Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

1. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 114-moddasiga muvofiq sud hokimiyati chiqargan hujjatlar barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir.
Oldingi tahrirga qarang.
Shu munosabat bilan, Jinoyat kodeksi (bundan buyon — JK) sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlash va uning ijro etilishiga to‘sqinlik qilish bilan bog‘liq qator jinoyatlar, qaysiki voyaga etmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash (JK 122-moddasi), ota-onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash (JK 123-moddasi), mehnat qilish huquqini buzish (JK 148-moddasi birinchi qismi), sud hujjatini ijro etmaslik (JK 232-moddasi), band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish (JK 233-moddasi) uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jinoyat kodeksi 232-moddasi dispozitsiyasida nazarda tutilgan sud hujjati deganda, qonuniy kuchga kirgan sud buyrug‘i, ajrim, qaror, hal qiluv qarori, hukm tushunilishi lozim.
Jinoyat kodeksi 232-moddasi dispozitsiyasi mazmuniga ko‘ra, sud hujjatining ijro etilishiga to‘sqinlik qilganlik uchun shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun sud hujjatining xususiyati ahamiyat kasb etmaydi. Shu bois, sud hujjatini ijro etilishiga to‘sqinlik qilinganlik uchun jinoiy javobgarlik sud hujjatining mulkiy yoki nomulkiy xususiyatga ega bo‘lgan-bo‘lmaganligidan qat’i nazar yuzaga keladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlash deganda, shaxs tomonidan nomulkiy xususiyatga ega qonuniy kuchga kirgan sud hujjati talabini bajarishdan bo‘yin tovlash bo‘yicha qilingan har qanday harakat tushunilishi lozim. Biroq, jinoiy javobgarlikka tortish uchun ushbu harakat (harakatsizlik) shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtK 1981-moddasi bo‘yicha ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilgandan so‘ng davom ettirilgan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonun 71-moddasi talabiga rioya etilishi, chunonchi shaxs ham ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lishi, ham shaxs kelgusida sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlagan taqdirda jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida davlat ijrochisi tomonidan yozma tarzda ogohlantirilgan bo‘lishi talab etiladi.
Surishtiruv, tergov organlari va sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JK 232-moddasi dispozitsiyasi mazmuniga ko‘ra, sud hujjatining ijro etilishiga to‘sqinlik qilgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun muqaddam unga nisbatan ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilgan bo‘lishi talab etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Biroq, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunda (bundan buyon — Qonun) sud hujjati talabini ixtiyoriy ravishda bajarish uchun besh kunlik muddat nazarda tutilgan. Shu bois, Qonun analogiyasini qo‘llab, jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi ogohlantirish muddati besh kundan oshmasligi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Shuni e’tiborga olish lozimki, jinoyat qonuni JK 232-moddasida nazarda tutilgan umumiy normadan istisnolarni ham nazarda tutadi, bunda sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlash uchun jinoiy javobgarlik Jinoyat kodeksining maxsus normalari bo‘yicha (masalan, JK 122, 123-moddalari, 148-moddasi birinchi qismi) kelib chiqadi va qilmishni JK 232-moddasi bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
JK 232-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyat subyekti faqat bunday shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksi Maxsus qismining sakkizinchi bo‘limida qo‘yilgan talablarga javob beradigan mansabdor shaxs hisoblanadi.
JK 232-moddasi ikkinchi qismi bilan, jumladan, sud hukmiga ko‘ra muayyan lavozimni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilingan shaxs bilan, bila turib, mehnat shartnomasi(kontrakt) tuzgan yoki bunday shartnoma(kontrakt)ni bekor qilmagan mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ish yurituvidagi sud hujjatining o‘z muddatida ijro etilishini ta’minlash chorasini ko‘rmayotgan davlat ijrochisi JK 232-moddasida nazarda tutilgan jinoyat subyekti hisoblanishi mumkin emas. Bunday hollarda, sud ijrochisining harakati (harakatsizligi) boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat sifatida kvalifikatsiya qilinishi mumkin.
13. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, JK 232-moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi formal hisoblanadi va shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlash yoki uning ijro etilishiga to‘sqinlik qilish fakti aniqlanishining o‘zi kifoya bo‘lib, bunda qandaydir zararli oqibat kelib chiqqan-chiqmaganligi, jumladan moddiy zarar borligi va uning miqdori ahamiyat kasb etmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Quyidagilar shaxsni JK 122-moddasiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortish shartlari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
16. Shuni nazarda tutish lozimki, Oila kodeksining 140-moddasi mazmuniga ko‘ra, agar aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxs muayyan davrda ishlamagan bo‘lsa, aliment bo‘yicha qarz qarz undirilayotgan paytdagi O‘zbekiston Respublikasidagi o‘rtacha oylik ish haqi miqdori bo‘yicha hisoblab chiqiladi.
Oila kodeksining 141-moddasi talablaridan kelib chiqib, sud hujjatida belgilangan miqdordagi aliment qarzlarini to‘lashdan to‘la yoki qisman ozod etishga faqat sud tartibida yo‘l qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”