LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Qayd etib o‘tilsinki, mamlakatimiz iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish va tarkibiy o‘zgartirish bo‘yicha aniq yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida xizmat ko‘rsatish sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2005-yildagi 38,7 foizdan 2011-yilda 50,5 foizga o‘sdi. Axborot-kommunikatsiya, bank, sug‘urta, lizing, sayyohlik-ekskursiya va boshqa zamonaviy yuqori texnologik va bozor iqtisodiyotiga mos xizmat turlari ildam sur’atlar bilan rivojlanmoqda.
2006—2011-yillarda xizmat ko‘rsatish sohasini tezkor rivojlantirish hisobiga, avvalambor kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda 1,1 mln. yangi ish joylari yaratildi.
Shu bilan birga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning erishilgan darajasi va sifati, ayniqsa qishloq joylarda, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar darajasiga, respublika aholisining real talablariga, mavjud resurslar hamda imkoniyatlarga hali mos kelmayapti.
Xizmat ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, avvalambor qishloq joylarda ko‘rsatilayotgan xizmatlarning turini kengaytirish hamda sifatini yaxshilash va buning asnosida mamlakat iqtisodiyotini barqaror va shiddatli rivojlantirishda, aholining bandligini ta’minlash, daromadini ko‘paytirish va farovonligini yuksaltirishda xizmat ko‘rsatish sohasining roli hamda ahamiyatini oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2012—2016-yillarda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish Dasturi ma’qullansin, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
2016-yilgacha mamlakatimizning yalpi ichki mahsulotida xizmat ko‘rsatish sohasining ulushi 55 foizgacha oshirilishini nazarda tutadigan 2012—2016-yillarda O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha xizmat ko‘rsatish sohasining asosiy turlarini rivojlantirish maqsadli parametrlari 1-ilovaga* muvofiq;
*1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2012—2016-yillarda O‘zbekiston Respublikasi mintaqalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish maqsadli parametrlari 2-ilovaga* muvofiq;
*2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2012 — 2016-yillarda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan ko‘rsatiladigan yangi xizmat turlarini rivojlantirishning prognoz parametrlari 3-ilovaga* muvofiq.
*3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish Dasturi maqsadli parametrlarining belgilangan muddatlarda sifatli hamda to‘liq hajmda amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralarining, korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari zimmasiga yuklatilsin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan holda quyidagilarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
2012—2016-yillarda xizmat ko‘rsatish sohasini shaharlar, tumanlar va xizmat turlari bo‘yicha rivojlantirishning hududiy dasturlari;
2012—2016-yillarda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishning hududiy dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini.
Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishning hududiy dasturlari va ularni amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishda quyidagilarga alohida e’tibor berilsin:
xizmat ko‘rsatish sohasi tarkibini yanada takomillashtirish, aholi talabgor bo‘lgan zamonaviy xizmat turlari bilan bozorni jadal rivojlantirish va to‘ldirishga;
shahar va qishloq aholi punktlari hududlarining qurilishini rejalashtirishda tasdiqlangan me’yorlardan kelib chiqqan holda mintaqalar aholisiga turli ijtimoiy va kommunal-maishiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
birinchi navbatda qishloq aholi punktlarida xizmat ko‘rsatish korxonalarini rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sohasiga oilaviy tadbirkorlik subyektlari hamda ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ichidan yoshlarni keng jalb etish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bankining O‘zbekiston Respublikasi hududlari bo‘yicha 4-ilovaga* muvofiq “Mikrokreditbank” OATB mablag‘lari hisobidan 2012—2016-yillarda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishga yo‘naltiriladigan imtiyozli kredit resurslarining prognoz hajmlari bo‘yicha takliflariga rozilik berilsin.
*4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
ajratiladigan imtiyozli kredit resurslari xizmat ko‘rsatish sohasining yangi obyektlarini barpo etishga, shuningdek xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan amaldagi tadbirkorlik subyektlarini texnik va texnologik jihozlashga (qayta jihozlashga) maqsadli tarzda yo‘naltiriladi;
imtiyozli kredit resurslarini olish uchun ustuvor huquq qishloq joylarda xizmat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlariga beriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida 2006—2010-yillarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 17-apreldagi PQ-325-sonli qarori bilan belgilangan, 5-ilovaga* muvofiq ro‘yxat bo‘yicha xizmat ko‘rsatayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun foyda solig‘i hamda yagona soliq to‘lovi bo‘yicha imtiyozlarning amal qilish muddati 2017-yilning 1-yanvarigacha uzaytirilsin.
*5-ilova rus tilidagi matnda berilgan
qishloq joylardagi mahallalar hududida maishiy xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar (sartaroshlar, tikuvchilar, poyabzal maishiy texnika ta’mirlash bo‘yicha ustalar va boshqalar) qat’iy belgilangan soliq to‘lashdan 3 yil muddatga;
qishloq joylarda yakka tartibda uy-joy qurilishi asosida barpo etilayotgan massivlarda tashkil qilinayotgan kirxonalar xizmatlarini ko‘rsatadigan mikrofirmalar, kichik korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tegishli ravishda yagona soliq to‘lovi hamda qat’iy belgilangan soliq to‘lovini to‘lashdan 5 yil muddatga ozod etilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida 2006—-2010-yillarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 17-apreldagi PQ-325-sonli qarorining 4-ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda idoraviy me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiq holga keltirsinlar.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.