27.02.2012 yildagi PQ-1717-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
 LexUZ sharhi
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 13-dekabrdagi F-3760-son farmoyishi bilan tuzilgan Respublika komissiyasi tomonidan manfaatdor vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, jamoat hamda nohukumat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan “Mustahkam oila yili” Davlat dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Tadbir nomiIjro muddati Mas’ul ijrochilarXarajatlar (mln. so‘m) Moliyalash manbalari Taqdim etiladigan hujjat shakli, amalga oshirish mexanizmi va kutilayotgan natija
I. Bugungi kun talablarini hisobga olgan holda oila institutini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan qonunchilik normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, bu masalaga jamiyatimiz e’tiborini yanada kuchaytirish
1.

Bugungi kun talablarini hisobga olgan holda oila institutini rivojlantirish hamda takomillashtirishga qaratilgan “O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2012-yilning III choragi Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati “Ayollar kengashi” respublika jamoat birlashmasi, Ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi --

O‘zbekiston Respublikasining oila qonunchiligi sohasida milliy xususiyatlar va an’analarni, xalqaro tajribani hisobga olgan holda ishlab chiqilgan hamda oila institutin� rivojlantirish va takomillashtirish yuzasidan qo‘shimcha qoidalarni, xususan quyidagilarni nazarda tutadigan qonun loyihasi:
xotin-qizlar uchun nikoh yoshini o‘n sakkiz yoshgacha oshirish, bunda nikoh yoshini bir yilgacha kamaytirishi mumkin bo‘lgan istisno qilinadigan holatlarni aniqlashtirish;
bolalarni asrab olish mexanizmini takomillashtirish;
bolalar tarbiya muassasasiga joylashtirilgan bolaning ota-onasidan sud tomonidan undiriladigan alimentlarni bankda shu bola nomiga ochilgan hisob-raqamda jamg‘arish va unga voyaga yetganidan so‘ng to‘lashni ko‘zda tutuvchi tartibni joriy qilish.

2.

O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida” va “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi qonunlariga o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritish haqida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini ishlab chiqish.

2012-yilning III choragi Adliya vazirligi, “Mahalla” jamg‘armasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi--

O‘zbekiston Respublikasining quyidagilarga qaratilgan qonunlari loyihalari:
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish instituti - mahalla faoliyat ko‘rsatishining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, yordamga muhtoj oilalarga manzilli ijtimoiy ko‘mak berish, yosh oilalar shakllanishini qo‘llab-quvvatlash, oilaviy biznesni rivojlantirishda mahallaning ahamiyati va rolini oshirish.

3.

“Vasiylik va homiylik to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2012-yilning III choragi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Bosh prokuratura, “Mahalla” jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Mehr nuri”, “Sen yolg‘iz emassan” jamg‘armalari--

O‘zbekiston Respublikasining quyidagilarni ko‘zda tutuvchi qonuni loyihasi:
vasiylik va homiylikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, vasiylik va homiylik organlarining huquq hamda majburiyatlarini belgilash;
Vasiylik va homiylikni belgilash, vasiylik va homiylikka olingan shaxslarning mulkini saqlash hamda boshqarish mexanizmini takomillashtirish;
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish.

4.

“Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ishlab chiqish va qabul qilish.

2012-yilning I yarim yilligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi (kelishuv bo‘yicha), Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, “Mehr nuri” jamg‘armasi--

O‘zbekiston Respublikasining quyidagilarni ko‘zda tutuvchi qonuni loyihasi:
xo‘jalik faoliyatining oilaviy korxona ko‘rinishidagi yangi tashkiliy-huquqiy shaklini joriy etish;
oilaviy korxona ishtirokchilari, faoliyat sohasi va uni tashkil etishning huquqiy asoslarini aniq belgilash;
oilaviy korxona uchun ro‘yxatga olish va tugatish, kommunal infratuzilma obyektlaridan, tadbirkorlik faoliyati jarayonida uy-joy inshootlaridan fo�dalanishning soddalashtirilgan tartibini belgilash.

5.

“Bolalar uylari to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasi.

2012-yilning II choragi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Sen yolg‘iz emassan” jamg‘armasi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi--

Vazirlar Mahkamasining quyidagilarni ko‘zda tutuvchi qarori loyihasi:
Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida bolalar uylarini barpo qilish va faoliyatini tashkil etish tartibi, shuningdek ularning asosiy vazifa va funksiyalari;
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishning davlat kafolatlari;
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni ta’minlashda Sog‘liqni saqlash vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarning vazifalari.

II. Yosh oilalarga e’tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirish, ularni huquqiy va ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash, moddiy va ma’naviy jihatdan yosh oilalarni keng ko‘lamda qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan qulay va shinam uy-joy bilan ta’minlash, zarur imtiyoz va afzalliklar berish

6.

Respublika shaharlarida yosh oilalarga sotish uchun 2012-2013-yillarda 48 xonadonli 100 ta uylarni qurishni nazarda tutuvchi “Yosh oilalarga turar joy” dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish, ularga Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasidan oshmaydigan foizli stavka bo‘yicha ipoteka kreditlarini 15 yilgacha muddat bilan berish.

Ishlab chiqish — 2012-yilning I-choragi. Amalga oshirish — 2012-yildan boshlab har yili Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Markaziy bank, tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyaar va Toshkent shahar hokimliklari2012-yilda
192 000,0
Tijorat banklari kreditlari, ijrochilar va aholi mablag‘lari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yosh oilalarga turar joy” dasturini amalga oshirishni ta’minlash bo‘yicha quyidagilarni ko‘zda tutuvchi qarori loyihasi:
har yili uy joyga muhtoj kamida 2400 yosh oilani turar-joy bilan ta’minlash;
qurilish va yosh oilalarga ipoteka kreditlarini berish uchun resurslarni shakllantirish manbalari va mexanizmi;
mahalliy ijroiya hokimiyati organlari mablag‘lari hisobidan belgilangan tartibda transfertlar ajratish yo‘li bilan yangi qurilgan uylardagi xonadonlardan bir qismini yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga taqdim etish

7.

Yosh oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va quyidagilar orqali amalga oshirish:

Yil davomidaMarkaziy bank, Moliya vazirligi, tijorat banklari, Ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Davlat sug‘urta nazorat, sug‘urta kompaniyalari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Mahalla” jamg‘armasiJami 114 620,0 shundan: Tijorat banklari kreditlari, ijrochilar va homiylar mablag‘lari

Ijrochilarning quyidagilarni ko‘zda tutuvchi qo‘shma qarorlari:
Viloyatlar bo‘yicha kreditlar ajratishning prognoz parametrlarini tasdiqlash;
oila�ar a’zolari, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilaridan iborat yoshlarni kichik biznes, xususiy tadbirkorlik sohasiga keng jalb qilishni rag‘batlantirish;
kichik biznes va oilaviy tadbirkorlik subyektlariga kreditlarni qaytarmaslik xavfidan sug‘urta polislarini berish bo‘yicha takomillashtirilgan tartibni joriy etish va kengaytirish.

yosh oilalarga, ularning tadbirkorlik faoliyatini moliyalash uchun mikrokreditlar va grantlar taqdim etish;

68 210,0

Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining biznes-loyihalarini moliyalash;

28 310,0

har bir qishloq tumanida 50 nafardan kam bo‘lmagan yosh oilalarga bir boshdan qoramol va 200 nafardan kam bo‘lmagan yosh oilalarga — 20 tadan uy parrandasi berishni ta’minlash.

18 100,0

8.

Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar, jumladan mebel, murakkab maishiy texnika va boshqalarni xarid qilish uchun imtiyozli foiz stavkasi bo‘yicha, eng kam ish haqining 200 baravari miqdorida uch yilgacha muddatga beriladigan “Yosh oilalarga iste’mol kreditlari” dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Yil davomidaTijorat banklari60 000,0Tijorat banklari kreditlari

“Yosh oilalarga iste’mol kreditlari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha tijorat banklari qarorlari.
Yosh oilalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, ularning moddiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash, mamlakatimizning iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchilarini rag‘batlantirish.

9.

Quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali yosh oilalarni ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash, ularga keng ko‘lamli moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish:

2012-yilning I-choragi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mehr nuri”, “Mahalla”, “Sen yolg‘iz emassan” jamg‘armalari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi.
Yosh oilalarni ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash, ularga keng moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish chora-tadbirlarini amalga oshirish.

Yosh oilalar a’zolarining soliq solinadigan daromadlarini mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni (muzlatgich, televizor, mebel va hokazo) xarid uchun olingan iste’mol kreditini qaytarishga yo‘naltirilgan mablag‘iga teng miqdorda jismoniy shaxslar daromad solig‘idan ozod etish;

2012-yilning 1-aprelidan boshlab

2 900,0

Budjet mablag‘lari

yosh oilalar a’zolari uchun mulk va yer solig‘iga 3 yildan oshmagan muddatga soliq stavkalarini ikki barobarga kamaytirish;

1 900,0

Budjet mablag‘lari

“Mehribonlik” uyining 30 yoshgacha bo‘lgan va endi oila qurayotgan har bir bitiruvchisi uchun mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yotoqxona mebeli ko‘rinishidagi maxsus sovg‘ani ta’sis etish.

2012-yilning 1-aprelidan boshlab

800,0

Budjet va homiylar mablag‘lari

10.

Ta’lim muassasalari bitiruvchilari, muddatli harbiy xizmatdan zaxiraga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilar va boshqalarni ish bilan ta’minlash uchun korxona va tashkilotlarda kamida 107 ming ish o‘rnini zaxira qilib qo‘yish. Kamida 16 ming nafar ishsiz yoshlarni mehnatga tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek qariyb 52 ming nafar yoshlar uchun haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish.

Yil davomidaQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, “Mahalla” jamg‘armasi, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, korxonalar, tijorat banklari, “Kelajak ovozi” yoshlar tashabbuslari markazi, “Yoshlarni ishga joylashtirishga ko‘maklashish markazi” nodavlat notijorat tashkiloti900,0Ijrochilar mablag‘lari

2012-yilda ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturini amalga oshirish.
Yosh oilalardan ishga joylashishga muhtoj shaxslar uchun bandlik kafolatlarini kuchaytirish. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining bitiruvchilarini muayyan korxonalarda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashi va kelajakda mazkur korxonalarda ishga joylashishini tashkil etish asosida ish bilan ta’minlash, ish o‘rinlari yarmarkalarini o‘tkazish, yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish.

11.

Quyidagilar ko‘magida yoshlar uchun yangi ish o‘rinlarini yaratish:

Yil davomidaKasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Ishbilarmon ayollar uyushmasi, “Kelajak ovozi” yoshlar tashabbuslari markaziIjrochilar mablag‘lari

Ijrochilarning qarorlari. Yosh oilalar, ayniqsa xotin-qizlarning moddiy ahvolini yaxshilash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish.

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi ko‘magi bilan asosan qishloq joylarda yosh oilalar uchun 1500 ta yangi ish o‘rinlarini tashkil qilgan holda kichik korxonalar barpo etish;

100,0

O‘zbekiston Ishbilarmon ayollar uyushmasi yordamida 100 ta kichik oilaviy korxona tashkil etish va kamida 300 nafar xotin-qizni ishga joylashtirish.

280,0

12.

Oliy o‘quv yurtlari talabalari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar o‘quvchilarini oila hayotiga tayyorlash maqsadida “Siz oilangiz uchun mas’ulsiz”, Yosh oilada o‘zaro munosabatlar madaniyati” mavzuida bukletlar, maqolalar va broshyuralar tayyorlash.

Yil davomida“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi (O‘MKHTM), “Ijod” jamg‘armasi, “Tasviriy oyina” birlashmasi, Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura markazi, vazirliklar va idoralar30,0 Ijrochilar va homiylar mablag‘lari

Ijrochilar tomonidan tadbirlarni birgalikda o‘tkazish jadvalini tasdiqlash.
Yosh avlodni oilaviy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, yoshlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash.

