Milliy mustaqillik g‘oyalari va xalqimiz an’analarini keng targ‘ib qilish, respublika viloyatlari, shaharlari va tumanlarida Mustaqillik kuni va Navro‘z umumxalq bayramlariga bag‘ishlangan madaniy-ommaviy tadbirlarning yuqori tashkiliy darajada tayyorlanishi va chuqur g‘oyaviy mazmun bilan o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Mustaqillik kuni va Navro‘z umumxalq bayramlarini tashkil etish bo‘yicha doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi Respublika komissiyasi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirliklar va idoralar, jamoat tashkilotlari hamda jamg‘armalar bilan birgalikda tuman, shahar va viloyatlar markazlarida Mustaqillik kuni va Navro‘z umumxalq bayramlarining keng nishonlanishini tashkil etish;
Mustaqillik kuni va Navro‘z bayramlarini nishonlashda O‘zbekiston taraqqiyotida, jamiyatni demokratik yangilashda, ma’naviy-axloqiy yuksalishda, xalqimiz mentalitetida, milliy o‘zligini anglashda, mamlakatimizning iqtisodiy qudratini kuchaytirishda, respublikaning xalqaro maydondagi nufuzini oshirishda yuz bergan tarixiy o‘zgarishlarni keng va to‘liq ochib berish;
har yili o‘tkaziladigan tadbirlar mazmuni va mavzuida mustaqillik yillarida hayotning barcha sohalarida, yangilanish va islohotlarning tanlangan yo‘lini amalga oshirishda, milliy davlatchiligimizni rivojlantirishda, xalqimizning turmush darajasini oshirish va sharoitlarini yaxshilashda O‘zbekiston erishgan aniq yutuqlarni, respublika shaharlari, tumanlari va aholi yashash joylarini obod qilishdagi ijobiy o‘zgarishlarni aks ettirish;
Nukus shahrida, viloyat markazlarida va Toshkent shahrida o‘tadigan bayram dasturlariga folklor guruhlari, badiiy havaskorlik jamoalari, oilaviy ansambllar, baxshi shoirlar, shuningdek professional ijrochilar va iste’dodli estrada artistlarini tanlov asosida jalb etish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — mahalliy budjet mablag‘lari, ishlab chiqarish korxonalari, xo‘jaliklar va jamg‘armalarning homiylik yordami hisobidan;
Toshkent shahrida — respublika budjeti va Toshkent shahri budjeti mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining “Mustaqillik kuni va Navro‘z umumxalq bayramini tashkil etish haqida” 1995-yil 23-fevraldagi 68-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-sentabrdagi 374-son qaroriga 15-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Mirziyoyev Sh.M. | — | O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, komissiya raisi |
Azizxo‘jayev A.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, komissiya raisining o‘rinbosari |
Sultonov X.M. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv bo‘yicha), komissiya raisining o‘rinbosari | |
Qurbanov Sh.E | Ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri | |
Komissiya a’zolari: | ||
Fayzullayev R.F. | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari |
Shoabdurahmonov R.M. | — | Toshkent shahar hokimi |
Abdurahmonov M. | — | Moliya vazirining o‘rinbosari |
A’zamov Q.A | — | Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari |
Almatov 3. | — | Ichki ishlar vaziri |
Bahromov A. | — | “O‘zbekyengilsanoat” kompaniyasi raisi |
Boqiboyev E.J. | — | “Nuroniy” jamg‘armasi raisi |
Vohidov E.V. | — | Oliy Majlisning Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri (kelishuv bo‘yicha) |
Gadoyboyev A. | — | “Mahalla” xayriya jamg‘armasi raisi |
Jahongirova D. | — | Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining raisi |
Jo‘rayev T.I. | — | Xalq ta’limi vaziri |
Inoyatov R.R. | — | Milliy xavfsizlik xizmati raisi |
Yo‘ldoshev B.S. | — | Fanlar akademiyasi prezidenti |
Ko‘chimov A. | — | “O‘zteleradio” kompaniyasi raisi |
Kaipbergenov T. | — | O‘zbekiston xalq shoiri |
Zokirov F.K. | — | Madaniyat ishlari vaziri vazifasini bajaruvchi |
lavozimiga ko‘ra | — | O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari |
Matlyubov B.L. | — | Davlat bojxona qo‘mitasi raisi |
Minovarov Sh. | — | Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi |
Mirjalilov M. | — | “O‘zulgurjisavdo” kompaniyasi raisi |
Murod Muhammad Do‘st | — | “O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori |
Nazirov F.G‘. | — | Sog‘liqni saqlash vaziri |
Oripov A. | — | O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi |
Safoyev S.S. | — | Tashqi ishlar vaziri |
Sayfullayev B. | — | M.Uyg‘ur nomidagi Toshkent davlat san’at instituti rektori |
Tyan V.N. | — | “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bosh direktori |
Usmonov A. | — | “Xalq so‘zi” “Narodnoye slovo” gazetalarining bosh muharriri |
Muhammadjonov Sh.Sh. | — | “Toshshaharyo‘lovchitrans” kompaniyasi raisi |
Shog‘ulomov R.Sh. | — | O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori |
Yusupov K. | — | Davlat sport qo‘mitasi raisi |
Qo‘ziyev T. | — | Badiiy akademiya raisi |
G‘ulomov Q.G‘. | — | Mudofaa vaziri |
Qosimov R.S. | — | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri |
Hazratqulov M. | — | Milliy axborot agentligi bosh direktori |
Xusanboyev B M | — | “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi raisi |
Hamidov R. | — | Toshkent shahar Madaniyat bosh boshqarmasi boshlig‘i |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari va viloyatlar hokimlarining o‘rinbosarlari |
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 99-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 22-son, 195-modda)
Keyingi tahrirga qarang.