19.09.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2009
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining qarori, 19.09.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2009
Кучга кириш санаси
29.09.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.02.2018
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-yanvardagi PQ-1051-son “Uy-joy fondini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha pudrat ishlarini kengaytirishni rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 5-son, 38-modda.) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi qaror qiladilar:
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy fondini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha pudrat ishlarini kengaytirishni rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 29-yanvardagi PQ-1051-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-yil, 5-son, 38-modda) muvofiq yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlari tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qo‘llash tartibini belgilaydi.
3. Mazkur Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan imtiyozlar ixtisoslashtirilgan qurilish-ta’mirlash korxonalari tomonidan faqat o‘z kuchlari bilan bajarilgan ishlarga qo‘llaniladi.
5. Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlarni budjetga to‘lash bo‘yicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1463-son, 2005-yil 2-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 14-son, 105-modda) muvofiq bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli ishlatish nazarda tutilmagan soliqlar va bojxona imtiyozlari berilganda budjetga to‘lanadigan soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlar hisoblab chiqarilmaydi va mahsulotlar (tovarlar, ishlar, xizmatlar) hamda boshqa mol-mulkning sotish (xarid) qiymatiga kiritilmaydi.
6. Yangidan tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlariga soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar va preferensiyalar ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etiladigan arizaga asosan taqdim etiladi. Ariza davlat soliq xizmati organlariga yoki davlat bojxona xizmati organlariga ikki nusxada taqdim etiladi, shulardan bittasi vakolatli organning tegishli belgisi bilan soliq to‘lovchiga qaytariladi. Bunda, yangidan tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlari hisoblangan mikrofirma va kichik korxonalar tomonidan soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar va preferensiyalarni qo‘llash uchun ariza taqdim etilmaydi.
8. Imtiyozlardan foydalangan ixtisoslashtirilgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlari haqiqatda ixtisoslashganligini tasdiqlash uchun yil yakuni bo‘yicha soliq hisobotlarini taqdim etish bilan bir vaqtda davlat soliq xizmati organlariga ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq Ma’lumotnoma — hisob-kitobni taqdim etadilar. Ma’lumotnoma — hisob-kitob davlat soliq xizmati organlariga ikki nusxada taqdim etiladi, shulardan bittasi davlat soliq xizmatining tegishli belgisi bilan soliq to‘lovchiga qaytariladi.