Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, shu asosda barcha mulkchilik shakllari va ishlab chiqarish usullaridagi korxonalarda band bo‘lgan xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish, shuningdek ular mehnatining xavfsiz shart-sharoitlarini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalarini qayta ko‘rib chiqish, ishlab chiqish va joriy etish dasturiga muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan mehnatni muhofaza qilishning 106 ta qoidasi va normasi ishlab chiqilganligi va joriy etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
5. Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida” 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 7-son, 39-modda) 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
T/r | Normativ hujjatning nomi | Bajarish muddatlari | Mas’ul bajaruvchilar |
I. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tarmoqlararo normativlar | |||
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi | |||
1. | Ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonida o‘quvchilar va talabalar bilan yuz bergan baxtsiz hodisalarni surishtirish va hisobga olish tartibi to‘g‘risida nizom | 2010-yil III chorak | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Xalq ta’limi vazirligi |
2. | Avtotransport vositalari haydovchilarining ish vaqti va dam olish vaqti to‘g‘risida nizom | 2011-yil I chorak | O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi |
II. Tarmoqlar va ishlab chiqarishlar uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari | |||
3. | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan mehnatni muhofaza qilish qoidalari: | ||
3.1 | to‘qimachilik ishlab chiqarishi xodimlari uchun | 2010-yil IV chorak | “O‘zbekyengilsanoat” DAK |
3.2 | trikotaj va tikuvchilik ishlab chiqarishi xodimlari uchun | 2011-yil IV chorak | “O‘zbekyengilsanoat” DAK |
3.3 | elektromagnit maydoni, UVCh, SVCh (nurlantiruvchi qurilmali generatorlar) manbalari bilan ishlashda (sinash, tekshirish, attestatsiya, xizmat ko‘rsatishda) | 2011-yil III chorak | O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi |
3.4 | zaharli gazlarni qo‘llagan holda gazoanalizatorlarni tekshirish, attestatsiya qilish bilan bog‘liq ishlarda | 2011-yil III chorak | O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi |
3.5 | oziq-ovqat mahsulotlarini sertifikatsiya sinovidan o‘tkazish bilan bog‘liq ishlarda | 2011-yil III chorak | O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi |
3.6 | ionlovchi nurlantirish manbalarini va radioaktiv moddalarni qo‘llagan holda ionlovchi nurlantirishni o‘lchash vositalarini attestatsiya qilish, tekshirish, sinash bilan bog‘liq ishlarda | 2011-yil III chorak | O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi |
3.7 | past voltli apparatlar, elektr-texnik qurilmalar va murakkab maishiy texnikani sertifikatsiya sinovidan o‘tkazish bilan bog‘liq ishlarda | 2011-yil III chorak | O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi |
3.8 | turarjoy va jamoat binolaridan foydalanishda, shuningdek ularni joriy va mukammal ta’mirlashda | 2010-yil IV chorak | “O‘zkommunxizmat” agentligi |
3.9 | ichki ishlab chiqarish transportidan foydalanishda | 2011-yil II chorak | O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi |
3.10 | avtomobil transportida yo‘lovchilar tashishda | 2010-yil IV chorak | O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi |
3.11 | avtomobillarni ta’mirlash korxonalari xodimlari uchun | 2012-yil I chorak | O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi |
3.12 | avtomobil transporti xodimlari uchun | 2011-yil II chorak | O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, “O‘zavtoyo‘l” DAK, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi |
3.13 | nashriyotlar va tahririyatlar xodimlari uchun | 2011-yil I chorak | O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi |
3.14 | metallarga kimyoviy ishlov berish va ularga galvanik va kimyoviy qoplamalar surtishda | 2010-yil IV chorak | “O‘zavtosanoat” AK |
