Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52 (II)-son) va O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52 (II)-son) muvofiq 2010-yil 1-yanvardan boshlab fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olishga (o‘zining o‘qishi yoki yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandlarining ta’lim olishi uchun) yo‘naltiriladigan summalariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmaydi.
2. Ushbu Nizomning 1-bandida nazarda tutilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz jismoniy shaxslarning soliq solinadigan daromadlarini O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarida o‘zining o‘qishi yoki yigirma olti yoshgacha bo‘lgan o‘z farzandlarining o‘qishi uchun yo‘naltiriladigan summalariga (keyingi o‘rinlarda o‘qish uchun to‘lov deb yuritiladi) kamaytirish (keyingi o‘rinlarda soliq chegirmasi deb yuritiladi) ko‘rinishida beriladi.
3. Ushbu Nizom maqsadlarida oliy o‘quv yurti deganda oliy ta’limning ta’lim dasturlarini (bakalavriat va magistratura) amalga oshiradigan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tashkil etilgan, o‘z Ustavi va Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 1222, 2002-yil 22-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 4-son) asosida faoliyat yurituvchi yuridik shaxs tushuniladi.
12. Ushbu Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarning taqdim etilishi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lov manbaida ushlab qolmaslik uchun asos bo‘ladi.
14. Jismoniy shaxsga to‘lov manbaida soliq chegirmasi taqdim etilmagan holda, soliq chegirmasi ushbu Nizomning III bobida nazarda tutilgan tartibda jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyasi asosida taqdim etilishi mumkin.
16. O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarida o‘qish uchun to‘lov jismoniy shaxs tomonidan mustaqil ravishda (naqd pul hisobiga, jismoniy shaxslarning banklardagi omonat va boshqa hisob raqamlaridan yoki plastik kartalardan foydalangan holda) amalga oshirilganda, soliq chegirmasi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 191—193-moddalarida nazarda tutilgan tartibda davlat soliq xizmati organlariga jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani topshirish yo‘li orqali berilishi mumkin. Bunda, soliq chegirmasi O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar summasiga, soliq davri uchun ko‘rsatilgan jismoniy shaxsning jami yillik daromadi miqdorida beriladi.
jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etuvchi jismoniy shaxs deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq soliq chegirmasini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan boshqa jismoniy shaxslar tomonidan soliq chegirmasi tariqasidagi imtiyoz summasi qo‘llanilmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani (ma’lumotnomalarni) taqdim etadi (masalan, ta’lim oluvchining otasi jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etmoqda. Ta’lim oluvchining otasi deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda uning farzandi (farzandlari) va rafiqasi soliq chegirmasini qo‘llamaganliklari to‘g‘risida belgilangan shakldagi ma’lumotnomani taqdim etadi);
agar soliq chegirmasi summasi jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etgan jismoniy shaxsning jami yillik daromadi summasidan ortiq bo‘lsa, qolgan summaga soliq chegirmasi uni olish huquqiga ega bo‘lgan boshqa jismoniy shaxslarga, mazkur shaxslar tomonidan boshqa jismoniy shaxslar soliq chegirmasini qo‘llaganligi to‘g‘risida ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda davlat soliq xizmati organlari tomonidan beriladigan ma’lumotnoma taqdim etilgandagina beriladi (masalan, ta’lim oluvchining onasi jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etmoqda. Avval jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya ta’lim oluvchining otasi tomonidan taqdim etilgan va u tomonidan ta’lim olishga yo‘naltirilgan mablag‘larning bir qismiga soliq chegirmasi qo‘llanilgan. Ta’lim oluvchining onasi jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda otasining soliq hisobiga qo‘yilgan joydagi davlat soliq xizmati organi tomonidan berilgan qo‘llanilgan soliq chegirmasi summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etadi).

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”