11.02.2011 yildagi 1-son
Hujjat 11.02.2011 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Jinoyat kodeksi 243-moddasi mazmuniga ko‘ra, daromadlarni legallashtirish deganda aybdor tomonidan jinoiy faoliyat natijasida orttirilgan mulk (pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk)ning kelib chiqishiga qonuniy tus berilishi tushunilishi lozim. Mulk obyekti sifatida bunday hollarda Fuqarolik kodeksi 169-moddasida nazarda tutilgan har qanday mulk bo‘lishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
JK 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyat ko‘rsatilgan moliyaviy operatsiya yoki bitim amalga oshirilgan paytdan boshlab tamomlangan hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Tushuntirilsinki, shaxsning qilmishida JK 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi bor-yo‘qligi to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun har bir holda legallashtirilgan mulk jinoyat natijasida kelib chiqqanligi fakti aniqlanishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Notarius tomonidan mansab vakolatlaridan pul mablag‘lari yoki boshqa mulkni legallashtirishga qaratilgan bitimni o‘zi bila turib tasdiqlash uchun foydalanilishi daromadlarni legallashtirishga ko‘maklashish sifatida (JK 28, 243-moddalari) bilan, bunga asoslar bo‘lganda esa, Jinoyat kodeksining boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi boshqa moddalari bilan ham bilan kvalifikatsiya qilinadi,
7. Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, daromadlarni legallashtirishdan olingan mulk JPK 211-moddasi 5-bandiga ko‘ra, JK 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyat predmeti hisoblanadi va Fuqarolik kodeksi 204-moddasiga asosan jismoniy yoki yuridik shaxsga jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy zarar qoplangandan so‘ng konfiskatsiya qilinishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar shaxsni JK 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda ayblashga doir ishni ko‘rish chog‘ida pul mablag‘lari yoki mulkning muayyan qismi jinoiy yo‘l bilan orttirilmaganligi aniqlansa, ular JPK 211-moddasi 4-bandiga asosan qonuniy egasiga qaytarilishi lozim,
Shu bilan birga, JK 243-moddasi dispozitsiyasida daromadlarni legallashtirish uchun jinoiy javobgarlik kelib chiqadigan miqdor belgilanmaganligini, mazkur moddaning sanksiyasi esa, faqat ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni nazarda tutishini inobatga olib, sudlar, insonparvarlik va odillik prinsiplariga amal qilib jazo mutanosibligini JK sakkizinchi bo‘limida berilgan miqdorlar (ancha, ko‘p, juda ko‘p miqdor)ga doir tushunchalarga tayangan holda belgilashlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.