3.15 | metallarga qizdirib ishlov berishda | 2011-yil I chorak | “O‘zavtosanoat” AK |
3.16 | metallarga sovuq ishlov berishda | 2011-yil II chorak | “O‘zavtosanoat” AK |
3.17 | qo‘rg‘oshinli akkumulyatorlar ishlab chiqarish xodimlari uchun | 2011-yil II chorak | “O‘zavtosanoat” AK |
3.18 | ishqorli akkumulyatorlar ishlab chiqarish xodimlari uchun | 2014-yil I chorak | “O‘zavtosanoat” AK |
3.19 | temirchilik-presslash ishlab chiqarishi xodimlari uchun | 2011-yil III chorak | “O‘zavtosanoat” AK |
3.20 | abraziv asboblar bilan ishlashda | 2011-yil IV chorak | “O‘zavtosanoat” AK |
3.21 | qurilish materiallari va polimer xomashyodan buyumlar ishlab chiqarish xodimlari uchun | 2014-yil I chorak | “O‘zqurilishmateriallari” AK, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi |
3.22 | oyna ishlab chiqarish xodimlari uchun | 2011-yil IV chorak | “O‘zqurilishmateriallari” AK, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi |
3.23 | silikat g‘isht ishlab chiqarish xodimlari uchun | 2011-yil IV chorak | “O‘zqurilishmateriallari” AK, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi |
3.24 | nometall ishlab chiqarish xodimlari uchun | 2014-yil I chorak | “O‘zqurilishmateriallari” AK, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi |
3.25 | sanitariya-texnika asbob-uskunalari ishlab chiqarish xodimlari uchun | 2014-yil I chorak | “O‘zqurilishmateriallari” AK, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi |
3.26 | noruda qurilish materiallari: kaolin ishlab chiqarish xodimlari uchun | 2012-yil I chorak | “O‘zqurilishmateriallari” AK, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi |
3.27 | sement ishlab chiqarish xodimlari uchun | 2011-yil II chorak | “O‘zqurilishmateriallari” AK, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi |
3.28 | qand-shakar ishlab chiqarish xodimlari uchun | 2011-yil IV chorak | Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi |
3.29 | qandolatchilik ishlab chiqarishi xodimlari uchun | 2011-yil II chorak | Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi |
3.30 | tamaki ishlab chiqarish xodimlari uchun | 2010-yil IV chorak | Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi |
3.31 | pivo pishirish va alk�golsiz mahsulotlar ishlab chiqarish xodimlari uchun | 2012-yil I chorak | Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi |
3.32 | shahar elektr transportida ishlashda | 2011-yil I chorak | “Toshshahartransxizmat” uyushmasi |
3.33 | poyabzal ishlab chiqarish xodimlari uchun | 2010-yil IV chorak | “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi |
3.34 | mo‘ynadan va qo‘y terisidan po‘stin ishlab chiqarish xodimlari uchun | 2011-yil II chorak | “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi |
3.35 | charm-galantereya ishlab chiqarish xodimlari uchun | 2012-yil II chorak | “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi |
3.36 | go‘sht-sut yetishtirish xodimlari uchun, shu jumladan zaharlangan xomashyo bilan ishlashda | 2010-yil IV chorak | “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmasi, Fermer xo‘jaliklari uyushmasi |
3.37 | kabel ishlab chiqarish xodimlari uchun | 2011-yil I chorak | “O‘zeltexsanoat” uyushmasi |
3.38 | radioelektron ishlab chiqarish xodimlari uchun | 2012-yil I chorak | “O‘zeltexsanoat” uyushmasi |
3.39 | yorug‘lik manbalari va yorug‘lik-texnika asbob-uskunalari ishlab chiqarish xodimlari uchun | 2011-yil III chorak | “O‘zeltexsanoat” uyushmasi |
3.40 | optik detallarga mexanik ishlov berishda | 2014-yil I chorak | “O‘zeltexsanoat” uyushmasi |
3.41 | izolatsiyali elektr materiallar, shu jumladan elektr sopol materiallar ishlab chiqarish xodimlari uchun | 2014-yil I chorak | “O‘zeltexsanoat” uyushmasi |
3.42 | shahar yo‘llarini qurish va ta’mirlashda | 2012-yil II chorak | “O‘zavtoyo‘l” DAK |
3.43 | asfalt-beton zavodlarida ishlashda | 2012-yil II chorak | “O‘zavtoyo‘l” DAK, “O‘zkommunxizmat” agentligi |
3.44 | avtomobil yo‘llarini qurish, ta’mirlash va saqlashda | 2010-yil IV chorak | “O‘zavtoyo‘l” DAK, “O‘zkommunxizmat” agentligi |
3.45 | yo‘l qurilishi materiallari ishlab chiqarishda | 2011-yil II chorak | “O‘zavtoyo‘l” DAK, “O‘zqurilishmateriallari” AK |
