Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Oldingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Sud amaliyotida vujudga kelayotgan savollar munosabati bilan va “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (bundan buyon matnda “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonun, Qonun deb yuritiladi) bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumi “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga muvofiq quyidagi tushuntirishlarni berishga qaror qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
1. “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonun barcha yuridik shaxslarga (budjet tashkilotlari bundan mustasno) va yakka tartibdagi tadbirkorlarga, shuningdek, agar pul majburiyatlari va majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik avvalgi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqqan bo‘lsa, tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Qarzdor, agar uning Qonunning 4-moddasida belgilangan muddatda pul majburiyatlarini qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir emasligidan dalolat beruvchi holatlar mavjud bo‘lsa, pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha majburiyati yuzaga kelgan muddatdan qat’i nazar, o‘zini bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Qonunning 9-moddasiga muvofiq qarzdor rahbari, tugatish komissiyasi a’zolari yoki tugatuvchi tomonidan iqtisodiy sudga qarzdorning arizasi taqdim etilmaganligi Qonunning 8-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan muddat tugaganidan keyin yuzaga kelgan qarzdorning kreditorlar oldidagi pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdor rahbarining, tugatish komissiyasi a’zolarining yoki tugatuvchining subsidiar javobgarligiga sabab bo‘ladi. Qayd etilgan shaxslarning subsidiar javobgarligi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda ko‘riladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Qonunning 10-moddasiga ko‘ra iqtisodiy sud qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizani ish yuritish uchun qabul qilib olgan paytdan e’tiboran kreditorlar qarzdorga o‘z talablarini qondirish maqsadida yakka tartibda murojaat etishga haqli emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Sudya bankrotlik to‘g‘risidagi ishni sud majlisida ko‘rishga tayyorlash bilan bir vaqtda kuzatuv taomilini joriy etish masalasini hal qilishi lozim (Qonunning 48 va 62-moddalari). Arizani ish yuritishga qabul qilish va bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi iqtisodiy sudning ajrimida kuzatuv taomili joriy etilganligi ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Qonunning 48-moddasiga muvofiq bankrotlik to‘g‘risidagi ishni sud muhokamasiga tayyorlashda sudya IPKda nazarda tutilgan tartibda va Qonunda belgilangan o‘ziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
11. Qonunning 18-moddasi birinchi qismiga muvofiq oliy ma’lumotli hamda kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lgan, shuningdek bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organida attestatsiyadan o‘tgan va tegishli attestatga ega bo‘lgan shaxslar sud boshqaruvchilari etib tayinlanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-avgustdagi 224-sonli qarori bilan tasdiqlangan Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash Qoidalarining (bundan buyon matnda Qoidalar deb yuritiladi) 9-bandiga binoan, qarzdorning arizasiga ko‘ra, bankrotlik to‘g‘risida iqtisodiy sud tomonidan ish qo‘zg‘atishning barcha holatlarida soxta bankrotlik alomatlarini aniqlash sud boshqaruvchisi tomonidan amalga oshiriladi hamda kuzatuv tartiboti jarayonida ro‘yobga chiqariladi.
Qoidalarning 21-bandiga muvofiq bankrotlikni yashirish alomatlari:
Qoidalarning 25-bandiga muvofiq qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash xo‘jalik sudi tomonidan qarzdorni bankrot deb e’tirof etilgan hamda tugatishga doir ish yuritish boshlangandan keyin amalga oshirilishi bois, sudlar qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni ochish to‘g‘risidagi hal qiluv qarorida sud boshqaruvchisiga bankrotlikka olib kelish alomatlari mavjudligi yoki mavjud emasligi to‘g‘risidagi xulosani taqdim etish majburiyati yuklanishi to‘g‘risida ko‘rsatishlari lozim.