13.

Quyidagi mavzularda sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish:

2012-yilning III-choragi “Ijtimoiy fikr” markazi, Mehnat va �holini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Xotin-qizlar qo‘mitasi, IIV, “Mahalla” jamg‘armasi, “Kelajak ovozi” yoshlar tashabbuslari markazi“Ijtimoiy fikr” markazi mablag‘lari

Tadqiqotlar natijasi bo‘yicha tahliliy qaydlar.
Yoshlar bandligini ta’minlash, oila institutini mustahkamlashga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.

“Yoshlar bandligi”;

46,0

“ Oilaviy to‘ylar va marosimlar”;

35,0

“Oila yoshlar nigohida”.

35,0

III. Jamiyatimiz va kundalik hayotimizda mahalla institutining rolini yanada kuchaytirish va maqomini oshirish, Mustahkam oila yili maqsad va vazifalarini hayotga tatbiq etishda mahalla va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ahamiyatini, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda shakllantirishda ularning ta’sirini kuchaytirish, yosh oilalarga zarur ko‘mak va yordam berish
14.

Jamiyatda va oilalar kundalik hayotida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari rolini yanada kuchaytirish bo‘yicha quyidagilarni ko‘zda tutuvchi kompleks tadbirlarni ishlab chiqish hamda tasdiqlash:
Respublikamizning barcha hududlarida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini, mahallalarda jamoat va ijtimoiy ishlar ahvolini kompleks ravishda o‘rganib chiqish, shu jarayon davomida aniqlangan muammoli masalalarni hal etishga oid aniq takliflarni ishlab chiqish;
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga mahallaning roli hamda maqomini oshirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish.

T�sdiqlash — 2012-yilning I-choragi, amalga oshirish — 2012-yil mobaynida “Mahalla” jamg‘armasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Vazirlar Mahkamasi qarori.
Oilaning kundalik muhim muammolari va masalalarini hal etishda mahallaning roli va maqomini kuchaytirish, mahallalarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish, aholi bandligini oshirish, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash uchun sharoitlarni yaratish.

15.

Qishloq joylardagi mahallalarda mahalla hududida yashayotgan va maishiy xizmatlar (sartaroshlik, tikuvchilik, poyabzal, maishiy va tashkiliy-texnika va boshqalarni tuzatish ustasi) ko‘rsatish bilan shug‘ullanayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarni 2012-yilning 1-aprelidan boshlab, uch yil muddatga qayd etilgan soliq to‘lashdan ozod etish orqali ish o‘rinlarini tashkil qilishni rag‘batlantirish.

Tasdiqlash — 2012-yilning I — choragi, amalga oshirish — 2012 — 2015-yillar Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Mahalla” jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2012-yilda 2 295,0 Budjet mablag‘lari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. Qishloq joylarda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish darajasini yanada oshirish, ish o‘rinlarini yaratishni rag‘batlantirish, aholini sifatli xizmat turlari bilan ta’minlash.

16.

“Navro‘z” va “Mustaqillik” bayramlari arafasida o‘tkaziladigan hasharlardan “Mahalla” jamg‘armasiga kelib tushadigan mablag‘larning kamida 50 foizini muhtoj oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish maqsadida yo‘naltirishni amalga joriy etish.

Muntazam“Mahalla” jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari7 500,0“Mahalla” jamg‘armasi

Vazirlar Mahkamasining qarori.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan “Mahalla” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan muhtoj oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish tartibini tasdiqlash.

17.

Mahallalarda, ayniqsa chekka qishloq joylarda yashayotgan yolg‘iz qariyalar, nogironlar, kam ta’minlangan fuqarolarga ularning uylarini ta’mirlash va reabilitatsiya vositalarini sotib olish (nogironlik aravachalari, eshitish apparatlari va hokazolar) orqali yordam ko‘rsatish.

Yil davomidaMehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, SSV, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla”, “Nuroniy”, “Sog‘lom avlod uchun”, jamg‘armalari, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Nogironlar jamiyati3 500,0 Budjet, ijrochilar va homiylar mablag‘lari

Kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, tabiiy ofatlardan aziyat chekkan oilalar, yolg‘iz qariyalar, nogironlarning manzilli ro‘yxati hamda ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatish jadvalini tasdiqlash.
Aholining muhtoj qatlamlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash.

18.

Barcha viloyatlar markazlarida, Nukus va Toshkent shaharlarida, shuningdek respublika va hududiy ahamiyatga ega shaharlarda, shaharchalar va boshqa aholi yashash punktlarida mavzelar ichi hududlarini obodonlashtirish, shu jumladan, yo‘llar va yo‘laklarni ta’mirlash, bolalar o‘yin maydonchalarini qurish va rekonstruksiya qilish.

Yil davomidaQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” jamg‘armasi, “O‘zavtoyo‘l” DAK, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, korxonalar10 000,0Ijrochilar va homiylar mablag‘lari

Chora-tadbirlar kompleksi tasdiqlangan holda ijrochilar qarori.
Turar joy mavzelarini obodonlashtirish va qiyofasini yaxshilash, aholi zich yashaydigan joylarda ijtimoiy-madaniy shart-sharoitlarni yaxshilash.

19.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (mahallalar) raislari va diniy ma’rifat hamda ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar ishtirokida “Mustahkam oila — mahalla tayanchi” mavzuida Respublika konferensiya-sini hamda “Mustahkam oila jamiyat taraqqiyoti garovi” mavzuida seminar o‘tkazish.

Yil davomidaXotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” jamg‘armasi, Adliya vazirligi, “Kamolot” YIH, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Milliy g‘oya va milliy mafkura MTM, Respublika ma’naviyat markazi65,0Ijrochilar va homiylar mablag‘lari

Konferensiyalar va seminarlar rejalari va dasturlarini ishlab chiqish.
Mahalla raislari va maslahatchilarining hozirgi davr jamiyatida oilaning roli va ahamiyati haqidagi bilim darajalarini oshirish hamda tajriba almashish.

20.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qoshida ota-onalarning yosh avlodni tarbiyalash bo‘yicha huquqiy, ma’naviy-axloqiy va fiziologik bilimlarini oshirish maqsadida “Ota-onalar universitetlar”ini tashkil qilish.

Yil davomida“Mahalla” jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘MKHTM, SSV, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Ma’naviyat targ‘ibot markazi, “Sog‘lom avlod uchun”, “Sen yolg‘iz emassan” jamg‘armalari60,0Ijrochilar mablag‘lari

Ijrochilarning qo‘shma qarori.
Ota-onalarning bilimini va barkamol avlodni tarbiyalash yo‘lidagi mas’uliyatini oshirish.

21.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida fuqarolar yig‘inlari raislari va kotiblari, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari, “Mahalla posboni” jamoat tuzilmasi a’zolarining bilim darajasini oshirish hamda sotsial va jamoat ishlarini bajarish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini yaxshilash maqsadida ular uchun amaliy seminarlar o‘tkazish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Yil davomida“Mahalla” jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura MTM, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, XTV, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi2012-yilda 250,0 “Mahalla” jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining hududiy dasturlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorlari

22.

Yilning eng yaxshi mahallasini aniqlash uchun har yili uch bosqichli (tuman (shahar) — viloyat — respublika darajasida) tanlov o‘tkazish, g‘oliblarga mahalla hududida ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlariga maqsadli pul mablag‘larini ajratish.

Har yili“Mahalla” jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Kamolot” YIH, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariXarajatlar ijrochilar qarori bilan belgilanadiIjrochilar va homiylar mablag‘lari

Tanlovlarni o‘tkazish va g‘oliblarni aniqlash tartibini tasdiqlash bo‘yicha ijrochilarning qo‘shma qarori.
Mahallalarda faol jamoat va ijtimoiy ishlar olib borilishini, ularda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishni rag‘batlantirish.

23.

2012—2016-yillarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (mahallalar)ning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashning quyidagilar nazarda tutilgan Dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish:

Alohida reja bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” jamg‘armasi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, homiylar2012-yilga
12 000,0
shundan:
“Mahalla” jamg‘armasi va homiylar mablag‘lari

Joylardagi ijroiya hokimiyati organlarining 2012—2016-yillarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining (mahallalar) moddiy-tex�ik bazasini mustahkamlash bo‘yicha hududiy dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorlari.
“Mahalla” jamg‘armasi va “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari binolarining namunaviy loyihasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qo‘shma qarori

mavjud binolarni rekonstruksiya qilish (ta’mirlash) hisobidan yoki joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan beriladigan binolar (binolarning bir qismi) bilan ta’minlash, shundan 2012-yilda — o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan 500 tasiga berish;

10 000,0

bir to‘plamdan kompyuter texnikasi va mebel bilan ta’minlash.

2 000,0

IV. Oila, birinchi navbatda, ehtiyojmand oilalarning muammolarini hal etishda davlat va jamiyat tomonidan g‘amxo‘rlikni yanada kuchaytirish, ularga moddiy yordam ko‘rsatish va farzandlarni tarbiyalashda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, munosib ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish, bunda oilani mustahkamlashda asosiy yukni o‘z yelkasiga olgan ayollarga alohida e’tibor qaratish

24.

Kam ta’minlangan oilalarning maktabda o‘qiydigan 576 ming nafar farzandlarini qishki kiyim to‘plami va bosh kiyimlari bilan bepul ta’minlash.

2012-yilning III-IV choraklari Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi27 862,6Budjet mablag‘lari

Kam ta’minlangan oilalar farzandlarini aniq manzilli ijtimoiy himoya qilish.

25.

492 ming nafarga yaqin birinchi sinf o‘quvchilarini 12 nomdagi o‘quv anjomlari to‘plami, shuningdek, uyda ta’lim oladigan 10,7 ming nafar imkoniyati cheklangan bolalarni o‘quv anjomlari, shu jumladan, 512 ta maxsus doska va 472 ta mak�ab partasi bilan ta’minlash.

2012-yil III-IV choragi. Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi12 267,5Budjet mablag‘lari

Oilalarni, shuningdek imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy himoyalash.

26.

Har yili xalqaro xotin-qizlar kuni— 8-mart bayram arafasida sport musobaqalarini va o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish paytida kam ta’minlangan oilalarning qizlariga, rag‘batlantirish tartibida 190 mingta sport kiyimlari to‘plamini topshirish.

2012-yil mart oyi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Fond Forum jamg‘armasi, “Forum Yunior Sport” bolalar sport kompleksi2 930,0Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Kam ta’minlangan oilalarning qizlarini jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishiga keng jalb etish va rag‘batlantirish.

27.

Yoz oylarida bolalarning mazmunli dam olishi va sog‘lomlashtirilishini quyidagilar orqali ta’minlash:
260 ming nafar bolalar uchun sog‘lomlashtirish oromgohlarida imtiyozli yo‘llanmalar bo‘yicha, ularning 12 ming nafari (ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalar farzandlari) bepul yo‘llanmalar bo‘yicha dam olishini uyushtirish;
bolalar uchun 28 ta harbiy-sport lagyerlari, intellektual rivojlanish lagyerlari, ekologik va turistik yo‘nalishdagi lagyerlarni, shuningdek yuqori sinf o‘quvchilari uchun dam olish va mehnat lagyerlarini yaratish.

Yil davomidaKasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Kelajak ovozi” YOTM, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, korxonalar va tashkilotlar, “Kamolot” YIH 22 000, shundan 800,0 tasi budjet hisobidanKasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, budjet, korxonalar, tashkilotlar va homiylar mablag‘lari

Yoz mavsumida maktab yoshidagi bolalarning dam olishi va sog‘lomlashtirilishini tizimli ravishda tashkil etish.
Yozgi ta’tillar davrida bolalarning dam olishi va sog‘lomlashtirilishining turli shakllarini joriy qilish, ularda ijtimoiy foydali mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish, sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada rivojlantirish
.

