Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52 (II)-son), O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52 (II)-son) muvofiq 2010-yil 1-yanvardan boshlab fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankidagi fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy ravishda yo‘naltiriladigan summalariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmaydi.
2. Ushbu Nizomning 1-bandida nazarda tutilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz jismoniy shaxslarning soliq solinadigan daromadlarini O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankidagi fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy ravishda yo‘naltiriladigan summalariga (keyingi o‘rinlarda jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlari deb yuritiladi) kamaytirish (keyingi o‘rinlarda soliq chegirmasi deb yuritiladi) tarzida beriladi.
4. Soliq chegirmasi daromad oluvchi jismoniy shaxsning ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq arizasiga asosan to‘lov manbaida taqdim etiladi.
5. Ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan arizaning taqdim etilishi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lov manbaida ushlab qolmaslik uchun asos bo‘ladi.
13. O‘zbekiston Respublikasi Xalq banki filiallari ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan muddatlarda davlat soliq xizmati hududiy organlariga ish beruvchilar tomonidan hisobot yilidan keyingi yilning 1-fevraliga qadar taqdim etilgan ma’lumotlar asosida ma’lumotlarni taqdim etadi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”