Sudlarning e’tibori Qoidalarning 39 — 42-bandlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasida tashkil etilgan xulosani hamda unga ilova qilingan materiallarni ko‘rib chiqish va ular bo‘yicha fikrni taqdim etish uchun doimiy ishlovchi Komissiya xulosani va unga ilova qilingan materiallarni xo‘jalik sudi tomonidan murojaat tushgan paytdan boshlab bir oy muddatda ko‘rib chiqishi va o‘zining fikrini xo‘jalik sudiga taqdim etishi kerakligiga qaratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Qonun 19-moddasining birinchi qismiga asosan bankrotlik taomilini amalga oshirishda sud boshqaruvchisi tomonidan iqtisodiy sudga beriladigan da’vo arizalari va arizalar oldindan davlat boji hamda pochta xarajatlari to‘lanmasdan qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Qonunning 25-moddasi birinchi qismining oltinchi va yettinchi xatboshilariga muvofiq bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning bankrotligi taomillari jarayoni hamda sud boshqaruvchilari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi, sud boshqaruvchisining faoliyatida qonun hujjatlari muntazam ravishda yoki bir marta qo‘pol ravishda buzilgan taqdirda uni vazifasidan ozod qilish haqida iqtisodiy sudga ariza bilan murojaat etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunning 26-moddasi uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilariga ko‘ra bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organining hududiy boshqarmalari ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari bo‘yicha qarzi bor korxonalarning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza bilan bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organining ko‘rsatmasiga binoan iqtisodiy sudga murojaat etadi, ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning bankrotligi taomillari jarayoni ustidan nazoratni amalga oshiradi, korxonalarning bankrotligi jarayonlari monitoringini yuritadi, sud boshqaruvchilari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi, sud boshqaruvchisini belgilangan tartibda vazifasini bajarishdan ozod qilish zarurligi haqida bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organiga iltimosnoma bilan murojaat etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Sudlarga tushuntirilsinki, Qonunning 52 va 53-moddalariga muvofiq e’lon qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar rasmiy nashr etib belgilangan “Birja” va (yoki) “Soliq info” gazetalarida chop etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Bankrotlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ish yuritish to‘xtatilganda xo‘jalik sudi Qonunning 50-moddasida ko‘rsatilgan sud hujjatlarini chiqarishga haqli emas. Bunda iqtisodiy sud tomonidan joriy etilgan bankrotlik taomili davom ettiriladi. Ushbu davr mobaynida sud boshqaruvchisida o‘z vazifasini bajarayotganligi uchun haq olish huquqi saqlanib qolinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud hujjatlari IPKda belgilangan tartibda, Qonunda nazarda tutilgan xususiyatlarni inobatga olgan holda, qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Iqtisodiy sudning bankrotlik to‘g‘risidagi ish doirasida chiqargan, IPKda nazarda tutilmagan ajrimlari ustidan faqat Qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda shikoyatlar berilishi (protestlar keltirilishi) mumkin, Qonunning 50-moddasi, 91-moddasi ikkinchi qismi va 124-moddasi to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan ajrimlar bundan mustasno, ushbu ajrimlar ustidan XPKda nazarda tutilgan tartibda shikoyat qilinadi (protest keltiriladi).
Oldingi tahrirga qarang.
Xususan, Qonunning 59-moddasiga ko‘ra bankrotlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha arizalar, shikoyatlar (iltimosnomalar) va kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan chiqarilgan xo‘jalik sudining ajrimlari ustidan Qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda shikoyatlar berilishi (protestlar keltirilishi) mumkin. Ko‘rsatilgan ajrimlar ustidan shikoyatlar (protestlar) ular chiqarilgan paytdan e’tiboran o‘n kun ichida beriladi.
Kreditorlar yig‘ilishining qarorini haqiqiy emas deb topish (Qonunning 13-moddasi beshinchi qismi) to‘g‘risidagi xo‘jalik sudining ajrimi ustidan ham shu tartibda shikoyat beriladi (protest keltiriladi).
