LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Intellektual mulk to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2011-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-312-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash bo‘yicha faoliyat turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Audiovizual asarlarni tayyorlash, dublyaj qilish va ekranda namoyish etish bo‘yicha faoliyat turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
kinovideo mahsulotlarini ishlab chiqarish, ko‘paytirish, dublyaj qilish, sotish va ularning prokati bo‘yicha hamda gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozish, ko‘paytirish va sotish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasining “Intellektual mulk to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2011-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-312-son Qonuni kuchga kirgunga qadar xo‘jalik yurituvchi subyektlarga berilgan litsenziyalar ularning amal qilish muddati tugagunga qadar amal qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
kinovideo mahsulotlarini ishlab chiqarish, ko‘paytirish, dublyaj qilish, sotish va ularning prokati bo‘yicha va gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozish, ko‘paytirish va sotish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalarning amal qilish muddati tugagandan so‘ng xo‘jalik yurituvchi subyektlar audiovizual asarlarni tayyorlash, dublyaj qilish va ekranda namoyish etish bo‘yicha va audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalarni oladilar;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
hozirgi vaqtda EHM uchun dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish bo‘yicha litsenziyasiz faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar ushbu faoliyat turlarini tegishli litsenziya olgunga qadar, biroq 2012-yil 1-maydan kechiktirmasdan davom ettirish huquqiga ega bo‘ladilar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek “O‘zbekkino” Milliy agentligi bilan birgalikda kinovideo mahsulotlarini ishlab chiqarish, ko‘paytirish, dublyaj qilish, sotish va ularning prokati bo‘yicha va gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozish, ko‘paytirish va sotish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun ilgari berilgan litsenziyalarni 2012-yil 1-maygacha xatlovdan o‘tkazsin;
audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun dasturlarga mutlaq (nomutlaq) mulkiy huquqlarga ega bo‘lgan huquq egalarining ma’lumotlar bazasini yaratsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash bo‘yicha faoliyat turlarini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
audiovizual asar — bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan (ovoz jo‘rligida yoki ovoz jo‘rligisiz) tasvirlarning yozib olingan turkumidan iborat bo‘lgan, tegishli texnika vositalari yordamida ko‘rib va eshitib (ovoz jo‘rligi bo‘lsa) idrok etish uchun mo‘ljallangan yozuv, shu jumladan kinematografiya, multiplikatsiya va animatsiya asarlari hamda kinematografiyanikiga o‘xshash vositalar bilan ifodalangan barcha asarlar (tele-, kino- va videofilmlar, kliplar, konsert dasturlarining yozuvlari, multfilmlar, anime, xentay va shu kabilar);
takrorlash — audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni yoxud ulardan bir qismini axborot tashuvchilarda (kinoplyonka, videokassetalar, lazer disklari (CD, DVD) va boshqa turdagi tashuvchilarda) bir nusxadan ortiq tayyorlash, shu jumladan keyinchalik barchaning e’tiboriga yetkazish uchun EHM xotirasiga yozib olish;
barchaning e’tiboriga yetkazish — audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni simlar yoki simsiz aloqa vositalari orqali telekommunikatsiya tizimlaridan foydalanuvchilar o‘z tanloviga ko‘ra istalgan joyda va istalgan vaqtda ulardan foydalana olishi mumkin bo‘lgan tarzda barchaning e’tibori uchun (pulli yoki bepul) yuborish;
fonogrammalarni tayyorlash — fonogrammaning dastlabki ovozli yozuvini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat;
huquq egasi — audiovizual asar va EHM uchun yaratilgan dasturga nisbatan muallif yoki uning merosxo‘rlari, fonogrammalarga nisbatan ijrochi yoki uning merosxo‘rlari, fonogrammani tayyorlovchi, efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilot, shuningdek shartnoma bo‘yicha yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asos bo‘yicha audiovizual asarlar, fonogrammalar yoki EHM uchun yaratilgan dasturlardan foydalanish huquqini olgan boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslar;
EHM uchun yaratilgan dastur — muayyan natija olish maqsadida EHM, EHM shoxobchalari va boshqa kompyuter vositalarining ishlashi uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar va ko‘rsatmalar majmui;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
sotish — audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni pulli yoki bepul (shu jumladan barchaning e’tiboriga yetkazish yo‘li bilan) tarqatish;
prokatga berish — audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni daromad olish maqsadida vaqtinchalik foydalanish uchun berish;
fonogramma — biron-bir ijroning, boshqa ovozlarning har qanday faqat ovozli yozuvi, audiovizual asarga kiritilgan ovozli yozuv bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
