LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2010-yil 2-martdagi PQ-1293-son qaroriga muvofiq hamda tovar va moliya bozorlaridagi raqobat, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatiga doir ishlarni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Raqobatni himoya qilish va tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatiga doir qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish hamda ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tasdiqlangan Chora-tadbirlar rejasining muvofiqlashtirilishini, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlasin hamda yilning har choragida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi monopoliyaga qarshi siyosatni, raqobatni rivojlantirishni, tabiiy monopoliyalar faoliyatini tartibga solishni, iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o‘zgartirishni, iste’molchilar huquqlari himoya qilinishini, shuningdek reklama faoliyatini nazorat qilishni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
2. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
3. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tizimiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda hududiy organlar deb ataladi), O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) kiradi.
4. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi o‘z faoliyatini davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
5. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning hududiy organlarini saqlash, ularning moddiy-texnika ta’minoti, kadrlari malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash:
6. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, uning hududiy organlari yuridik shaxslar hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, G‘aznachilik bo‘linmalarida hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
7. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari hisoblanadi:
monopoliyaga qarshi samarali siyosatni amalga oshirish, raqobat to‘g‘risida va tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
respublikada raqobat muhitini rivojlantirish uchun huquqiy maydonni yanada takomillashtirish, tovar yoki moliya bozorlarida, birinchi navbatda, ichki iste’mol bozorida va reklama sohasida nohalol raqobatning oldini olish, davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik, jamoat tuzilmalari bilan uzviy muvofiqlashtirgan holda iste’molchilarning qonuniy manfaatlari va huquqlari himoya qilinishini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
iqtisodiy nochor korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini va raqobatbardoshliligini chuqur tahlil qilish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tarkibiy o‘zgartirish va ularning bankrotligi bo‘yicha funksiyalarni amalga oshirish, tarkibiy o‘zgartirish, sanatsiya va bankrotlik masalalarini ko‘rib chiqishda davlat manfaatlarini ifodalash.
8. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) monopoliyadan chiqarish va monopoliyaga qarshi, shu jumladan tabiiy monopoliyalar tarmoqlarini tartibga solish hamda raqobat muhitini rivojlantirish sohasida:
tovar yoki moliya bozorida ustunlik mavqeini egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hamda tabiiy monopoliyalar subyektlarining davlat reyestrlarini shakllantiradi va yuritadi;
(8-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, shu jumladan tabiiy monopoliyalar subyektlarini tashkil etish, tarkibiy o‘zgartirish va tugatishda, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar)ni sotib olishda raqobat, tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini nazorat qiladi;
(8-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
tovar yoki moliya bozorini o‘rganadilar va xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining u yerdagi ustunlik mavqei mavjudligini aniqlaydi, raqobatga qarshi xatti-harakatlarning va narxlar asossiz o‘sishining oldini oladi;
(8-bandning “a” kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
tabiiy monopoliyalarning mahsulotlari va xizmatlariga narxlar va tariflarni tahlil qiladi, tabiiy monopoliyalar subyektlarining mahsulotlari va ular ko‘rsatadigan xizmatlar narxlarining asossiz ravishda oshirib yuborilishi va sifati pasaytirilishidan iste’molchilarning huquqlarini himoya qiladi;
tartibga solib boriladigan narxlar (tariflar)ga va tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
tovar va moliya bozorlarida ustunlik mavqeini egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatini davlat tomonidan samarali tartibga solish va nazorat qilishni ta’minlashga, raqobat muhitini rivojlantirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hamda metodologik bazani ishlab chiqadi va takomillashtiradi;
(8-bandning “a” kichik bandi yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish respublika, tarmoq va mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi;
monopoliyaga qarshi siyosatni yanada takomillashtirish, raqobatni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi, ularni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi;
o‘z vakolatlari doirasida xo‘jalik yurituvchi subyektlarni nohalol raqobatchilardan hamda davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda raqobat, bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzayotgan mansabdor shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlaridan himoya qiladi;
(8-bandning “a” kichik bandi o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
o‘z vakolatlari doirasida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda monopolist korxonalar tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tovar yoki moliya bozorlariga kirishini ta’minlash maqsadida qabul qilingan qonunchilik va boshqa hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi;
(8-bandning “a” kichik bandi o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
mahsulotlarning monopol turlarini birja savdolariga qo‘yish to‘g‘risida belgilangan tartibda qarorlar qabul qiladi;
(8-bandning “a” kichik bandi o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
markazlashtirilgan manbalar va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilish va qurilish ishlarini bajarishga tanlov savdolari o‘tkazishda qatnashadi.
