Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini ta’minlash, shaharsozlik hujjatlarini ro‘yobga chiqarishda, aholi punktlarining zamonaviy qiyofasini shakllantirish va ularni kompleks qurishda davlat organlarining faoliyati samaradorligini oshirish, shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda ruxsat berish tartibotlarini soddalashtirish, shuningdek Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish samaradorligini ta’minlash hamda davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy organlarining huquqiy maqomini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-avgustdagi 571-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 31-son, 781-modda)
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A.Xo‘jayev zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi PQ-2936-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 356-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-avgustdagi 571-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 31-son, 781-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-fevraldagi 54-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 10-son, 125-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan 2017-yilning 1-aprelidan o‘z kuchini yo‘qotadi — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 89-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-avgustdagi 571-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 31-son, 781-modda)
3. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 250-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 11-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 2-banddagi “bahosi” so‘zidan keyin “shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar” so‘zlari qo‘shilsin;
“Shaharsozlik faoliyati amalga oshiriladigan O‘zbekiston Respublikasi hududi va hududining qismlari, aholi punktlari hududlari va hududlarining qismlari, aholi joylashishining umumdavlat va mintaqaviy tizimlari, yer uchastkalari, binolar va inshootlar, hududiy-ishlab chiqarish, shaharsozlik va landshaft komplekslari, rekreatsion zonalar va ishlab chiqarish zonalari, madaniy meros obyektlari va ularning muhofaza zonalari, akvatoriylar, muhandislik va transport kommunikatsiyalari Davlat shaharsozlik kadastrining obyektlari hisoblanadi”;
hududlarning, ko‘chmas mulk, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma obyektlarining aniq manzilli reyestrlari;
hududlarni rivojlantirish va qurish to‘g‘risidagi tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari haqidagi ma’lumotlar;
hududlarni qurish hamda shaharsozlik faoliyati obyektlaridan foydalanish bo‘yicha shaharsozlik reglamentlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
g) 9-banddagi “hududiy arxitektura va qurilish organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari” so‘zlari “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi va “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi bo‘linmalari, loyihalashtirish tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va muhandislik-texnik tadqiqotlarning elektron geofondi obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan boshqa tashkilotlar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“10-1. Kadastr obyekti — shaharsozlik ma’lumotnomasi, obyektning shaharsozlik pasporti, kadastr daftari, kadastr obyektlarining holati to‘g‘risidagi hisobotlarga mulk huquqini va boshqa huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar kadastr hujjatlarining asosiy turlari hisoblanadi.
Shaharsozlik ma’lumotnomasi manfaatdor shaxslarning so‘roviga muvofiq taqdim etiladi, davlat shaharsozlik kadastri obyektining holati to‘g‘risidagi hisobotdan shakllantiriladi, unda obyektning miqdor va/yoki sifat holati, bahosi, obyekt joylashgan joy tasvirlangan xarita (tarxlar), uning chegaralari, muhofaza zonalari, hududda o‘rnatilgan shaharsozlik reglamentlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Obyektning shaharsozlik pasporti shaharsozlik faoliyati obyekti yaratilganligini (tiklanganligini), hududi va alohida obyekt holati o‘zgartirilganligini yoki foydalanilganligi hollarini tasdiqlaydi, unda kadastr obyektiga huquqlarni shakllantirish, hisobga olish va keyinchalik davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan kadastr suratga olish va texnik xatlovdan o‘tkazish, maxsus tekshirishlar va tadqiqotlar, kadastr obyektini sifat va miqdor jihatidan baholash hujjatlari va materiallari bo‘ladi”;
Davlat shaharsozlik kadastrining elektron manbalardagi axborot bazasi Avtomatlashtirilgan geoaxborot qidiruv tizimi sifatida shakllantiriladi.