3.46 | yo‘l qurilishi mashinalarida ishlashda | 2011-yil IV chorak | “O‘zavtoyo‘l” DAK, “O‘zqurilishmateriallari” AK |
3.47 | bakteriyali va virusli preparatlar ishlab chiqarish xodimlari uchun | 2011-yil II chorak | “O‘zfarmsanoat” DAK, Sog‘liqni saqlash vazirligi |
3.48 | noruda materiallar, (shag‘al, qum) ishlab chiqarish xodimlari uchun | 2011-yil II chorak | “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi |
3.49 | qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarini montaj qilish, ta’mirlash va ulardan texnik foydalanish ishlarida | 2010-yil IV chorak | Ichki ishlar vazirligi |
3.50 | qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va yig‘ishtirib olish uchun ta’lim muassasalari o‘quvchilari va talabalaridan foydalanishda | 2010-yil IV chorak | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi |
3.51 | patologiya-anatomiya bo‘linmalari va o‘likxonalar (patogistologiya va sud-gistologiya laboratoriyalari), davolash-profilaktika va sud-tibbiyot muassasalari, institutlari va ta’lim muassasalari uchun | 2012-yil I chorak | Sog‘liqni saqlash vazirligi |
3.52 | tibbiyot texnikasidan foydalanishda | 2011-yil III chorak | Sog‘liqni saqlash vazirligi |
3.53 | dezinfeksiya stansiyalari, dezinfeksiya bo‘limlari, profilaktik dezinfeksiya bo‘linmalari, sanitariya-epidemiologiya stansiyalari xodimlari uchun | 2011-yil II chorak | Sog‘liqni saqlash vazirligi |
3.54 | tish davolash poliklinikalari va kabinetlari xodimlari uchun | 2011-yil IV chorak | Sog‘liqni saqlash vazirligi |
3.55 | fizioterapevtik bo‘linmalar (kabinetlar) xodimlari uchun | 2012-yil I chorak | Sog‘liqni saqlash vazirligi |
3.56 | sog‘liqni saqlash muassasalarining jarrohlik bo‘limlarida ishlashda | 2012-yil I chorak | Sog‘liqni saqlash vazirligi |
3.57 | psixiatriya kasalxonalari xodimlari uchun | 2010-yil IV chorak | Sog‘liqni saqlash vazirligi |
3.58 | sanitariya-epidemiologiya muassasalari laboratoriyalarida (bo‘linmalarida, bo‘limlarida) ishlashda | 2011-yil I chorak | Sog‘liqni saqlash vazirligi |
3.59 | tibbiyot texnikasini montaj qilish, unga texnik xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlashda | 2011-yil I chorak | Sog‘liqni saqlash vazirligi |
3.60 | favqulodda vaziyatlarda tibbiyot xodimlari uchun | 2012-yil II chorak | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
3.61 | sil kasalligiga qarshi muassasalar xodimlari uchun | 2012-yil II chorak | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-tadqiqot instituti |
3.62 | ta’lim muassasalarining o‘quv xonalarida mashg‘ulotlar o‘tkazishda | 2011-yil II chorak | Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi |
3.63 | hayvonot parklari (hayvonot bog‘lari) va sirk korxonalari xodimlari uchun | 2011-yil I chorak | Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
3.64 | xalq badiiy hunarmandchiligi va sovg‘alar ishlab chiqarish korxonalari xodimlari uchun | 2011-yil IV chorak | Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
3.65 | kutubxonalar xodimlari uchun | 2012-yil II chorak | Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
3.66 | musiqa asboblari ishlab chiqarish xodimlari uchun | 2012-yil I chorak | Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
3.67 | muzeylar, teatrlar va konsert zallari xodimlari uchun | 2010-yil IV chorak | Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
3.68 | bog‘lar hamda madaniyat va istirohat bog‘lari xodimlari uchun | 2011-yil II chorak | Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
3.69 | sport inshootlaridan foydalanishda | 2010-yil IV chorak | Ma�aniyat va sport ishlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi |
3.70 | baliqchilik ishlab chiqarishi xodimlari uchun | 2011-yil IV chorak | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi |
3.71 | o‘rmon xo‘jaligi xodimlari uchun | 2011-yil IV chorak | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi |
3.72 | traktorlar, qishloq xo‘jaligi mashinalari va asbob-uskunalarini qo‘llashda, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlashda | 2011-yil II chorak | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Fermer xo‘jaliklari uyushmasi, “O‘zagromashservis” uyushmasi |
3.73 | pestitsidlar bilan ishlov berilgan uchastkalardagi qishloq xo‘jaligi ishlarida | 2011-yil IV chorak | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Fermer xo‘jaliklari uyushmasi, “O‘zagromashservis” uyushmasi |
3.74 | chorvachilik xodimlari uchun | 2011-yil II chorak | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Fermer xo‘jaliklari uyushmasi, “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmasi |
3.75 | qishloq xo‘jaligi hayvonlarini transportda tashishda | 2010-yil IV chorak | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Fermer xo‘jaliklari uyushmasi, “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmasi |
3.76 | parrandachilikda foydalaniladigan mashinalar va asbob-uskunalarga xizmat ko‘rsatishda | 2011-yil I chorak | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Fermer xo‘jaliklari uyushmasi |
3.77 | hayvonotchilik xo‘jaliklari xodimlari uchun | 2013-yil II chorak | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi |
3.78 | savdo korxonalari xodimlari uchun | 2011-yil II chorak | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi |
3.79 | maishiy xizmat ko‘rsatish xodimlari uchun | 2013-yil III chorak | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi |
3.80 | oshxonalar, restoranlar hamda boshqa korxonalar va ishlab chiqarishlarda oziq-ovqat tayyorlash va aholiga xizmat ko‘rsatishda band bo‘lgan xodimlar uchun | 2013-yil IV chorak | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi |
3.81 | metall va nometall noorganik qoplamalar ishlab chiqarishda | 2012-yil III chorak | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi |
3.82 | elektr priborlari va tashkiliy texnika bilan ishlashda, ularni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatishda | 2012-yil I chorak | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi |
3.83 | maxsus suyuqliklar (benzin, benzol, sulfat kislota, ishqorlar, texnik moylar) bilan ishlashda | 2010-yil IV chorak | “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK |
3.84 | aviatsiya-kimyo ishlarini amalga oshirishda | 2012-yil IV chorak | “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK |
3.85 | lok-bo‘yoq materiallari bilan ishlashda | 2011-yil I chorak | “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK |
3.86 | televideniye va radio eshittirish xodimlari uchun | 2011-yil II chorak | O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi |
3.87 | kinota’mirlash ustaxonalari xodimlari uchun | 2013-yil IV chorak | “O‘zbekkino” milliy agentligi |
3.88 | kinodan nusxa ko‘chirish fabrikalari xodimlari uchun | 2013-yil IV chorak | “O‘zbekkino” milliy agentlgi |
3.89 | kino-video ijarasi korxonalari xodimlari uchun | 2011-yil III chorak | “O‘zbekkino” milliy agentligi |
3.90 | kinostudiyalar xodimlari uchun | 2010-yil IV chorak | “O‘zbekkino” milliy agentligi |
3.91 | tomyopgich va gidroizolatsion ishlab chiqarish xodimlari uchun | 2011-yil II chorak | “O‘zbekneftga�” MXK, “O‘zqurilishmateriallari” AK |
3.92 | pochta aloqasi obyektlari xodimlari uchun | 2011-yil IV chorak | O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi |
3.93 | liniyali aloqa inshootlari qurish va ulardan foydalanishda | 2012-yil II chorak | O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi |
3.94 | telefon va telegraf stansiyalari xodimlari uchun | 2011-yil II chorak | O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi |
3.95 | konserva ishlab chiqarish xodimlari uchun | 2011-yil I chorak | “O‘zvinosanoat-xolding” XK, “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmasi |
3.96 | ta’lim muassasalarida boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkazishda | 2011-yil II chorak | O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi |
3.97 | ta’lim muassasalarining o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalari uchun | 2011-yil IV chorak | O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi |
Oldingi tahrirga qarang.