28.

Quyidagi tadbirlarni bepul tarzda o‘tkazish yo‘li bilan bolalar, yoshlar va kam ta’minlangan oilalarning foydali madaniy dam olishini tashkil etish:

Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘MKHTM, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Fanlar akademiyasi, “Sog‘lom avlod uchun”, “Sen yolg‘iz emassan”, “Mahalla”, “Mehr nuri” jamg‘armalari, “Kelajak ovozi” YOTM, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Ayollar kengashi” RJB, O‘zekspomarkaz “O‘zbekturizm” MK, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK, “Kamolot” YIH, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Toshshaharyo‘lovchitrans”, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariIjrochilar mablag‘lari

Ijrochilarning qarorlari.
Yosh oilalarga ijtimoiy yordam berish, qo‘llab-quvvatlash, bolalarning foydali dam olishini tashkil etish, yoshlarda Vatan uchun faxrlanish tuyg‘ularini shakllantirish, ularning mamlakatimiz tarixi va madaniyati, uning diqqatga sazovor joylari haqidagi bilimlarini boyitish.

“Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ni o‘tkazish doirasida “Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari tarbiyalanuvchilari va kam ta’minlangan oilalarning farzandlari uchun muzeylar, botanika bog‘i, hayvonot bog‘i, “Tashkentlend” va boshqa madaniyat va istirohat bog‘lariga sayohatlarni uyushtirish;

2012-yil 30-may — 3-iyun

1 000,0

kam ta’minlangan oilalar farzandlari, shuningdek ta’limda yuksak natijalarga erishayotgan o‘quvchilar va talabalar uchun respublikaning tarixiy maskanlari va diqqatga sazovor joylariga sayohatlarni uyushtirish;

2012-yil. may-iyun

Tasdiqlan- gan smeta bo‘yicha

respublikamizning har bir tumani va shahridan ijtimoiy yordamga muhtoj 100-150 yosh oilalar uchun guruhli sayohatlarni, shu jumladan, temir yo‘l transportida tarixiy maskanlar va diqqatga sazovor joylarga sayohatlarni uyushtirish, sayohatga artistlar, yozuvchilar va mahalliy axborot vositalari vakillarini taklif qilish.

Navro‘z bayrami, Hayit bayrami, Davlat Mustaqilligi kuni bayramlarini nishonlash doirasida

2 700,0

29.

Kichik korxonalar va mikrofirmalarni rivojlantirish hisobidan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash uchun 240 mingta ish o‘rinlarini yaratish, shu jumladan xizmat ko‘rsatish va servis sohasida — 114 mingta, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobidan — 90 mingta, sanoatda — 20 mingta, qurilishda — 16 mingta ish o‘rinlarini yaratish.

Yil davomidaQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” jamg‘armasi, tijorat banklari2012-yilda ish o‘rinlarini yaratish Dasturiga muvofiqKorxonalar mablag‘lari, tijorat banklarining kreditlari

Ish o‘rinlarini yaratish va tasdiqlangan hududiy dasturlar doirasida aholi bandligini ta’minlashni rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Xotin-qizlarni ishga joylashtirish va bandligini ta’minlash uchun shart-sharoitlarni yaratish orqali ularni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash.

30.

Quyidagi yo‘llar orqali xotin-qizlarni ijtimoiy ishlab chiqarish va oilaviy biznesga jalb qilish, oilalarning farovonligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish:

Yil davomidaO‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi, Markaziy bank, tijorat banklari, Moliya vazirligi, Ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, “Ayollar kengashi” RJB, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Kamolot” YIH, “Mahalla”, jamg‘armalariJami 690 165,0 shundan: Tijorat banklarining kreditlari

“Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun oilalarga kreditlar” dasturini amalga oshirish bo‘yicha ijrochilarning birgalikdagi qarori, u quyidagilarni nazarda tutadi:
Viloyatlar bo‘yicha kreditlar ajratishning prognoz parametrlarini tasdiqlash;
Kichik biznes, oilaviy tadbirkorlik sohasiga oila a’zolarini, ayniqsa ayollarni, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari ichidan yoshlarni keng jalb etishni rag‘batlantirish; Kichik biznes va oilaviy tadbirkorlik subyektlariga kreditlarni qaytaraolmaslik xavfi sug‘urta polislari berishning takomillashtirilgan tartibini joriy etish va kengaytirish.

oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni qo‘llab-quvvatlash uchun kreditlar ajratish;

60 041

ayollarni tadbirkorlik faoliyatiga faol jalb etish uchun ularga kreditlar berish;

365 364

qoramolni xarid qilish uchun shaxsiy tomorqa va dehqon xo‘jaliklariga mikrokreditlar ajratish;

62 123

meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish (ko‘chatlar, mevali daraxtlar ko‘chatlari, sabzavot urug‘lari xarid qilish, kichik issiqxonalar tashkil etish va h.k.), qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash, parrandachilikni, asalarichilik va baliqchilikni rivojlantirish uchun kichik biznes subyektlari, dehqon, fermer va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklariga kreditlar ajratish.

202 637

31.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida Xalqaro hamkorlik bo‘yicha jamg‘arma kassalari fondi (Germani) tomonidan berilgan “Xususiy tadbirkorlikni mikrokreditlash bo‘yicha qayta tiklanuvchi kredit fondi” mablag‘lari hisobiga boshlang‘ich sarmoyani to‘ldirish uchun tadbirkor ayollarga mikrokreditlar ajratish.

Yil davomidaQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Navoiy, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari hokimliklari, “Xalq banki”, “Mikrokredtbank”, Xotin-qizlar qo‘mitasi267,8 ming yevro“Xalq banki”, “Mikrokreditbank”, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha jamg‘arma kassalari fondi (Germaniya)

Xorijiy hamkor bilan kelishilgan holda “Xalq banki” va “Mikrokreditbank”ning qarorlari. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarining olis va yetib borish qiyin bo‘lgan tumanlarida ayollarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishni kengaytirish yo‘li bilan ayollar va ular oilalarining moddiy farovonligi oshishini rag‘batlantirish.

32.

Quyidagilarni amalga oshirish orqali xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilishni kengaytirish choralarini amalga oshirish:

Yil davomida

O‘zbekiston tadbirkor ayollar uyushmasi, SSP, “Ayollar kengashi” RJBXalqaro tashkilotlar mablag‘lari va grantlari tadbirkorlar va ijrochilar mablag‘lari

Ijrochilar qarorlari.
Qizlarni va yosh ayollarni biznes yuritish ko‘nikmalariga, yangi kasblarga o‘rgatish, ayollarni oilaviy tadbirkorlikka jalb qilish.

tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan qizlar va yosh ayollarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida uchta hududiy Biznes-inkubatorlarni yaratish, respublikaning barcha hududlarida xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etilishini rag‘batlantirish maqsadida biznes forumlar o‘tkazish (shu jumladan tadbirkor ayollar boshqarayotgan muvaffaqiyatli korxonalarni borib ko‘rish);

120,0 ming dollar

respublikaning ish o‘rinlariga talab kuchli bo‘lgan 32 ta tumanida 1,3 ming nafar yosh ayollar va qizlarni biznes yuritish asoslariga va mehnat bozorida talab qilinayotgan kasblarga o‘qitib o‘rgatish uchun “O‘z biznesingni yo‘lga qo‘y” mavzusida seminarlar o‘tkazish.

48,0

33.

Quyidagi yo‘llar orqali xotin-qizlarning ijtimoiy-maishiy turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash:

2012-yilning I choragida ishlab chiqish 2012— 2014-yillarda amalga oshirish. Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Mahalla” jamg‘armasi, Ijtimoiy tadqiqotlar instituti, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi, “O‘zkimyosanoat” DAK, “O‘zbekneftgaz” MXK, iste’mol mollarini ishlab chiqaruvchilar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tijorat banklari44 040,0, shundan 2012-y - 33 000,0

Vazirlar Mahkamasi qarori.
Mahalliy xomashyo negizida ishlab chiqarishlarni tashkil etish, mamlakatimizning mavjud ishlab chiqaruvchilari quvvatlarini kengaytirish, maishiy mollar turlarini kengaytirish, shu jumladan, chang yutgichlar, kir yuvish mashinalari, oshxona kombaynlari, elektr go‘sht qiymalagichlar, kir yuvish vositalari va maishiy kimyo buyumlari ishlab chiqarilishini ko‘paytirish.
Oilalarning maishiy va oshxona elektrjihozlari bilan ta’minlanganligini yaxshilash, ayollarning uy-ro‘zg‘or mehnatini yengillashtirish maqsadida iste’mol kreditlari berishni kengaytirish

2012—2014-yillarda mahalliylashtirish dasturi va iste’mol mollarini ishlab chiqarishni kengaytirish dasturi loyihalarini amalga oshirish doirasida xotin-qizlar mehnatini yengillashtiruvchi uy-ro‘zg‘or elektr mollari, oshxona texnikasi, kir yuvish vositalari va maishiy kimyo buyumlari ishlab chiqarilishini ko‘paytirish;

3 000

Ijrochilar mablag‘lari

xotin-qizlarning uy-ro‘zg‘or mehnatini yengillashtirish maqsadida oilalarga 3 yil muddatga eng kam ish haqining 50 baravarigacha bo‘lgan hajmda maishiy va oshxona elektr asboblarini sotib olish uchun iste’mol kreditlarini ajratish;

30 000

tijorat banklari kreditlari

34.

Yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga ajratilgan mavzelarda quyidagilarni ko‘zda tutuvchi avtomat kir yuvish mashinalari bilan jihozlangan jamoat kirxonal�ri faoliyatini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini tasdiqlash va amalga oshirish:
kirxonalarning faoliyatini ta’minlash bo‘yicha barcha tashkiliy-texnik masalalar kompleksini hal qilish, bunda tegishli hokimliklar tomonidan yer maydonlari ajratilishi, muhandislik tarmoqlariga ulash (suv ta’minoti, kanalizatsiya, elektr ta’minoti);
kirxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalarni (tadbirkorlarni) 5 yil muddatda barcha turdagi soliqlardan ozod etish;
tijorat banklari tomonidan kirxonalar faoliyatini tashkil etish uchun kreditlar ajratish.

2012-yilning I choragida tasdiqlash, 2012-yilda amalga oshirish. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, tijorat banklari2 760,0Tadbirkorlar mablag‘lari

Vazirlar Mahkamasining qarori.
Xotin-qizlar mehnatini yengillashtirish, ularning vaqtini faol ijtimoiy, madaniy, sotsial va iqtisodiy sohalarda, bolalar tarbiyasida samaraliroq foydalanishga yo‘naltirish imkoniyatini yaratish.

35.

Qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi bilan ta’minlashni yanada yaxshilash dasturini amalga oshirish.

2012-yilning III choragi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari,
“O‘zkommunxizmat” agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi
50 795

57 000
Budjet mablag‘lari

Homiylar mablag‘lari

Qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi bilan ta’minlanishini yaxshilash.

36.

Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda quyidagi loyihalarni amalga oshirish:

Yil davomida“O‘zkommunxizmat” agentligi, Andijon, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo va Farg‘ona viloyat hokimliklari, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligiXalqaro taraqqiyot agentligi (XTA)

Aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasini yanada oshirish hamda respublika shahar va tumanlari kanalizatsiya tizimini modernizatsiya qilish.

