12.12.2008 yildagi 24-son
Hujjat 13.12.2012 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
3. Sudlar ekspertiza tayinlash va o‘tkazish masalasini hal etishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, FPK, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hay’atining 1997-yil 19-fevraldagi 12-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga qarashli ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasi o‘tkazishni tashkil etish to‘g‘risida”gi Nizomga, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 1994-yil 21-iyuldagi 336-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Takroriy, komissiyaviy va kompleks sud-tibbiy ekspertizasi bo‘yicha ish yuritish qoidalari”ga, 2006-yil 19-sentabrda tasdiqlangan “X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markaziga odam DNKsi sud-biologik ekspertizasini tayinlash, tadqiqot uchun yo‘llanadigan materiallarni tayyorlash va rasmiylashtirish to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomaga, shuningdek boshqa normativ huquqiy hujjatlarga amal qilishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Sudlar FPK 841-moddasi mazmuniga ko‘ra ekspertiza quyidagi davlat muassasalari tizimi, shuningdek boshqa organlar tomonidan o‘tkazilishini nazarda tutishlari lozim:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Sudlarning e’tibori FPKning 841-moddasiga muvofiq ekspertiza tadqiqotlari qonunda belgilangan tartibda ekspert etib tayinlangan shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkinligiga qaratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ish holatlari bo‘yicha shaxsning ma’lum harakatni sodir etish vaqtidagi ruhiy holatini aniqlash lozim bo‘lgan barcha hollarda sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlanishi lozim, masalan, bitimni haqiqiy emas deb topish haqidagi ishlarni ko‘rishda bitim tuzilgan vaqtda shaxs o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmasligi yoki ularni boshqara olmasligi (FK 121-moddasi), shuningdek protsessual qonunda ekspertiza tayinlash nazarda tutilgan hollarda, xususan, ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi sababli fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi (FPK 293-moddasi) va sog‘ligining sezilarli darajada yaxshilanganligi yoki sog‘ayganligi sababli uni muomalaga layoqatli deb topish haqidagi ishlar bo‘yicha (FPK 296-moddasi).
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Obyektlarni ekspert ixtiyoriga yuborish mumkin bo‘lmagan hollarda (uy, katta hajmdagi predmetlar va boshqalar) sudlar FPKning 192-moddasi talabiga muvofiq, obyektlarni joyida ko‘zdan kechirish va tekshirishni tashkil etishlari kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Sudlarning e’tibori ekspertiza tayinlanayotgan hamma holatlarda tegishli ekspertiza tayinlash haqidagi ajrimda sudlar FPKning 113-moddasi talablariga muvofiq ekspertiza o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarini taraflar o‘rtasida taqsimlash masalasi hal etilishi lozimligiga qaratilsin. Agar ekspertiza o‘tkazish haqidagi iltimosnomani har ikkala taraf kiritsa yoki sud o‘z tashabbusi bilan ekspertiza tayinlagan hollarda ekspertiza o‘tkazish haqidagi ajrimda xarajatlar taraflar o‘rtasida teng taqsimlanganligini ko‘rsatilishi shart. Qolgan hollarda, ekspertiza o‘tkazish xarajatlari sud ajrimida ekspertiza o‘tkazish haqida iltimosnoma kiritgan taraf zimmasiga yuklatilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Shu bilan birga FPKning 87-moddasi 2-qismi mazmunidan kelib chiqqan holda ekspert qo‘yilgan savollarni uning maxsus bilimlari asosida hal qilish mumkin bo‘lmasligiga yoki unga taqdim etilgan tekshirish obyektlarining yoxud materiallarning yaroqsizligiga yoki xulosa berish uchun yetarli emasligiga va ularni to‘ldirib bo‘lmasligiga yoxud fan va sud-ekspertlik amaliyotining holati qo‘yilgan savollarga javob topish imkoniyatini bermasligiga ishonch. hosil qilsa, u xulosa berishning iloji yo‘qligi to‘g‘risida asoslantirilgan hujjat tuzadi hamda uni ekspertizani tayinlagan sudga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. FPK 194-moddasining 2-qismiga ko‘ra, ekspertning xulosasi asoslantirilmaganligi yoki bir necha ekspertning bir-biriga zid xulosalari mavjud bo‘lganligi uning to‘g‘riligiga shubha tug‘dirganda qayta ekspertiza tayinlanadi. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, bir necha ekspertlarning xulosalari bir-biriga zidligi deganda ekspertlar komissiyasining xulosalaridagi tafovut (qarama-qarshilik, jiddiy farq) tushuniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Sudlarga tushuntirilsinki, O‘zbekiston Respublikasi FPKning 88-moddasiga ko‘ra, ekspert xulosasi yetarlicha tushunarli bo‘lmaganda sud ekspertni chaqirish yo‘li bilan xulosasini og‘zaki tushuntirib berishni taklif qilish huquqiga ega va bu sud majlisi bayonnomasiga kiritilib, o‘qib beriladi hamda ekspert tomonidan imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
22. O‘zbekiston Respublikasi FPK 67-moddasining 4-bandiga ko‘ra hech qanday dalil sud uchun oldindan belgilab qo‘yilgan kuchga ega emasligini hisobga olgan holda, sudlar ekspert xulosasi boshqa dalillar qatorida ishning hamma holatlarini jamlagan holda har taraflama, to‘liq va xolis ko‘rib chiqishga asoslangan sudyalarning ichki ishonchiga ko‘ra baholanishi lozimligini nazarda tutishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.