqinlik qiluvchi chegaralarga ega bo‘lgan nazorat qilinadigan hudud (muhit).
2. Yovvoyi hayvonlar belgilangan tartibda maxsus jihozlangan xonalarda (jonli burchaklarda) va ochiq maydonchalarda, (hayvonot bog‘lari, pitomniklar, fermalarda) shuningdek turar joylarda saqlanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Yovvoyi hayvonlar qonunchilik hujjatlari, shu jumladan mazkur Qoidalarning talablariga javob beradigan sharoitlarda hayvonlarga insoniylik bilan munosabatda bo‘lishning umume’tirof etilgan normalariga muvofiq saqlanishi kerak.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Boshqa mamlakatlardan O‘zbekistonga olib kelingan, tabiatda tutilgan (ovlangan), zoologiya do‘konlaridan, zooparklardan sotib olingan, ov yoki baliq ovlashda va boshqa hollarda tutilganligi uchun hujjatlar mavjud bo‘lsa yovvoyi hayvonlar qonunchilikka muvofiq ravishda sotib olingan, deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilangan tartibda berilgan ov va baliq tutishga ruxsatnoma, O‘zbekiston hududiga hayvonlarni olib kirishga ruxsatnoma, kassa cheklari, yo‘l varaqalari va boshqalar yovvoyi hayvonlarni qonunchilikka muvofiq sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lishi mumkin.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Yovvoyi hayvonlar bilan savdo qilish qonunchilik hujjatlariga muvofiq pitomniklar, zoologiya do‘konlari va hayvonlarni sotish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bozorlarda amalga oshirilishi mumkin.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Yovvoyi hayvonlar bilan savdo qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 3-son, 27-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Yovvoyi hayvonlar Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq berilgan ruxsatnomalar asosida tutqunlikda yoki pitomnikda saqlanishi mumkin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligining 2014-yil 31-dekabrdagi 3, 45-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2373-1, 15.01.2015-y) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 2-son, 26-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni hamda zaharli hayvonlarni tutqunlikda va yarim tutqunlikda saqlashga faqat O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda tashkil etiladigan maxsus pitomniklarda yo‘l qo‘yiladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligining 2014-yil 31-dekabrdagi 3, 45-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2373-1, 15.01.2015-y) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 2-son, 26-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Yovvoyi hayvonlarni saqlash va ko‘paytirish bo‘yicha pitomniklar, shu jumladan yarim tutqun sharoitda, shuningdek Yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo to‘g‘risidagi Konvensiya (CITES)ning obyekti bo‘lgan hayvonlar tabiatni muhofaza qilish organlarida davlat hisobiga olinadi. Yovvoyi hayvonlarni saqlash va ko‘paytirish bo‘yicha pitomniklarni ro‘yxatga olish guvohnomasi pitomnikning davlat hisobiga olinganligi to‘g‘risidagi hujjat hisoblanadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligining 2014-yil 31-dekabrdagi 3, 45-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2373-1, 15.01.2015-y) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 2-son, 26-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Yovvoyi hayvonlarni tutqunlikda yoki pitomnikda saqlashga ruxsatnoma berilgan shaxslar har yili 1-yanvargacha, ruxsatnoma bergan organlarga hayvonlarning soni, tur tarkibi va holati to‘g‘risida axborot berishi shart.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligining 2014-yil 31-dekabrdagi 3, 45-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2373-1, 15.01.2015-y) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 2-son, 26-modda)
11. Yovvoyi hayvonlarni doimiy yoki vaqtincha saqlash uchun foydalaniladigan volyerlar, qafaslar, terrariumlar va boshqa xonalar o‘z maydoni va hajmiga ko‘ra yovvoyi hayvonlarning hayoti uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlashi, shuningdek ularni aholi punktlarida saqlash uchun mazkur Qoidalarning ilovasida belgilangan sharoitlar, shuningdek veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga javob berishi lozim.
