01.12.2011 yildagi 234-son
Hujjat 17.06.2016 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mulk ijarasi shartnomalaridan kelib chiqadigan nizolarni hal qilishda sudlar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi), “Ijara to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) va boshqa qonun hujjatlarini qo‘llashlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ijaraga beruvchining ijaraga oluvchi bilan munosabatlarini tartibga soluvchi asosiy hujjat bo‘lib ijara shartnomasi hisoblanadi. Ijara shartnomasining shartlarini baholashda sudlar FK 364-moddasining birinchi qismiga muvofiq taraflar o‘rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari yuzasidan shunday hollarda talab qilinadigan shaklda kelishuvga erishilgan bo‘lsa, shartnoma tuzilgan hisoblanishini inobatga olishlari lozim.
3. Sudlar e’tiborga olishlari kerakki, FK 537-moddasining birinchi qismiga muvofiq, ushbu moddada qayd etilgan ijara obyektlaridan tashqari, boshqa iste’mol qilinmaydigan ashyolar ham ijara obyekti bo‘lishi mumkin. Ko‘p marotaba foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lib, bunda o‘zining dastlabki ko‘rinishini uzoq vaqt davomida saqlab qoluvchi va asta-sekin yaroqsiz holga keluvchi ashyolar iste’mol qilinmaydigan ashyolar deb tan olinadi (maishiy texnika, mebel va boshqalar).
4. FKning 539-moddasiga ko‘ra, ijara shartnomasi bir yildan ortiq muddatga mo‘ljallangan bo‘lsa, taraflardan birontasi yuridik shaxs bo‘lgan hollarda esa muddatidan qat’i nazar, yozma shaklda tuzilishi shart. Shundan kelib chiqib, bunday toifadagi ishlarni ko‘rishda sudlar har bir holatda shartnomani talab qilib olishlari kerak.
Sudlarning e’tibori FK 539-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq ko‘chmas mulk ijarasi shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish majburiy ekanligiga qaratilsin. Bir yildan kam muddatga tuzilgan bino va inshootlarning ijara shartnomalari bu qoidadan istisno hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ko‘chmas mulk ijarasi shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talabiga rioya qilmaslik FKning 112-moddasiga asosan uning haqiqiy emasligiga olib keladi. Bunda FKning 114-moddasida nazarda tutilgan bitimlarning haqiqiy emasligining oqibatlari qo‘llaniladi.
FK 384-moddasining birinchi qismiga ko‘ra, shartnoma qanday shaklda tuzilgan bo‘lsa, uni o‘zgartirish to‘g‘risidagi kelishuv ham, agar qonun hujjatlaridan, shartnoma yoki ish muomalasi odatlaridan boshqacha tartib kelib chiqmasa, shunday shaklda tuziladi. Bundan kelib chiqib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ko‘chmas mulk ijarasi shartnomasini o‘zgartirish haqidagi taraflarning kelishuvi ham shartnomaning ajralmas qismi hisoblanib, ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. FK 538-moddasining mazmunidan kelib chiqib, mulkning egasi yoxud qonun yoki mulkdor tomonidan mulkni ijaraga berish vakolati berilgan boshqa shaxslar ijaraga beruvchi bo‘lishi mumkin. Ijaraga beruvchining mulkdor ekanligi masalasini aniqlashda sudlar mulkka bo‘lgan huquqni belgilovchi (egalik huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnoma, oldi-sotdi shartnomasi, kadastr hujjatlari, transport vositasiga texnik pasport va boshqalar) va ijaraga beruvchi haqiqatda ham mulkdor ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Sudlar nazarda tutishlari kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 102-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq davlat mulki faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasining viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari huzuridagi davlat unitar korxonalari shaklidagi davlat mulkini ijaraga berish markazlari orqali ijaraga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. FKning 540-moddasiga ko‘ra mulk ijarasi shartnomasi bo‘yicha umumiy qoida tariqasida ijara muddatini belgilash huquqi taraflarning o‘zlariga berilgan bo‘lib, bunda ijara muddati muhim shart hisoblanmaydi. Ijara muddati bilan bog‘liq nizolarni ko‘rib chiqishda sudlar hisobga olishlari kerakki, taraflar ushbu muddatlarni ijara munosabatlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan cheklovlarni hisobga olgan holda belgilashlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
7. FK 541-moddasining uchinchi qismiga ko‘ra, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, mol-mulk barcha mansub ashyolari va unga aloqador hujjatlar bilan birga ijaraga topshiriladi (texnik pasport, sifat sertifikati va hokazo). Agar bunday mansub ashyolar va hujjatlar topshirilgan bo‘lmasa, va ularsiz ijaraga oluvchi mol-mulkdan uning o‘z vazifasi bo‘yicha foydalana olmasa yoxud shartnoma tuzish paytida mo‘ljallashga haqli bo‘lgan ancha narsasidan mahrum bo‘lsa, u ijaraga beruvchidan bunday mansub ashyolar va hujjatlarni topshirishni yoxud shartnomani bekor qilishni, shuningdek zararni qoplashni talab qilishiga haqli.