4. Litsenziyalarni berish, amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish, shuningdek uni bekor qilish yoki qaytadan rasmiylashtirish haqidagi qarorlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (litsenziyalovchi organ) tomonidan qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatlarni qabul qilish, qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha ekspert xulosalarni tayyorlash, litsenziyalarni berish, litsenziya bitimlarini tuzish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti huzurida Intellektual mulk agentligi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi va boshqa davlat boshqaruvi organlari mutaxassislari ishtirokida ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda Ishchi guruh deb ataladi) tuziladi. Ishchi guruhni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentining mas’ul xodimi boshqaradi. Ishchi guruhning tarkibi va Ishchi guruh haqidagi Nizom O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Vazirlar Mahkamasining axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-sentabrdagi 261-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 36-son, 412-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash bo‘yicha faoliyat turlari yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash bo‘yicha faoliyat turlarini amalga oshirish uchun namunaviy (oddiy) litsenziya beriladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Litsenziya talabgorining arizasiga ko‘ra litsenziyalar umuman faoliyat turiga yoxud uning bir qismiga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash bo‘yicha faoliyat turlarini amalga oshirishga litsenziya 5 yil muddatga beriladi. Talabgorning arizasiga ko‘ra litsenziya besh yildan kam muddatga berilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilish muddati litsenziya berilgan kundan e’tiboran hisoblanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
audiovizual asarlar, fonogrammalar yoki EHM uchun yaratilgan dasturlarni shaxsiy maqsadlarda oilaviy foydalanish uchun takrorlash bilan bog‘liq faoliyat;
EHM uchun yaratilgan dasturlarni sotish va takrorlash bilan bog‘liq faoliyat, agar bunday faoliyat EHM uchun dastur yaratilishini tashkil qilgan hamda EHM uchun yaratilgan mazkur dasturga nisbatan mutlaq mulkiy huquqlarga ega bo‘lgan yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilayotgan bo‘lsa;
EHM uchun yaratilgan dasturlarni sotish, agar EHM uchun yaratilgan dasturning qiymati uskuna (serverlar, printerlar, kompyuterlar, noutbuklar va hokazolar) qiymatiga kiritilgan bo‘lsa.
9. Litsenziya talabgorida litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun foydalaniladigan filiallar mavjud bo‘lgan taqdirda, litsenziya berish bilan bir vaqtda bunday filiallar soniga qarab, ulardan har birining joylashgan joyi ko‘rsatilgan holda, ular tegishli litsenziya talablari va shartlariga amal qilishlari sharti bilan, litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan litsenziya nusxalari beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Quyidagilar audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash bo‘yicha faoliyat turlarini amalga oshirishning litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
litsenziatning mualliflik huquqi va turdosh huquqlar haqidagi qonun hujjatlari talablariga majburiy tarzda rioya qilinishi;
zo‘ravonlikni, pornografiyani, mamlakat xavfsizligi va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, fuqarolar tinchligini, millatlararo va dinlararo totuvlikni buzishni, O‘zbekiston to‘g‘risida noto‘g‘ri axborotlar tarqatilishini hamda uning tarixiy, madaniy va ma’naviy boyliklari buzib ko‘rsatilishini targ‘ib qilish uchun audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, fonogrammalarni tayyorlashga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan litsenziatning majburiyati;
audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlardan foydalanilganda haq to‘lash to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga majburiy tarzda rioya qilinishi;
litsenziat tomonidan litsenziyalanadigan faoliyat yong‘in xavfsizligi va sanitariya normalari talablariga javob beradigan binolar va xonalarda amalga oshirilishi.
11. Quyidagilar audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlashda qo‘shimcha litsenziya talablari hisoblanadi:
a) takrorlanayotgan audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning texnik sifatiga qo‘yiladigan talablarga texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga, shuningdek ularni takrorlashda va rasmiylashtirishda qo‘yiladigan talablarga majburiy tarzda rioya qilinishi;
b) litsenziat yoki tiraj buyurtmachisining audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlashga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlashga bo‘lgan mualliflik va (yoki) turdosh huquqlarga ega bo‘lish haqidagi shartnomalar, shuningdek ularni takrorlash haqida mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar)ning mavjudligi;
v) audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning nomini ko‘rsatgan holda litsenziat tomonidan takrorlangan audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlar nusxalarining hisobini yuritish;
yosh jihatdan cheklovlarni (mavjud bo‘lsa) ko‘rsatgan holda audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash;
d) litsenziat shtatida audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning takrorlangan nusxalari hisobini olib borish uchun mas’ul shaxsning bo‘lishi;
e) litsenziatda litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun mulk huquqi yoki boshqa qonuniy asosda zarur ishlab chiqarish xonalari va ishlab chiqarish asbob-uskunalarining mavjud bo‘lishi;
j) litsenziat tomonidan audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlashga doir ishlab chiqarish faoliyati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga javob beradigan asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalardan foydalangan holda amalga oshirilishi.
12. Quyidagilar audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni sotish bo‘yicha qo‘shimcha litsenziya talablari hisoblanadi:
a) litsenziatning audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni sotishga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni sotib olish haqidagi shartnomalar yoki boshqa hujjatlar)ning mavjud bo‘lishi;
b) litsenziat tomonidan audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning sotilayotgan nusxalarning hisobi audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning nomi ko‘rsatilgan holda yuritilishi;
g) litsenziat shtatida audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning mavjud bo‘lgan va sotilgan nusxalari hisobi olib borilishi uchun mas’ul shaxsning bo‘lishi.
