Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

 LexUZ sharhi
Sud amaliyotida kelib chiqayotgan masalalarning yechimini va O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining (keyinchalik — FK) talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish bilan bog‘liq normalarining nizolarni hal etilishida bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 47-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumi quyidagi tushuntirishlarni berishga qaror qiladi:
FKning 319-moddasi birinchi qismiga asosan kreditorning o‘z talabidan boshqa shaxs foydasiga voz kechishiga, basharti u qonun hujjatlariga yoki shartnomaga zid bo‘lmasa, yo‘l qo‘yiladi.
6. Agar talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasi o‘z mohiyatiga ko‘ra talab qilish huquqini o‘tkazish bo‘lmay, balki bunda taraflarning xohish-irodasi aslida haq evaziga xizmat ko‘rsatishga qaratilgan bo‘lsa, bunday shartnoma FKning 124-moddasi ikkinchi qismiga binoan boshqa bitimni niqoblash maqsadida tuzilgan hisoblanadi (topshiriq shartnomasi yoki haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi) va sud taraflar aslida nazarda tutgan bitimga doir qoidalarni qo‘llaydi.
Masalan, FKning 753-moddasiga muvofiq, mijoz bilan uning qarzdori o‘rtasida talabnomadan boshqa shaxs foydasiga voz kechishni taqiqlash yoki cheklash haqida kelishuv bo‘lgan taqdirda ham, pul talabnomasidan moliya agenti foydasiga voz kechish haqiqiy hisoblanadi.
FKning 834-moddasi oltinchi qismiga binoan bitim bo‘yicha huquqlarni komitentga topshirishga, vositachining uchinchi shaxs bilan huquqlarni bunday berishni taqiqlaydigan yoki cheklaydigan kelishuvidan qat’i nazar, yo‘l qo‘yiladi. Bu har ikki holatda ham yangi kreditor (jumladan; mijoz yoki vositachi) huquqni topshirishni taqiqlash yoki cheklash haqidagi kelishuvni buzib huquqni topshirganligi munosabati bilan uni uchinchi shaxs oldidagi javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”