Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
DAVLAT VA XO‘JALIK BOShQARUVI, MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI XODIMLARINING MALAKASI VA KO‘NIKMALARINI OShIRIShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR HAMDA ULARNI IShDA KOMPYuTER TEXNIKASI VA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISh YuZASIDAN ATTESTATSIYADAN O‘TKAZISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA

1-ILOVA
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining ishda kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha malakasini oshirishga qo‘yiladigan DAVLAT TALABLARI

I. Umumiy qoidalar

II. Asosiy tushunchalar

III. Malaka talablari

IV. Tashkilotlar xodimlarining ishda kompyuter texnikasi va AKTdan foydalanish bo‘yicha malakasini oshirish

V. Tashkilot xodimlarining ishda kompyuter texnikasi va AKTdan foydalanish bo‘yicha malakasini oshirish yuzasidan ta’lim muassasalariga qo‘yiladigan talablar

VI. Tashkilot xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlariga qo‘yiladigan talablar

2-ILOVA
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarini kompyuter savodxonligining minimal darajasi bo‘yicha talablarga muvofiqligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom

I. Umumiy qoidalar

II. Kompyuter savodxonligini baholash tizimi

III. Attestatsiya komissiyalarini tuzish va ishlarini tashkil etish tartibi

IV. Attestatsiyani o‘tkazish muddatlari va davriyligi

V. Attestatsiyani o‘tkazish tartibi

VI. Attestatsiya komissiyalari qarorlari yuzasidan shikoyat bildirish

1-ILOVA
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarini kompyuter savodxonligining minimal darajasi bo‘yicha talablarga muvofiqligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish SXEMASI

3-ILOVA
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining kompyuter savodxonligining minimal darajasi bo‘yicha talablarga muvofiqligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkaziladigan xodimlari lavozimlarining ro‘yxati

Hujjat 26.08.2013 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining ishda kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha malakasini oshirishga qo‘yiladigan ushbu davlat talablari (keyingi o‘rinlarda Davlat talablari deb ataladi) Vazirlar Mahkamasining “Respublikada qog‘ozni tejash va undan oqilona foydalanishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2010-yil 22-iyuldagi 155-son qarorini bajarish yuzasidan ishlab chiqilgan hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari (keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb ataladi) xodimlarining ishda kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (keyingi o‘rinlarda AKT deb ataladi) foydalanish bo‘yicha malakasi va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan majburiy talablarni belgilaydi.
Ushbu Nizom “Axborotlashtirish to‘g‘risida”, “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “Respublikada qog‘ozni tejash va undan oqilona foydalanishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2010-yil 22-iyuldagi 155-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
35. Tashkilotning kompyuter savodxonligini baholash tizimi test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan xodimlariga uch kun muddatda elektron manba bilan sertifikat beriladi, u ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha sertifikat egasining kompyuter savodxonligi bo‘yicha zarur minimal darajaga egaligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
38. Tashkilotning ushbu Nizomning 26-bandida, 32-bandning “b” kichik bandida va 36-bandida ko‘rsatilgan xodimlarini navbatdagi attestatsiyadan o‘tkazish uning uchun dastlabki attestatsiya tayinlangan sanadan boshlab ikki oydan kechikmay amalga oshiriladi.

Attestatsiya varaqasi


___________________________________________________________________________

(familiyasi, ismi, otasining ismi,

___________________________________________________________________________

ish joyi va egallab turgan lavozimi)


Tug‘ilgan yili va joyi: ________________________________________________

Millati: ____________________________________________________________

Ma’lumoti: __________________________________________________________

Umumiy mehnat staji: _________________________________________________

Shu jumladan lavozimda: _______________________________________________

Mukofotlari: ________________________________________________________

Intizomiy jazoga egami: _______________________________________________
_____________________________________________________________________


ATTESTATSIYA KOMISSIYASI XULOSASI

_____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Attestatsiya komissiyasi raisi:
Komissiya a’zolari:________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________


201__ yil “____” __________________


Attestatsiya komissiyasi xulosalari bilan tanishdim

_____________________________________

(sana va imzo)

Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbar xodimlari lavozimlarining nomi

