O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda Yer qa’ridan foydalanilishini va uning muhofaza qilinishini, yer qa’ri geologik o‘rganilishini hamda mineral resurslardan oqilona foydalanilishini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risidagi yangi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlari to‘g‘risida” 1993-yil 3-martdagi 122-son qaroridagi va qarorga ilovadagi O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga ko‘rsatmalar “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1996-yil 11-apreldagi 143-son qarori 13-bandining birinchi xatboshidagi “Sanoatkontexnazorat” so‘zi “Sanoatgeokontexnazorat” so‘zi bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq normativ hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 1997-yil 13-yanvardagi 19-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 1-son, 1-modda) 1 va 2-ilovalar matnidagi O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi — “Sanoatkontexnazorat”ga ko‘rsatmalar tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga va O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq normativ hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 1997-yil 13-yanvardagi 20-son qaroriga 1—4-ilovalar matnidagi O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi — “Sanoatkontexnazorat”ga ko‘rsatmalar tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga va O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq “Geologiya va marksheyderlik xizmatlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida” 1997-yil 1-apreldagi 168-son qaroriga 1-ilova 8-bandining beshinchi xatboshidagi va 2-ilova 8-bandining beshinchi xatboshidagi “Sanoatkontexnazorat” so‘zi “Sanoatgeokontexnazorat” so‘zi bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 6-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risida Nizom matnidagi “Sanoatkontexnazorat” so‘zi “Sanoatgeokontexnazorat” so‘zi bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Kimyoviy qurollarni yaratish, ishlab chiqarish, to‘plash va qo‘llashni taqiqlash hamda uni yo‘q qilib tashlash to‘g‘risidagi Konvensiyani ro‘yobga chiqarish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida” 1997-yil 6-iyundagi 287-son qarori 3-bandining ikkinchi xatboshidagi, shuningdek ushbu qarorga 2-ilova IV bo‘limining yettinchi xatboshidagi “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi to‘g‘risida” 1997-yil 23-dekabrdagi 558-son qaroriga 3-ilovadagi “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bakteriologik (biologik) va toksik qurol-yarog‘larni ishlab chiqish, tayyorlash va to‘plashni man etish hamda ularni tugatish to‘g‘risidagi Konvensiyani amalga oshirish komissiyasini tashkil etish haqida” 1998-yil 22-sentabrdagi 405-son qarori 3-bandining ikkinchi xatboshidagi, shuningdek ushbu qarorga 2-ilova V bo‘limining yettinchi xatboshidagi “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-yanvardagi 18-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 5-modda) bilan tasdiqlangan Uylar va turar joylarni uy-joy fondidan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 6-bandining o‘ninchi xatboshidagi “O‘zsanoatkontexnazorat” davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
1-bandning ikkinchi xatboshidagi “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-banddagi “Sanoatkontexnazorat” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida” 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 7-son, 39-modda):
a) 2-banddagi “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
22-bandning oltinchi va to‘qqizinchi xatboshidagi “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
23-banddagi “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va maxsus tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish to‘g‘risida” 2002-yil 21-fevraldagi 62-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 2-son, 10-modda):
a) 4-bandning ikkinchi xatboshidagi va 5-bandning ikkinchi xatboshidagi “Sanoatkontexnazorat” so‘zi “Sanoatgeokontexnazorat” so‘zi bilan almashtirilsin;
b) O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va maxsus tarkiblar tranzitiga ruxsatnomalar berish va uning amalga oshirilishini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 5 va 31-bandlaridagi “Sanoatkontexnazorat” so‘zi “Sanoatgeokontexnazorat” so‘zi bilan almashtirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining “Respublika oltin qazib olish sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 26-apreldagi 145-son qarorining 9-bandidagi “Sanoatkontexnazorat” so‘zi “Sanoatgeokontexnazorat” so‘zi bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Neft mahsulotlarini sotish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2003-yil 28-iyundagi 289-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 6-son, 50-modda) 1-ilova 10-bandining “e” kichik bandidagi va 2-ilova 10-bandining “e” kichik bandidagi “Sanoatkontexnazorat” so‘zi “Sanoatgeokontexnazorat” so‘zi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Vazirlar Mahkamasining “Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, magistral gaz quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida” 2003-yil 9-iyuldagi 310-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 61-modda) 1-ilova 11-bandining “e” kichik bandidagi va 2-ilova 10-bandining “j” kichik bandidagi “Sanoatkontexnazorat” so‘zi “Sanoatgeokontexnazorat” so‘zi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-sentabrdagi 410-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 87-modda) bilan tasdiqlangan Xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizom 12-bandining uchinchi—oltinchi xatboshidagi “Sanoatkontexnazorat” so‘zi “Sanoatgeokontexnazorat” so‘zi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-oktabrdagi 469-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 102-modda) bilan tasdiqlangan Yagona energetika tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizom 8-bandining “e” kichik bandidagi “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Vazirlar Mahkamasining “Portlovchi va zaharli moddalarni yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish sohasida xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 5-martdagi 109-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 3-son, 22-modda):
3-bandning birinchi xatboshidagi “Sanoatkontexnazorat” so‘zi “Sanoatgeokontexnazorat” so‘zi bilan almashtirilsin;
Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomning 4-bandidagi “Sanoatkontexnazorat” so‘zi “Sanoatgeokontexnazorat” so‘zi bilan almashtirilsin;
Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish saqlash va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash Sxemasidagi “Sanoatkontexnazorat” so‘zi “Sanoatgeokontexnazorat” so‘zi bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
20. Vazirlar Mahkamasining “Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada bo‘ladigan sohalardagi faoliyat turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2004-yil 6-martdagi 111-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 3-son, 24-modda):
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada bo‘ladigan sohalardagi faoliyat turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomning 2-bandining ikkinchi xatboshidagi “Sanoatkontexnazorat” so‘zi “Sanoatgeokontexnazorat” so‘zi bilan almashtirilsin;
2-ilovadagi “Lavozimiga ko‘ra — “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining boshlig‘i” so‘zlari “G‘ulomov B.V.— “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining boshlig‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlar qazib olish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2004-yil 9-martdagi 112-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 3-son, 25-modda):
a) Qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlar qazib olish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomda:
3-bandning birinchi va ikkinchi xatboshidagi “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” va “Sanoatkontexnazorat” so‘zlari tegishli ravishda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” va “Sanoatgeokontexnazorat” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlar qazib olish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomning 8-bandidagi, 9-bandning oltinchi xatboshidagi va 16-bandning birinchi xatboshidagi, shuningdek Nizomga ilovadagi “Sanoatkontexnazorat” so‘zi “Sanoatgeokontexnazorat” so‘zi bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovadagi “Lavozimiga ko‘ra — “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining boshlig‘i” so‘zlari “G‘ulomov B.V.— “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining boshlig‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasida iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha Respublika komissiyasi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” 2004-yil 14-apreldagi 181-son qaroriga 1-ilovadagi “Saidov R.T.— O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining bosh direktori” so‘zlari “G‘ulomov B.V.— “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining boshlig‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Vazirlar Mahkamasining “Portlovchi moddalar va portlatish vositalarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, transportda tashish, saqlash va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 6-maydagi 213-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 5-son, 46-modda) 2-bandining yettinchi xatboshidagi, 3-bandining ikkinchi xatboshidagi va 4-bandidagi hamda ushbu qarorga 2-ilova 3-bandidagi, 11-bandining beshinchi va oltinchi xatboshidagi, 13-bandidagi va 19-bandining ikkinchi xatboshidagi “Sanoatkontexnazorat” so‘zi “Sanoatgeokontexnazorat” so‘zi bilan almashtirilsin.
24. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qarorida:
6 va 9-ilovalardagi “Lavozimiga ko‘ra — “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining boshlig‘i” so‘zlari “G‘ulomov B.V.— “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining boshlig‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin.
19 va 21-ilovalardagi “Sanoatkontexnazorat” so‘zi “Sanoatgeokontexnazorat” so‘zi bilan almashtirilsin.
25. Vazirlar Mahkamasining “BMT Xavfsizlik Kengashi 1540-son (2004) rezolyutsiyasining bajarilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 10-sentabrdagi 424-son qarori 1-bandining birinchi xatboshidagi, 3-bandining birinchi xatboshidagi “Sanoatkontexnazorat” so‘zi “Sanoatgeokontexnazorat” so‘zi bilan almashtirilsin.
26. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 30-iyundagi 152-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 6-7-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Texnogen xavf yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda:
a) 6-bandning uchinchi xatboshidagi “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 13 va 17-bandlardagi “Sanoatkontexnazorat” so‘zi “Sanoatgeokontexnazorat” so‘zi bilan almashtirilsin;
v) Nizomga ilovadagi “Sanoatkontexnazorat” so‘zi “Sanoatgeokontexnazorat” so‘zi bilan almashtirilsin.
27. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari ro‘yxatining “Mas’ul davlat organlari” ustunidagi “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
28. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalari shoxobchalarini rivojlantirish hamda avtotransport vositalarini suyultirilgan va siqilgan gazga bosqichma-bosqich o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 10-fevraldagi 30-son qarorining 4-bandidagi “Sanoatkontexnazorat” so‘zi “Sanoatgeokontexnazorat” so‘zi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 9-noyabrdagi 232-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 11-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan Sanoat uchun ahamiyatini yo‘qotgan yoki keyinchalik o‘tkazilgan geologiya-qidiruv ishlarida yoxud konni ishga solishda tasdiqlanmagan foydali qazilma zaxiralarini yer osti boyliklaridan foydalanuvchining hisobidan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda:
1-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 19-yanvardagi 24-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8-bandning “d” kichik bandidagi, 11-bandning “b” va “v” kichik bandlaridagi, 15-banddagi va Nizomga ilovadagi “Sanoatkontexnazorat” so‘zi “Sanoatgeokontexnazorat” so‘zi bilan almashtirilsin.
30. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 22-noyabrdagi 245-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 11-son, 66-modda) bilan tasdiqlangan Sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan foydali qazilmalar yangi konlarini ochganlik yoki ilgari ma’lum bo‘lgan konlarni (konlarning uchastkalarini) tubdan qayta baholaganlik uchun pul mukofotlari to‘g‘risidagi Nizomning 5-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
31. Vazirlar Mahkamasining “Geologiya-qidiruv ishlari olib borishga va qattiq foydali qazilma konlarini ishlatishga investitsiyalarni yanada jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 25-iyundagi 142-son qarorida:
1-ilovaning 10-bandidagi “Sanoatkontexnazorat” so‘zi “Sanoatgeokontexnazorat” so‘zi bilan almashtirilsin;
2-ilovadagi “Xolmatov I.M. — “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i” so‘zlari “G‘ulomov B.V.— “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati tuzilmasini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” 2008-yil 8-avgustdagi 174-son qaroriga 3-ilovadagi “Sanoatkontexnazorat” so‘zi “Sanoatgeokontexnazorat” so‘zi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Vazirlar Mahkamasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari haqida” 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 12-son, 64-modda):
3-bandning birinchi xatboshidagi “Sanoatkontexnazorat” so‘zi “Sanoatgeokontexnazorat” so‘zi bilan almashtirilsin;
1—4-ilovalar matnidagi va ularga ilovalardagi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasiga ko‘rsatmalar “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin.
34. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 3-apreldagi 98-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 25-modda) bilan tasdiqlangan Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimini tashkil etish qoidalari 10-bandining ikkinchi xatboshidagi, 11-bandining birinchi xatboshidagi, 12-bandining beshinchi xatboshidagi, 13-bandining uchinchi xatboshidagi, 14-bandining beshinchi, o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshidagi, 18, 19, 20-bandlaridagi, 21-bandidagi, 23-bandining birinchi xatboshidagi va 24-bandidagi “Sanoatkontexnazorat” so‘zi “Sanoatgeokontexnazorat” so‘zi bilan almashtirilsin.
35. Vazirlar Mahkamasining “Atom energiyasidan tinchlik yo‘lida foydalanish sohasidagi xalqaro shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlarini bajarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 25-iyundagi 179-son qarorining 1, 2 va 3-bandlaridagi “Sanoatkontexnazorat” so‘zi “Sanoatgeokontexnazorat” so‘zi bilan almashtirilsin.
36. Vazirlar Mahkamasining “Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar, shuningdek yadroviy materiallar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2009-yil 13-avgustdagi 231-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 8-son, 60-modda) 1-ilova 5-bandining uchinchi xatboshidagi, 6-bandining birinchi xatboshidagi, 7-bandidagi, 8-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshidagi, 10, 11, 13 va 14-bandlaridagi, 2-ilova 2-bandining ikkinchi xatboshidagi, 15, 21, 37, 47, 57, 62, 75, 77—80 va 85-bandlaridagi “Sanoatkontexnazorat” so‘zi “Sanoatgeokontexnazorat” so‘zi bilan almashtirilsin.
37. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 27-oktabrdagi 284-son qarori bilan tasdiqlangan G‘isht xomashyosini geologik jihatdan o‘rganish, tajriba-sanoat va sanoat asosida kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar berishning soddalashtirilgan tartibi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizom 8-bandining ikkinchi xatboshidagi, 11-bandining ikkinchi xatboshidagi, 12-bandning birinchi xatboshidagi va 13-bandidagi “Sanoatkontexnazorat” so‘zi “Sanoatgeokontexnazorat” so‘zi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
38. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘lar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) 1-ilovaning “Vazirliklar va idoralarning nomi” ustunidagi “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Shakllantirish manbai” ustunidagi “Sanoatkontexnazorat” so‘zi “Sanoatgeokontexnazorat” so‘zi bilan almashtirilsin.
39. Vazirlar Mahkamasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari haqida” 2010-yil 10-maydagi 86-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 5-son, 19-modda) 3-ilovaning 6-bandidagi “Sanoatkontexnazorat” so‘zi “Sanoatgeokontexnazorat” so‘zi bilan almashtirilsin.
40. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-maydagi 93-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 5-son, 23-modda) bilan tasdiqlangan Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalari 23-bandining birinchi xatboshidagi “Sanoatkontexnazorat” so‘zi “Sanoatgeokontexnazorat” so‘zi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
41. Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2010-yil 20-iyuldagi 153-son qaroriga 1-ilovada:
a) 4-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 4.38 va 4.39-kichik bandlarning “Mas’ul bajaruvchilar” ustunidagi “Sanoatkontexnazorat” so‘zi “Sanoatgeokontexnazorat” so‘zi bilan almashtirilsin.