Korxona va tashkilotlarning moliyaviy ahvolini mustahkamlash, yetkazib berilgan mahsulot, bajarilgan ishlar va xizmatlar uchun iste’molchilarning o‘z vaqtida hisob-kitob qilishlarini ta’minlash, xalq xo‘jaligida to‘lov intizomining ahvoli uchun rahbarlarning mas’uliyatini oshirish maqsadida:
1. Barcha mulkchilik shakllaridagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iste’molchilar va buyurtmachilarga, agar ular yetkazib beriladigan (bajariladigan ishlar, xizmatlar) qiymatining kamida 15 foizini oldindan to‘lamasalar, mahsulot jo‘natishi, ishlarni bajarishi va xizmatlar ko‘rsatishi taqiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Tovarlar amalda jo‘natilgan ishlar bajarilgan, xizmatlar ko‘rsatilgan kundan boshlab oltmish kun o‘tgandan keyin, yetkazib berilgan tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar uchun mablag‘lar kelib tushmaganligi muddati o‘tib ketgan debitorlik qarzi deb hisoblansin.
Muddati o‘tib ketgan debitorlik qarzi mavjudligiga yo‘l qo‘yayotgan korxona rahbarlari va bosh buxgalterlariga nisbatan juda qattiq ma’muriy va moddiy javobgarlik choralari, hatto jinoiy javobgarlikka tortish chorasi qo‘llanilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasining Prokuraturasi to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmagan iste’molchilarga mahsulot yetkazib berayotgan (ishlar, xizmatlarni bajarayotgan) mansabdor shaxslarni javobgarlikka, shu jumladan jinoiy javobgarlikka tortish ustidan nazoratni ko‘chaytirsin.
muddati o‘tib ketgan debitorlik qarzi mavjud bo‘lgan taqdirda barcha mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlarning rahbarlariga, shuningdek mazkur korxonalarning bosh buxgalterlariga;
Keyingi tahrirga qarang.
korxonalarning hisob-varaqlarida tegishli mablag‘lar mavjud bo‘lgani holda to‘lovlarni o‘tkazishning belgilangan muddatlarini buzgan tijorat banklari filiallarining rahbarlariga va bosh buxgalterlariga eng oz ish haqi miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda ma’muriy jarima soladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklarining to‘lovlarni o‘z vaqtida o‘tkazishlari va ularning o‘zaro hisob-varaqlarining holati ustidan doimiy nazoratni ta’minlasin, korxonalarning hisob-varaqlaridan to‘lovlar o‘tkazilishini kechiktirishga muntazam suratda yo‘l qo‘yayotgan tijorat banklarining filiallarini tugatishgacha bo‘lgan choralarni ko‘rsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi vazirliklar, davlat qo‘mitalarining, hamda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralarining korxonalar va tashkilotlar bo‘yicha debitorlik-kreditorlik qarzi, shu jumladan muddati o‘tib ketgan qarzdorlik holati to‘g‘risida har oylik statistika hisobotini ishlab chiqsin va 1995-yilning iyulidan joriy etsin.
7. O‘zbekiston Respublikasining Oliy xo‘jalik sudi O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Davlat mulki qo‘mitasi va Adliya vazirligi bilan birgalikda to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmagan xo‘jalik subyektlarining kasodga uchraganligi to‘g‘risida belgilangan tartibda ishlarni qo‘zg‘atish borasidagi faoliyatni kuchaytirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston Respublikasining Adliya vazirligi amaldagi qonunlarga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga oid takliflarni bir hafta muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
9. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklansin.