Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 14.09.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi 717–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 8-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda, № 12, 474-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 6-moddaning ikkinchi qismidagi “belgilangan namunadagi maxsus guvohnoma” degan so‘zlar “tekshirishlarni o‘tkazishga ruxsat berilganligi to‘g‘risidagi maxsus guvohnoma, shaxsiy guvohnoma” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 9-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
3) 101-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
4) 11-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi 69–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 140-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda, № 9, 494-modda, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda, № 12, 465-modda; 2011-yil, № 4, 104-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
birinchi qismidagi “ikkinchi — beshinchi” degan so‘zlar “ikkinchi — oltinchi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi va beshinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
oltinchi — o‘n ikkinchi qismlari tegishincha yettinchi — o‘n uchinchi qismlar deb hisoblansin;
yettinchi qismining ikkinchi jumlasi “bunda ushbu qoida kichik tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etilishi mumkin emas” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
o‘n uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2) 40-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 25-dekabrda qabul qilingan O‘RQ–136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, 12-songa 1-ilova; 2008-yil, № 12, 639-modda; 2009-yil, № 9, 330, 331-moddalar, № 12, 470, 472, 473-moddalar; 2010-yil, № 5, 178-modda, № 9, 334, 335, 336, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 474-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 89-modda birinchi qismining ikkinchi jumlasi “bunda ushbu qoida mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklari — kichik tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etilishi mumkin emas” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
birinchi qismidagi “ikkinchi va uchinchi” degan so‘zlar “ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
oltinchi qismining ikkinchi jumlasidagi “va u jo‘natilgan kundan e’tiboran uch kun o‘tgach, soliq to‘lovchiga topshirilgan hisoblanadi” degan so‘zlar “va shu paytdan e’tiboran soliq tekshiruvi tugallangan hisoblanadi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi qismi “ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
 LexUZ sharhi

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”