T/r | Bekor qilinayotgan ruxsat berish tartibotlari | Ruxsat berish tartiboti belgilangan normativ-huquqiy hujjat |
1. | Kapital qurilish sohasida yer uchastkasi tanlash to‘g‘risidagi arizani ijroga yuborish haqidagi qaror | Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 27-maydagi 248-son qarori |
2. | Yangi avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari qurishga ruxsat olish va qurilishni kelishish | Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 18-sentabrdagi 397-son qarori |
3. | Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni o‘rnatish uchun qurilish yoki maydonchalarga yer uchastkalari tanlashni kelishish | Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarori |
4. | Bo‘lajak qurilish uchastkalari ostida foydali qazilmalar yo‘qligi to‘g‘risida xulosa | Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 5-fevraldagi 26-son qarori |
Yer ostidan foydalanish sohasida | ||
5. | Konlarni ishga tushirish tizimini kelishish | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 7-iyundagi PQ-649-son qarori |
6. | Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish �umkinligi to‘g‘risida xulosa | Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 5-fevraldagi 26-son qarori |
7. | Ishlab chiqarish quvvatlarining ishdan chiqish munosabati bilan foydali qazilmalarni qazib oluvchi korxonalar (ularning bir qismi) hamda foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini tugatishni kelishish | Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 13-yanvardagi 20-son qarori |
8. | Foydali qazilmalar qazib oluvchi korxonalar va foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini tugatish yoki konservatsiya qilishga ruxsat olish | Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 13-yanvardagi 20-son qarori |
9. | Foydali qazilmalar joylashgan maydonlardagi qurilishlar munosabati bilan sanoat inshootlari, uy-joylar va jamoat binolari, tarixiy va madaniy yodgorliklar, suv havzalari hamda boshqa tabiiy obyektlar uchun tabiatni muhofaza qilish maqsadida sanoat ahamiyatini yo‘qotgan kon zaxiralarini qoldirish to‘g‘risidagi xulosani kelishish | Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 9-noyabrdagi 232-son qarori |
Tabiatdan foydalanish sohasida | ||
10. | Binolar va inshootlarga tutashgan (ajratilgan) yer uchastkalarida daraxtlarni kesishga ruxsat olish | Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-martdagi 59-son qarori |
Ishlab chiqarish sohasida | ||
11. | Xalq iste’mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan rangli metallar parchalari va chiqindilari sanitariya me’yorlariga va standartlar talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalar | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 4-martdagi PF-2559-son Farmoni |
Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida | ||
12. | Import va eksport kontraktini hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi guvohnomalar | Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-sentabrdagi 416-son qarori |
13. | Subyektning import operatsiyalarini hisobga olish kartochkasi | Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-avgustdagi 387-son qarori Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-sentabrdagi 413-son qarori |
14. | Xorijda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat spirti olib kirishga ruxsatnoma | Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 2-iyuldagi 275-son qarori |
15. | Ilmiy-tadqiqot ishlari, nou-xau, ixtirolar natijalarini eksport qilishga ruxsatnoma | Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-martdagi 137-son qarori |
16. | Yuqori likvidli hisoblanmagan tovarlarni eksport qilishga barter kontraktlari tuzishga ruxsat olish to‘g‘risidagi qaror | Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 13-avgustdagi 280-son qarori |
Avtomobil, temir yo‘l, daryo va havo transporti | ||
17. | Tashqi reklamani joylashtirish joyini kelishish | Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-dekabrdagi 472-son qarori |
18. | Yuklar tashishning kengaytirilgan rejasi | Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-oktabrdagi 232-son qarori |
19. | Yuklarni tashish hajmi | Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-oktabrdagi 232-son qarori |
20. | Asosiy oylik yuk ortish rejasini bajarish tartibini kelishish | Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-oktabrdagi 232-son qarori |
21. | Yuklarni asosiy oylik yuk ortish rejasi yoki rejadan tashqari yuklashga ruxsatnoma | Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-oktabrdagi 232-son qarori |
22. | Yuklarni stansiya ichida (bitta tarif punkti doirasida) tashishga ruxsatnoma | Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-oktabrdagi 232-son qarori |
23. | Temir yo‘l stansiyasi rejasida nazarda tutilgan yuk jo‘natishni temir yo‘l doirasida o‘zgartirishga ruxsatnoma | Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-oktabrdagi 232-son qarori |
24. | Reja nomenklaturasida nazarda tutilgan yuklarning ayrim guruhlari doirasida bir turdagi yukni boshqa turdagi yuk bilan almashtirishga ruxsatnoma | Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-oktabrdagi 232-son qarori |
25. | Ichki yo‘llarda tashish bo‘yicha asosiy oylik rejada nazarda tutilgan qabul qilish temir yo‘l stansiyasini o‘zgartirishga ruxsatnoma | Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-oktabrdagi 232-son qarori |
26. | Yuk jo‘natuvchi tomonidan temir yo‘llarda yuk tashish to‘lovlarini qabul qilish temir yo‘l stansiyasida to‘lashga ruxsatnoma | Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-oktabrdagi 232-son qarori |
27.? | Temir yo‘llarning shoxobcha yo‘llariga xizmat ko‘rsatishga ruxsatnoma | Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-oktabrdagi 232-son qarori |