Davlat shaharsozlik kadastrining Avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimi davlat axborot resursi hisoblanadi”;
“11-1. Davlat shaharsozlik kadastridan ma’lumotlar berish qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi”;
“14. Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tizimiga kiruvchi tarkibiy bo‘linmalar (keyingi o‘rinlarda davlat shaharsozlik kadastrini yurituvchi bo‘linmalar deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
“O‘zbekiston qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri loyiha ilmiy-tekshirish instituti” davlat unitar korxonasi (“O‘zGAShKLITI” DUK, keyingi o‘rinlarda bosh tashkilot deb ataladi) Davlat shaharsozlik kadastri sohasida yagona ilmiy va texnik siyosatni yuritish bo‘yicha “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining vakolatli tashkiloti hisoblanadi”;
Davlat shaharsozlik kadastrining Avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimi joriy etilishini va faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi;
ma’lumotlar bazasi tarkibini ishlab chiqadi, ularni Davlat shaharsozlik kadastrini yurituvchi bo‘linmalarga beradi, ma’lumotlar bazasi to‘g‘ri to‘ldirilishi yuzasidan nazorat olib boradi;
Davlat shaharsozlik kadastrini yurituvchi bo‘linmalar xodimlarini Davlat shaharsozlik kadastrining Avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimida ishlashga o‘qitilishini tashkil etadi;
Davlat shaharsozlik kadastrini yurituvchi bo‘linmalar tomonidan taqdim etilgan kadastr axborotini turkumlashtiradi va ularni Davlat shaharsozlik kadastrining Avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimiga kiritadi;
Davlat shaharsozlik kadastrining yangi obyektlari to‘g‘risidagi hisobga olish va baholash ma’lumotlari to‘planishini nazorat qiladi;
har yili belgilangan tartibda DKYaTga Davlat shaharsozlik kadastri obyektlarining holati va ulardan foydalanilishi to‘g‘risida axborot taqdim etadi;
Davlat shaharsozlik kadastri obyektlarining miqdor va sifat holati to‘g‘risidagi joriy o‘zgarishlarni to‘playdilar va turkumlashtiradilar;
Davlat shaharsozlik kadastri obyektlarining kadastr kitoblarini yuritadilar, o‘z vakolatlari doirasida o‘z ma’lumotlar bazasini yuritadilar hamda ularni turkumlashtirish va Davlat shaharsozlik kadastrining Avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimiga kiritish uchun “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining bosh tashkilotiga beradilar;
Davlat shaharsozlik kadastri yangi obyektlarini hisobga qo‘yadilar, ular to‘g‘risida hisobga olish va baholash ma’lumotlarini to‘playdilar;
“Ro‘yxatga olinadigan Davlat shaharsozlik kadastri obyektlari to‘g‘risidagi axborotlar integratsiyalashgan bloklarga ajratiladi, ular quyidagi kichik tizimlardan iborat bo‘ladi:
l) 22-bandning uchinchi xatboshidagi “avtomatlashtirilgan axborot tizimiga” so‘zlari “avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“22-1. Davlat shaharsozlik kadastri tarkibida muhandislik-texnik qidiruvlarning elektron geofondi yuritiladi, u Davlat shaharsozlik kadastrining Avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimini geografik (kartografik) ta’minlash manbai hisoblanadi. Muhandislik-texnik qidiruvlarning elektron geofondi ushbu Nizom talablari hisobga olingan holda yuritiladi.
loyihalashtirish, qurish, yer osti va yer usti obyektlarini, transport va muhandislik kommunikatsiyalarini ishlatish masalalarini hal etish uchun muhandislik-geologiya, gidrogeologiya, geofizika va boshqa qidiruv va tadqiqot materiallaridan;
qizil chiziqlar va qurilishni tartibga solish chiziqlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasidan iborat bo‘ladi.
n) Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
4. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 12-fevraldagi 41-son qarori bilan tasdiqlangan Aholi punktlari kompleks qurilishini nazorat qilish hududiy komissiyasi to‘g‘risidagi nizom 5-bandining beshinchi xatboshiga “jazo choralarini qo‘llash” so‘zlaridan keyin “shuningdek aybdor shaxslarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka tortish” so‘zlari qo‘shilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/370/1253-son)
1. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va qurilish-montaj ishlarini boshlashga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2000-yil 29-dekabrdagi 509-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 12-son, 83-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 2-dekabrdagi 538-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 12-son, 128-modda) 2-bandining uchinchi xatboshi, shuningdek qarorga 3 va 6a-ilovalar.
3. Vazirlar Mahkamasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida” 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 12-son, 64-modda) 6-ilova.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 15-maydagi PQ–1112-son qarori)” 2009-yil 5-iyundagi 152-son qaroriga ilova 3-bandining “o”, “p”, “r” kichik bandlari (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 6-son, 41-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari hamda shahar va tuman arxitektura va qurilish boshqarmalari (bo‘limlari) faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2009-yil 11-noyabrdagi 294-son qaroriga 3-ilovaning 1-bandi.