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Qonunning 50-moddasiga ko‘ra bankrotlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha iqtisodiy sudning qarorlari va ajrimlari darhol ijro etiladi. Lekin, bu hol sud hujjatlari qabul qilingan paytdan e’tiboran qonuniy kuchga kirishini bildirmaydi. Ularning ustidan IPKda nazarda tutilgan tartibda shikoyatlar berilishi (protestlar keltirilishi) mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Qonunning 54-moddasiga muvofiq xo‘jalik sudining qarzdorni bankrot deb topishni rad etish to‘g‘risidagi qarori quyidagi hollarda qabul qilinadi: bankrotlik alomatlari aniqlanmaganda, ya’ni qarzdorga jami talablar Qonunda belgilangan miqdordan kam tashkil etgan hollarda; iqtisodiy sud bankrotlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror qabul qilgunga qadar kreditorlarning bildirilgan talablari qondirilganda; soxta bankrotlik aniqlanganda va Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Qonunning 56-moddasiga binoan sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv jarayonida qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanganda, kelishuv bitimi tuzilganda va u iqtisodiy sud tomonidan tasdiqlanganda, bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi barcha kreditorlar bildirilgan talablaridan voz kechganda, kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan kreditorlarning barcha talablari har qanday bankrotlik taomili jarayonida qondirilganda bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritish iqtisodiy sudning ajrimi bilan tugatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Sud boshqaruvchisining qarzdor tomonidan tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topish, shuningdek uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash haqidagi talablari IPK yoki O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan umumiy tartibda bankrotlik to‘g‘risidagi ish doirasidan tashqari ko‘rib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
28. Qonunning 91-moddasi birinchi qismiga binoan agar qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklashning haqiqiy imkoniyati aniqlangan bo‘lsa, tashqi boshqaruv kreditorlar yig‘ilishining iltimosnomasi, mol-mulkida davlat ulushi bo‘lgan korxonalar bo‘yicha esa bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organining arizasi asosida iqtisodiy sud tomonidan joriy etiladi.
Qonunning 119-moddasi ikkinchi qismida kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tugatish uchun belgilangan olti oygacha bo‘lgan muddat tashqi boshqaruv muddatiga kirmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tashqi boshqaruv uchun belgilangan muddatning qisqartirilishiga yoki uzaytirilishiga Qonunning 91-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan muddatlar doirasida kreditorlar yig‘ilishining iltimosnomasiga, bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organining qaroriga yoki tashqi boshqaruvchining arizasiga binoan yo‘l qo‘yiladi. Tashqi boshqaruv muddatini qisqartirish yoki uzaytirish masalasi ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilingan holda iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Qonunning 93-moddasiga muvofiq kreditorlar talablarini qondirishga nisbatan moratoriy tashqi boshqaruv joriy etilgunga qadar bajarish muddati kelgan pul majburiyatlariga va (yoki) majburiy to‘lovlarga tatbiq etiladi, qarzdorga nisbatan kuzatuv va (yoki) sud sanatsiyasi joriy qilinganidan keyin vujudga kelgan pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
30. Qonunning 124-moddasiga muvofiq tugatishga doir ish yuritish muddati bir yildan oshishi mumkin emas. Shundan kelib chiqib, iqtisodiy sudning bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi hal qiluv qarorida tugatish boshqaruvchisi tomonidan tugatishga doir ish yuritish natijalari haqidagi hisobotni taqdim etishning aniq muddatini belgilash lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunning 185-moddasi ikkinchi qismiga binoan qarzdorni bankrot deb topish haqidagi ariza bilan iqtisodiy sud murojaat etilganda, arizaga qarzdorni tugatish to‘g‘risidagi qaror ilova qilinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
36. Qonunning 185-moddasiga binoan agar qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotganligi va (yoki) o‘zining ustav jamg‘armasini shakllantirmaganligi munosabati bilan tugatilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan yuridik shaxsning mol-mulki qiymati kreditorlarning talablarini qondirish uchun yetarli bo‘lmasa, bunday yuridik shaxs Qonunda nazarda tutilgan tartibda tugatiladi. Ushbu hollar aniqlanganda tugatish komissiyasi (tugatuvchi) tugatilayotgan yuridik shaxsni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan iqtisodiy sudga yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tegishli choralarni ko‘rish uchun davlat soliq xizmati organiga murojaat etishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdor — yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning barcha kreditorlar talablarini qanoatlantirish uchun mol-mulki yetarli bo‘lmagan hollarda, davlat ijrochisi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 37 va 39-moddalarida belgilangan qoidalarga muvofiq undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish haqidagi ijro varaqasini iqtisodiy sudga qaytaradi. Iqtisodiy sud ijro varaqasini qaytarish haqidagi hujjatlarni ko‘rib chiqqandan keyin tugatishga doir ish yuritish tamomlanganligi to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Agar Qonun 181-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq tugatish boshqaruvchisi tayinlangan bo‘lsa, u holda tugatishga doir ish yuritish Qonunning 142 va 144-moddalarida belgilangan qoidalar bo‘yicha tamomlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
38. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Amalga oshirilayotgan iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 18-apreldagi 188-sonli qarorining 4-bandiga muvofiq qarzdor korxona bankrot deb e’lon qilinib, tugatish ishlari boshlanganda, 70 va undan ortiq foizlik talabga ega kreditor bo‘lmish tijorat banki qarzdor korxona (mol-mulki)ni, garov predmeti hisoblangan mol-mulkdan tashqari, tugatish qiymati bo‘yicha o‘z mulkiga o‘tkazish to‘g‘risida sudga ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega. Bunda bank:
Qonun 134-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan sarf-xarajatlarni to‘lash va talablarni qondirish hamda ish haqi bo‘yicha qarzlarni to‘lash;
Oldingi tahrirga qarang.
Bank tomonidan Qonunning 134-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan sarf-xarajatlar va talablarni qondirish hamda ish haqi bo‘yicha qarzdorlikni to‘lanishi muddati sud tomonidan bankrot korxonaning mol-mulkini bankka berish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan paytdan boshlab bir oydan oshmasligi kerak. Aks holda qarzdorning mol-mulkini bankka o‘tkazish haqidagi bankning arizasini qanoatlantirish rad etiladi.
Qarzdorning mol-mulki sud boshqaruvchisi tomonidan bankning mulkiga sudning ajrimi asosida bank tomonidan Qonun 134-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan sarf-xarajatlar va talablar qondirilganda hamda ish haqi bo‘yicha qarzdorlik to‘langanda o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
40. Iqtisodiy sud tomonidan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilingan paytdan e’tiboran Qonunning 125-moddasiga binoan ijro hujjatlarini ijro etish tugatiladi, ijro hujjatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud ijrochilari tomonidan tugatish boshqaruvchisiga o‘tkaziladi. Sud xarajatlarini undirish haqidagi ijro hujjatlari iqtisodiy sud tomonidan tugatish boshqaruvchisiga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
41. Tugatishga doir ish yuritish taomilini o‘tkazish natijalari to‘g‘risida tugatish boshqaruvchisi tomonidan taqdim etilgan hisobot Qonunning 144-moddasiga asosan iqtisodiy sud tomonidan, zarur hollarda, sud majlisida IPK 168-moddasining birinchi qismi talablariga rioya qilgan holda ko‘riladi. Tugatish boshqaruvchisining hisoboti asosli deb topilganda, iqtisodiy sud tugatishga doir ish yuritish tamomlanganligi haqida ajrim chiqaradi, hisobot asossiz deb topilganda esa — sud tugatishga doir ish yuritishni tamomlashni rad etish haqida ajrim chiqaradi. Ushbu holatda tugatishga doir ish yuritishni tamomlash masalasi kamchiliklar bartaraf etilganidan va yangi hisobot taqdim etilgandan so‘ng ko‘rib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”