Sirdaryo viloyatining Boyovut, Xovos, Mirzaobod, Sardoba va Oq oltin tuman markazlari va qishloq aholi punktlarining suv ta’minotini yaxshilash;

1 690,0 ming dollar

OTB krediti

Surxondaryo viloyatidagi suv ta’minoti va sanitariya ahvolini yaxshilash;

13 520,0 ming dollar

XTA krediti

Buxoro va Samarqand shaharlarida tozalash inshootlari va kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish;

13 500,0 ming dollar

OTB krediti

Qo‘qon va Andijon shaharlari suv ta’minoti hamda kanalizatsiya tizimlarini va Farg‘ona, Marg‘ilon shaharlari hamda Rishton tuman markazi suv ta’minoti tizimlarini rekonstruksiya qilish;

44 500,0 ming dollar

OTB krediti

Damxo‘ja mintaqalararo suv quvurini unga Navoiy va Buxoro viloyati tuman markazlarini ulagan holda modernizatsiyalash, Termiz shahri kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish.

22 500 ming dollar

OTB krediti

37.

Quyidagilarni nazarda tutadigan “O‘zbekistonda uzluksiz inklyuziv ta’lim” loyihasini amalga oshirish:
jismoniy imkoniyatlari cheklangan farzandlari bo‘lgan oilalarni uzluksiz ta’limga jalb etish;
pedagoglar, ota-onalar va bolalar uchun seminar-treninglarni o‘tkazish yo‘li bilan inklyuziv ta’lim berish sifatini yaxshilash;
40 ta sinov tariqasidagi muassasalarni, jumladan 10 ta maktabgacha tarbiya muassasalar, 18 ta maktab, 12 ta akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini kompyuter texnikasi, o‘quv-metodik materiallar, mebel va boshqalar bilan jihozlash.

Yil davomidaIjtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, XTV, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston maxsus olimpiadasi,
O‘zbekiston Milliy paraolimpiada assotsiatsiyasi, xalqaro tashkilotlar
85,0Ijrochilar va homiylar mablag‘lari

Ijrochilarning birgalikda amalga oshiradigan tadbirlari rejasi.
Imkoniyati cheklangan insonlarni ijtimoiy va sotsial hayotga jalb etish.
Jamoat tashkilotlari mutaxassislarining inklyuziv ta’lim dasturini samarali ro‘yobga chiqarish yo‘llari va yo‘nalishlari haqidagi bilimlar darajasini oshirish.

38.

“Yordamga muhtoj oilalarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish jarayoniga nohukumat notijorat tashkilotlarini jalb etish” loyihasini amalga oshirish.

Yil davomidaIjtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, “Mahalla” jamg‘armasi, Fond Forum200,0Ijrochilar va homiylar mablag‘lari

Ijrochilarning birgalikda amalga oshiradigan tadbirlar rejasi. Aholining kam ta’minlangan tabaqalariga sifatli ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha jamoa tashkilotlarining vakillarini o‘qitish, qo‘shimcha ish o‘rinlarini tashkil etish.

39.

Kam ta’minlangan oilalarga hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga notijorat nohukumat tashkilotlari tomonidan konsultativ, huquqiy va tashkiliy yordam ko‘rsatish uchun “Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash axborot markazlarini barpo etish” loyihasini amalga oshirish.

2012-yilning I-choragi “Mehr nuri” jamg‘armasi, Ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, Fond Forum, “Kelajak ovozi” YOTM, “Ayollar kengashi” RJB, EOAVMA, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, SSP, “Mahalla” jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariXarajatlar hajmi ijrochilar va homiylarning qarorlari bilan belgilanadiIjrochilar va homiylar mablag‘lari

Kam ta’minlangan oilalarga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga yordam ko‘rsatilishini yanada kuchaytirish maqsadida yangicha shakldagi ijtimoiy hamkorlikni amalga oshirish yo‘li bilan qator NNT va ijtimoiy jihatdan mas’ul tashkilotlar hamda fuqarolarning kuch-g‘ayratlarini birlashtirish.

40.

“Yil ayoli — 2012-y.” respublika tanlovini o‘tkazish.

2012-yil. III-VI choraklari “Ayollar kengashi” RJB, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari180,0Ijrochilar va homiylar mablag‘lari

Mamlakatimizning ij�imoiy hayotida va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgartirishlarni amalga oshirishda, ayollarning rolini kuchaytirish, faol ijtimoiy hamda sotsial nuqtai nazarga ega bo‘lgan ayollarni rag‘batlantirish va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash.

V. “Sog‘lom ona — sog‘lom farzand” tamoyiliga muvofiq oila salomatligini, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish

41.

Quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali onalar va bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilish sohasida tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish:

Yil davomida

SSV, Adliya vazirligi,
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, IIV,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Xotin-qizlar qo‘mitasi,
“Mahalla” jamg‘armasi,
“Ayollar kengashi” RJB

Normativ hujjatlarni, shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan YUNFPA, YUNISEF, Global jamg‘arma yo‘li bilan va “Salomatlik-3” loyihasi doirasida amalga oshiriladigan loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish (Sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotchilari, umumiy amaliyot vrachlari, akusher-ginekologlar, pediatrlar, neonatologlar, akushyerlar va tibbiyot hamshiralari).
Zamonaviy kontratseptiv vositalar barcha uchun bemalol mavjudligini ta’minlash.
VICh-infeksiyalanganlarga boshlang‘ich tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish darajasida IPPP va VICh-infeksiyasi diagnostikasi va profilaktikasini integratsiyalash bo‘yicha dasturni ishlab chiqish va tatbiq etish. Homilador ayollarga, oila qurmoqchi bo‘lgan shaxslarga va xorijiy migrantlarning barchasiga maslahatlar berish va ularning hammasini VICh-infeksiyasi testidan o‘tkazish. VICh-infeksiyalangan bemorlarni ARV terapiyasidan o‘tkazish. OITSga qarshi kurash markazlarini 3 va 4-avlod zamonaviy test-tizimlari bilan ta’minlash.
Ayollarga, bolalarga va umuman oilalarga ko‘rsatilayotgan yordam sifatini yaxshilash. Onalar va bolalar o‘limini, aholi, ayniqsa, onalar va bolalar or�sidagi turli kasalliklar sonini kamaytirish.

Fertil yoshidagi ayollar va bolalarning 100 foizini qamrab olgan xolda ularni chuqurlashtirilgan kompleks tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish yo‘li bilan fertil yoshdagi ayollarni va bolalarni sog‘lomlashtirish Haftaligini o‘tkazish va kelgusida, zarur hollarda, sog‘liqni saqlash muassasalarida sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazish;

200,0

Budjet va ijrochilar mablag‘lari

diagnostika va davolashning klinik qo‘llanmalari va standartlarini ishlab chiqish, ularni takomillashtirish hamda tatbiq etish;

250,0 ming dollar

YUNFPA granti

sog‘liqni saqlash xodimlarining salohiyatini yanada mustahkamlash, onalar va bolalar hamda oila salomatligini asrash maqsadida amaliy tibbiyotda, tibbiy oliy o‘quv yurtlarida va Toshkent shahar vrachlar malakasini oshirish institutida JSST va YUNISEFning zamonaviy texnologiyalarini tatbiq etish;

250,0 ming dollar 18,0 ming dollar 368,1

YUNISEF granti XRA kredit mablag‘lari Ijrochilar mablag‘lari

fertil yoshdagi ayollarni kontratsepsiyaning zamonaviy uslublari va vositalari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish yo‘li orqali sog‘lom oilani shakllantirish bo‘yicha sifatli tibbiy xizmatlar ko‘rsatish;

900,0 ming dollar

YUNFPA granti

homilador ayollarda VICh-infeksiyasi mavjudligini aniqlash maqsadida ularni testdan va antiretrovirus profilaktikasidan o‘tkazish orqali onadan bolaga VICh-infeksiyasi o‘tishining oldini olish bo‘yicha tadbirlarni kuchaytirish;

672,2 ming dollar

OITSga, sil va bezgakka qarshi kurashish bo‘yicha global jamg‘arma mablag‘lari

nikohdan o‘tmoqchi bo‘lgan shaxslarni va mehnat migrantlarini VICh-infeksiya testlaridan o‘tkazish;

517,0

Budjet mablag‘lari

Reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish, sog‘lom oilani shakllantirish, ularning farzandlari salomat tug‘ilishini va tarbiyalanishini ta’minlash masalalari bo‘yicha oila qurmoqchi bo‘lgan yoshlar va yosh oila a’zolari orasida tushuntirish ishlarini olib borish.

241,6

Ijrochilar mablag‘lari

42.

Bolalikdan nogironlar tug‘ilishining oldini olish uchun xatarli guruhga mansub 160 mingdan kam bo‘lmagan homilador ayollarni miqdordagi prenatal skrining bilan maksimal qamrab olish, neonatal skrining sifatini oshirish, shu jumladan 800 chaqaloq orasida yangicha skrining uslubi hisoblangan tandem mass-spektrometriya usuli yordamida Tug‘ma va irsiy kasalliklarni erta aniqlash Davlat dasturini amalga oshirishni davom ettirish.

Yil davomidaSSV, “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi2 407,2 ming dollar ekvivalentidaBudjet mablag‘lari

Homiladorlar va chaqaloqlarni skriningdan o‘tkazish zamonaviy selektiv skrining usuli, ya’ni tandem mass-spektrometriyasini tatbiq etish.
Bolalarning tug‘ma kamchiliklar va irsiy xastaliklar bilan tug‘ilishining oldini olish.
Bolalar nogironligini kamaytirish

43.

Bolalar salomatligini muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishni davom ettirish, jumladan:

Profilaktik emlashning Milliy kalendariga muvofiq
2012-yilning aprelida
SSV, Moliya vazirligi, XTV

Bolalar orasida gelmintozlarga qarshi kurashish dasturini tasdiqlash bo‘yicha ijrochilarning qarorlari.
Profilaktik emlashlarni o‘tkazishning milliy kalendariga ko‘ra emlash jadvallarini tasdiqlash bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining qarorlari.
Bolalar orasida yuqumli kasalliklarni oldini olish va kamaytirish, degelmentizatsiya hamda sil kasalligini oldini olish yo‘li orqali ularning salomatligini mustahkamlash.

virus va boshqariladigan virus infeksiyalariga qarshi emlash jarayoniga barcha bolalarni qamrab olish;

5 400,0

Budjet mablag‘lari

Bolalar orasida gelmintozlar tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha Strategik dasturni ishlab chiqish va tatbiq etish;

69,0 ming dollar

YUNISEF grant mablag‘lari

Sil kasalligiga chalingan shaxslar bilan muloqotda bo‘lgan bolalarni silga qarshi preparatlar bilan kimyoviy profilaktika qilishni ta’minlash.

Tibbiy ko‘rsatmalar bo‘yicha yil mobaynida

200,0

Budjet mablag‘lari

44.

Imkoniyati cheklangan va kam ta’minlangan oilalarda tug‘ilgan tibbiy yordamga muhtoj bolalarni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish:
Imkoniyati cheklangan bolalarga Germaniya klinikalarida tibbiy yordam ko‘rsatish;
tayanch-harakat tizimi va bo‘yin umurtqa pog‘onasi shikastlangan bolalarga “Chiroyli oyoqchalar” loyihasi doirasida mamlakat klinikalarida jarrohlik yordamini ko‘rsatish;
tanasi kuygan bolalarni davolash, yurak xastaligiga chalingan bolalarga jarrohlik yordami ko‘rsatib sog‘lomlashtirish.

Yil davomida“Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi, “Ayollar kengashi” RJB “Hayot uchun!” uyushmasi, Xotin -qizlar qo‘mitasi, Germaniya klinikalari, SSV, “Fridensdorf Interneshnl” (Germaniya), “Save the children” (Janubiy Koreya) xalqaro tashkilotlari, “Mehr nuri” jamg‘ar?asi182,8 ming dollarHomiylar mablag‘lari

Ijrochilar qarorlari.
Yangi tibbiyot texnologiyalari va davolash usullarini qo‘llagan holda, kam ta’minlangan oilalarda tug‘ilgan bemor bolalarni sog‘lomlashtirish

45.