4. | O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanadigan Ishlar xavfsizligi qoidalari: | ||
4.1 | bug‘ bosimi 0,07 MPdan ko‘p bo‘lmagan bug‘ qozonlarini, suv harorati 338° K (115°S)dan yuqori bo‘lmagan suv isitish qozonlari hamda suv isitgichlarni o‘rnatish va ulardan foydalanishda | 2012-yil II chorak | “O‘zkommunxizmat” agentligi |
4.2 | ortiqcha bosimli suv isitish qozonlari, suv isitgichlar va bug‘ qozonlarini o‘rnatish va ulardan foydalanishda | 2013-yil II chorak | “O‘zkommunxizmat” agentligi |
4.3 | aholi punktlaridagi suv ta’minoti va suv yetkazish tizimlaridan foydalanishda | 2010-yil IV chorak | “O‘zkommunxizmat” agentligi |
4.4 | bug‘ va issiq suv quvurlari qurish va ulardan foydalanishda | 2011-yil IV chorak | “O‘zkommunxizmat” agentligi |
4.5 | sanoat ishlab chiqarishlarining suv quvurlari va kanalizatsiya inshootlari hamda tarmoqlaridan foydalanishda | 2011-yil II chorak | “O‘zkommunxizmat” agentligi, “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmasi, Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar |
4.6 | non pishirish xodimlari uchun | 2011-yil I chorak | “O‘zdonmahsulot” AK |
4.7 | donni saqlash va qayta ishlash korxonalarida | 2012-yil II chorak | “O‘zdonmahsulot” AK |
4.8 | non pishirishdagi olovli ishlarni bajarishda | 2010-yil IV chorak | “O‘zdonmahsulot” AK |
4.9 | xamirturush ishlab chiqarish xodimlari uchun | 2011-yil II chorak | “O‘zdonmahsulot” AK, Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi |
4.10 | gidridlangan moylar ishlab chiqarish xodimlari uchun | 2010-yil IV chorak | Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi |
4.11 | presslash va ekstraksiyalash usuli bilan o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish xodimlari uchun | 2013-yil I chorak | Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi |
4.12 | margarin ishlab chiqarish xodimlari uchun | 2011-yil I chorak | Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi |
4.13 | tozalangan tabiiy moy kislotalari ishlab chiqarish xodimlari uchun | 2011-yil IV chorak | Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi |
4.14 | olif ishlab chiqarish xodimlari uchun | 2012-yil I chorak | Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi |
4.15 | quruq muz va karbonat kislotalar ishlab chiqarish xodimlari uchun | 2011-yil III chorak | “O‘zkimyosanoat” DAK |
4.16 | attorlik-pardoz buyumlari va tyubiklari ishlab chiqarish xodimlari uchun | 2011-yil IV chorak | “O‘zkimyosanoat” DAK |
4.17 | sulfat kislotani ishlab chiqarish, saqlash va qo‘llashda | 2012-yil I chorak | “O‘zkimyosanoat” DAK |
4.18 | sintetik smolalar ishlab chiqarish xodimlari uchun | 2010-yil IV chorak | “O‘zkimyosanoat” DAK |
4.19 | epoksid smolalar va ular asosidagi materiallar bilan ishlashda | 2010-yil IV chorak | “O‘zkimyosanoat” DAK |
4.20 | kislorod ishlab chiqarish xodimlari uchun | 2011-yil II chorak | “O‘zkimyosanoat” DAK |
4.21 | xlorid kislotani ishlab chiqarish va qo‘llashda | 2012-yil IV chorak | “O‘zkimyosanoat” DAK |
4.22 | toluolni saqlash va qo‘llashda | 2012-yil IV chorak | “O‘zkimyosanoat” DAK |
4.23 | rezina-texnika ishlab chiqarish xodimlari uchun | 2010-yil IV chorak | “O‘zkimyosanoat� DAK |
4.24 | metan va ammiakni havo kislorodi va katalitik oksidlash usulida tsianid kislota ishlab chiqarishni loyihalash, qurish va foydalanishda | 2011-yil I chorak | “O‘zkimyosanoat” DAK |