(8-bandning “a” kichik bandi o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
shu jumladan tanlov (tender) va birja savdolari o‘tkazilishida raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat qiladi;
(8-band “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan o‘n to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari reyestrini yuritadi va e’lon qiladi;
(8-band “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan o‘n beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
o‘z vakolatlari doirasida raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llash masalalari bo‘yicha tushuntirishlar beradi;
(8-band “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan o‘n oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qiladi;
belgilangan tartibda iste’mol tovarlariga narxlar va xizmatlarga tariflar monitoringini yuritadi, bozorda sifatsiz iste’mol tovarlari va xizmatlar paydo bo‘lishining oldini olish chora-tadbirlarini ko‘radi;
jamoat tuzilmalari bilan birgalikda iste’molchilar huquqlari va manfaatlari himoya qilinishini, shuningdek aholining iste’mol madaniyatini oshirish bo‘yicha ma’rifiy ishlarni amalga oshiradi;
reklama sohasida nohalol raqobatga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida reklama bozorini tartibga solish va haqqoniy bo‘lmagan reklamaga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini ko‘radi;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida normativ-huquqiy va metodologik bazani takomillashtiradi;
yuridik va jismoniy shaxslarning iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama masalalari bo‘yicha murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi;
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llash masalalari bo‘yicha rasmiy tushuntirishlar beradi.
(8-bandning “b” kichik bandi sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga va reklama sohasida nohalol raqobatning oldini olishga yo‘naltirilgan tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi.
(8-band “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
v) iqtisodiy nochor korxonalar bankrotligi, ularni tarkibiy o‘zgartirish va sud boshqaruvchilari faoliyatini nazorat qilish borasida davlat tomonidan tartibga solishni amalga oshirish sohasida:
to‘lovga qodir bo‘lmagan, zarar ko‘rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarni aniqlash maqsadida, ma’lumotlar bazasini yaratish asosida, ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning moliyaviy ahvoli monitoringini olib boradi va tahlil qiladi;
bankrot korxonalarda tugatish tartibotlarining bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil qiladi, shuningdek sudgacha bo‘lgan sanatsiya, sud sanatsiyasi va ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning tashqi boshqaruvi rejalarini kelishib oladi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda to‘lovga qodir bo‘lmagan, bankrotlik belgilari bo‘lgan, ustav fondida davlat ulushi mavjud korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishda qatnashadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari takliflari asosida ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan iqtisodiy nochor korxonalarning bankrotligi, ularni tarkibiy o‘zgartirish va ixchamlashtirish tartibotlarini boshlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
mulkchilikning barcha shakllaridagi iqtisodiy nochor korxonalar bankrotligi yoki sudgacha sanatsiya qilish tartibotlarini amalga oshirishda kreditorlar manfaatlarini va aksiyadorlar (paychilar)ning mulkiy huquqlarini himoya qilishni ta’minlaydi;
ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari bo‘yicha qarzi bo‘lgan korxonalarni sudgacha sanatsiya qilish to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror qabul qiladi;
tarkibiy o‘zgartirilishi kerak bo‘lgan iqtisodiy nochor, zarar ko‘rib ishlayotgan va past rentabelli korxonalarning, shuningdek ularga nisbatan bankrotlik tartibotlari qo‘llangan korxonalarning qurilishi tugallanmagan obyektlarini hamda asosiy fondlarini konservatsiya qilish va sotish masalalarini ko‘rib chiqadi va bu haqdagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
sud boshqaruvchilarini tayyorlash tizimini tashkil etadi, ularni attestatsiyadan o‘tkazadi va sud boshqaruvchilarining yagona reyestrini yuritadi;
sud boshqaruvchilari attestatining amal qilishini to‘xtatish, vaqtinchalik to‘xtatib turish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan korxonalarning sudgacha bo‘lgan sanatsiyasini uzaytirish va muddatidan oldin to‘xtatish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
zarar ko‘rib ishlayotgan, to‘lovga qodir bo‘lmagan va iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish, ixchamlashtirish, moliyaviy sog‘lomlashtirish va sudgacha bo‘lgan sanatsiyani o‘tkazish davrida qonun hujjatlarida belgilangan shakllarda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining zarar ko‘rib ishlayotgan hamda iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish, ixchamlashtirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish dasturlarining amalga oshirilishi to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadi;
tashqi boshqaruvchilarning, shuningdek davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan yoxud mulkida davlat ulushi bo‘lgan sanatsiya qilinayotgan korxonalar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi;
9. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek hududiy organ hamda Markaz orqali hal qiladi.
10. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
davlat boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, xo‘jalik yurituvchi subyektlardan, shu jumladan, tijorat banklaridan tovar va moliya bozorlari monopollashuvi darajasini tahlil qilish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni, shuningdek korxonalarning iqtisodiy nochorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni so‘rash va belgilangan tartibda bepul olish;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi bilan birgalikda tabiiy monopoliyalar subyektlari va monopolist korxonalar faoliyatini taqdim etilgan hisob-kitoblarning, deklaratsiya qilinayotgan narxlar shakllantirilishining asoslanganligi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirish;
litsenziyalashni joriy etish yoki bekor qilish, bojxona tariflarini o‘zgartirish, kvotalarni joriy etish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha imtiyozlar berish yoxud ularni bekor qilish, imtiyozli kreditlar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlari to‘g‘risidagi takliflarni tegishli davlat organlariga kiritish;
o‘z vakolatlari doirasida raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari qo‘llanilishi masalalari bo‘yicha tushuntirishlar berish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, reklama va bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishini aniqlash, ular bo‘yicha ish qo‘zg‘ash va ko‘rib chiqish;
raqobat, tabiiy monopoliyalar, bankrotlik, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi va (yoki) ularning oqibatlarini tugatish, dastlabki holatni qayta tiklash haqidagi bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalarni ijro etish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xo‘jalik subyektlariga, davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, shuningdek ularning mansabdor shaxslariga berish, shuningdek berilgan ko‘rsatmalar bajarilishini nazorat qilish;
raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ularning mansabdor shaxslarini va boshqa jismoniy shaxslarni tegishli javobgarlikka tortish;
monopol korxonalarga, bankrotlik belgilariga ega bo‘lgan korxonalarga ularni ixchamlashtirish va tarkibiy o‘zgartirish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish, shuningdek, zarurat bo‘lganda, sud qaroriga ko‘ra bunday ko‘rsatmalarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy bajarilishini amalga oshirish;
raqobat, tabiiy monopoliyalar, bankrotlik, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari qo‘llanilishi va buzilishi bilan bog‘liq ishlar yuzasidan sudga da’vo va ariza bilan murojaat qilish, shuningdek bunday ishlarni sudda ko‘rib chiqishda qatnashish;
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida belgilangan tartibda ko‘rib chiqish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga va ularning mansabdor shaxslariga, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining mansabdor shaxslariga jarimalar solish;
raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi, shu jumladan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan raqobatga qarshi xatti-harakatlar natijasida asossiz olingan daromad (foyda)ni olib qo‘yish va (yoki) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda iste’molchilarga qaytarish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha va jarima solish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
agar mablag‘larni undirish to‘g‘risidagi qarorning qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda bajarilishi xo‘jalik yurituvchi subyektni bankrotlikka olib kelishi mumkin bo‘lsa, xo‘jalik yurituvchi subyektga uning arizasiga ko‘ra, hay’at qarori asosida summani bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va ularning birlashmalari tomonidan raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirish va uning monitoringini olib borish;
raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, reklama va bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi bilan bog‘liq jinoyatlar belgilari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘ash to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun materiallarni tegishli organlarga yuborish;
iste’molchilarning ularning iste’mol huquqlari kamsitilishi to‘g‘risidagi arizalari va shikoyatlari bo‘yicha Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish respublika kengashi bilan kelishgan holda ushbu huquqlarni buzgan korxonalar va tashkilotlarni tekshirish (ularning moliya-xo‘jalik faoliyatidan tashqari);
zarar ko‘rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish, ixchamlashtirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish dasturlarini shakllantirishda qatnashish, shuningdek ularning amalga oshirilishi monitoringini olib borish;
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan taqdirda ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalar tomonidan suddan oldingi sanatsiya chora-tadbirlari amalga oshirilishini va bankrotlik tartibotlarining borishini nazorat qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga tarkibiy o‘zgartirish va sanatsiya amalga oshirilayotgan ijtimoiy infratuzilma obyektlarini, shuningdek korxonalarning umumiy foydalaniladigan ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari va ularning funksional tegishliligiga ko‘ra tegishli xo‘jalik birlashmalari balansiga berish to‘g‘risida takliflar kiritish;
ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan va (yoki) pul majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi oldida qarzi bo‘lgan korxonalarning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘ash haqida xo‘jalik sudiga ariza bilan murojaat qilish;
bankrotlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish davrida tashqi boshqaruvni joriy etish, tashqi boshqaruv muddatini uzaytirish yoki qisqartirish, shuningdek tashqi boshqaruvchini o‘z vakolatlarini bajarishdan ozod qilish to‘g‘risida xo‘jalik sudiga iltimosnoma kiritish;
qonun hujjatlariga muvofiq sud boshqaruvchilari faoliyatini nazorat qilish, sud boshqaruvchisi faoliyatida qonun hujjatlari muntazam ravishda yoki bir marta qo‘pol ravishda buzilganligi aniqlangan taqdirda uni o‘z vazifasini bajarishdan ozod qilish to‘g‘risida xo‘jalik sudiga ariza bilan murojaat qilish va sud boshqaruvchilariga berilgan attestatlarning amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatib turish va to‘xtatish;
ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan va xo‘jalik sudi tomonidan bankrot deb e’lon qilingan korxonalarni tugatish ishlarida qatnashish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vakolatlari doirasida va belgilangan tartibda tasdiqlash;
zarur hollarda, davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda qo‘shma qarorlar, buyruqlar va boshqa hujjatlar chiqarish, shuningdek xulosalar olish uchun boshqa organlar mutaxassislarini jalb etish.