Davolash fizkulturasi uchun zali bo‘lgan ixtisoslashtirilgan reabilitatsiya basseyni qurilgan Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining moddiy-texnika bazasini yangilash, shuningdek, Farg‘ona, Samarqand va Qarshi shaharlarida tegishli infratuzilmasi bilan uning filiallarini barpo etish.

2012 — 2014-yillar XTV, SSV, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Qashqadaryo, Samarqand, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklariMablag‘lar amalga oshira borish mobaynida aniqlashtiriladiBudjet mablag‘lari, homiylar mablag‘lari va xorijiy grantlar

Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazlarini modernizatsiya qilishga va uning filiallarini barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, jumladan:
Respublika markazida davolash fizkulturasi zali bilan ixtisoslashtirilgan basseyn qurish, shuningdek ularni tegishli uskunalar bilan jihozlash;
Qashqadaryo, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarining hokimliklari tomonidan Markazning mintaqaviy filiallarini joylashtirish uchun tegishli binolarni ajratib berish;
ajratib berilayotgan binolarni rekonstruksiya qilish hamda ixtisoslashtirilgan uskunalar va asbob-anjomlar bilan jihozlash, shuningdek tegishli infratuzilmani yaratish;
mazkur tadbirlarni amalga oshirish uchun xorijiy grantlarni jalb etish.

46.

Aholining ovqatlanishi sifatini yaxshilash va mikronutriyent yetishmovchiligi profilaktikasi dasturlarini amalga oshirishni quyidagi yo‘llar bilan davom ettirish:

Yil davomidaSSV, Moliya vazirligi, “O‘zdonmahsulot” AK, osh tuzini ishlab chiqaruvchi korxonalar, “Dori-darmon”AK, XTV, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” jamg‘armasi

Homilador, ayniqsa, qishloq hududida yashovchi homilador ayollarni baquvvatlantiruvchi, tug‘ma kasallikka chalingan bolalar tug‘ilishining oldini olish uchun tarkibida foliy kislotasi mavjud bo‘lgan polivitamin komplekslari bilan ta’minlash.
Mikronutriyentlar yetishmovchiligi oqibatida vujudga keladigan kasalliklarning oldini olish va ularning sonini kamaytirish, oilalarda to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini va shunga oid bilimlarni shakllantirish.

qishloq joylarida yashovchi kamida 400 ming homilador ayolni maxsus baquvvatlantiruvchi polivitamin komplekslari, shu jumladan tarkibida foliy kislotasi mavjud bo‘lgan vitaminlar bilan bepul ta’minlash;

9 600,0

Budjet mablag‘lari

6 oydan 5 yoshgacha bo‘lgan 2,1 million bolalar orasida A vitaminini saplementatsiya qilish;

80,0 ming. dollar

YUNISEF mablag‘lari

aholini fortifikatlangan un va yodlangan tuz bilan ta’minlash;

1 410,1 ming. dollar

Ijrochilar mablag‘lari

yangi meva va sabzavot bilan boyitilgan, tarkibida m�l yog‘i kam miqdordagi ratsional oziq-ovqatni iste’mol qilish foydasini targ‘ib etish.

131,7

Ijrochilar mablag‘lari

47.

Tibbiyot oliy o‘quv yurtlari, respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari va ilmiy-tadqiqot institutlarining yetakchi xodimlari va mutaxassislari tomonidan respublikamizning olis qishloq tumanlarida 30 ming oilani qamrov olgan holda chuqur tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish. Oilalarga konsultativ-diagnostika, profilaktika va davolash yordamini ko‘rsatish bo‘yicha 264 ta modellik QVPlarni shakllantirish.

Yil davomidaSSV, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Hayot uchun!” uyushmasi175,0 Ijrochilar mablag‘lari

Tadbirlarni o‘tkazish jadvallarini tasdiqlash bo‘yicha ijrochilarning qarorlari.
Sog‘liqni saqlash tizimining boshlang‘ich bo‘g‘inida tibbiy yordam ko‘rsatishning sifatini oshirish, oilalarning salomatligini mustahkamlash yo‘lida zarur sharoitlarni yaratish.

48.

Quyidagilar tashkil etilishi lozim:

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, SSV, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK

Ijrochilar qarorlari, tadbirlar qo‘shma dasturini tasdiqlash.
O‘quvchi yoshlar orasida kasalliklarning oldini olish va ularning salomatligini yaxshilash, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish.

oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining 6,2 million o‘quvchilarini sifatli tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, o‘quv yurtlarida joylashgan tibbiyot xonalarining ish unumdorligini oshirish, ularning dori-�armonlar bilan ta’minlan-ganligini yanada yaxshilash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi turli nashrlarni chop etish;

2012-yilning II—IV choragi

300,0

Budjet mablag‘lari

ekologik sharoitlari yaxshi bo‘lmagan hududlarda yashaydigan aholiga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida “Salomatlik” poyezdlarini tashkil etish.

150,0 ming dollar

“Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi mablag‘lari

49.

Mamlakatning barcha hududlarida ayollar orasida onkologik kasalliklarni dastlabki bosqichda aniqlash maqsadida 10 mingdan ortiq ayollarni bepul ravishda diagnostikadan o‘tkazish, “Ayollarning reproduktiv tizimi raki paydo bo‘lishining psixologik sabablari” mavzusi bo‘yicha respublikaning yetakchi onkologlari va xorijlik mutaxassislar ishtirokida maxsus treninglar va seminarlar o‘tkazish. respublikaning yetakchi onkologlari va xorijlik mutaxassislar ishtirok etishi, ayollar orasida onkologik kasalliklarning oldini olishga bag‘ishlangan videoroliklar va filmlar, broshyuralar va bukletlar tarqatish.

Yil davomida

“Hayot uchun!” uyushmasi, “Ayollar kengashi” RJB, SSV, “Dori-darmon” AK, UNFPA, MTRK, EOAVMA, O‘zbekiston psixologlari Uyushmasi133,0Ijrochilar va homiylar mablag‘lari

Ijrochilarning treninglar va seminarlar jadvallarini tasdiqlash haqidagi tegishli qarorlari.
Umumiy amaliyot vrachlarining ayollarda onkologik kasalliklar paydo bo‘lishi xavfiga nisbatan e’tiborini kuchaytirish, ayollar orasida onkologik kasalliklarning oldini olish bo‘yicha aholi o‘rtasida keng tushuntirish va axborot ishlarini olib borish.

50.

2012-yil davomida respublikamizda mavjud bo‘lgan shahar poliklinikalari zamirida 69 oilaviy poliklinika barpo etish orqali oilaviy tibbiyot tizimini yanada rivojlantirish.

Yil davomidaSSV, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va
Toshkent shahar hokimliklari
Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasidaBudjet mablag‘lari

SSV qarorlari.
Umumiy amaliyot vrachlari tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning yanada yaxshilash uchun shart-sharoitlar yaratish.

51.

Oilada tibbiy madaniyat darajasini yanada oshirish va sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini qaror toptirish maqsadida:

Yil davomidaSSV, XTV, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” jamg‘armasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniya, “Kamolot” YIX, NANNOO‘z, EOAVMA, “Kelajak ovozi” YOTM, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariIjrochilar, Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa fuqarolik institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat jamg‘armasi mablag‘lari

Ijrochilar qarorlari.
Aholining, ayniqsa yoshlarning sog‘lom turmush tarzi va sog‘lom oilani shakllantirish, atrof-muhitning inson sog‘lig‘iga ta’siri, kasalliklarning oldini olish chora-tadbirlari xususidagi xabardorligini yaxshilash, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari orqali kuchaytirish.

aholi orasida yosh bolal�kdan sog‘lom turmush tarzini, unumli ovqatlanish va jismoniy faollikni, zararli odatlarga toqat qilmaslikni, chekishga hamda ichkilikbozlikka qarshi kurashni kengroq targ‘ib qilish;

181,7

oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida “Yosh oila maktabi”, “Oila psixologiyasi”, “Sog‘lom turmush tarzi” mavzularida maxsus kurslar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish orqali o‘quvchi yoshlarning tibbiy savodxonligini oshirish va ularni oilaviy turmushga tayyorlashga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish;

100,0

aholi orasida profilaktik va tushuntirish ishlarini qishloq vrachlik punktlari orqali kuchaytirish yo‘li bilan Orolbo‘yi hududida ona va bolaning salomatligini muhofaza qilish chora-tadbirlari samaradorligini oshirishga ko‘maklashish.

60,0

52.

200 mingdan ortiq pubertat yoshidagi qizlarni, homilador va fertil yoshidagi ayollarni qamrab olgan holda, tibbiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan “Sog‘lom ona—sog‘lom farzand” loyihasini amalga oshirish;

Yil davomidaIjtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, SSV, Xalq ta’limi vazirligi,Salomatlik instituti, Reproduktiv salomatlik markazi, “Kelajak ovozi” YOTM, “Mehr nuri” jamg‘armasi, “Ayollar Kengashi” RJB, “Salomatlik plyus ekologiya” NNT, BMTning O‘zbekistondagi aholini o‘rganuvchi fondi (UNFPA va Y-PEER yoshlar tarmog‘i)70,0Ijrochilar va homiylar mablag‘lari

Tadbirlarning Kompleks rejasini tasdiqlash bo‘yicha ijrochilarning qarorlari.
Fertil yoshidagi ayollarning homiladorlik davri, bolalarni parvarish qilish, to‘g‘ri ovqatlantirish va ularning gigiyenasi borasidagi tibbiy bilimlarini oshirish.
Yoshlarni sog‘lom turmush tarziga muntazam ravishda jalb etish hamda ularga VICh/OITS va IPPP muammolari haqida ma’lumot berish.
Maktab yoshidagi bolalar ongida sog‘lom turmush tarzi g‘oyalarini shakllantirishga, ular iste’mol qilayotgan ovqat sifatini yaxshilashga ko‘maklashish.

yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan “Sog‘lom yoshlar” loyihasini amalga oshirish;

40,0

44 ta maktab o‘quvchilariga qadoqlangan ultrapasterizatsiyalangan sutni har kuni bepul asosda berish bo‘yicha “Maktab suti” namunaviy loyihasini amalga oshirish.

80,0

53.

Respublika kasaba uyushmalarining sog‘lomlashtirish muassasalari tizimi orqali quyidagi tadbirlarni amalga oshirish:

Yil davomidaKasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Ayollar Kengashi” RJB, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari.Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va ijrochilar mablag‘lari

Ijrochilar qarorlari.
Yosh ayollar va oilalarning salomatligini mustahkamlash, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish.

ko‘p bolalik va kam ta’minlangan oilalarga mansub 500 nafar ayollarni bepul davolash;

240,0

100 ta yosh oilaning dam olishi va sog‘lomlashtirilishi uchun 200ta imtiyozli yo‘llanma ajratib berish;

100,0

100 ta yosh oilalarni sog‘lomlashtirish maqsadida ularga kasaba uyushmasi qoshidagi “Umid gulshani” sanatoriysiga 200ta yo‘llanmani imtiyozli ravishda berish;

101,3

1000 nafar yosh onalarni va ularning farzandlarini sog‘lomlashtirish;

1 000,0

qishloq joylarida istiqomat qiluvchi 5 ming ta oilaning a’zolarini, 1,5 ming nafar yetimlarni, 500 nafar nogironni turar joylarida sifatli bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va ularga ambulatoriya davolash xizmatlarini ko‘rsatish.

600,0
54.

