Qayd etish joizki, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda qulay investitsiyaviy muhit shakllantirildi, xorijiy investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha qonun yo‘li bilan keng ko‘lamdagi imtiyozlar, afzalliklar va kafolatlar tizimi belgilandi.
Natijada respublikada iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari va sohalarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 4,2 mingtadan ko‘proq korxona tashkil qilindi va muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Har yili 3,0 milliarddan ko‘proq asosan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilmoqda, mamlakat iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiya umumiy hajmining 26,6 foizdan ko‘prog‘i ularning hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu esa xorijiy investorlarning respublika iqtisodiyoti barqarorligi va pishiq-puxtaligiga, uni rivojlantirish istiqbollariga qiziqishi hamda ishonchi ortib borayotganligidan yaqqol dalolat beradi.
Shu bilan birga, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotganligi, jahon va mintaqaviy investitsiya bozorlarida raqobat kuchayib borayotganligi mamlakatda yana ham qulayroq investitsiya muhitini yaratish, ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirish, shuningdek, xorijiy investorlar bilan ishlashdagi mavjud byurokratik g‘ovlar va to‘siqlarni bartaraf etish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga davlat va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarga yo‘l qo‘ymaslik borasida qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishini taqozo etmoqda.
Yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘yilmalar kiritayotgan xorijiy investorlar uchun maksimal darajada qulay investitsiya muhitini yaratish, respublika mintaqalariga xorijiy sarmoyalar va zamonaviy texnologiyalar jalb etilishi rag‘batlantirilishini kuchaytirish, xorijiy investorlar hamda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun kafolatlar va imtiyozlar tizimini yanada mustahkamlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilab qo‘yilsinki, yuridik shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanadigan muddatga kiritilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalari hajmiga qarab, yer solig‘i, mol-mulk solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lashdan ozod etish tarzidagi soliq imtiyozlari beriladi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliq imtiyozlardan foydalanishga haqli.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq qiymati 50 million AQSh dollaridan oshadigan va xorijiy investorning ulushi kamida 50 foiz bo‘lgan investitsiya loyihalari doirasida, ishlab chiqarish maydonidan tashqaridagi zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish budjet mablag‘lari hamda boshqa ichki moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son)
5. Vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari, tijorat banklari tomonidan xorijiy investorlar hamda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning faoliyati bilan bog‘liq qo‘shimcha talablar va cheklovlar o‘rnatilishi qat’iyan taqiqlansin va bu hol qonunga xilof deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xorijiy investorlarning, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquq va kafolatlarini himoya qilish bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlariga barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari so‘zsiz rioya etishlari ustidan qattiq nazorat o‘rnatsin hamda qonunchilik buzilishining oldini olish va aybdor mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalarining buyurtmanomalari bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy kompaniyalarning mansabdor shaxslari va mutaxassislariga 12 oy muddat bilan kirish vizalari hamda ko‘p martalik vizalar rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Markaziy bankni jalb etgan holda xorijiy investorlarga o‘zlarining investitsiya faoliyatini amalga oshirishlari uchun Davlat budjeti va uning ijrosi, pul-kredit siyosati, tashqi savdo hamda boshqa ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda zarur bo‘lgan iqtisodiy axborotlardan tizimli asosda belgilangan tartibda keng foydalanish imkoniyatlarini ta’minlasin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda xorijiy investorlar hamda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun berilgan kafolatlar, imtiyozlar va afzalliklarga doir qonun hujjatlarining amalda ro‘yobga chiqarilishi yuzasidan tizimli monitoring o‘rnatsin hamda berilayotgan imtiyozlar va afzalliklarga vazirliklar, idoralar va boshqa ijrochilar tomonidan rioya etilmasligi holatlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga har chorakda axborot kiritib borsin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005-yil 11-apreldagi PF–3594-son Farmoniga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005-yil 11-apreldagi PF–3594-son Farmoniga kiritiladigan
“mazkur korxonalarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatini istisno qilgan holda, respublikaning barcha shaharlari va qishloq aholi punktlarida joylashtirish”;
g) oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
d) oltinchi xatboshidagi “daromadni” so‘zi “daromadning kamida 50 foizini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
1. Radioelektron sanoati buyumlari hamda kompyuter va hisoblash texnikasi butlovchi buyumlarini ishlab chiqarish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 24-martdagi PF–3586-sonli Farmoni 1a-ilovasida ko‘rsatilgan qurilish materiallarining yangi turlarini ishlab chiqarish.
mahalliy xomashyodan sanoat miqyosida qayta ishlangan tayyor oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish (alkogolli, alkogolsiz ichimliklar va tamaki mahsulotlari bundan mustasno).
go‘sht va sut mahsulotlarining tayyor turlari, pishloq va sariyog‘, shuningdek hayvonlarning ichki organlaridan qayta ishlangan mahsulotlar ishlab chiqarish.