O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksining 77-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Havo kemalarining xalqaro parvozlari uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aeroportlari (aerodromlari)ni ochish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A.Xo‘jayev zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksiga muvofiq havo kemalarining xalqaro parvozlari uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aeroportlari (aerodromlari)ni ochish tartibini belgilaydi.
aeroport — havo kemalarini qabul qilish va jo‘natish, havo kemalaridagi tashuvlarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan hamda ushbu maqsadlar uchun aerodrom, aerovokzal, boshqa inshootlar, shuningdek zarur asbob-uskunalarga ega bo‘lgan inshootlar kompleksi;
aerodrom — yer yoki suv yuzasidagi maxsus jihozlangan uchastka, ushbu yuzada joylashgan havo kemalarining kelishi, ularni jo‘natish va harakatlanishi uchun to‘liq yoki qisman mo‘ljallangan binolar, inshootlar va asbob-uskunalar;
aeroport (aerodrom)dan foydalanuvchi — ijara shartnomasi yoki O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar bo‘yicha mulkchilik huquqida mazkur aeroport O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq o‘ziga tegishli bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining, shuningdek boshqa davlatning aerodromning muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lgan yuridik shaxsi yoki fuqarosi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Xalqaro parvozlar uchun fuqaro aviatsiyasi aeroportlari (aerodromlari)ni ochish O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda “Davavianazorat” inspeksiyasi deb ataladi) taklifi asosida qabul qilinadigan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xalqaro parvozlar uchun aeroport (aerodrom) ochish to‘g‘risidagi qarori aeroportga (aerodromga) “xalqaro” maqomi berilishini anglatadi.
5. Aeroport (aerodrom)dan foydalanuvchi havo kemalarining xalqaro parvozlari uchun aeroport (aerodrom) ochish yuzasidan “Davavianazorat” inspeksiyasiga buyurtmanoma beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning 1 kichik bandi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
chegara, bojxona, immigratsiya, sanitariya, karantin va veterinariya nazoratini amalga oshirish uchun tegishli xizmatlarni, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazish zallarini (joylarini), aviachiptalar sotish kassalarini, ma’lumotlar byurosini, yuk saqlash kameralarini, ona va bola xonalarini, do‘konlar (kioskalar)ni, valyutalar almashtirish punktlarini, dorixonani, tibbiyot punktlarini, pochta va telegraf aloqasi, xalqaro va shaharlararo aloqa xizmatlarini joylashtirish rejasi;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning 2 kichik bandi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
chegara, bojxona, immigratsiya, sanitariya, karantin va veterinariya nazoratini amalga oshirish uchun tegishli xizmatlarni joylashtirish rejasi.
6. Buyurtmanoma u “Davavianazorat” inspeksiyasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab bir oy mobaynida ko‘rib chiqiladi. “Davavianazorat” inspeksiyasi mazkur oy mobaynida arizachiga buyurtmanoma qabul qilinganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risida yozma shaklda xabar beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Xalqaro parvozlar uchun ochish yuzasidan arizada ko‘rsatilgan fuqaro aviatsiyasi aeroporti quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi tegishli bo‘linmalarining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoitlarning mavjudligi;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
Keyingi tahrirga qarang.
xalqaro havo tashuvlariga xizmat ko‘rsatish uchun tayyorgarlikka ega bo‘lgan aeroport xodimlarining mavjudligi;
xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish zallari (joylari), aviachiptalar sotish kassalari, ma’lumotlar byurosi, yuk saqlash kameralari, ona va bola xonalari, do‘konlar (kioskalar), valyuta almashtirish punktlari, dorixonalar, tibbiyot punktlari, pochta va telegraf aloqasi, xalqaro va shaharlararo aloqa xizmatlarining mavjudligi.
8. Xalqaro parvozlar uchun ochish yuzasidan arizada ko‘rsatilgan fuqaro aviatsiyasi aerodromi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi tegishli bo‘linmalarining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoitlarning mavjudligi;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
Keyingi tahrirga qarang.
xalqaro yuk tashuvlariga xizmat ko‘rsatish uchun tayyorgarlikka ega bo‘lgan aerodrom xodimlarining mavjudligi;
9. Taqdim etilgan hujjatlar asosida “Davavianazorat” inspeksiyasi aeroport (aerodrom)ni tekshirib ko‘radi va tegishli dalolatnoma tuzadi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘tkazilgan tekshirishlar natijalariga ko‘ra aeroport ushbu Nizomning 7-bandi talablariga va aerodrom 8-bandi talablariga muvofiq bo‘lgan taqdirda “Davavianazorat” inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xalqaro parvozlar uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aeroporti (aerodromi)ni ochish to‘g‘risidagi qarori loyihasini tayyorlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Aeroport (aerodrom) xalqaro parvozlarni bajarish uchun havo kemalarini qabul qilish va chiqarishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingandan keyin amalga oshiradi.
11. Aeroport ushbu Nizomning 7-bandi talablariga, aerodrom esa 8-bandi talablariga muvofiq bo‘lmagan taqdirda “Davavianazorat” inspeksiyasi arizachiga, aniqlangan barcha nomuvofiqliklarni ko‘rsatgan holda, asoslangan rad etish xabarini yuboradi. Nomuvofiqliklar bartaraf etilgandan keyin aeroport (aerodrom)dan foydalanuvchi buyurtmanomani takroran berishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
12. “Xalqaro” maqomini olgan aeroport (aerodrom)dan foydalanuvchi aeroport (aerodrom)ning ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi yuzasidan javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Aeroport (aerodrom)dan foydalanuvchi tomonidan ushbu Nizom talablarining bajarilishi yuzasidan nazoratni “Davavianazorat” inspeksiyasi amalga oshiradi, u quyidagi vakolatlarga ega:
Keyingi tahrirga qarang.
belgilangan talablarga nomuvofiqliklar aniqlangan taqdirda aeroport (aerodrom)dan foydalanuvchiga ularni bartaraf etish muddatlarini ko‘rsatgan holda topshiriqnoma yuborish;
qonun hujjatlari talablarining buzilishlari aniqlangan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xalqaro parvozlar uchun aeroport (aerodrom)ni yopish to‘g‘risida takliflar kiritish.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Xalqaro parvozlarni bajarish uchun aeroport (aerodrom)ni yopish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida amalga oshiriladi.