Quyidagilarni tibbiy jihozlar va anjomlar bilan jihozlash va qo‘shimcha ravishda jihozlash yo‘li bilan aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishni ta’minlash:

Jadvalga muvofiq yil davomida SSV, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari.Budjet mablag‘lari Grantlar va Xalqaro moliya institutlarining mablag‘lari
Hindiston Hukumatining grant mablag‘lari
XXR Hukumatining grant mablag‘lari
OITSga, sil va bezgakka qarshi kurashish Global jamg‘armasi mablag‘lari

Davolash-profilaktika muassasalarini jihozlash jadvalini tasdiqlash haqidagi ijrochilarning qarorlari.
Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimining barcha pog‘onalarida tashxis va davolash sifatini yaxshilash. Kasalga chalinish va o‘lim holatlari umumiy sonini kamaytirish.

tez tibbiy yordam ko‘rsatish xizmatlarini (jumladan, zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan maxsus avtomobillarni sotib olish orqali);

2 978,9
780,0 ming
dollar

respublika davolash-profilaktika muassasalarini;

350,0 ming
dollar

bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi barcha darajadagi muassasalar va davolash profilaktika muassasalarining bo‘linmalarini.

6 610,0 ming dollar

Parenteral yo‘li orqali o‘tadigan kasalliklarning oldini olish maqsadida Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari davolash-profilaktika muassasalarini bir marotaba foydalaniladigan tibbiy buyumlari bilan ta’minlash.

3 000,0 ming dollar
55.

Kasaba uyush?alari Federatsiyasi tasarrufidagi sog‘lomlashtirish va sport muassasalarining moddiy-texnika bazasini quyidagilar hisobiga yaxshilash:

Yil davomidaKasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi8 500,0
shu jumladan:
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi mablag‘lari

Mehnatkashlar va ularning oila a’zolari dam olishi, sog‘lomlashtirilishi va sport bilan shug‘ullanishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish

“Chinobod sanatoriysi” OAJning suv va fizioterapiya davolash bo‘limlari binolarida qurilish ishlarini bajarish;

2 100,0

“Kosonsoy sanatoriysi” OAJning xobxona binolarini rekonstruksiya qilish;

600,0

Surxondaryo viloyatidagi “Delfin” suzish havzasini rekonstruksiya qilish;

1 000,0

Toshkent viloyatidagi “Shabboda” bolalar oromgohida qurilish ishlarini amalga oshirish;

2 000,0

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari kasaba uyushmalari tashkilotlarining birlashmalari balansidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarini rekonstruksiya qilishni yakunlash.

2 800,0
56.

Oilada sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, bolalar, homilador ayollar hamda yosh onalar salomatligini ta’minlashga jamoatchilik diqqat e’tiborini jalb etish, oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan “Sog‘lom oila - sog‘lom jamiyat” telemarafonini o‘tkazish.

Maxsus dastur va alohida jadvalga ko‘ra yil davomida SSV, MTRK, EOAVMA, XTV, “Kamolot” YIX, O‘zAAA, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Fond Forum, “Ayollar Kengash” RJB “Mehr nuri” jamg‘armasi, “Kelajak ovozi” YOTM, Oliy Majlis huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Jamoa jamg‘armasining mablag‘larini boshqarish Parlament komissiyasi. Tasdiqlangan xarajatlar smetasiga binoanIjrochilar va homiylar mablag‘lari

Telemarafon o‘tkazish jadvalini tasdiqlash haqidagi ijrochilarning qarorlari.
Sog‘lom turmush tarzini, oilaviy qadriyatlarni targ‘ib qilish, xotin-qizlar salomatligini yaxshilash.

VI. Jamiyatimizning ma’naviy negizlarini yanada rivojlantirish, azaliy milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va mustahkamlash, jamiyatimizda yuksak ma’naviy muhitni keng qaror toptirish, milliy mentalityetimizga mutlaqo yot bo‘lgan va kuchayib borayotgan turli xil zararli ta’sirlarga qarshi turishda oilaning o‘rni va ahamiyatini oshirish

57.

Mamlakatimiz hududlarida quyidagi ishlarni amalga oshirish orqali oila qadriyatlarini saqlab qolish va mustahkamlashda oilaning roli va ahamiyatini kuchaytirishga oid chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish:
“Oila — jamiyatimizning muhim bo‘g‘ini”, “Ma’naviyat oiladan boshlanadi”, “Oilaning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati” mavzularidagi targ‘ibot-tashviqot tadbirlari;
“Oiladagi tarbiya: tajriba va istiqboldagi vazifalar” mavzusi bo‘yicha seminarlar;
“Oila sog‘lom ekan — jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan — mamlakat barqaror” mavzusidagi tanlovlar va videokonferensiyalar;
oilalar va o‘quvchi yoshlar uchun “Vatan ravnaqi oiladan boshlanadi” mavzusi bo‘yicha badiiy-publitsistik dasturlarni namoyish etish;
“Bizning mentalityetimizga yot bo‘lgan ta’sirlarga qarshi turishda mahalla va oilaning ahamiyatini oshirish” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya.

Maxsus tayyorlangan reja asosida Madaniyat va sport ishlari vazirligi, SSV, Ma’naviyat targ‘ibot markazi; Milliy g‘oya va mafkura IAM, Oliy va maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi,
XTV, “Kamolot” YIX, “Mahalla” jamg‘armasi, MTRK, EOAVMA, O‘zAAA, “Sog‘lom avlod uchun” Jamg‘armasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Oila” IAM, tegishli vazirliklar va idoralar
170,0Ijrochilar va homiylar mablag‘lari

Tadbirlarni o‘tkazish jadvallarini va konferensiyalarning o‘tkazish materiallarini tasdiqlash bo‘yicha ijrochilarning qarorlari.
Milliy mustaqillik g‘oyalarini, oilaviy qadriyatlar hamda milliy an’analarimizni, aholining keng tabaqalari orasida, ayniqsa yoshlar orasida targ‘ib qilish.

58.

Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga bag‘ishlangan quyidagi ijodiy tadbirlarni o‘tkazish:

Yil davomida“Kamolot” YIX, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, XTV, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, “Mahalla” jamg‘armasi, “Ijod” jamg‘armasi, Badiiy Akademiya, Toshkent fotosuratlar uyi, “Tasviriy oyina” birlashmasi, Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura IAM, “O‘zbekteatr” birlashmasi Ijrochilar va homiylar mablag‘lari

O‘tkaziladigan qo‘shma tadbirlar jadvalining ijrochilar tomonidan tasdiqlanishi.
Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, yosh avlodni ota-onaga nisbatan muhaabbat va hurmat ruhida tarbiyalash.

“Oila — mening qutlug‘ bog‘im” nomli she’rlar ko‘rigini o‘tkazish, shuningdek, ushbu mavzuga bag‘ishlangan to‘plamni chop etish;

20,0

Tegishli targ‘ibot vositalari (bannyerlar)dan foydalangan holda “Mening oilam” mavzuida rasmlar va suratlar tanlovini o‘tkazish;

15,0

“Mustahkam oilani barpo etishda ota-onalar burchi”, “Farzandlarning ota-onalar oldidagi burchi” kabi mavzularga bag‘ishlangan ko‘chma teatrlarni yoshlar ishtirokida tashkil etish.

59.

“Biz — yagona jamoamiz, biz yagona oilamiz” mavzuida yoshlarning ijtimoiy tadbirini tashkil etish, yoshlarga oid loyihalarni ro‘yobga chiqarish masalalari bo‘yicha anjumanlar, yarmarkalar va konferensiyalar o‘tkazish orqali 15-may - Xalqaro oila kuniga bag‘ishlangan tadbirlar turkumini amalga oshirish.

2012-yilning may - iyun oylari “Ayollar kengashi” RJB, “Mehr nuri” jamg‘armasi, Ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, Fond Forum, “Kelajak ovozi” YOTM, “Mahalla” jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, IIV, “Kamolot” YIX, MTRK, EOAVMA, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalariXarajatlar miqdori ijrochilar va homiylar qarori bilan belgilanadiIjrochilar va homiylar mablag‘lari

Ijrochilarning qo‘shma qarori.
Yoshlar orasida ma’rifiy ishlarni kuchaytirish, barkamol avlod tarbiyasi, uning ijodiy va intellektual salohiyatini rivojlantirish uchun shart- sharoitlar va negizlarni yaratish, yoshlarning yuksak ma’naviyatga hamda tafakkurga intilishlarini rag‘batlantirish.

60.

“ZiyoNET” tarmog‘ining imkoniyatlari va axborot resurslaridan respublika oliy o‘quv yurtlari, litseylari, kollejlari, maktablarida foydalanishni yanada kengaytirish chora-tadbirlarini quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirish:
milliy mustaqillik g‘oyasi va mafkurasi, mamlakat tarixi mavzulariga bag‘ishlangan veb-resurslarni yanada kengaytirish;
“ZiyoNET” tarmog‘i resurslarini axborotlar bilan boyitish.

Yil davomidaO‘zAAA, TATU, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi markazi, XTV, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat organlarining axborot xizmatlari2 230,0Budjet va ijrochilar mablag‘lari

Axborot texnologiyalari va dasturlarini o‘quv jarayoniga tatbiq etishni davom ettirish va rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarning ijrochilar tomonidan tasdiqlanishi.
O‘quvchi yoshlar o‘quv yurtlarining axborot resurslaridan unumli foydalanishlari, o‘quv va tadqiqot materiallarini o‘rganishlari, mamlakatimizning boy tarixiy-madaniy merosidan yaxshi boxabar bo‘lishlari uchun keng yo‘l ochib berish.

61.

Qishloq joylarida yashaydigan yoshlarimizni Internet tarmog‘idan foydalanishga o‘rgatish uchun bepul kurslar tashkil etish.

Yil davomidaO‘zAAA, O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, “Kamolot” YIX50,0Ijrochilar mablag‘lari

Tadbirlar dasturi ijrochilar tomonidan tasdiqlanishi.
Qishloq yoshlarida progressiv tafakkurni rivojlantirish va ularning bilim doirasini kengaytirish.

62.

Yosh avlodning ma’naviy va axloqiy tarbiyasiga ko‘maklashish, ularda milliy g‘urur va o‘zini anglash hissini shakllantirish maqsadida quyidagilarni amalga oshirish:
yoshlarimizning kasbiy ko‘nikmalarini va shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish maqsadida ta’lim oromgohlarini tashkil etish;
“Mustahkam oila yili” Davlat dasturini amalga oshirishga qaratilgan tadbirlarni keng yoritayotgan yosh jurnalistlarimiz uchun media-oromgohlarni tashkillashtirish.

Yil davomida“Kelajak ovozi” YOTM,
Fond Forum, EOAVMA, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, “O‘ztemiryo‘lovchitrans”, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari, Oliy Majlis huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Jamoa jamg‘armasining mablag‘larini boshqarish Parlament komissiyasi.
175,0Ijrochilar mablag‘lari

Ijrochilarning qo‘shma tadbirlari rejasi.
Iste’dodli yoshlarimizning qobiliyatlarini ochib berish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar va imkoniyatlarini yaratish, seminarlar, amaliy mashg‘ulotlar va tajribali mutaxassislar ishtirokida mahorat darslarini o‘tkazish yo‘li orqali ularning badiiy-estetik didlari va dunyoqarashini tarbiyalash.

63.

Kam ta’minlangan 300 mingta oilani uch kanallik radiopriyomniklar bilan bepul ta’minlash choralarini ko‘rish.

Yil davomidaO‘zAAA, “Mahalla” jamg‘armasi5 000,0Telekommunikatsiya tizimlarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Ijrochilarning qo‘shma tadbirlari rejasi.
Mamlakatimizda ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlar, demokratik yangilanishlar, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar to‘g‘risida aholining keng ko‘lamda xabardor bo‘lib turishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish.

64.

Maktabgacha yoshdagi, kichik, o‘rta va katta maktab sinf o‘quvchilari uchun quyidagi maxsus ruknlar bo‘yicha teledasturlar va ko‘rsatuvlar tayyorlash:
eng jajji bolajonlarimiz uchun bilim tarqatuvchi va qiziqarli dasturlar yaratish;
sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish mavzusiga bag‘ishlangan ko‘rsatuvlar;
O‘zbekistonning boy tarixiy merosi, rang-barang hayvonot va nabotot dunyosi haqida teleko‘rsatuvlar tayyorlash.