FK 541-moddasining to‘rtinchi qismiga asosan, ijara shartnomasida mol-mulkni topshirish muddati ko‘rsatilmagan hollarda, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga oqilona muddatda mol-mulkni topshirishga majbur. Bunda ijaraga beruvchini ijaraga oluvchiga mol-mulkni, mansub ashyolar va (yoki) hujjatlarini topshirish uchun zarur bo‘lgan muddat “oqilona muddat” deb tushunilishi lozim.
Agar ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga ijaraga berilgan mol-mulkni shartnomada ko‘rsatilgan muddatda, basharti shartnomada bunday muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, oqilona muddatda topshirmagan bo‘lsa, ijaraga oluvchi FKning 331-moddasiga muvofiq bu mol-mulkni undan talab qilib olish va ijroning kechikkanligi tufayli yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish yoki shartnomani bekor qilish va uning bajarilmaganligi sababli yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega.
8. Sudlar hisobga olishlari kerakki, FK 549-moddasining birinchi qismiga ko‘ra, ijaraga topshirilgan mol-mulkka nisbatan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqning ijaraga beruvchidan boshqa shaxsga o‘tishi natijasida ijaraga beruvchining o‘zgarishi, boshqa shaxs mulkni sotib olishda ijara shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlar haqida ogohlantirilmaganligidan qat’i nazar, avvalgi ijaraga beruvchining ijara bo‘yicha barcha majburiyatlari to‘la hajmda unga o‘tadi. Yangi ijaraga beruvchi shartnomaning amal qilish muddati tugagunga qadar ijaraga berilgan mulkni qaytarishni yoki ishtirokchilarning tarkibi o‘zgarishini asos qilib, shartnoma shartlarini o‘zgartirishni talab qilishga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Sudlarga tushuntirilsinki, ijara shartnomasi haqiqiy emas deb topilganda, FKning 114-moddasida nazarda tutilgan oqibatlar qo‘llaniladi va taraflarning har biri boshqasiga shartnoma bo‘yicha olgan hamma narsani qaytarib berishga majbur. Ijaraga oluvchining olgan narsasi mulkdan foydalanishda ifodalanganligi uchun u foydalanganlik qiymatini pul bilan qaytarishi shart. Bunda foydalanganlik qiymati ijara shartnomasida belgilangan ijara haqining miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi, shartnomada ijara haqining miqdori nazarda tutilmagan hollarda esa foydalanganlik qiymati FKning 356-moddasiga muvofiq aniqlanadi.
11.1. Agar shartnomani muddatidan oldin bekor qilish haqidagi talab FK 551-moddasiga asosan bildirilgan bo‘lsa, shartnomani muddatidan oldin bekor qilish tartibi haqidagi maxsus norma qo‘llaniladi. Bunda nazarda tutish lozimki, ijaraga beruvchining shartnomani muddatidan oldin bekor qilish haqidagi talabi sudga ijaraga oluvchiga majburiyatlarni bajarish zarurligi haqidagi yozma ogohlantirish yuborilganidan keyingina berilishi mumkin. Mazkur talabni bajarmaslik nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilmaslik deb baholanishi lozim.
FKning 552-moddasi FKning 551-moddasidan farqli ravishda ijaraga oluvchining zimmasiga ijaraga beruvchiga belgilangan muddatda majburiyatni bajarish yoki shartnoma shartlarining buzilishini bartaraf etish haqida yozma ogohlantirish yuborish majburiyatini yuklamaydi, bunday holatda FK 384-moddasining ikkinchi qismi qoidalari qo‘llaniladi.
12. Sudlar FK 553-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq shartnomani qaytadan tuzilgan deb tan olish uchun ikkita shart mavjud bo‘lishi zarurligini nazarda tutishlari lozim:
FK 553-moddasi to‘rtinchi qismining nomuayyan muddatga ijara shartnomasini tuzishga tegishli qoidalari FK 546-moddasidagi ikkilamchi ijara shartnomasining muddati ijara muddati bilan chegaralanishi haqidagi qoidalarni hisobga olgan holda ikkilamchi ijara shartnomasiga nisbatan ham qo‘llaniladi.
