O‘zbekiston Respublikasining “Aloqa to‘g‘risida”gi Qonuni aloqa tarmoqlarini tashkil qilishning umumiy huquqiy, iqtisodiy asoslarini, aloqa shoxobchalarini barpo etish va ulardan foydalanishda, aloqa xizmati ko‘rsatishda mulkchilik shaklidan qat’i nazar korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning va fuqarolarning aloqa vositalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularni tasarruf etish va boshqarish sohasidagi huquqlari va vazifalarini, shuningdek berilgan huquqlarni buzganlik va vazifalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik choralarini belgilaydi.
Aloqa O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik va ijtimoiy infrastrukturasining tarkibiy qismi bo‘lib, aholining, xo‘jalik subyektlarining, davlat idoralarining pochta, telefon, telegraf, radio va axborotning o‘zga turlarini uzatish va qabul qilish hamda aloqa tarmog‘i orqali jo‘natilayotgan ashyolarni yetkazib berishga bo‘lgan ehtiyojlari qondirilishini ta’minlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Aloqa sohasidagi munosabatlarning obyektlari pochta jo‘natmalarini qabul qilib olish, tashish va ko‘rsatilgan joyga yetkazib berish vositalarining yig‘indisi bo‘lgan pochta aloqasi tarmoqlaridan hamda bir yoki bir nechta uzatish turlarini: telefon, telegraf, faksimil uzatishlarni, hujjatli xabarlarning boshqa turlari ma’lumotlarini uzatishni, televideniye va radioeshittirish dasturlarini translatsiya qilishni ta’minlovchi telekommunikatsiyalar vositalari yig‘indisi bo‘lgan telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan iborat.
(2-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari, ajnabiy yuridik shaxslar va fuqarolar aloqa sohasidagi munosabatlarning subyektlaridir.
Keyingi tahrirga qarang.
Aloqa sohasidagi munosabatlar ushbu Qonun, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan kelib chiqadigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish kiradi.
(4-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Aloqa sohasidagi davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan, shuningdek u vakolat bergan idora (O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi) tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi o‘ziga bo‘ysunadigan aloqa vositalariga rahbarlik qiladi, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan aloqa vositalari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi, aloqa vositalari ustidan davlat texnikaviy nazoratini amalga oshiradi, mulkchilik shaklidan, kimning tasarrufida ekanligidan qat’i nazar aloqa korxonalari, tashkilotlari va muassasalari ko‘rsatayotgan xizmat sifatini tekshirib boradi.
Pochta to‘lovi belgilarini nashr etish mutlaq huquqi O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligiga tegishlidir.
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududida mulkchilikning xususiy va ommaviy shakllariga asoslangan, shuningdek xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolar egaligida bo‘lgan aholiga aloqa xizmati ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyat ko‘rsatishi mumkin.
(6-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat aloqa vositalarini rivojlantirish va qayta qurish davlat idoralarining mablag‘lari, o‘z mablag‘lari, banklarning kreditlari, jalb qilingan mablag‘lar va O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida man etilmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Boshqa aloqa vositalarini rivojlantirish, qayta qurish ularning egalari tomonidan o‘z mablag‘lari va O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida man etilmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalari, ko‘priklar, tonnellar orqali, ko‘chalardan, inshootlardan, kollektorlardan, man etilgan hududlardan, o‘rmonlardan telekommunikatsiyalar liniyalari o‘tkazishda bunday liniyalarni o‘tkazish shartlari yer egalari va yerdan foydalanuvchilar hamda yuqorida qayd etilgan obyektlarning egalari bilan kelishiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Inshootlar, yo‘llar, ko‘priklar va boshqa obyektlar barpo etilayotganda yoki qayta qurilayotganda aloqa tarmoqlarini qayta joylashtirish va ko‘chirish ishlari qurilish buyurtmachilari tomonidan o‘z mablag‘i hisobidan va pochta va telekommunikatsiyalar tarmoqlarining egalari taqdim etgan texnik shartlarga muvofiq bajariladi.
Daha ichkarisidagi telekommunikatsiyalar tarmoqlari va inshootlari qurilish buyurtmachilari tomonidan loyihalanadi va barpo etiladi.
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq yozishma, telefon so‘zlashuvlari, telegraf xabarlarining sir saqlanishi qonun bilan muhofaza etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 167-moddasi.
LexUZ sharhi
Yozishmalarni ochib o‘qishga va ushbu moddaning birinchi qismida qayd etilgan qoidalar boshqacha tarzda buzilishiga yo‘l qo‘ygan aloqa xodimlari ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan hollar bundan mustasno.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 46-moddasiga, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 143-moddasiga va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 167, 169—171-moddalariga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Pochta va telekommunikatsiyalar ko‘rsatadigan universal xizmatlarning tariflari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pochta va telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Pochta va telekommunikatsiyalar ko‘rsatadigan xizmatlarning qolgan turlari tariflari qonun hujjatlariga muvofiq shartnoma asosida belgilanadi.
(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan organ radiochastotalarni korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar o‘rtasida belgilangan tartibda taqsimlaydi, radiochastotalar spektri to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiladi.
(12-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududida tezkor boshqaruv va dispetcherlik aloqa tizimida xizmatga oid muomala, shuningdek pochta va telegraf yozishmalarini yo‘llash “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonunning qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Xalqaro axborot va jo‘natmalar pochta va elektr aloqa orqali ikki tomonlama bitimlarda, shuningdek xalqaro kelishuv va bitimlarning qoidalarida belgilangan tillarda jo‘natiladi.
Ma’lumotlarni uzatishning texnologik jarayonlarida O‘zbekiston Respublikasi hududida hisobga olish va hisobotga oid yagona vaqt — mahalliy vaqt belgilanadi.
Ma’lumotlarni uzatishning xalqaro texnologik jarayonlarida axborotlar uzatish va pochta jo‘natmalarini yuborishda hisobga olish va hisobotga oid vaqt xalqaro kelishuv va bitimlarga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Aloqa korxonalari ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, xalqaro konvensiyalar va shartnomalarga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
(14-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu Qonunning talablarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ma’muriy yoki jinoiy javobgar bo‘ladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi aloqa jabhasida faoliyat ko‘rsatayotgan davlatlararo va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro shartnomalar va bitimlarga muvofiq huquqiy, texnologik hamda moliyaviy munosabatlar o‘rnatadi.