Yil davomidaMTRK, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “O‘zbekkino” milliy agentligi, XTV, EOAVMA, “Kelajak ovozi” YOTM, O‘zNTT 500,0Ijrochilar mablag‘lari

Teleko‘rsatuvlarni tayyorlashni tashkillashtirish chora-tadbirlari kompleksi.
Ma’naviy va jismoniy sog‘lom hamda barkamol avlodni tarbiyalashda yosh oilalarga ommaviy axborot vositalari orqali yordam ko‘rsatish.

65.

Aniq oilalar misolida “Yoshlar” telekanal�da va hududiy telekanallarda “Mustahkam, sog‘lom oila” tok-shoular tashkil qilish va o‘tkazish.

Yilning I choragi “Kamolot” YIX, MTRK20,0Ijrochilar mablag‘lari

Tok-shou ssenariylarini ishlab chiqish.
Yoshlarimizni va yosh oilalarimizni ibrat bo‘la oladigan oilalar misolida ko‘p asrlar davomida sinalgan milliy urf- odatlarimiz va qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash.

66.

Quyidagilarni yaratish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish:
zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanib, milliy va oilaviy qadriyatlarimizni madh etuvchi o‘zbek xalq ertaklari, dostonlari asosida bolalar va yoshlar uchun 4 ta badiiy va 10 ta multiplikatsion filmlar yaratish;
o‘zbek oilalarining boy milliy an’analariga bag‘ishlangan, ayniqsa, oilaga bo‘lgan sadoqat, ota-onaga hurmat haqida, shu jumladan atoqli san’at arboblari (Hamid Olimjon va Zulfiya, Said Ahmad va Saida Zunnunova va boshqalarning) hayoti va ijodi misolida 2 ta milliy serial va 5 ta hujjatli film ishlab chiqarish;
bolalar va o‘smirlar uchun 3 ta milliy kompyuter o‘yinlarini yaratish;
saviyasi past “ommaviy madaniyat ning, oila va jamiyatdagi bedodliklarning noxush oqibatlarini ko‘rsatib beruvchi media-loyihalar va maqolalarni tayyorlash;
avlodlarning uzviyligi, ota-onalar bilan bolalarning o‘zaro munosabatlari, o‘zbek oilalarining sog‘lom an’analari va urf-odatlarini saqlab qolishga bag‘ishlangan teatrlar postanovkalarining repertuarlari.

Tasdiqlangan jadval bo‘yicha “O‘zbekkino” milliy agentligi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, MTRK, O‘zA, O‘zAAA, “O‘zbekfilm” OAJ, “O‘zbekteatr” birlashmasi, EOAVMA, O‘zNTT, Fond Forum, “Kelajak ovozi” YOTM 5 000,0Ijrochilar mablag‘lari

Yoshlarning estetik qarashlari, axloqi va odobiga ijobiy ta’sir etuvchi, ularni yuksak g‘oyalarga va maqsadlarga yetaklovchi hamda milliy madaniyatimizga va buyuk tariximizga, yuksak ma’naviyatimizga, o‘zbek xalqining boy oilaviy an’analariga bo‘lgan qiziqishlarini qondirish va bu boradagi bilimlarini oshirish.

67.

Respublikaning barcha hududlarida O‘zbek milliy kinosi kunlarini o‘tkazish va ushbu marosimlarda oilaviy qadriyatlarni saqlab qolish va keng targ‘ib etish maqsadida ma’naviy ma’rifiy, ilmiy ommabop, badiiy va hujjatli filmlarni namoyish etish.

2012-yilning III choragi “O‘zbekkino” Milliy agentligi, Fond Forum, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 60,0Ijrochilar va homiylar mablag‘lari

Tadbirlarni o‘tkazish jadvalini tasdiqlash bo‘yicha ijrochilarning qarorlari.
Oilaviy qadriyatlarni, zamonaviy milliy kinosan’atini yoshlar orasida keng targ‘ib qilish.

68.

Turli mavzularga bag‘ishlangan, chiroyli va rangli ilova hamda qo‘shimchalar bilan boyitilgan, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy axborot bilan bir qatorda, sog‘lom oilani shakllantirish, bolalar tarbiyasi va ta’limi, salomatlikni muhofaza qilish masalalarini keng yoritadigan, barcha oila a’zolarini qiziqtirgan mavzular bo‘yicha dolzarb va tezkor axborotni yetkazadigan “Oila davrasida” gazetasini chop etishni tashkil qilish.

Yil davomidaO‘z MAA, O‘zAAA, “O‘zbekiston pochtasi” AJ, “Matbuot tarqatuvchi” AK, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, SSV, XTV, “Mahalla” jamg‘armasi, Xotin- qizlar qo‘mitasi, Yozuvchilar uyushmasi50,0Ijrochilar mablag‘lari

Oila a’zolari, ayniqsa yosh avlodning bilim doirasini kengaytirish va intellektual saviyasini oshirish, ma’naviy va azaliy milliy qadriyatlarimizni, namunali axloq tamoyillarini hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, shuningdek yoshlarimizni san’at va sport olamiga oshno qilish.

VII. Jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashda oilaning rolini kuchaytirish va shu maqsadda oila institutining ta’lim hamda tarbiya muassasalari bilan o‘zaro amaliy hamjihatligi mexanizmini mustahkamlash, ularning yaqin va samarali hamkorligini ta’minlash

69.

Quyidagilarni o‘z ichiga olgan “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorlik mexanizmini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish:
ota-onalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari, pedagoglar ishtirokida oila, umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari va mahalla hamkorligi Jamoat kengashlarini tashkil etish;
tashkil etilgan Jamoat kengashlari ishtirokida ta’lim sifatini muntazam ravishda o‘rganish va uning belgilangan standartlarga mosligi borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ta’lim muassasalariga bevosita yaqin hududda alkogol va tamaki mahsulotlari sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida jamoatchilik nazoratini o‘rnatish.

Ishlab chiqish va tasdiqlash 2012-yil may oyi amalga oshirish— 2012-y. XTV, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘MKHTM, “Mahalla” jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Oila” IAM, “Kamolot” YIH, Adliya vazirligi, IIV, Davlat soliq qo‘mitasi, SSV, “Kelajak ovozi” YOTM, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariIjrochilar mablag‘lari

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.
O‘sib kelayotgan yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish jarayonida ta’lim muassasasining oila, mahallalar bilan hamkorligini mustahkamlash.
Bolalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasida ota-onalar, mahalla va ta’lim muassasalari mas’uliyatini oshirish.

70.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda, notinch oilalar bolalariga ta’lim-tarbiya berish jarayonida ta’lim muassasasi hamda mahalla o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash:
notinch oilalar farzandlarining darslarga qatnashi va bilimlarni o‘zlashtirishining muntazam monitoringi;
notinch oilalar farzandlarini o‘quv jarayoniga faol ravishda jalb etish, zarur hollarda ular uchun qo‘shimcha mashg‘ulotlarni, sport va bolalar ijodi bilan shug‘ullanishni tashkil etish;
notinch oilalarga bolalarni tarbiyalashda o‘quv-metodik va ijtimoiy ko‘makni ta’minlash.

2012-yilning I choragi XTV, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘MKHTM, “Mahalla” jamg‘armasi, “Kamolot” YIH, “Kelajak ovozi” YOTM, “Sen yolg‘iz emassan” jamg‘armasi--

Ijrochilarning qo‘shma qarori.
Notinch oilalar farzandlariga ta’lim-tarbiya berish jarayonini yaxshilash bo‘yicha ishlarni kuchaytirish.

71.

Oilalarning ta’lim muassasalari bilan tarbiyaviy maqsadlarda amaliy hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish

Yil davomida

XTV, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘MKHTM, “Mahalla” jamg‘armasi, “Kamolot” YIH, Ma’naviyat targ‘ibot markazi

Ijrochilar va homiylar mablag‘lari

Ijrochilar tomonidan tadbirlarni o‘tkazish jadvalini tasdiqlash.
Barkamol avlodni tarbiyalashda oila bilan ta’lim muassasalarining yaqin va amaliy hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

“Barkamol avlodni tarbiyalashda oila va ta’lim muassasasi hamkorligi” mavzusidagi uchrashuvlarni tashkil etish;

notinch oilalarga maktab va kollej o‘qituvchilarini biriktirgan holda “Bir ziyoli o‘n oilaga ma’naviy homiy” loyihasini amalga oshirish.

25,0

72.

Oilaviy sport bilan shug‘ullanish va ijodiy to‘garaklarni tashkil etish uchun mavjud sport zallari, maydonchalari hamda maktab, kollej, litsey, mahalla guzarlari binolaridan foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish hamda amalga oshirish.

Yil davomidaXTV, O‘MKHTM, “Mahalla” jamg‘armasi, “Kamolot” YIH, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar va hokimliklariXarajatlar ijrochilarning qaroriga binoan belgilanadi.Ijrochilar mablag‘lari

Chora-tadbirlar kompleksini tasdiqlash yuzasidan ijrochilarning qo‘shma qarorlari.
Jismonan va ma’nan sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalashni ta’minlashda oila, ta’lim muassasasi hamda mahalla hamkorligini mustahkamlash.

73.

Quyidagilar ta’minotini yaxshilash:

Yil davomidaXTV, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘MKHTM, Moliya vazirligi, O‘zMAA, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, “Sen yolg‘iz emassan” jamg‘armasi

Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning intellektual salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish.
1-sinf o‘quvchilarini, “Mehribonlik” uylari, maxsus maktablarni va maktab-internatlari tarbiyalanuvchilari, kam ta’minlangan oilalar farzandlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash.
Ta’lim muassasalarini belgilangan standartlar hamda zamonaviy talablarga javob beradigan yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlash.
O‘quvchilarda tanlangan kasb yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida kasb-hunar kollejlarida amaliy mashg‘ulotlar samaradorligini yanada oshirish.

4,9 mingdan ortiq maktabgacha ta’lim muassasalarining bolalarini maktabda o‘qishga samarali tayyorlashda oilalarga yordam berish maqsadida 73,8 ming nafar bolalarning intellektual qobiliyatlari, mantiqiy fikrlashi va motorikasini rivojlantiruvchi mantiqiy intellektual o‘yinlar to‘plamlari bilan;

3 000, 0Budjet mablag‘lari

1033,2 ming nafar o‘quvchilarni bepul darslik va qo‘llanmalar bilan ta’minlash, ularning 492 ming nafari umumta’lim maktablarining 1-sinf o‘quvchilari, 5,2 ming nafari “Mehribonlik” uyi va maktab-internatlar tarbiyalanuvchilari, salkam 536 ming nafari kam ta’minlangan oilalar farzandlari;

9 800, 0

Budjet mablag‘lari

kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 3,5 milliondan ortiq umumta’lim maktablari o‘quvchilarini ijara tizimi asosida darsliklar bilan ta’minlash;

9 700, 0

Respublika maqsadli kitob fondi mablag‘lari

o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari va oliy o‘quv yurtlari kutubxona fondlarini 381 nomdagi 576,6 mingta o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlash;

7 054,1

Budjet mablag‘lari

322 ta kasb-hunar kollejlari o‘quv ustaxonalarini o‘quv-amaliy jihozlar, shuningdek, 828 ta kasb-hunar kollejlarini o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishda qo‘llaniladigan xomashyo hamda materiallar bilan ta’minlash;

6 000,2

Budjet mablag‘lari

915 ta umumta’lim muassasalarini kompyuter sinfxonalari bilan ta’minlash.

36 724,3

Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi mablag‘lari

74.

“Elektron ta’lim” loyihasi doirasida 2012—2015-yillarda oliy o‘quv yurtlari kutubxona fondini elektron shaklga o‘tkazish Dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Tasdiqlash — 2012-yil mart oyi, amalga oshirish 2012—2015-yy. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zAAA, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi750,0 shundan 2012-yili 100,0 Budjet mablag‘lari

Ijrochilarning qo‘shma qarori.
Oliy o‘quv yurtlarining elektron kutubxonasini yaratish va rivojlantirish, talabalarni axborot bilan ta’minlash va o‘qitishning yangi shakllarini tatbiq etish.

75.

Toshkent shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha RSDYuSShOR uchun turar joy, mashg‘ulotlar o‘tkazish va ovqatlanishni tashkil etish binolarini qurish.

2012-yil III choragi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi10 000,0Budjet mablag‘lari

Iqtidorli bolalarni, o‘quvchi yoshlarni badiiy gimnastika bilan muntazam shug‘ullanishga faol jalb etish, ular orasidan mamlakat terma jamoalarining ishonchli zaxirasini shakllantirish.

76.

Bolalarning oilada bo‘sh vaqtlarini foydali tashkil etish, ularning qiziquvchanligi, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, dastlabki kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam berish uchun respublika mintaqalarida 51 ta “Barkamol avlod” bolalar markazlarini mukammal ta’mirlash va jihozlash.

2012-yilQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar vaToshkent shahar hokimliklari, XTV, Moliya vazirligi.28 965,0Mahalliy budjet mablag‘lari

Shaxsning barkamol rivojlanishiga yo‘naltirilgan maktabdan tashqari ishlar tizimini takomillashtirish, yosh avlodning ijodiy qobiliyatlarini namoyon qilish va rivojlantirish, mehnatsevarlikka odatlantirish, shuningdek o‘quvchilarning bo‘sh vaqtdan oqilona foydalanishlari uchun zarur shart-sharoit yaratish.

77.

Navoiy shahrida “Umid nihollari — 2012” sport o‘yinlarini o‘tkazish.

2012-yil may-iyun XTV, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, “Kamolot” YIH,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari.
4500,0Budjet mablag‘lari budjetdan tashqari mablag‘lar, Navoiy viloyat hokimligi mablag‘lari,
Budjet mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘lar

Vazirlar Mahkamasining protokol topshirig‘i. Ijrochilarning tegishli qarorlari.
O‘quvchi-yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish.

Har bir tuman (shahar)da 5800 oilani jalb qilgan holda “Quvnoq startlar” sport musobaqalarini o‘tkazishni tashkil qilish.

2012-yil iyun— oktyabr

80,0

78.

Quyidagi yo‘llar bilan bolalarni sport bilan shug‘ullanishga yanada keng jalb etish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish:

Yil davomidaBolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari1700,0 Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Bolalarni sport bilan muntazam shug‘ullanishga yanada keng jalb etish, yosh avlod salomatligini mustahkamlash.

1,2 mlndan ko‘proq bolalar ishtirokida 4,4 ming tuman (shahar), viloyat va respublika sport musobaqalari va tadbirlarini o‘tkazish;

58 ta xalqaro sport musobaqalarida 697 nafar respublika musobaqalari g‘oliblarining ishtirokini ta’minlash.

700,0 ming dollar

79.

Ta’lim muassasalari va mahallalarda “Baxtli oila”, “Oila bolalar nigohida” mavzularidagi mustahkam oilalar hayotini aks ettiradigan ko‘chma fotoko‘rgazmalar tashkil etish.

Yil davomida

Badiiy akademiya, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Kamolot” YIH, XTV, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

20,0

Ijrochilar mablag‘lari

Ijrochilar qarorlari.
Oila va oilaviy qadriyatlar, oilada ota-onalar va farzandlar majburiyatlarini mustahkamlash bo‘yicha tarbiyaviy ishlarni keng targ‘ib qilish va kuchaytirish.

80.

Bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida 6—14 yoshli bolalar uchun “Yangi avlod” bolalar ijodiyoti festivalini o‘tkazish.

Yil davomida alohida jadval bo‘yicha

Fond Forum, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, XTV, “Kamolot” YIH, “Kelajak ovozi” YOTM

Tasdiqlangan smeta bo‘yicha

Ijrochilar mablag‘lari

Jadvalni tasdiqlash bo‘yicha ijrochilarning qarorlari.
Bolalarning ijodiy qobiliyatlarini erta aniqlash, ularni rivojlantirish uchun sharoit yaratish, iqtidorli bolalarni mukofotlash va rag‘batlantirish.

81.

“Mustahkam oila — oqibatli bolalar” shiori ostida quyidagi tadbirlarni o‘tkazish:
1—4-sinf o‘quvchilari o‘rtasida viloyat darajasida g‘oliblarni
aniqlash bilan rasmlar tanlovi;
5—7-sinf o‘quvchilari o‘rtasida insholar tanlovi;
8—9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida bilimdonlarni aniqlaydigan viktorinalar;
umumta’lim maktablari yuqori sinflari uchun mushoira va boshqa ijodiy kechalar.

2012-yil aprel-may

XTV, SSV, O‘zMAA, “Oila” IAM

Tadbirlar o‘tkazilishini tashkil etish bo‘yicha ijrochilarning qarorlari.
Sog‘lom turmush tarzi, mustahkam va ahil oila qadriyatlarini targ‘ib qilish, bolalarni barkamol shaxs etib tarbiyalash. Yoshlarda mas’uliyatlilik, sodiqlik, adolatlilik, tartiblilik kabi yuksak ma’naviy sifatlarni shakllantirish.

VIII. “Mustahkam oila yili” Davlat dasturi maqsad va vazifalari hamda uni amalga oshirishning borishi to‘g‘risida keng axborot-tushuntirish ishlarini tashkil etish

82.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishdagi ma’ruzasini o‘z ichiga olgan “Mustahkam oila yili” broshyurasini tayyorlash va nashr qilish.

2012-yil I choragi

O‘zMAA

Budjet ajratmalari doirasida

Budjet mablag‘lari

“Mustahkam oila yili” Davlat dasturi mohiyati va mazmunini ochib beruvchi broshyurani aholi o‘rtasida tarqatish.

83.

Quyidagi yo‘llar bilan aholining barcha qatlamlari o‘rtasida “Mustahkam oila yili” Davlat dasturining ahamiyati va maqsadlari to‘g‘risida keng tushuntirish ishlarini tashkil qilish:

Yil davomida

O‘zA, O‘zMAA, MTRK, EOAVMA, “Mahalla” jamg‘armasi, Respublika “Baynalmilal” madaniyat markazi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Kamolot” YIH, “Oydin hayot” markazi, O‘zNTT, “Oila” IAM, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

300,0

Ijrochilar mablag‘lari

Ijrochilarning qarorlari.
“Mustahkam oila yili” Davlat dasturini amalga oshirish yuzasidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, OAVning oila institutini mustahkamlash borasidagi davlat siyosatini hayotga tatbiq etishning ahamiyati va borishini yoritish bo‘yicha faoliyatini avj oldirish.

ommaviy axborot vositalarida “2012-yil — Mustahkam oila yili”, “Ahil mahalla”, “Mustahkam mahalla”, “Baynalmilal mahalla”, “Mahalla: bugun va ertaga” maxsus ruknlarini tashkil qilish;

“Oila-mahalla-maktab” konsepsiyasiga bag‘ishlangan maxsus teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar turkumini tashkil qilish;

mustahkam oila qurish masalalariga bag‘ishlangan, oilada Ona Va�an haqidagi bilimlarni oshirishga yordam beradigan 10 nomdagi kitoblarni chiqarish.

84.

Aholi o‘rtasida “Mustahkam oila yili: mohiyati va ahamiyati” mavzusida quyidagi vositalar bilan keng targ‘ibot ishlarini tashkil qilish:

2012-yil fevral-mart

Milliy g‘oya va mafkura IAM, Ma’naviyat targ‘ibot markazi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, “Oila” IAM, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, XTV, O‘MKHTM, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Kamolot” YIH

Ijrochilarning qarorlari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “Bizning yo‘limiz demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilish jarayonlarini izchil davom ettirish yo‘lidir” deb nomlangan ma’ruzasining mazmuni va mohiyatini aholi o‘rtasida, ayniqsa olis tumanlar, qishloq va ovullar aholisi, ta’lim muassasalarining o‘quvchilari orasida keng tushuntirib, targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish.

aholining barcha qatlamlari o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali tashkil etish maqsadida foydalanish uchun broshyuralar tayyorlash, nashr qilish va tarqatish;

15,0

Ijrochilar va homiylar mablag‘lari

talabalar va ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Mustahkam oila yili” Davlat dasturining mohiyati va ahamiyatini o‘rganish bo‘yicha o‘quv-metodik komplekslar tayyorlash va shu asosda maxsus o‘quv kursini tashkil etish.

10,0

Homiylar mablag‘lari

85.

“Mustahkam oila — jamiyat tayanchi” shiori ostida ijodiy tanlov va tadbirlar o‘tkazish, jumladan: bosma OAV xodimlari o‘rtasida tanlov;
“Mustahkam oila yili” Davlat dasturini amalga oshirishda OAVning roli va ahamiyati” mavzusida konferensiya;
yosh jurnalistlar o‘rtasida “Yilning eng faol yosh jurnalisti” ikki bosqichli Respublika ko‘rik-tanlovi;
“Ozod yurt to‘lqinlari” va “Yoshlar parvozi” media festivallari;
“Media-lager—2012”ni tashkil etish;
“Mustahkam oila yili” Davlat dasturi tadbirlarini amalga oshirishga bag‘ishlangan ijtimoiy teleradioroliklar milliy festivalini o‘tkazish.

Yil davomida

O‘zA, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Badiiy akademiya, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, EOAVMA, O‘zNTT, “Mahalla” jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Oila” IAM, MTRK, O‘zMAA, Yozuvchilar uyushmasi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, O‘MKHTM, “Kamolot” YIH, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi

Ijrochilar va homiylar mablag‘lari

Ijrochilarning qarorlari.
Oila institutini mustahkamlash sohasidagi davlat siyosatining ahamiyati, mohiyati, mazmuni va natijalarini har tomonlama ochib beradigan bosma va fotomateriallarning ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish, fotoasarlar ko‘rgazmasini tashkil etish.

86.

Zamonaviy axborot texnologiyalari, sun’iy yo‘ldosh aloqa kanallaridan foydalangan holda “Mustahkam oila yili” Davlat dasturi mohiyati va ahamiyatini xorijda axborot- tushuntirish ishlarini tizimli tashkil qilish.

2012-yil.

MTRK, “Jahon” axborot agentligi, O‘zA, “Uzbekistan Today” axborot agentligi, EOAVMA, O‘zNTT

3 000,0

Ijrochilar va homiylar mablag‘lari

Chora-tadbirlar reja-jadvallarini tasdiqlash bo‘yicha ijrochilarning qarorlari.
O‘zbekistonda oilani ijtimoiy muhofaza qilish, shu jumladan, yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, barkamol avlodni tarbiyalash, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish institutlarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan kompleks va maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar haqida chet ellarda axborot tarqatish.

87.

Quyidagi plakatlar majmuini tayyorlash va chop etish:
“Mustahkam oila — mustahkam jamiyat poydevori”;

2012-yil
I choragi

Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura IAM, “Ma’naviyat” nashriyoti, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi XTV, O‘MKHTM

400,0

Budjet, “Mahalla” jamg‘armasi, Milliy g‘oya va mafkura IAM mablag‘lari

Ijrochilarning qarorlari.
Sog‘lom turmush tarzini, ko‘p asrlik oilaviy qadriyatlar va an’analarni, mamlakat hayotida Konstitutsiyaning roli va ahamiyatini, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishni targ‘ib qiladigan plakatlar majmuini tayyorlash va chop etish.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligiga bag‘ishlangan “Baxtimiz qomusi”.

2012-yil
III choragi

400,0