13. Quyidagilar audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni prokatga berishda qo‘shimcha litsenziya talablari hisoblanadi:
a) litsenziatning audiovizual asarlar, fonogramma va EHM uchun yaratilgan dasturlarni prokatga berishga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni prokatga berish haqidagi shartnomalar yoki boshqa hujjatlar, shuningdek audiovizual asarlar va fonogrammalar uchun — ularni prokatga berish haqida mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar)ning mavjudligi;
b) litsenziat tomonidan audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning prokatga berilayotgan nusxalarining hisobi audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning nomi ko‘rsatilgan holda yuritilishi;
g) litsenziat shtatida audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning prokatga berilayotgan nusxalar hisobi olib borilishi uchun mas’ul shaxsning bo‘lishi.
a) fonogrammalarning texnik sifatiga quyiladigan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga majburiy tarzda rioya qilinishi;
b) litsenziat yoki tiraj buyurtmachisining fonogrammalarni tayyorlashga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (fonogrammalarni tayyorlashda mualliflik va turdosh huquqlarga ega bo‘lish haqidagi shartnomalar)ning mavjudligi;
v) litsenziat tomonidan tayyorlangan fonogrammalarning hisobi mahsulot nomi, ushbu mahsulot tarkibiga kirgan asarlar va (yoki) ijrolar nomi, tayyorlangan nusxalar soni, tayyorlangan joy ko‘rsatilgan holda olib borilishi;
g) litsenziat shtatida tayyorlangan fonogrammalarning hisobi olib borilishi uchun mas’ul shaxsning bo‘lishi;
d) litsenziatda litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun mulk huquqi yoki boshqa qonuniy asosda zarur bo‘lgan ishlab chiqarish xonalari va ishlab chiqarish asbob-uskunalarining mavjudligi;
e) litsenziat tomonidan fonogrammalarni tayyorlashga doir ishlab chiqarish faoliyati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga mos keladigan asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalardan foydalangan holda amalga oshirilishi.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Litsenziya bitimida ushbu Nizomning 10 — 14-bandlaridan kelib chiqadigan aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
18. Litsenziya talabgori litsenziya olish uchun litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank nomi va bankdagi hisob-kitob raqami;
v) litsenziyalanadigan faoliyat amalga oshiriladigan binolar va xonalarga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqni tasdiqlovchi hujjat;
Keyingi tahrirga qarang.
g) tuzilgan shartnomalar mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) xulosasi;
Keyingi tahrirga qarang.
d) litsenziyalanadigan faoliyat turi amalga oshiriladigan binolar va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablari va sanitariya normalariga mos kelishi haqida yong‘in va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlari xulosalarining nusxalari;
Keyingi tahrirga qarang.
e) ariza ko‘rib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yig‘im to‘langanligini tasdiqlaydigan hujjat.
19. Litsenziya talabgori tomonidan ushbu Nizomning 18-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash faoliyatini amalga oshirish uchun:
litsenziyalanadigan faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mavjud moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
litsenziya talabgorining audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 38 — 42-moddalariga muvofiq tuzilgan audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlashga bo‘lgan mualliflik va (yoki) turdosh huquqlarga ega bo‘lish to‘g‘risidagi shartnomalar)ning nusxalari;
yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlangan mehnat daftarchasi va ishga qabul qilinganlik haqidagi buyruq nusxalari — audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning takrorlangan nusxalarining hisobi olib borilishi bo‘yicha mas’ul shaxs uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
b) audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni sotish faoliyatini amalga oshirish uchun:
litsenziya talabgorining audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni sotish huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni sotib olinganligi to‘g‘risidagi hujjat (shartnoma, invoys va hokazolar);
yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlangan mehnat daftarchasi va ishga qabul qilinganlik haqidagi buyruq nusxalari — sotilayotgan audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning hisobi olib borilishi bo‘yicha mas’ul shaxs uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
v) audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni prokatga berish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun:
litsenziya talabgorining audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni prokatga berish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni sotib olish uchun oldi-sotdi shartnomalari)ning nusxalari;
yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlangan mehnat daftarchasi va ishga qabul qilinganlik haqidagi buyruq nusxalari — prokatga berilayotgan audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning hisobi olib borilishi bo‘yicha mas’ul shaxs uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziyalanadigan faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mavjud moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
litsenziya talabgorining fonogrammalarni tayyorlash huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar (“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 38 — 42-moddalariga muvofiq tuzilgan fonogrammalarni tayyorlash to‘g‘risidagi shartnomalar)ning nusxalari;
yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlangan mehnat daftarchasining nusxasi va ishga qabul qilinganlik haqidagi buyruq — tayyorlanayotgan fonogrammalarning hisobi olib borilishi bo‘yicha mas’ul shaxs uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(19-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
20. Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
21. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoxud olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi.
Hujjatlar ishchi guruh rahbari tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi).
Keyingi tahrirga qarang.
22. Noto‘g‘ri yoki buzilgan ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Litsenziya talabgori arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida to‘lov kunida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
(23-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash bo‘yicha faoliyat turlarini litsenziyalash ushbu Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
(24-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi.
25. Ishchi guruh ariza olingan kundan boshlab o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda hujjatlarni ko‘rib chiqadi, ular bo‘yicha ekspertiza xulosasi tayyorlaydi va taklifini taqdim etadi.
Ishchi guruhning ekspertiza xulosasiga asosan Vazirlar Mahkamasi litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Ishchi guruh tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun muddatda litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qabul qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Keyingi tahrirga qarang.
27. Litsenziya bitimi litsenziyalovchi organ bilan litsenziat o‘rtasida tuziladi, unda quyidagilar bo‘lishi kerak:
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini Agentlik tomonidan nazorat qilish tartibi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash faoliyatning o‘ziga xos bo‘lgan boshqa shartlar.
(27-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya bitimi uch nusxada — litsenziat, litsenziyalovchi organ va Agentlik uchun bir nusxadan tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
28. Litsenziyalar ishchi guruh tomonidan belgilangan shakldagi blankalarda rasmiylashtiriladi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Vazirlar Mahkamasining axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi rahbari tomonidan imzolanadi.
(28-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-sentabrdagi 261-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 36-son, 412-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziyalar blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash faoliyat turlarini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya berilganligi uchun to‘lov kunida qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining o‘n baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
(29-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Litsenziya talabgorining arizasiga ko‘ra litsenziya besh yildan kam muddatga berilgan va besh yildan kam muddatga muddati uzaytirilgan taqdirda davlat boji miqdori litsenziyaning amal qilish muddatiga mutanosib ravishda kamayadi.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va litsenziya bitimi imzolangandan keyin uch kun muddatda beriladi.
31. Agar litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir.
32. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror, shuningdek mansabdor shaxsning harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
33. Litsenziya berish rad etilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Litsenziya berishni rad etish haqidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.
34. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Bunda ishchi guruh hujjatlar takroran taqdim etilgandan keyin olti kun mobaynida ular yuzasidan ekspert xulosani tayyorlaydi va Vazirlar Mahkamasiga litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi taklifni taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasi ishchi guruh taklifi olingandan keyin to‘rt kun muddatda uni ko‘rib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya talabgorining arizasini qayta ko‘rib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Litsenziya berish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Litsenziat qayta tashkil etilgan, nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyat turini oldin berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Takrorlanadigan, sotiladigan, prokatga beriladigan audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning hisobini yuritish uchun mas’ul bo‘lgan shaxs o‘zgargan taqdirda, litsenziat litsenziyalovchi organga bir hafta muddat ichida mehnat daftarchasi nusxasi bilan birgalikda va ishga qabul qilinganlik haqidagi litsenziat muhri bilan tasdiqlangan buyruqni taqdim etishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
36. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
37. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda yoki filial ochishda litsenziya shartnomasiga o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritiladi yoxud yangi litsenziya shartnomasi tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi.
38. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati o‘tgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
39. Amal qilish muddati o‘tmagan yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga litsenziatning arizasiga ko‘ra uning dublikati berilishi mumkin.
Litsenziyaning dublikatini berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi.
40. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
41. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda Agentlik o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud bo‘lgan taqdirda litsenziatning ularga rioya etishini belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni so‘rash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash.
