19.11.2010 yildagi 220-son
Hujjat 19.05.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Iqtisodiy sudlar mulk huquqini tan olish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi), “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, shuningdek boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga qat’iy amal qilishlari lozim.
2. Konstitutsiyaning 54-moddasi va FKning 164-moddasiga ko‘ra, mulk huquqi shaxsning o‘ziga qarashli mol-mulkka o‘z xohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o‘zining mulk huquqini, kim tomonidan bo‘lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir.
3. FKning 182-moddasiga muvofiq, mulk huquqining vujudga kelish asoslari quyidagilardan iborat: mehnat faoliyati; mol-mulkdan foydalanish sohasidagi tadbirkorlik va boshqa xo‘jalik faoliyati, shu jumladan mol-mulkni yaratish, ko‘paytirish, bitimlar asosida qo‘lga kiritish; davlat mol-mulkini xususiylashtirish; meros qilib olish; egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat; qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa asoslar.
Oldingi tahrirga qarang.
4. FK 11-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisida fuqarolik huquqlari huquqni tan olish yo‘li bilan himoya qilinishi belgilangan. IPK 26-moddasi birinchi qismining 6-bandiga ko‘ra iqtisodiy sud mulk huquqini tan olish to‘g‘risidagi nizolarni hal etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Iqtisodiy sudlarga tushuntirilsinki, FKning 232-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 33-moddasining to‘rtinchi qismi mazmunidan kelib chiqib, sudga mulkdor bo‘lmagan, ammo mol-mulkdan xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi asosida foydalanayotgan shaxs ushbu mol-mulkka mulk huquqini tan olish haqida emas, balki unga xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqini tan olish to‘g‘risida murojaat qilsa, sud da’vo arizasini qaytarishga yoki uni qabul qilishni rad etishga haqli emas. Agar da’vo arizasining mazmuni va shakli IPK 149-moddasining talablariga muvofiq bo‘lsa, sud uni ish yuritishga qabul qilib, nizoni mazmunan ko‘rib chiqishi shart.
11. FK 187-moddasining birinchi qismiga ko‘ra, mulkdor bo‘lmagan, lekin ko‘chmas mol-mulkka o‘n besh yil davomida yoki boshqa mol-mulkka besh yil davomida o‘ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxs bu mol-mulkka mulk huquqini oladi (egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat).
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
–– egalik qilish uzluksiz hisoblanadi, agar egalik qilish FKning 187-moddasida nazarda tutilgan muddat davomida uzluksiz bo‘lsa. Mol-mulkning boshqa shaxsga vaqtincha egalik qilish uchun berilishi mazkur muddatning uzilishiga olib kelmaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
12.2. FK 212-moddasining to‘rtinchi qismiga ko‘ra, shaxs o‘ziga qarashli bo‘lmagan yer uchastkasida o‘zboshimchalik bilan imorat qurgan bo‘lsa, uning bu imoratga nisbatan mulk huquqi sud tomonidan, basharti mazkur uchastka shu shaxsga qurilgan imorat uchun belgilangan tartibda beriladigan bo‘lsa, e’tirof etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
12.3. FK 212-moddasining beshinchi qismiga muvofiq imorat qurilgan yer uchastkasining mulkdori bo‘lgan, unga umrbod meros sifatida egalik qilayotgan, doimiy egalik qilayotgan va foydalanayotgan shaxsning ham o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi sud tomonidan e’tirof etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
12.4. FK 212-moddasi oltinchi qismining mazmuniga ko‘ra, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratning saqlab qolinishi boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmaydigan yoki fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmaydigan bo‘lsa, ushbu imoratga nisbatan mulk huquqi yuqorida keltirilgan moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlariga asosan sud tomonidan tan olinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Sudlarning e’tibori FKning 212-moddasida shaxs o‘ziga qarashli bo‘lgan yer uchastkasida o‘zboshimchalik bilan qurgan imoratga nisbatan mulk huquqi sud tomonidan e’tirof etilishi mumkinligi nazarda tutilmaganligiga qaratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.