yovvoyi hayvonlarni O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining ruxsatisiz saqlash;
yovvoyi hayvonlarni (bedanadan tashqari) umumiy mulkdan foydalaniladigan (zinapoya maydonchalari, cherdaklar, yerto‘lalar, o‘tiladigan dahlizlar), umumiy ovqatlanish va savdo joylarida saqlash;
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining ruxsatnomasisiz tutqunlikda va pitomniklarda saqlanayotgan hayvonlarni o‘zboshimchalik bilan tabiatga chiqarib yuborish;
quturishga hamda odam va hayvonlar uchun umumiy xavfli bo‘lgan boshqa alohida zoonoz kasalliklariga qarshi emlanmagan hayvonlarni saqlash;
yashab ketishga qodir bo‘lmagan hayvonning azob chekishini to‘xtatish zarur bo‘lganda, basharti azoblanishni boshqa usulda to‘xtatish mumkin bo‘lmasa;
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
14. Mazkur Qoidalarning 13-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda yovvoyi hayvonlarni jonsizlantirish insoniylik tamoyillari asosida faqatgina veterinariya mutaxassisi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Yovvoyi hayvonlardan va pitomniklarda o‘stirilgan, yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo to‘g‘risidagi konvensiyaning (CITES Konvensiyasi) ilovasiga kiradigan hayvonlardan foydalanishga qonunchilik hujjatlariga va CITES Konvensiyasi ilovalariga muvofiq yo‘l qo‘yiladi.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan va pitomniklarda o‘stirilgan yovvoyi hayvonlardan foydalanish O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining nazorati ostida amalga oshiriladi.
a) yovvoyi hayvonlarni ularning biologik xususiyatlariga muvofiq saqlashga, ularga nisbatan insoniylik bilan muomalada bo‘lishga, ovqatsiz va suvsiz qoldirmaslikka, kasallangan holatlarda esa malakali veterinariya yordami ko‘rsatilishini ta’minlashga;
b) yovvoyi hayvonlar saqlanadigan joylarni va ularga tutashib ketgan hududni veterinariya-sanitariya va zoogigiyena talablariga muvofiq saqlashga;
v) tabiatni muhofaza qilish davlat organlari vakillariga ular tomonidan yovvoyi hayvonlarni saqlashni nazorat qilishlari uchun yovvoyi hayvonlar va ularni saqlash makonlariga kirishlariga erkin sharoit yaratishga;
g) yovvoyi hayvonlarni ko‘zdan kechirishlari, diagnostik tadqiqotlar va davolash-profilaktika ishlarini olib borish hamda emlash uchun veterinariya mutaxassislariga imkoniyatlar yaratib berishga;
d) jamoat tartibini va fuqarolarning xotirjamligini ta’minlash, odamlar va hayvonlarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish maqsadida davlat sanitariya-epidemiologiya va davlat veterinariya nazorati organlari, shuningdek tabiatni muhofaza qilish davlat organlari va ichki ishlar organlari mansabdor shaxslarining ko‘rsatmalarini bajarishga;
e) yovvoyi hayvonni saqlash taqiqlanganda uni boshqa shaxsga berishga (sotishga), yovvoyi hayvonlar uchun makonga joylashtirishga yoki jonsizlantirish to‘g‘risidagi ariza bilan davlat veterinariya nazorati organlariga murojaat qilishga;
j) yovvoyi hayvonning notinchlik keltirib chiqarmaydigan va atrofdagilarga xavf tug‘dirmaydigan xatti-harakatini ta’minlashga, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, ularning mol-mulkiga, shuningdek hayvonlarga zarar yetkazilishining oldini olishga;
z) yovvoyi hayvonlar insonni yoki boshqa hayvonni tishlab olganda yoxud boshqa jarohatlar yetkazganda:
jabrlanganni dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatish uchun poliklinikaga (veterinariya poliklinikasiga) yoki boshqa tibbiyot muassasasiga olib borishga;
yovvoyi hayvonlar to‘satdan nobud bo‘lishi, bir necha hayvonning bir vaqtda kasallanishi yoki ular o‘zlarini odatdan tashqari holatda tutishi to‘g‘risida veterinariya mutaxassislarini xabardor qilishga;
veterinariya mutaxassislari yetib kelgunga qadar kasallik belgilari borligiga shubha qilinayotgan hayvonlarni va kasallik tufayli nobud bo‘lgan deb shubha qilinayotgan hayvonlarning murdalarini alohida saqlashga.
18. Noqonuniy saqlangan yovvoyi hayvonlar tabiatni muhofaza qilish davlat organlari tomonidan olib qo‘yilishi va hayvonlar uch oy muddatgacha hayvonot bog‘larida yoki yovvoyi hayvonlar saqlanadigan makonlarda vaqtincha saqlashga beriladi.
19. Vaqtincha saqlash davri mobaynida olib qo‘yilgan hayvonning egasi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etganda hamda hayvonni saqlash xarajatlarini qoplagan taqdirda olib qo‘yilgan hayvonni qaytarib olishi mumkin.
20. Vaqtincha saqlash davri tugagan va egalari tomonidan talab etilmagan hayvonlar hayvonot bog‘iga, yovvoyi hayvonlar saqlanadigan makonga mulk huquqi asosida beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Yovvoyi hayvonlar tomonidan fuqarolarning sog‘lig‘iga yoki ularning mol-mulkiga keltirilgan zarar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
22. Mazkur Qoidalarga rioya etilishi ustidan nazoratni tabiatni muhofaza qilish davlat organlari, davlat veterinariya nazorati organlari, shuningdek ichki ishlar organlari hamda sog‘liqni saqlash muassasalari amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
24. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan.