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan faoliyat litsenziyasiz amalga oshirilishi hollari aniqlangan taqdirda Agentlik materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan choralarni ko‘rish uchun belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
42. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda Agentlik tomonidan uch nusxada dalolatnoma (ma’lumotnoma) tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchisi litsenziyalovchi organda qoladi va uchinchi nusxa ishchi guruhga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
43. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan tekshirishlar o‘tkazish uchun Agentlik tegishli tashkilotlar mutaxassislarini jalb qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
44. Nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘z vakolatlari doirasida litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilganligi holatlarini aniqlaganda ishchi guruhga va Agentlikka aniqlangan buzilishlar to‘g‘risida ma’lum qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
45. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22 — 24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin. Litsenziyalovchi organ qarori asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
litsenziyaning umuman faoliyat turiga yoki uning bir qismiga berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, to‘xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
47. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar Agentlikning veb-saytida joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda —O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom audiovizual asarlarni tayyorlash, dublyaj qilish va ekranda namoyish etish bo‘yicha faoliyat turlarini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
audiovizual asar — bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan (ovoz jo‘rligida yoki ovoz jo‘rligisiz) tasvirlarning yozib olingan turkumidan iborat bo‘lgan, tegishli texnika vositalari yordamida ko‘rib va eshitib (ovoz jo‘rligi bo‘lsa) idrok etish uchun mo‘ljallangan yozuv, shu jumladan kinematografiya, multiplikatsiya va animatsiya asarlari hamda kinematografiyanikiga o‘xshash vositalar bilan ifodalangan barcha asarlar (tele-, kino- va videofilmlar, kliplar, konsert dasturlarining yozuvlari, multfilmlar, anime, xentay va shu kabilar);
audiovizual asarning ekranda namoyish qilinishi — jamoa uchun ochiq joyda yoki bitta oilaning a’zolari bo‘lmagan keng shaxslar doirasi hozir bo‘lgan joyda audiovizual asarni texnik vositalar yordamida eshittirish va (yoki) ko‘rsatish;
audiovizual asarni dublyaj qilish — audiovizual asarni tarjima qilish, bunda aktyorlarning nutqlari bir tildan boshqa tilga qayta ovoz berish yo‘li bilan ham subtitrlash vositasida to‘liq almashtiriladi;
ovoz berish — ovoz qatorini tashkil qiluvchi dastlabki elementlarning hammasini bitta jismga o‘tkazish (qayta yozish) yo‘li bilan audiovizual asar fonogrammasining so‘nggi (yakuniy) variantini yaratish jarayoni;
audiovizual asarni tayyorlash — audiovizual asarni kinoplyonkada, raqamli yoki boshqa bir jismda yaratishga oid faoliyat;
huquq egasi — audiovizual asarning muallifi yoki uning vorislari, shuningdek shartnoma bo‘yicha yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asosga ko‘ra audiovizual asardan foydalanish huquqini olgan boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslar.
3. Mazkur Nizomning maqsadlariga ko‘ra quyidagi faoliyat turlari litsenziyalanadi: audiovizual asarlarni tayyorlash, dublyaj qilish va ekranda namoyish qilish.
4. Litsenziyalarni berish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish, shuningdek uni bekor qilish yoki qaytadan rasmiylashtirish haqidagi qarorlar Vazirlar Mahkamasi (litsenziyalovchi organ) tomonidan “Ma’naviyat va ma’rifat” Respublika kengashining (keyingi o‘rinlarda Kengash deb ataladi) xulosasi asosida qabul qilinadi.
Hujjatlarni qabul qilish, ular bo‘yicha ekspert xulosalarni tayyorlash, litsenziyalarni berish va qayta rasmiylashtirish, litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlarining bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi ishchi organining vazifalarini “O‘zbekkino” Milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda ishchi organ deb yuritiladi) bajaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Kengash qarorlarining bayonnomalarini rasmiylashtirish, Ishchi organ tomonidan litsenziyalarning o‘z vaqtida berilishini nazorat qilib borish va ularning hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti tomonidan amalga oshiriladi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-sentabrdagi 261-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 36-son, 412-modda)
Ishchi organ litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish yoki litsenziyani bekor qilish haqida takliflar tayyorlaydi va ularni ko‘rib chiqish uchun Kengashga taqdim etadi.
5. Audiovizual asarlarni tayyorlash, dublyaj qilish va ekranda namoyish etish bo‘yicha faoliyat turlari yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
6. Audiovizual asarlarni tayyorlash, dublyaj qilish va ekranda namoyish etish bo‘yicha faoliyat turlarini amalga oshirish huquqi uchun namunali (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Litsenziya talabgorining arizasiga ko‘ra litsenziya umuman faoliyat turiga yoki uning bir qismiga beriladi.
7. Audiovizual asarlarni tayyorlash, dublyaj qilish va ekranda namoyish etish bo‘yicha faoliyat turlarini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya 5 yil muddatga beriladi. Litsenziyaning amal qilish muddati litsenziya berilgan kundan e’tiboran hisoblanadi.
8. Audiovizual asarning shaxsiy maqsadlarda oilaviy ko‘rish uchun ekranda namoyish qilinishi bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanmaydi.
9. Litsenziya talabgorining ixtiyorida litsenziyalangan faoliyatni amalga oshirish uchun foydalaniladigan filiallar mavjud bo‘lganda, litsenziya bilan bir paytda ko‘rsatilgan filiallar soniga qarab, har birining joylashgan manzili ko‘rsatilgan holda, ular tegishli litsenziya talablari va shartlariga amal qilish sharti bilan, litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan litsenziya nusxalari beriladi.