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
11. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan mansabdor shaxslarga va fuqarolarga raqobat, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, reklama to‘g‘risidagi, shuningdek bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarga oid qonun hujjatlari buzilganligi uchun jarimalar solish O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
12. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga jarima sanksiyalarini qo‘llash bo‘yicha berilgan huquqlar va vakolatlar faqat Qo‘mitaning markaziy apparatida hamda hududiy organlarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladigan maxsus komissiyalar qarorlari asosida amalga oshiriladi.
13. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tabiiy monopoliyalar subyektlari hamda monopolist korxonalar mahsulotlari va xizmatlariga narx belgilash masalalarini tahlil qilish va o‘rganish bo‘yicha o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Narx belgilash yig‘ma boshqarmasi bilan muvofiqlashtirib boradi.
14. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibga qat’iy muvofiq ravishda samarali bajarilishi uchun javob beradi.
15. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan rais boshchilik qiladi.
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan ikki nafar o‘rinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi hamda Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
zarurat bo‘lganda, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining markaziy apparati tuzilmasiga belgilangan tartibda o‘zgartirishlar kiritadi, xodimlarning umumiy belgilangan soni doirasida markaziy apparat va hududiy organlar shtat jadvalini, shuningdek Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining markaziy apparati va idoraviy mansub organlar xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi markaziy apparati xodimlarini va uning hududiy organlari rahbarlarini, shuningdek Markaz direktorini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining tarkibiy va hududiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
hududiy organlarning O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari buzilgan holda qabul qilingan qarorlari (yozma ko‘rsatmalari)ni bekor qiladi.
17. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasida rais (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari (lavozimiga ko‘ra), shuningdek Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo‘linmalar rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.
Hay’at a’zolarining soni va shaxsiy tarkibi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatining monopoliyaga qarshi tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish, raqobat muhitini izchil rivojlantirish, tabiiy monopoliyalar subyektlari ustidan nazoratni kuchaytirish va xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan narxlarning asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik, bankrotlik sohasida davlat tomonidan tartibga solish, iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy qayta o‘zgartirish hamda sud boshqaruvchilari faoliyatini samarali nazorat qilishni ta’minlash, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama bo‘yicha ushbu Nizomda belgilangan asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hay’at Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakolatiga tegishli bo‘lgan boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqish huquqiga ega.
Hay’at majlislariga Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda vakolatli bo‘ladi. Ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hay’at qarorlari Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qarorlari va raisning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Rais va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda rais yuzaga kelgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikrini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ma’lum qilishlari mumkin.
18. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda uning hududiy organlari ekspert kengashlari va boshqa maslahat organlari tashkil etishga haqlidir, ular to‘g‘risidagi nizomlar tegishli ravishda Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi va hududiy organ rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
19. Hududiy organlar o‘z faoliyatini Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan o‘zlari to‘g‘risidagi nizomlarga asosan amalga oshiradi.
20. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy organlari rahbarlari tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishgan holda, Hay’at qarori asosida, belgilangan tartibda Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Hududiy organlar rahbarlarining o‘rinbosarlari va bosh buxgalterlari Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi bilan kelishgan holda hududiy organ rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
21. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi markaziy apparati hamda uning hududiy organlari xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga 3 va 9-ilovalarda nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash shart-sharoitlari tatbiq etiladi.
22. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasida belgilangan tartibda budjetdan tashqari fond tashkil etiladi, uning mablag‘lari Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xodimlari mehnatiga haq to‘lashga, ularni moddiy rag‘batlantirishga, kadrlar malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlashga hamda moddiy-texnika ta’minotiga yo‘naltiriladi.
23. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish shakli | Bajarish muddati | Mas’ul bajaruvchilar | Kutilayotgan natija |
I. Raqobat muhitini rivojlantirishni samarali ta’minlaydigan monopoliyaga qarshi tartibga solish tizimini takomillashtirish, tabiiy monopoliyalar subyektlari va monopolist korxonalar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish | |||||
1. | Quyidagilarga: Vazirlar Mahkamasining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 31-martdagi 165-son qarori bilan tasdiqlangan Narxlar (tariflar)ni shakllantirish va ularning qo‘llanilishini nazorat qilish tartibiga; Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2000-yil 21-sentabrdagi 364-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy monopoliya subyektlarining tovarlari (ishlari, xizmatlari)ga narxlar (tariflar) belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish. | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | 2010-yil avgust | Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi | Kameral tekshirish (o‘rga�ish)ning zarur huquqiy asoslarini yaratish, monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga rioya qilinishi monitoringini va nazoratni takomillashtirish. |
2. | “Raqobatni himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish. | O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi | 2010-yil avgust | Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, vazirliklar va idoralar | Raqobatni himoya qilish bo‘yicha munosabatlarni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish, tovar bozorlarida monopolistik faoliyatga barham berish va uning oldini olishning huquqiy vositalarini yangilash. |
3. | Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda statistika ma’lumotlarini tezkor idoralararo ayirboshlash tizimini ishlab chiqish va joriy etish. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat | 2010-yil sentyabr | Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi, vazirliklar va idoralar | Tovar bozorlarini tahlil qilish va monopolist korxonalarni aniqlashning axborotlar asosini yaratish. |
4. | Tovar bozorlarida raqobat muhitining holatini tahlil qilish va baholash bo‘yicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqish va tasdiqlash. | Metodik tavsiyalar | 2010-yil oktyabr | Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi | Raqobat muhitining holatini yanada to‘liq va sifatli baholash va monopol tovar bozorlarida raqobatni rivojlantirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ko‘rish. |
5. | Xo‘jalik yurituvchi subyektning 35 foizdan ortiq aksiyalari (ulushlari) sotib olinishi ustidan nazorat qilish tartibini takomillashtirish, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning aksiyalari (ulushlari)ni sotib olishda raqobat shartlariga rioya qilinishini eng ko‘p darajada ta’minlash chora-tadbirlarini nazarda tutish. | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | “Raqobatni himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingandan keyin bir oy muddatda | Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Davlat mulki qo‘mitasi, vazirliklar va idoralar | Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning aksiyalari (ulushlari)ni sotib olishda raqobat shartlarini ta’minlash bo‘yicha nazorat qilish tizimini mustahkamlash va chora-tadbirlar ko‘rish. |
6. | Vazirliklar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini, raqobatni cheklaydigan normalarni ulardan chiqarish yuzasidan xatlovdan o‘tkazish. | Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari | 2010-yil noyabr | Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, vazirliklar va idoralar | Tovar bozorlarida xo‘jalik yurituvchilar faoliyati uchun teng shart-sharoitlarni va sog‘lom raqobat muhitini ta’minlash. |
7. | Narx belgilash jarayoniga boshqariladigan narxlar (tariflar)ni shakllantirishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish. | Tizimni joriy etish bo‘yicha dasturiy ta’minlashni ishlab chiqish | 2011-yil yanvar | Moliya vazirligi | Narxlar (tariflar)ni belgilash jarayoni va usullarini takomillashtirish, ishlarning ochiq-oshkoraligi va tezkorligini ta’minlash, doimiy monitoring uchun ma’lumotlar bazasini yaratish. |
8. | Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning raqobatni cheklaydigan bitimlari (kelishilgan xatti-harakatlari)ni aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. | Idoraviy-normativ huquqiy hujjat | 2011-yil fevral | Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi | Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida raqobatni cheklaydigan va iste’molchilarning huquqlarini buzadigan til biriktirishlarni aniqlashni ta’minlaydigan aniq mezonlarni belgilash. |