3) prokat shartnomasi ommaviy shartnoma bo‘lib, ijaraga beruvchi FKning 358-moddasi talablariga muvofiq unga murojaat qilgan har qanday shaxs bilan shartnoma tuzishga majbur va bir shaxsni boshqa shaxsga nisbatan afzal ko‘rishga haqli emas. Hisobga olish kerakki, xo‘jalik yurituvchi subyekt ommaviy shartnomani tuzishdan asossiz bosh tortganda, ijaraga oluvchi shartnomani tuzishga majburlash to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqli.
13.2. FK 559-moddasining birinchi qismiga muvofiq prokat shartnomasi bir yilgacha muddatga tuziladi. Sudlar nazarda tutishlari zarurki, FK 540-moddasining uchinchi qismi mazmunidan kelib chiqib, bir yildan ortiq muddatga tuzilgan prokat shartnomasi bir yil muddatga tuzilgan deb hisoblanadi.
13.3. FK 559-moddasining ikkinchi qismiga ko‘ra, prokat shartnomalariga nisbatan mulk ijarasi shartnomasini nomuayyan muddatga qaytadan tuzish va ijaraga oluvchining mulk ijarasi shartnomasini qaytadan tuzishga imtiyozli huquqi haqidagi qoidalar qo‘llanmaydi. Sudlar hisobga olishlari lozimki, bu qoidadan aynan shu ijaraga beruvchi bilan yangi muddatga prokat shartnomasini tuzish imkoniyati yo‘qligi kelib chiqmaydi, biroq bu holatda shartnoma umumiy asoslarda tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
13.4. Prokat shartnomalaridan kelib chiqadigan nizolarni ko‘rishda sudlar e’tiborga olishlari lozimki, FKning 237-moddasida belgilangan qoidadan istisno tariqasida, 559-moddasining uchinchi qismida ijaraga oluvchining prokat shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarni bajarishni istagan vaqtda rad etishga haqliligi nazarda tutilgan. Ushbu qoidadan kelib chiqib, ijaraga oluvchining prokat shartnomasini bajarishni rad etishi uning ijaraga beruvchi tomonidan so‘zsiz qabul qilinishiga olib keladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sudlar nazarda tutishlari kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-martdagi “Avtomototransport vositalarini sotib olish, ulardan foydalanish va ularni boshqa shaxsga berishni tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 38-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 3-bandi mazmunidan kelib chiqib, avtomototransport vositalarini ijaraga berish shartnomalari notarial tasdiqlanadi.
16. FK 574-moddasining birinchi qismiga muvofiq, bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi yozma shaklda taraflar tomonidan imzolangan bitta hujjat tarzida tuziladi. Sudlar hisobga olishi zarurki, FK 366-moddasining to‘rtinchi qismi qoidalari ko‘chmas mulkni ijaraga berish shartnomalariga nisbatan qo‘llanilmaydi va bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasining yozma shaklda tuzilishi haqidagi talabga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib keladi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida binolar va inshootlarning davlat kadastrini yuritish to‘g‘risida”gi 278-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Binolar va inshootlarning davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 8-bandiga muvofiq, mulkdor yoki u tomonidan vakil qilingan shaxs ijara shartnomasi tuzilgan vaqtdan boshlab bir oy muddatda binolar va inshootlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlarga hujjatlarni taqdim etishga majburdirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
17.2. Ko‘chmas mulk ijarasi shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga majburlash to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishda sudlar e’tiborga olishi kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida binolar va inshootlarning davlat kadastrini yuritish to‘g‘risida”gi 278-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Binolar va inshootlarning davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 7-bandi ikkinchi qismi mazmunidan kelib chiqib, ijara shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish majburiyati ijaraga beruvchiga yuklatilgan. Shu munosabat bilan ijaraga beruvchining harakatsizligi shartnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan bosh tortish sifatida baholanishi lozim. Shuningdek, shartnoma shartlari bilan kelishmaslik sababli ro‘yxatdan o‘tkazishga majbur tarafning harakatsizligi ham davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan bosh tortish hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. FK 575-moddasining birinchi qismiga ko‘ra, bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi bo‘yicha ijaraga oluvchiga bunday ko‘chmas mulkka egalik qilish va undan foydalanish huquqlarini topshirish bilan bir vaqtda yer uchastkasining ana shu ko‘chmas mulk joylashgan va undan foydalanish uchun zarur qismiga bo‘lgan huquqlar ham topshiriladi. Bundan kelib chiqib, sudlar nazarda tutishlari lozimki, ijara obyekti joylashgan yer uchastkasidan foydalanish huquqi qonunga muvofiq vujudga keladi.
19. FK 364-moddasining birinchi qismi talablaridan kelib chiqib, ijara predmeti va ijara haqining miqdori haqidagi shartlar bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasining muhim shartlari hisoblanadi.