1.Vazir, davlat qo‘mitasining raisi va ularning o‘rinbosarlari
2.Agentlik, markaz, qo‘mitaning bosh direktori, direktori, raisi va ularning o‘rinbosarlari
3.Vazirlar Mahkamasi huzuridagi respublika muassasasining rahbari va uning o‘rinbosarlari
4.Fanlar akademiyasining prezidenti, vitse-prezidentlari, bosh ilmiy kotibi
5.Badiiy akademiyaning raisi, rais o‘rinbosarlari, bosh ilmiy kotibi
6.Respublika davlat inspeksiyasining raisi, boshlig‘i va ularning o‘rinbosarlari
7.Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyat, Toshkent shahar hokimi va ularning o‘rinbosarlari
8.Qoraqalpog‘iston Respublikasi vaziri, davlat qo‘mitasi raisi, idorasi rahbari va ularning o‘rinbosarlari
9.Departament, bosh boshqarma, boshqarma, bo‘lim, sho‘ba, kichik bo‘lim, davlat boshqaruvi organi, boshqa tarkibiy bo‘linmalarining boshlig‘i, boshliq o‘rinbosarlari
10.Vazirning, davlat qo‘mitasi raisining, idora rahbarining yordamchisi
11.Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari kotibiyati, boshqarmasi, bo‘limi, boshqa tarkibiy bo‘linmasining boshlig‘i (mudiri), boshlig‘ining (mudirining) o‘rinbosarlari
12.Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyat, Toshkent shahar hokimining va ular o‘rinbosarlarining yordamchisi
13.Mahalliy davlat boshqaruvi organining bo‘limi, sho‘basi, boshqa tarkibiy bo‘linmasi boshlig‘i (mudiri), boshlig‘ining (mudirining) o‘rinbosarlari
14.Shahar, tuman hokimi va uning o‘rinbosarlari
15.Shahar, tuman hokimligi kotibiyati, boshqarmasi, bo‘limi, sho‘basi, boshqa tarkibiy bo‘linmasi boshlig‘i (mudiri), rahbarining (mudirining) o‘rinbosarlari
16.Shahar, tuman hokimining yordamchisi

Xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbar xodimlari lavozimlarining nomi

17.Uyushma, korporatsiya, konsern, kompaniya, birlashma va boshqa xo‘jalik boshqaruvi organlarining rahbari (raisi, bosh direktori, direktori, boshlig‘i, boshqaruvchisi va shu kabilar), rahbarining o‘rinbosarlari
18.Uyushma, korporatsiya, konsern, kompaniya, birlashma va boshqa xo‘jalik boshqaruvi organlari boshqarmasi, bo‘limi, sho‘basi, boshqa tarkibiy bo‘linmasining boshlig‘i (rahbari), boshlig‘i (rahbari)ning o‘rinbosari
19.Uyushma, korporatsiya, konsern, kompaniya, birlashma va boshqa xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarining (uning o‘rinbosarining) yordamchisi
20.Uyushma, korporatsiya, konsern, kompaniya, birlashma va boshqa xo‘jalik boshqaruvi organlari hududiy (viloyat, shahar, tuman) bo‘linmasi (bo‘limi, filiali va shu kabilarning) rahbari, rahbarining o‘rinbosari
21.Uyushma, korporatsiya, konsern, kompaniya, birlashma va boshqa xo‘jalik boshqaruvi organlari boshqarmasi, bo‘limi, sho‘basi, hududiy (viloyat, shahar, tuman) bo‘linmasining boshqa tarkibiy bo‘g‘ini boshlig‘i (mudiri)

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari boshqaruv xodimlarining barcha darajalardagi mutaxassislari lavozimlarining nomi

22.Bosh va yetakchi mutaxassislar, 1, 2, 3-toifali va toifasiz mutaxassislar
23.Ma’murlar (savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, tomosha muassasalari ma’murlari, navbatchi ma’murlari, zal ma’murlari va shu kabilardan tashqari)
24.Barcha nomlardagi buxgalterlar
25.Yuridik maslahatchilar
26.Hujjatshunoslar
27.Muhandislar
28.Instruktorlar
29.Inspektorlar
30.Kartograflar, koloristlar
31.Kontrolyorlar
32.Metodistlar
33.Normalovchilar
34.Taftishchilar, muharrirlar
35.Barcha nomlardagi iqtisodchilar
36.Statistiklar, sotsiologlar, mehnatni tashkil etish bo‘yicha psixologlar, mehnat bo‘yicha fiziologlar
37.Maslahatchilar, shu jumladan iqtisodiyot maslahatchilari, konsultantlar, referentlar
38.Boshqaruv xodimlarining boshqa mutaxassislari

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining barcha darajalardagi texnik xodimlari lavozimlarining nomi

39.Agentlar
40.Arxivariuslar
41.Ekspeditorlar
42.Kutubxonachilar
43.Ruxsatnoma byurosi navbatchilari
44.Ish yurituvchilar
45.Dispetcherlar
46.Xo‘jalik mudirlari
47.Kassirlar
48.Mashinistkalar
49.Nusxa ko‘chirish-ko‘paytirish texnikasi, EHM operatorlari
50.Rahbarlarning kotiblari, kotib-referentlar
51.Hisoblovchilar
52.Telefonistlar
53.Hisoblash texnikasiga xizmat ko‘rsatuvchi texniklar va muhandislar
54.Ekspeditorlar, kodirovkachilar, musahhihlar, ma’lumotnoma va axborot materiallarini tanlovchilar va ishlovchilar, stenografistlar, registratorlar, smetachilar, tabelchilar, taksirovkachilar, tarifikatorlar, telegrafistlar, hisobga oluvchilar, xronometrajchilar, shifrovkachilar va boshqalar

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”