1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 21-aprelda qabul qilingan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-155-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 4, 191-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
2) 12-moddaning to‘rtinchi qismi “sug‘urtalovchining” degan so‘zdan keyin “(sug‘urta agentining)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“xizmatni Afg‘oniston Respublikasida va jangovar harakatlar olib borilgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha bo‘lgan qo‘shinlarning cheklangan kontingenti tarkibida o‘tagan harbiy xizmatchilar hamda o‘quv va sinov yig‘inlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar”;
4) 14-moddaning ikkinchi qismidagi “vakolatli o‘z vakillariga” degan so‘zlar “vakolatli o‘z filiallariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Sug‘urta polisi yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda sug‘urtalovchi sug‘urta qildiruvchining arizasiga ko‘ra uning dublikatini beradi. Bunda sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchining dublikatni berish uchun qilgan xarajatlarini to‘langan sug‘urta mukofoti summasining 10 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘lashi kerak”;
beshinchi qismi to‘rtinchi xatboshisidagi “vakillarining”, “vakillarning” degan so‘zlar tegishincha “filiallarining”, “filiallarning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi uchinchi xatboshisidagi “vakiliga” degan so‘z “filialiga” degan so‘z bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismi birinchi xatboshisidagi “uning vakiliga” degan so‘zlar “uning filialiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“transport vositasi uni g‘ayriqonuniy yo‘l bilan, egallab olgan shaxs tomonidan foydalanilganligi natijasida zarar yetkazilganligi”;
8) 26-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi “sug‘urtalanmaganligi” degan so‘zdan keyin “yoki transport vositasi uni g‘ayriqonuniy yo‘l bilan egallab olgan shaxs tomonidan foydalanilganligi natijasida zarar yetkazilganligi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
9) 29-moddaning ikkinchi qismidagi “yuridik shaxs” degan so‘zlar “notijorat tashkilot” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar, shuningdek tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlari va boshqa tashkilotlar sug‘urta tovonining miqdorini aniqlash maqsadida sug‘urta hodisalari sodir bo‘lishining sabablari va holatlari to‘g‘risidagi hamda yetkazilgan zarar haqidagi masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va xulosalarni sug‘urtalovchilarning hamda To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasining so‘roviga ko‘ra taqdim etishi shart”.
LexUZ sharhi