O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son “O‘zbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-yil, 52-son, 561-modda) muvofiq, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qaror qiladilar:
1. Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lovlarni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2012-yil 1-fevral 2-yu-son, 7-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son “O‘zbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-yil, 52-son, 561-modda) muvofiq mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lovlarni hisoblash va to‘lash tartibini belgilaydi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son “O‘zbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2012-yil 1-yanvardan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lovni (bundan buyon matnda to‘lov deb yuritiladi) mazkur Nizomda belgilangan tartibda to‘laydilar.
abonent raqami — abonentga mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaning amal qilish davrida uyali aloqa kompaniyasi tomonidan ajratiladigan raqam;
mobil aloqa abonenti — uyali aloqa kompaniyasi bilan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomani tuzgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
mobil aloqa xizmatlari — mobil aloqa tarmoqlari orqali signallarni va axborotning boshqa turlarini qabul qilish, uzatish, ularga ishlov berish bo‘yicha mobil aloqa operatori faoliyatining mahsuloti.
Keyingi tahrirga qarang.
3. To‘lovlarni to‘lovchilari mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) hisoblanadi.
4. To‘lovning obyekti bo‘lib uyali aloqa kompaniyalari tomonidan mobil aloqa abonentlariga ajratilgan abonent raqamlari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. To‘lov har bir abonent raqami uchun amalga oshiriladi. Abonent raqamlarining soni to‘lov amalga oshiriladigan oyning oxirgi sanasi holatiga ko‘ra aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lov summasi yuridik shaxslarning foyda solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan foydani aniqlashda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52 (I)-son 145-moddasiga muvofiq chegirib tashlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. To‘lovning hisob-kitobi (bundan keyin matnda Hisob-kitob deb yuritiladi) O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga har oyda (o‘sib bormaydigan yakun bo‘yicha) mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmay to‘lovchi (kompaniyaning bosh tashkiloti) tomonidan taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. To‘lovni amalga oshirish to‘lovchi (kompaniyaning bosh tashkiloti) tomonidan Hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
11. To‘lov summasi yagona 23411 hisob raqamiga o‘tkaziladi va bir vaqtning o‘zida Davlat budjeti va O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi qoshidagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan normativlar bo‘yicha taqsimlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
12. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi qoshidagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasiga to‘lovdan kelib tushgan mablag‘lardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda investitsiya dasturlarini moliyalashtirish uchun qat’iy foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
13. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lovning hisoblangan va to‘langan summalari to‘g‘risidagi yig‘ma axborotni har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shakl bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. To‘lovchilar to‘lovning to‘g‘ri hisoblab chiqilishi va to‘lanishi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
15. To‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirmaganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan penya hisoblanadi hamda to‘liq miqdorda Davlat budjetiga undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Davlat soliq xizmati organlari soliq tekshiruvlarini o‘tkazish davomida abonent raqamlarining miqdorini kamaytirish holatlari aniqlanganda ularning haqiqiy miqdoridan kelib chiqqan holda qo‘shimcha to‘lov va penya hisoblashga haqli.
Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatadigan yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lovni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
_______________________________________________ | ||
(yuridik shaxsning nomi) | ||
20 ___ yil ____________ oy uchun | ||
Abonent raqamlarining soni (birl.)* | Belgilangan to‘lov miqdori (so‘m) | To‘lov summasi (ming so‘m) |
Rahbar ___________________________________ | |
(imzo) | |
Bosh buxgalter ____________________________ | |
(imzo) | |
M.O‘. |
Keyingi tahrirga qarang.
Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatadigan yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lovni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
20 ___ yil _______________ oy uchun | ||||
t/r | Yuridik shaxsning nomi | Abonent raqamlarining soni (birl.) | To‘lov summasi (ming so‘m) | |
Hisoblangan | Haqiqatan to‘langan | |||
Rahbar _________________________ | __________________________ | |||
(imzo) | (F.I.O.) | |||
M.O‘. |
Keyingi tahrirga qarang.