№ | Yovvoyi hayvon | Saqlash joyining turi | Maydoni m2 | Yuqoriligi m | Hajmi |
1. | Mayda sutemizuvchilar (kemiruvchilar, hasharotxo‘rlar, sassiqko‘zan va hokazo) | Qafas, volyer (4 dona uchun) | 1 | 1,5-2 | |
2. | O‘rta sutemizuvchilar (ondatra, quyon, tulki, bo‘rsiq va hokazo) | Qafas, volyer (1 dona uchun) | 4 | 2-2,5 | |
3. | Bo‘ri, silovsin, qoplon, jayra, gepard va hokazo | Qafas, volyer (1 dona uchun) | 5-6 | 2-2,5 | |
4. | Sher, yo‘lbars, ayiq | Qafas, volyer (1 dona uchun) | 10-12 | 2,5-3 | |
5. | Yovvoyi cho‘chqa, echkilar, qo‘ylar, elik | Qafas, volyer (1 dona uchun) | 10-12 | 2,5-3 | |
6. | Mayda maymunlar | Qafas, volyer (1 dona uchun) | 1 | 1,2-1,5 | |
7. | O‘rta maymunlar | Qafas, volyer (1 dona uchun) | 4-5 | 3-4 | |
8. | Tuyoqlilar | Qafas, volyer (1 dona uchun) | 15-20 | 4 | |
9. | Mayda chumchuqsimon qushlar, mayda to‘tiqushlar va hokazo | Qafas, volyer (10 dona uchun) | 1 | 1 | |
10. | Qirg‘ovullar, kakliklar, to‘tiqushlar va hokazo | Qafas, volyer (10 dona uchun) | 1 | 2 | |
11. | O‘rdaklar, g‘ozlar, kazarkalar va hokazo | Qafas, volyer (10 dona uchun) | 1 | 1,5-2 | |
12. | Burgutlar, yirik lochinsimonlar va hokazo | Qafas, volyer (10 dona uchun) | 4 | 2,5-3 | |
13. | Oq qushlar, birqozonlar | Qafas, volyer (10 dona uchun) | 4 | 2 | |
14. | Turnalar, laylaklar, qarqaralar va hokazo | Qafas, volyer (10 dona uchun) | 4 | 2,5-3 | |
15. | Strauslar | Qafas, volyer (10 dona uchun) | 10-12 | 2,5-3 | |
16. | Qafas, volyer (10 dona uchun) | Qafas, volyer (10 dona uchun) | 3 | 2,5-3 | |
17. | Mayda sudralib yuruvchilar (asl kaltakesaklar, agamalar, to‘garakboshlar, 90 sm gacha bo‘lgan ilonlar va hokazo) | Qafas, volyer (6 — 10 dona uchun) | 1 | 0,6 | |
18. | 2 m gacha bo‘lgan ilonlar, echkemarlar | Qafas, volyer (4 dona uchun) | 1 | 0,8-1 | |
19. | 2 m dan oshgan ilonlar (bo‘g‘ma ilonlar, pitonlar, anakonda va hokazo) | Qafas, volyer (4 dona uchun) | 3 | 1,8-2 | |
20. | Iguanalar, suv agamasi va hokazo | Qafas, volyer (2 dona uchun) | 1,5-2 | 2-2,5 | |
21. | 2 m gacha bo‘lgan timsohlar | Qafas, volyer (2 dona uchun) | 3 | 1,5-2 | |
22. | 2 m dan oshgan timsohlar | Qafas, volyer (2 dona uchun) | 5 | 2-2,5 | |
23. | Toshbaqalar (cho‘l, botqoq va hokazo) | Qafas, volyer (4 dona uchun) | 1 | 0,8-1 | |
24 | Yirik toshbaqalar | Qafas, volyer (4 dona uchun) | 2 | 2-2,5 | |
25. | Amfibiyalar (triton, qurbaqalar, baqalar va hokazo) | Qafas, volyer (10 dona uchun) | 1 | 0,5 | |
26. | Mayda baliqlar | akvarium | 2 l | ||
27. | O‘rta baliqlar | akvarium | 4-5 l | ||
28. | Yirik baliqlar (tovonbaliq, olabug‘a, piranyalar va hokazo) | akvarium | 5-6 l | ||
29. | Sazan, laqqalar, cho‘rtanbaliq va hokazo | akvarium | 10 — 12 l | ||
30. | Osetrsimonlar, akulalar | akvarium | 50 — 60 l |