10. Audiovizual asarlarni tayyorlash, dublyaj qilish va ekranda namoyish etish bo‘yicha faoliyat turlarini amalga oshirish bo‘yicha litsenziya talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:
litsenziatning mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga majburiy rioya qilinishi;
zo‘ravonlikni, pornografiyani targ‘ib qilishi, mamlakatda xavfsizlik va ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, fuqarolar tinchligi, millatlararo va dinlararo totuvlikni buzishi, O‘zbekiston haqida noto‘g‘ri axborot tarqatishi hamda uning tarixiy, madaniy va ma’naviy qadriyatlarini buzib ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan audiovizual asarlarni tayyorlash, dublyaj qilish va ekranda namoyish etishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha litsenziatning majburiyatlari;
audiovizual asarlardan foydalanganda haq to‘lash to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga majburiy rioya qilinishi;
tayyorlanadigan, dublyaj qilinadigan va ekranda namoyish etiladigan audiovizual asarlarning texnik sifatiga qo‘yiladigan texnik tartibga solish sohasidagi qonun hujjatlariga majburiy rioya qilinishi;
audiovizual asarlarni tayyorlash, dublyaj qilish va ekranda namoyish etish bo‘yicha faoliyat litsenziat tomonidan yong‘in xavfsizligi va sanitariya normalari talablariga javob beradigan binolarda amalga oshirilishi;
litsenziatda mulkiy huquq asosida yoki boshqa qonuniy asosda faoliyat turini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish binolari va tegishli ishlab chiqarish asbob-uskunalarining mavjudligi;
litsenziat yoxud buyurtmachining audiovizual asarlarni tayyorlash, dublyaj qilish va ekranda namoyish etish huquqlarini tasdiqlaydigan hujjatlarning (audiovizual asarlarni tayyorlash, dublyaj qilish va ekranda namoyish etish uchun mualliflar yoki huquq egalari bilan tuzilgan shartnomalarning) mavjudligi;
audiovizual asarlarni tayyorlash, dublyaj qilish va ekranda namoyish etish uchun zarur bo‘lgan tegishli moddiy-texnika baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalarning mavjudligi;
litsenziat tomonidan audiovizual asarlarni tayyorlash, dublyaj qilish va ekranda namoyish etish bo‘yicha ishlab chiqarish faoliyati tegishli standartlar talablariga muvofiq keladigan asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalardan foydalangan holda amalga oshirilishi;
11. Litsenziya bitimida mazkur Nizomning 10-bandidan kelib chiqadigan aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank nomi va bankdagi hisob raqami;
v) litsenziyalanadigan faoliyat turi amalga oshiriladigan binolar va xonalarga litsenziatning huquqlarini yoki boshqa biron mulkiy huquqlarni tasdiqlaydigan hujjat;
Keyingi tahrirga qarang.
g) mavjud binolar va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablari va sanitariya normalariga mos kelishi haqida yong‘in va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlari xulosalarining nusxalari;
d) O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining audiovizual asarlarni ekranda namoyish etish uchun tuzilgan shartnomalarning mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi haqidagi xulosasi;
e) litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnika baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalarning mavjudligi haqidagi ma’lumot.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
14. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan ishchi organga bevosita yoxud ular olinganligi haqidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositalari orqali taqdim etiladi.
Hujjatlar ishchi organ tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilingan sana haqida belgi qo‘yilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
Litsenziya talabgori noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar taqdim etganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Litsenziya talabgorining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida to‘lov kunida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
16. Audiovizual asarlarni tayyorlash, dublyaj qilish va ekranda namoyish etish bo‘yicha faoliyat turlarini litsenziyalash mazkur Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish haqidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi kelib tushgan kundan e’tiboran 30 kundan oshmagan muddatda qabul qilinadi.
Ishchi organ ariza olingan kundan e’tiboran 15 kundan oshmagan muddatda hujjatlarni ko‘rib chiqadi, Kengash majlisida ko‘rib chiqish uchun hujjatlar bo‘yicha ekspert xulosani tayyorlaydi.
Kengash ishchi organdan taklif olingandan keyin o‘n kundan oshmagan muddatda taklifni ko‘rib chiqadi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish haqidagi o‘z taklifini Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi. Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti tomonidan Kengash raisi (yoki rais o‘rinbosari) imzolaydigan majlis bayonnomasi rasmiylashtiriladi. Zarur hollarda Kengash qarori so‘rov yo‘li bilan qabul qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasi Kengash taklifini olganidan so‘ng 5 kundan oshmagan muddatda uni ko‘rib chiqadi va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
17. Ishchi organ tegishli qaror qabul qilinganidan keyin uch kun mobaynida litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror haqida xabardor qiladi.
Litsenziya berilganligi haqida qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi xabarnoma litsenziya talabgoriga yozma ravishda bank hisob raqamining rekvizitlari va davlat bojini to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi).
Litsenziya bitimi ishchi organ va litsenziat o‘rtasida tuziladi va quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak:
litsenziat tomonidan litsenziya bitimining talablari va shartlari bajarilishi ustidan ishchi organ tomonidan olib boriladigan nazorat tartibi.
18. Litsenziyalar Ishchi organ tomonidan belgilangan shakldagi blankalarda rasmiylashtiriladi. Litsenziyalar blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. Litsenziyalar blankalarining namunalari ishchi organ tomonidan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda ishlab chiqiladi. Litsenziyalar blankalari ishchi organ buyurtmasi bo‘yicha “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan bosmaxona usulida tayyorlanadi. Ishchi organ rahbari litsenziya blankalari hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan javob beradi.