9. | Tabiiy monopoliyalar subyektlari va monopolist korxonalar tovarlari (ishlari, xizmatlari)ga narxlar (tariflar) o‘zgarishining iqtisodiyot sektorlariga ta’sirini baholash metodikasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Idoraviy-normativ huquqiy hujjat | 2011-yil mart | Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi | Narxlar o‘zgarishining iqtisodiyot sektorlarini rivojlantirishga ta’sirini prognozlashtirish va zarur oldini oluvchi chora-tadbirlar ko‘rish. |
10. | Yuridik shaxslarni majburiy ajratish masalalarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | 2011-yil iyul | Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Davlat mulki qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi | Yuridik shaxslarni majburiy ajratishning huquqiy mexanizmini yaratish. |
II. Jamoat tuzilmalari bilan mustahkam muvofiqlikda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish, nohalol reklamaga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini amalga oshirish | |||||
11. | Jamoat tashkilotlari tomonidan iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha monitoringlar olib borilishini tartibga solishga doir takliflarni ishlab chiqish va kiritish. | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | 2010-yil iyun | Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi, vazirliklar va idoralar | Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, asosiy iste’mol tovarlarini sotadigan savdo obyektlari monitoringini olib borish va o‘rganish bo‘yicha jamoat tashkilotlari vakolatlarini tartibga solish. |
12. | Muddati o‘tgan (yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan) dori vositalari, tibbiy maqsaddagi buyumlar, ijtimoiy ahamiyatli oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlarini, shu jumladan bolalar oziq-ovqat tovarlarini tezkor aniqlash va ularni sotishga yo‘l qo‘ymaslikni nazarda tutgan holda Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi bilan qo‘shimcha ravishda kelishmasdan amalga oshiriladigan nazorat organlarining nazorat funksiyalari ro‘yxatini (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2006-yil 6-mayda 1573-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) kengaytirishga doir takliflar kiritish. | Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining qarori | 2010-yil iyun | Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, vazirliklar va idoralar | Muddati o‘tgan (yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan) dori vositalari, tibbiy maqsaddagi buyumlar, ijtimoiy ahamiyatli oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlarini, shu jumladan bolalar oziq-ovqat tovarlarini tezkor aniqlashni va ularni sotish holatlariga barham berishni ta’minlash. |
13. | Shahar yo‘lovchilar tashish transportini, shu jumladan yo‘nalishli taksini kutish joylarini yo‘lovchi transporti harakati jadvallari bilan ta’minlash. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarori | 2010-yil sentyabr | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi | Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish samaradorligini oshirish, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha o‘zini o‘zi tartibga soladigan mexanizmlarni faollashtirish. |
14. | Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalarini qo‘llash bo‘yicha o‘quv-metodik va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi saytida joylashtirish va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish tayanch �unktlarini ular bilan ta’minlash. | O‘quv-metodik va ko‘rgazmali qo‘llanmalar, nashrlar | 2010-2011-yillar | Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi | Aholining iste’mol madaniyatini oshirish, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga doir o‘zini o‘zi tartibga soluvchi mexanizmlarni rivojlantirish. |
15. | Yashirin reklamani aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat | 2010-yil oktyabr | Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, vazirliklar va idoralar | Nohalol reklamani amalga oshirish holatlariga barham berish, yashirin reklamani aniqlashning normativ-huquqiy bazasini yaratish. |
16. | Reklamani joylashtirish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2001-yil 6-aprelda 1024-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan). | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat | 2010-yil dekabr | Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, vazirliklar va idoralar | Alkagolli ichimliklar, tamaki va tamaki mahsulotlarini reklama qilishga talablarni kuchaytirish. |
III. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish organlarini zamonaviy fikrlaydigan professional tayyorlangan, yuqori malakali kadrlar bilan mustahkamlash, kadrlar tayyorlash va ular malakasini oshirish | |||||
17. | 2010/2011 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida monopoliyaga qarshi boshqarish va huquq sohasida tegishli yo‘nalishlar va kadrlar tayyorlash mutaxassisliklari bo‘yicha “Raqobat siyosati” va “Raqobat huquqi” fanlari bo‘yicha kurslarni joriy etish. | O‘quv dasturlari, o‘quv-metodik baza | 2010-yil avgust | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi | Raqobat siyosati va huquqi sohasida kadrlar tayyorlash. |
18. | Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy organlari, Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazi tarkibini malakali kadrlar bilan mustahkamlash. | Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va hududiy organlar buyruqlari | 2010-yil iyun | Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi | Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tizimini malakali kadrlar bilan ta’minlash. |
19. | Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tizimi xodimlari malakasini oshirish, qayta tayyorlash va o‘qitish. | Jadval | Jadvalga muvofiq | Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi | Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tizimini malakali kadrlar bilan ta’minlash. |
20. | Monopoliyaga qarshi tartibga solish tizimini takomillashtirish va kadrlar malakasini oshirish uchun xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat tashkilotlarining texnik ko‘mak mablag‘larini jalb etishni faollashtirish. | Hamkorlik to‘g‘risida bitim | Doimo | Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi, vazirliklar va idoralar | Xalqaro moliyaviy tashkilotlarning grantlari, texnik ko‘mak mablag‘lari. |
21. | Ommaviy axborot vositalarida raqobatni rivojlantirish va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha keng tushuntirish ishlari olib borish. | Maqolalar, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar | Bir oyda kamida bir marta | Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi, vazirliklar va idoralar | Aholining xabardorligini ta’minlash, aholining iste’mol madaniyatini oshirish. |
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 25-fevraldagi 106-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ichki suv transporti Ustavining 49-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 364-modda)
3. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Chakana savdo qoidalari 118-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-iyuldagi 296-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 54-modda) bilan tasdiqlangan Neft mahsulotlari sotuvchi korxonalarning cheklangan ustamalarini shakllantirish to‘g‘risidagi nizomning 20-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2005-yil 11-fevraldagi 59-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 6-modda) 1-ilovaning 8 va 11-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 19-maydagi 129-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 5-son, 27-modda) bilan tasdiqlangan Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlarini qo‘llanish maqsadida tekshirish o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 27, 66-bandlari va 112-bandining birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining”, “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari tegishli ravishda “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining”, “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 43-modda) 2-ilova 13-bandining “v” kichik bandi va 20-bandining “g” va “d” kichik bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qo‘zg‘atish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2005-yil 12-oktabrdagi 225-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 9-10-son, 55-modda):
a) qarorning nomidagi “tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan samarali nazoratni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi”;
g) Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qo‘zg‘atish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
“1. Mazkur Nizom “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”, “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”, “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi (keyingi o‘rinlarda matnda “qonun hujjatlari buzilganligi” deb yuritiladi) to‘g‘risidagi ishlarning O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning hududiy organlari (keyingi o‘rinlarda “monopoliyaga qarshi organ” deb yuritiladi) tomonidan ko‘rib chiqilishining tashkiliy va huquqiy asoslarini belgilaydi”;
4-bandning ikkinchi xatboshidagi “hududiy monopoliyaga qarshi organlar” so‘zlari “Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi qaroriga ko‘ra hududiy organlar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“monopoliyaga qarshi organ tomonidan belgilangan tartibda nazorat funksiyalarining amalga oshirilishi, shuningdek tahlil qilinishi davomida huquqni buzish belgilari mavjudligini ko‘rsatuvchi yetarlicha ma’lumotlarning bevosita aniqlanishi”;
“arizani oldindan ko‘rib chiqish materiallari bo‘yicha xulosalar va tushuntirishlar berish uchun vakolatli ekspertlar yoki mutaxassislarni jalb etish”;
15-band birinchi xatboshining birinchi jumlasidagi “ariza tushgan kundan” so‘zlaridan keyin “yoki nazorat funksiyalari amalga oshirilishi natijalariga ko‘ra ish qo‘zg‘atilgan kundan” so‘zlari qo‘shilsin;
“unga nisbatan ish qo‘zg‘atilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt qonun buzilishini ixtiyoriy ravishda bartaraf etganda”;
“37. Qonun hujjatlari buzilganligi to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish qatnashchilari monopoliyaga qarshi organ qarori (ko‘rsatmasi)ga rozi bo‘lmagan taqdirda qaror (ko‘rsatma) qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddatda sudga yoki O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga qaror (ko‘rsatma)ni to‘liq yoki qisman haqiqiy emas deb e’tirof etish to‘g‘risida yoxud qaror (ko‘rsatma)ni bekor qilish yoki o‘zgartirish haqida ariza bilan murojaat qilishga haqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga berilgan ariza ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan muddat tugagandan keyin ko‘rib chiqishga qabul qilinmaydi”.
9. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 11-son, 61-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni tayyorlash va ularning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi to‘g‘risidagi nizomning 12-bandida:
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 5-yanvardagi PF-3706-son Farmonini amalga oshirish haqida” 2006-yil 11-yanvardagi 4-son qarori 2-bandining birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida yo‘lovchi transporti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 31-yanvardagi 11-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 1-son, 6-modda):
a) Toshkent shahar hokimligi Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti to‘g‘risidagi nizom 8-bandining o‘ninchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) Toshkent shahrida yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlarni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomning 12-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki faoliyatini tashkil etish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 6-maydagi 78-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 28-modda) 1-ilovadagi “Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining raisi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ulgurji va chakana savdoni liberallashtirish hamda uni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 23-fevraldagi PF–3722-son Farmoni)” 2006-yil 29-maydagi 99-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 39-modda) ilovaning 8-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
14. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-iyuldagi 145-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 7-son, 54-modda) bilan tasdiqlangan Davlat mulki bo‘lgan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 16-bandining yettinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining “O‘zDEUavto” AJ mahsulotlarining narxlarini kelishib olish bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi komissiyaning yangi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” 2006-yil 5-avgustdagi 160-son qaroriga ilovaning 7-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Lavozimi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bosh boshqarmasi boshlig‘i”
16. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 23-avgustdagi 181-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 8-son, 50-modda) 2-ilovada:
a) “Bajarish uchun mas’ullar” ustuni 28 va 29-bandlaridagi “Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) “Bajarish uchun mas’ullar” ustuni 30-bandidagi “Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-noyabrdagi 229-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 11-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan Toshkent viloyati hokimligining Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti to‘g‘risidagi nizom 7-bandining to‘qqizinchi xatboshidagi “monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hududiy boshqarmasi” so‘zlari “monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qo‘yish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 2008-yil 4-martdagi 36-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 2-3-son 7-modda):
a) 2-bandning birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
19. Vazirlar Mahkamasining “2008 — 2012-yillarda Surxondaryo viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risida” 2008-yil 20-iyundagi 136-son qaroriga 2-ilovaning o‘n ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
20. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida yer uchastkalari berish tartibini yanada takomillashtirish va ulardan maqsadli foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 22-avgustdagi 189-son qaroriga ilovadagi “Ulashov B.S. — O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining raisi vazifasini bajaruvchi” so‘zlari “Ismoilov J.G‘. — O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
21. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-dekabrdagi 277-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 12-son 67-modda bilan tasdiqlangan Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan iste’molchilarga tovarlar sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-bandining birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
22. Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyotning real sektori sohasida korxonalarni va investitsion faollikni kredit yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 31-dekabrdagi 288-son qaroriga 1-ilovadagi “Ulashov B.S. — Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining raisi vazifasini bajaruvchi” so‘zlari “Ismoilov J.G‘. — Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
23. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 31-dekabrdagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Eksport qiluvchi korxonalarning banklarning kreditlari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan va joriy qarzlari summasini tarkibiy o‘zgartirish hamda jarima sanksiyalari va penyalarni hisobdan chiqarish bo‘yicha murojaatlarini Komissiya tomonidan ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizom 2-bandining ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
24. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatida yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalari berish tartibini yanada takomillashtirish va ulardan maqsadli foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 20-yanvardagi 16-son qaroriga ilovadagi “Ulashov B.S. — Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining raisi vazifasini bajaruvchi” so‘zlari “Ismoilov J.G‘. — Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
25. Vazirlar Mahkamasining “2009-2010-yillarda Navoiy viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida” 2009-yil 11-fevraldagi 37-son qaroriga 3-ilovadagi “Ulashov B.S. — Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining raisi vazifasini bajaruvchi” so‘zlari “Ismoilov J.G‘. — Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
26. Vazirlar Mahkamasining “2009 — 2013-yillarda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini nashr etish Dasturi to‘g‘risida” 2009-yil 20-martdagi 80-son qarorining 8-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
27. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 2-apreldagi 94-son qarori bilan tasdiqlangan Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga tuzatishlar kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 11-bandining “v” kichik bandidagi va 17-bandidagi “Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
28. Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga axborotlarni taqdim etish va joylashtirish tartibi to‘g‘risida” 2009-yil 21-apreldagi 116-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 30-modda) 1-ilovaning “Mas’ullar” ustunida:
a) 9-banddagi “Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 11-banddagi “Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
29. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-iyuldagi 216-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 7-son, 58-modda) bilan tasdiqlangan Oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 15-bandining birinchi xatboshidagi “Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
30. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-oktabrdagi 280-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 9-10-son, 68-modda) bilan tasdiqlangan “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ilovaning 4-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi hududiy boshqarmasi rahbari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hududiy organi rahbari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
31. Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni joriy etish to‘g‘risida” 2009-yil 23-dekabrdagi 327-son qarorining 4-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
32. Vazirlar Mahkamasining “2010-yilgi davlat statistika ishlari dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2010-yil 18-yanvardagi 7-son qaroriga ilovaning II bo‘limidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.