4.25 | polimer kompozitsion materiallar bilan ishlashda | 2012-yil I chorak | “O‘zkimyosanoat” DAK, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Kimyo va polimerlar fizikasi instituti |
4.26 | polimer materiallarni reaktor orqali olishda | 2011-yil II chorak | “O‘zkimyosanoat” DAK, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Kimyo va polimerlar fizikasi instituti |
4.27 | metanolni tashish, saqlash va qo‘llashda | 2012-yil II chorak | “O‘zkimyosanoat” DAK, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Kimyo va polimerlar fizikasi instituti |
4.28 | ishqorli metallar bilan ishlashda va ularni saqlashda | 2012-yil I chorak | “O‘zkimyosanoat” DAK, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Kimyo va polimerlar fizikasi instituti |
4.29 | pestitsidlarni saqlash, transportda tashish va qo‘llashda | 2011-yil I chorak | “O‘zkimyosanoat” DAK, Sog‘liqni saqlash vazirligi |
4.30 | merkaptanlarni qo‘llashda | 2010-yil IV chorak | “O‘zkimyosanoat” DAK, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qishloq va �uv xo‘jaligi vazirligi |
4.31 | plastik massalarni qayta ishlash korxonalari xodimlari uchun | 2011-yil IV chorak | “O‘zkimyosanoat” DAK, “Sovplastital” QK |
4.32 | yuk ko‘targich (minora)larni o‘rnatish va ulardan xavfsiz foydalanishda | 2011-yil II chorak | “Toshshaharnur” DAK |
4.33 | yadro fizikasi korxonalarida | 2011-yil II chorak | O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti |
4.34 | osma yo‘llar qurish va ulardan xavfsiz foydalanish | 2011-yil I chorak | Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
4.35 | neft-gaz qazib olish korxonalari xodimlari uchun | 2011-yil I chorak | “O‘zbekneftgaz” MXK |
4.36 | neft sanoatida yong‘in xavfsizligi | 2013-yil I chorak | “O‘zbekneftgaz” MXK |
4.37 | neft bazalari, turg‘un, konteynerli va ko‘chma avtoyoqilg‘i quyish shoxobchalaridan foydalanishda | 2011-yil III chorak | “O‘zbekneftgaz” MXK |
4.38 | magistral neft mahsulotlari quvurlaridan foydalanishda | 2011-yil I chorak | “O‘zbekneftgaz” MXK, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyas� |
4.39 | “O‘zneftmahsulot” AK korxonalarini ishlatishda yong‘in xavfsizligi | 2013-yil III chorak | “O‘zbekneftgaz” MXK, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi |
4.40 | magistral neft mahsulotlari quvurlari qurishda | 2012-yil I chorak | “O‘zbekneftgaz” MXK, “O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasi |
4.41 | meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish xodimlari uchun | 2010-yil IV chorak | “O‘zvinosanoat-xolding” XK, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi |
(4-band va 4.38, 4.39-kichik bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
III. Yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berish normalari | |||
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi | |||
5. | Maxsus kiyim, maxsus poyabzal va yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalarini quyidagi xodimlar uchun bepul berishning namunaviy normalari: | ||
5.1 | “O‘zstandart” agentligi, mehnatning zararli va o‘ta zararli sharoitlarida ish bilan band bo‘lganlar | 2011-yil III chorak | O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi |
5.2 | uy-joy-kommunal xo‘jaligi | 2011-yil I chorak | “O‘zkommunxizmat” agentligi |
5.3 | mashinasozlik va metallga ishlov berish | 2010-yil IV chorak | “O‘zavtosanoat” AK |
5.4 | yog‘-moy va tamaki ishlab chiqarish | 2011-yil II chorak | Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi |
5.5 | oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish | 2011-yil I chorak | Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi |
5.6 | radiotexnik va elektron buyumlar ishlab chiqarish | 2011-yil I chorak | “O‘zeltexsanoat” uyushmasi |
5.7 | yengil sanoat korxonalari | 2011-yil III chorak | “O‘zbekyengilsanoat” DAK |
5.8 | aviasozlik | 2010-yil IV chorak | “V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyati |
5.9 | qurilish, qurilish–montaj va ta’mirlash-qurilish korxonalari | 2011-yil II chorak | “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi |
5.10 | yadro xavfsizligi xizmatlari | 2011-yil III chorak | O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti |
5.11 | madaniyat | 2011-yil I chorak | Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
5.12 | baliqchilik korxonalari | 2010-yil IV chorak | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmasi |
5.13 | maishiy xizmat ko‘rsatish | 2011-yil II chorak | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi |
5.14 | savdo | 2012-yil II chorak | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi |
5.15 | fuqaro aviatsiyasi | 2012-yil I chorak | “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK |
5.16 | neft va gaz korxonalari | 2010-yil IV chorak | “O‘zbekneftgaz” MXK |
“1. Mazkur Tartib “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq mehnatni muhofaza qilish qoidalarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash, shuningdek qayta ko‘rib chiqishning yagona tizimini belgilaydi.
Mazkur Tartib davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mehnatni muhofaza qilish qoidalarini (keyingi o‘rinlarda Qoidalar deb ataladi) ishlab chiquvchi va ularni qayta ko‘rib chiquvchi boshqa tashkilotlar faoliyatiga tatbiq etiladi”;
“2. Qoidalarning o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi yoki qayta ko‘rib chiqilishi, ularning kelishilishi, tasdiqlanishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar mas’ul hisoblanadi”;
“6. Vazirliklar va idoralar belgilangan tartibda qabul qilingan Qoidalarni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazadi”;
“17. Hajmi va mazmuniga bog‘liq ravishda Qoidalar quyidagi pasayib boruvchi tarkibiy birliklarga bo‘linadi: bo‘limlar, boblar, paragraflar, bandlar, kichik bandlar va xatboshilar. Xatboshilarni boshqa tarkibiy birliklarga bo‘lishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bo‘limlar va boblar rim raqamlari bilan belgilanadi va ularda sarlavha bo‘ladi. Paragraflar “§” belgisi bilan belgilanadi, ularga arab raqamlari bilan tartib raqami qo‘yiladi va ularda sarlavha bo‘ladi”;
z) 22-bandning oltinchi va to‘qqizinchi xatboshidagi “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi” so‘zlari “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
i) 23-banddagi “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi” so‘zlari “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“24. Vazirliklar va idoralar tasdiqlangan Qoidalarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboradilar”;