Ishchi organ tomonidan litsenziyalarni rasmiylashtirish va berish muddatlariga rioya qilinishi, shuningdek berilgan litsenziyalarning hisobini yuritish ustidan nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziyalar O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi rahbari tomonidan imzolanadi.
(18-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-sentabrdagi 261-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 36-son, 412-modda)
19. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat topshirilgandan va litsenziya bitimi imzolangandan keyin uch kun muddatda beriladi.
20. Agar litsenziat litsenziya berish haqidagi qaror qabul qilinganligi to‘g‘risidagi xabarnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan e’tiboran uch oy muddat davomida ishchi organga davlat boji to‘langanini tasdiqlaydigan hujjatni topshirmagan bo‘lsa yoki litsenziya bitimini imzolamagan bo‘lsa, Vazirlar Mahkamasi litsenziyani bekor qilish haqida qaror qabul qilish huquqiga ega.
21. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-bandida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha ham rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish haqidagi qaror, shuningdek ishchi organ yoki litsenziyalovchi organining harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
22. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etish uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.
23. Litsenziya berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish barcha zarur hujjatlar bilan litsenziya talabgorining arizasi qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kundan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.
Bunda ishchi organ hujjatlar qayta topshirilgandan keyin uch kun muddatda Kengash majlisida ko‘rib chiqish uchun ushbu hujjatlar bo‘yicha ekspert xulosasini tayyorlaydi.
Kengash ekspert xulosani olgandan keyin to‘rt kun muddatda uni ko‘rib chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga Kengashning tegishli bayonnomasi bilan litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish haqidagi taklifni taqdim etadi.
Vazirlar Mahkamasi Kengash taklifini olgandan keyin uch kundan oshmagan muddatda uni ko‘rib chiqadi va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya talabgorining arizasini qayta ko‘rib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan keyin topshirilgan ariza yangidan berilgan ariza deb hisoblanadi.
24. Litsenziat qayta tashkil etilgan, nomi yoki joyi (pochta manzili) o‘zgargan hollarda litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tganidan keyin bir oy muddatda ishchi organga ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlaydigan hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish haqida ariza topshirishi shart.
25. Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziat litsenziyada ko‘rsatilgan faoliyatni avval berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
26. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda ishchi organ litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish haqida ariza ishchi organga tushgan kundan e’tiboran besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish haqidagi arizasini ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan summaning yarmiga teng miqdorda yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi ishchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi.
27. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi ariza Ishchi organga litsenziyaning amal qilish muddati tugashidan ikki oydan kechikmasdan topshirilishi lozim.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki amal qilish muddatini uzaytirishni rad etish haqidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
28. Litsenziatning arizasiga ko‘ra amal qilish muddati tugamasdan yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga uning dublikati berilishi mumkin.
Litsenziyaning dublikatini berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish haqidagi arizasini ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan summaning yarmiga teng miqdorda yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi ishchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
29. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan nazorat ishchi organ tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
30. Litsenziya talablari va shartlariga rioya qilish ustidan nazoratni amalga oshirishda ishchi organ o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan belgilangan tartibda rejali tekshirishlar olib borish;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud bo‘lgan taqdirda litsenziatning ularga rioya etishini belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni so‘rash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;
litsenziatning zimmasiga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklaydigan qarorlar qabul qilish, bunday kamchiliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
litsenziyalovchi organ ko‘rib chiqishi uchun litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish yoxud uni bekor qilish to‘g‘risida taklif kiritish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan faoliyatni litsenziyasiz amalga oshirish hollari aniqlangan taqdirda materiallarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni ko‘rish uchun belgilangan tartibda soliq organlariga yuborish.
31. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda ishchi organ xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma (ma’lumotnoma) tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi ishchi organda qoladi.
Kengash yoki ishchi organ qaroriga ko‘ra litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan tekshirishlar o‘tkazish uchun tegishli tashkilotlar mutaxassislari jalb qilinishi mumkin.
32. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22 — 24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda litsenziyalovchi organ qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
33. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin. Litsenziyalovchi organ qarori asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda litsenziyalovchi organ litsenziat oldida qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
litsenziyaning umuman faoliyat turiga yoki uning bir qismiga berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini to‘xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
35. Litsenziyalar reyestrlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar ishchi organning veb-saytida joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq bo‘ladi.