28. | Ichki tashishlar yoki ularda yuklarni saqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llari hamda boshqa davlatlar temir yo‘llarining umumiy tarmoq inventar parki vagonlaridan foydalanishga, shuningdek ushbu vagonlarga yuk ortishga ruxsatnoma | Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-oktabrdagi 232-son qarori |
29. | Lokomotivning tutashgan temir yo‘l stansiyasiga chiqishiga ruxsatnoma | Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-oktabrdagi 232-son qarori |
30. | Yo‘nalishli taksilar harakati jadvalini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorni kelishish | Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarori |
31. | Yo‘nalishli taksilar harakati jadvalini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror | Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarori |
32. | Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish yo‘nalishi sxemasini kelishish | Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarori |
33. | Yo‘nalishli avtobus harakati jadvalini tasdiqlash to‘g‘risida qaror | Vazirlar �ahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarori |
34. | Avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish yo‘nalishining pasportini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror | Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarori |
35. | Yo‘nalishli avtobus harakati jadvalini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorni kelishish | Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarori |
Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida | ||
36. | O‘zaro majburiyatlar to‘g‘risidagi amaldagi bitimlarda va faoliyat yuritish shartlarida muayyan tugamagan davrda korxona ixtisoslashuvini saqlab turish majburiyati mavjud bo‘lgan taqdirda, xususiylashtirilgan savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlarining faoliyat yo‘nalishini o‘zgartirishni (ixtisoslashuvni o‘zgartirish) kelishish | Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 21-noyabrdagi 402-son qarori |
37. | Yakka tartibdagi tadbirkorlarga turg‘un savdo shoxobchalari orqali yoki buyum bozorlarida chakana savdoni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomasi | Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarori |
38. | Oziq-ovqat (qishloq xo‘jaligi) mahsulotlari sifatini tasdiqlovchi xulosa | Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyuldagi 330-son qarori |
39. | Sifatni tasdiqlash (barcha dehqon bozorlarida, shaharlar va qishloqlar do‘konlarida sovutilgan, termik qayta ishlangan (pasterizatsiya qilingan) sutni sotish uchun) | Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 28-noyabrdagi 379-son qarori |
40. | Ovqatlar retsepturasini kelishish | Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori |
Boshqa sohalarda | ||
41. | Poligrafiya korxonasi ochish va faoliyat yuritishga ruxsatnoma | Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 25-oktabrdagi 270-son qarori |
42. | Tamg‘a-o‘ymakorlik ustaxonalari ochish va faoliyat yuritishiga ruxsatnoma | Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 25-oktabrdagi 270-son qarori |
43. | Poligrafiya asbob-uskunalari xarid qilishga ruxsatnoma | Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 25-oktabrdagi 270-son qarori |
44. | Poligrafiya korxonasi ishlab chiqarish binosining sanitariya talablariga muvofiqligi to‘g‘risida dalolatnoma | Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-dekabrdagi 454-son qarori |
45. | Poligrafiya korxonasi ishlab chiqarish binosining yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida dalolatnoma, texnik (qurilmalar) vositalar va yong‘indan muhofaza qilish signalizatsiyalari bilan ta’minlash | Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-dekabrdagi 454-son qarori |
46. | Poligrafiya korxonasi ishlab chiqarish binosining ekologiya talablariga muvofiqligi to‘g‘risida dalolatnoma | Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-dekabrdagi 454-son qarori |
47. | Qazilayotgan konlar ustida joylashgan binolar va inshootlardan foydalanishga ruxsatnoma | Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 13-yanvardagi 20-son qarori |
48. | Korxonalarda geodeziya punktlarining koordinatlari va balandliklari, texnik hisobotlar, topografiya xaritalari va rejalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘planishini kelishish | Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qarori |
49. | Geodeziya punktlari va jug‘rofiy obyektlar koordinatlarini, kosmik va aerofoto-suratlar, xaritalar, atlaslar, joylarning maketlari va boshqa kartografiya materiallarini ochiq e’lon qilish yoki ko‘rgazmalarda va televideniyeda namoyish qilish mumkinligi to‘g‘risida xulosalar | Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qarori |
50. | O‘zbekiston hududida qadimiy hujjatli yodgorliklarni yig‘ishga ruxsatnoma | Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-fevraldagi 49-son qarori |
Bojxona yig‘imi turi | Yig‘imlar stavkalari | |
1. | Bojxona rasmiylashtiruvi uchun: | |
“eksport” bojxona rejimidagi tovarlar va transport vositalari | Bojxona qiymatidan 0,1 foiz, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda | |
“bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimidagi tovarlar | Tovarlarni qayta ishlash xizmatlari qiymatidan 0,1 foiz, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda | |
2. | “Eksport” bojxona rejimiga joylashtirilayotgan tovarning bojxona rasmiylashtiruvini xodim tomonidan buni rasmiylashtirish joyidan va (yoki) bojxona organlarining ishlamaydigan vaqtida boshqa joyda amalga oshirish, bir xodimning bir soat ishlashi hisobidan | Bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi |