20.08.2010 yildagi 181-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.07.2015
 LexUZ sharhi
1. O‘zbekiston Respublikasi xizmatchilarining asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori (keyingi o‘rinlarda “Klassifikator” deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tasdiqlangan Klassifikator asosida 2011-yil oxirigacha, kasb tayyorgarligi yo‘nalishlariga qo‘yiladigan talablarni ko‘rsatgan holda, xizmatchilar lavozimlari va ishchilar kasblarining tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomalarini, shuningdek tegishli lavozim yo‘riqnomalarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
j) xodim ma’lumotining eng kam darajasiga qo‘yiladigan talablar — “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, xizmatchi yoki ishchi kasbi bo‘yicha ishga kirishda, qoidaga ko‘ra, bajariladigan ishlar va funksional vazifalarning o‘ziga xosligidan kelib chiqib talab qilinadigan ma’lumotning eng kam darajasi. Ishga qabul qilishda ma’lumot ixtisosligiga qo‘yiladigan talablar qonun hujjatlari talablari hisobga olingan holda davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari va tashkilotlar tomonidan belgilanishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Xizmatchilar lavozimlari va ishchilar kasblari jadvaliga O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2012-yil 10-maydagi 23-B-sonli (ro‘yxat raqami 2376, 03.07.2012-y.) va 2013-yil 23-yanvardagi 3-B-sonli (ro‘yxat raqami 2421, 05.02.2013-y.), 2013-yil 16-dekabrdagi 85-B-sonli (ro‘yxat raqami 2537, 18.12.2013-y.) buyruqlari bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.