36. Audiovizual asarlarni tayyorlash, dublyaj qilish va ekranda namoyish etish bo‘yicha faoliyat turlarini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya berilganligi uchun to‘lov kunida qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining o‘n baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Litsenziya talabgorining arizasiga ko‘ra litsenziya besh yildan kam muddatga berilgan va besh yildan kam muddatga muddati uzaytirilgan taqdirda davlat boji miqdori litsenziyaning amal qilish muddatiga mutanosib ravishda kamayadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-sentabrdagi 261-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 36-son, 412-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-martdagi 137-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bo‘yicha eksport va import qilinadigan maxsus tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxatida:
b) 8-banddagi “kino-, videomahsulotlar” so‘zlari “audiovizual asarlar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 23-martdagi 131-son qarori bilan tasdiqlangan Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi tartibi to‘g‘risidagi nizomda (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 3-son, 15-modda):
3. Vazirlar Mahkamasining “Gastrol-konsert faoliyati sohasida soliq solishni va audio-video tashuvchilarni tarqatishni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 29-iyundagi 285-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 36-modda) 7-bandidan “shuningdek gramplastinkalar, audio va videokassetalar, lazer disklarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, ko‘paytirish va sotish bo‘yicha faoliyatning” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-iyundagi 236-son qarori bilan tasdiqlangan Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalovchi organlar ro‘yxatida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 36-modda):
a) “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” bo‘limining yigirma oltinchi — yigirma sakkizinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi yigirma oltinchi — yigirma to‘qqizinchi xatboshilar bilan bayon qilinsin:
Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish.
Audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlar uchun moddiy jismlarni ishlab chiqarish”;
yigirma to‘qqizinchi — o‘ttiz birinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘ttizinchi — o‘ttiz ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari” bo‘limining birinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarining 189-bandida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda):
v) o‘n yettinchi — yigirma ikkinchi xatboshilar mos ravishda o‘n sakkizinchi — yigirma uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyuldagi 330-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi bozorlarida savdo faoliyatini tashkil etish qoidalariga ilovaning uchinchi xat boshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 68-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“audiovizual asarlar, fonogrammalar, EHM uchun dasturlar va ularning moddiy jismlari, kompyuter va maishiy texnika (bozor hududida joylashgan turg‘un savdo shoxobchasi bundan mustasno)”.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida va uning hududidan tashqarida gastrol-konsert faoliyatini, shuningdek to‘y, yubiley va boshqa tantanalarda konsert xizmati ko‘rsatishni, gramplastinkalar, audio-kassetalar va lazerli disklarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozish, ko‘paytirish va sotish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomlarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 11-noyabrdagi 498-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 114-modda):
a) qaror nomidan “gramplastinkalar, audio-kassetalar va lazerli disklarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozish, ko‘paytirish va sotish faoliyatini” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining “Adabiyot va san’at asarlaridan foydalanganlikning ba’zi turlari uchun mualliflik haqining minimal stavkalari to‘g‘risida” 2008-yil 19-yanvardagi 10-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 1-son, 2-modda):
a) 1-bandning uchinchi xatboshida “ovozli yozuvda” va “ovozli yozuvlar” so‘zlari tegishli ravishda “fonogrammada” va “fonogrammalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ilovaning va bo‘limlarning nomida “ovozli yozuvda” va “ovozli yozuvlar” so‘zlari tegishli ravishda “fonogramma” va “fonogrammalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
matnda “ovozli yozuv”, “ovozli (mexanik) yozuv” va “ovoz yozuvlar”, “ovozli yozuvlarning” so‘zlari tegishli ravishda “fonogramma”, “fonogrammalar” va “fonogrammalarning” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 1-son, 3-modda) 1-ilovada “Faoliyat turining nomi” ustunining 3-bandidagi “kino- va videomahsulotlarini” so‘zlari “audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni” so‘zlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyundagi 166-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi to‘g‘risidagi nizomning 8-bandiga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 1-son, 47-modda) quyidagi mazmundagi xatboshilar qo‘shilsin:
“tuzilgan shartnomalarning mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi;
audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, fonogrammalarni tayyorlash, shuningdek audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlar uchun moddiy jismlarni ishlab chiqarish sohasida litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi”.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Vazirlar Mahkamasining “Kino-videomahsulotni ishlab chiqarish, ko‘paytirish, dublyaj qilish, sotish va ularning prokati bo‘yicha faoliyat turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 2004-yil 22-martdagi 135-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 3-son, 31-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash hamda ba’zilariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 22-fevraldagi 73-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 13-modda) 2-ilovaning 28-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 6-7-son, 35-modda) ilovaning 23-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 21-sentabrdagi PQ-186-son qarori)” 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 34-modda) ilova 31-bandining “b” kichik bandi va 47-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-son Qonuni)” 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 86-modda) 1-ilova 52-bandining “b” kichik bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Iste’mol tovarlari (xizmatlar)ning ayrim turlarini ishlab chiqarish va sotishni tartibga solish to‘g‘risida” 2009-yil 9-iyuldagi 190-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 7-son, 55-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish hamda ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2009-yil 27-oktabrdagi PQ-1211-son qarori)” 2009-yil 10-noyabrdagi 293-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 11-son, 72-modda) 1-ilovaning 3-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining “Ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2011-yil 7-sentabrdagi O‘RQ-292-son Qonuni)” 2012-yil 1-fevraldagi 26-son qaroriga 1-ilova 16-bandining “b” kichik bandi va 28-bandi.