Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

 LexUZ sharhi
Rieltorlik tashkiloti qonun hujjatlarida nazarda tutilgan har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi va o‘z faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 10-maydagi 129-sonli “Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorining 1-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organi bo‘lib hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 26-apreldagi PQ-335-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish qo‘mitasi to‘g‘risida”gi nizom.
fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish to‘g‘risidagi sud qarorining qonuniy kuchga kirganligi.
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi—beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha malaka sertifikatining amal qilishi tugatilgan shaxs malaka sertifikatining amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch yil ichida rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organiga malaka sertifikati olish uchun ariza bilan murojaat qilishga haqli emas.
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan asos bo‘yicha malaka sertifikati bekor qilingan shaxs malaka sertifikatini bekor qilish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch yil ichida rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organiga malaka sertifikati olish uchun ariza bilan murojaat qilishga haqli emas.
Ko‘chmas mulk obyektlarining va ularga bo‘lgan huquqlarning savdosini tashkil etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buyurtmachi bilan tuzilgan rieltorlik xizmatlari ko‘rsatish shartnomasi asosida rieltorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Rieltorlik xizmatlarining milliy standarti (3-son RXMS) “Ko‘chmas mulk obyektlari va ularga bo‘lgan huquqlar bilan savdolarni tashkil qilish” (ro‘yxat raqami 2652, 03.02.2015-y.).
Ko‘chmas mulk obyektlarini ishonchli boshqarish bo‘yicha faoliyat rieltorlik tashkilotiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilgan ko‘chmas mulk obyektlarini ishonchli boshqarish shartnomasi asosida berilgan ko‘chmas mulk obyektlarini rieltorlik tashkiloti tomonidan o‘z nomidan haq evaziga muayyan muddat davomida boshqaruv muassisining yoki u ko‘rsatgan shaxsning (foyda oluvchining) manfaatlarini ko‘zlab boshqarishning amalga oshirilishidir. Ko‘chmas mulk obyektlarini ishonchli boshqarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Ko‘chmas mulk bozorida axborot va maslahat xizmatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buyurtmachi bilan tuzilgan rieltorlik xizmatlari ko‘rsatish shartnomasi asosida rieltorlik tashkiloti yoki rieltor tomonidan ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organi va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxsining ushbu Qonunning 17 va 18-moddalariga muvofiq so‘ralayotgan axborotni rieltorlik tashkilotiga va rieltorga taqdim etishni rad etganligi ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga yoxud sudga bevosita shikoyat qilinishi mumkin.
Rieltorlik tashkilotlari va rieltorlar umumiy manfaatlarni ifodalash hamda himoya qilish maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rieltorlik tashkilotlari va rieltorlarning birlashmalarini tashkil etish huquqiga ega.
 LexUZ sharhi

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”