Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Oldingi tahrirga qarang.
1. Sudlarning e’tibori kredit shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlar ijrosini ta’minlash usuli hisoblangan kafillik, garov shartnomadagi va kafolatdagi taraflar hamda uchinchi shaxslar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (keyingi o‘rinlarda — FK), “Garov to‘g‘risida”gi, “Garov reyestri to‘g‘risida”gi, “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinishiga qaratilsin.
2. Sudlar nazarda tutishlari lozimki, FKning 9-bobida ko‘zda tutilgan bitimlar to‘g‘risidagi umumiy normalar, shuningdek garov, kafillik shartnomalari va kafolatni tartibga soluvchi FKning 22-bobidagi qoidalar mazkur shartnomalarning maxsus qonunlarga zid bo‘lmagan qismigagina qo‘llaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7. FKning 114-moddasi ikkinchi qismiga ko‘ra qarz (kredit) shartnomasining haqiqiy emasligi oqibatlarini ko‘llashda sudlar qarz mablag‘laridan foydalangan taraf kreditordan olgan mablag‘larini qaytarishi, shuningdek ulardan foydalangan hamma davri uchun FKning 327-moddasiga muvofiq foizlar to‘lashi lozim ekanligini hisobga olishlari kerak.
10. FKning 736-moddasi birinchi qismiga muvofiq, agar qonun hujjatlarida yoki qarz shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, qarz oluvchi qarz summasini vaqtida qaytarmagan hollarda FKning 734-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan foizlar to‘langan bo‘lishidan qat’i nazar, qarz qaytarib berilishi kerak bo‘lgan kundan boshlab to u qarz beruvchiga qaytarib berilgan kungacha bu summa yuzasidan FKning 327-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan miqdorda foizlar to‘lanishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
FKning 736-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan foizlar fuqarolik-huquqiy javobgarlik chorasi hisoblanadi. Ko‘rsatilgan, qarz summasini qaytarishni kechiktirish munosabati bilan undiriladigan foizlar, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, pul mablag‘laridan foydalanganlik uchun qaytarish kuniga hisoblangan foizlarsiz ushbu summaga hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar da’vogar tomonidan FKning 327-moddasiga asosan foizlarni undirish va aynan shu qonunbuzilishi uchun neustoyka undirish haqida talablar bildirilgan bo‘lsa, sud o‘z xohishiga ko‘ra fuqarolik-huquqiy javobgarlik choralaridan birini qo‘llashi va talabni yoki foizlar undirish qismi bo‘yicha, yoxud neustoyka undirish qismi bo‘yicha qanoatlantirishi mumkin.
11. FKning 327-moddasida nazarda tutilgan foizlar kredit mablag‘larining tegishli summasiga va shu mablag‘lardan foydalanganlik uchun foizlarga to‘lanadi.
18. FKning 272-moddasi to‘rtinchi qismiga muvofiq, bino yoki inshoot ipotekasiga ayni bir vaqtning o‘zida o‘sha shartnoma bo‘yicha shu bino yoki inshoot joylashgan yer uchastkasini yoxud uchastkaning garovga qo‘yilayotgan obyekt ishlashini ta’minlaydigan qismini yoki garovga qo‘yuvchiga qarashli bo‘lgan ushbu uchastkani yoxud uning tegishli qismini ijaraga olish huquqini bir vaqtda ipotekaga qo‘ygan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sudlarning e’tibori qaratilsinki, “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 37-moddasining birinchi qismiga muvofiq, ipotekaga oluvchi undiruvni ipoteka narsasiga qaratish uchun asoslar vujudga kelganidan keyin o‘z talablarini sud tartibida, shuningdek suddan tashqari tartibda, agar bu ipoteka to‘g‘risidagi shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, yoxud ipotekaga qo‘yuvchining ipotekaga oluvchi bilan tuzilgan va notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvi asosida qanoatlantirishga haqli, ko‘rsatilgan moddaning uchinchi qismida sanab o‘tilgan, talablarni qanoatlantirishga faqat sud tartibida yo‘l qo‘yiladigan hollar bundan mustasno.
25. FKning 48-moddasi birinchi qismiga muvofiq yuridik shaxs o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradi.
FKning 281-moddasi sakkizinchi qismiga ko‘ra, agar garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotishdan tushgan summa garovga oluvchining talabini qoplashga yetarli bo‘lmasa, u qonunda yoki shartnomada boshqacha ko‘rsatma bo‘lmaganida, yetishmayotgan summani garovga asoslangan imtiyozdan foydalanmagan holda qarzdorning boshqa mol-mulkidan olish huquqiga ega.
26. Sudlar undiruvni garov narsasiga qaratish to‘g‘risidagi nizolarni ko‘rishda shundan kelib chiqishlari kerakki, garovga qo‘yilgan mol-mulkka mulk huquqi yoki uni xo‘jalik asosida yuritish huquqi bu mol-mulkni haq olib yoki haq olmasdan boshqa shaxsga berish natijasida yoxud universal huquqiy vorislik tartibida garovga qo‘yuvchidan boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda garov huquqi o‘z kuchida qoladi (FKning 284-moddasi birinchi qismi). Bunda, agar garovga oluvchi bilan kelishuvda o‘zgacha tartib belgilangan bo‘lmasa, garovga qo‘yuvchining huquqiy vorisi garovga qo‘yuvchining majburiyatlarini oladi. Garovga qo‘yuvchining mulklari bir necha shaxsga o‘tganda huquqiy vorislarning har biri garovga qo‘yilgan mol-mulkning unga o‘tgan miqdoriga mutanosib ravishda garov majburiyati bo‘yicha javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
FKning 274-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganida garovga qo‘yuvchining garovni bekor qilish haqidagi talabi;
Oldingi tahrirga qarang.
garovga oluvchi Fuqarolik kodeksi 282-moddasi ikkinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan huquqdan foydalanmagan bo‘lsa, bundan garovga qo‘yilgan mol-mulk realizatsiya qilinmaganligi va talablari garov bilan ta’minlanmagan kreditorlarning o‘z talablarini qanoatlantirish uchun mazkur mol-mulkni qabul qilishni rad etganligi hollari mustasno.
31. Sudlar inobatga olishlari lozimki, kafil kreditorning talablariga qarshi o‘z e’tirozlarini bildirishga haqli. Kafilning e’tiroz bildirish imkoniyatlari faqat qarzdorning asosiy majburiyatlari bo‘yicha bildirishi mumkin bo‘lgan e’tirozlari doirasida cheklanadi (FKning 294-moddasi). Kafilning ko‘rsatilgan kreditor talablariga qarshi e’tirozlarga bo‘lgan huquqi qarzdorning asosiy majburiyat bo‘yicha qarzni tan olganligi yoki kreditor talablariga qarshi qandaydir e’tirozlardan voz kechganligi hollari bilan yo‘qolmaydi (FKning 294-moddasi birinchi qismi).
32. Sudlarning e’tibori qaratilsinki, FKning 295-moddasi birinchi qismiga muvofiq, agar qonunda yoki kafil bilan qarzdor o‘rtasida tuzilgan shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, majburiyatni bajargan kafilga kreditorning ushbu majburiyat bo‘yicha huquqlari hamda garovga oluvchi sifatida kreditorga tegishli bo‘lgan huquqlar kafil kreditorning talabini qancha hajmda qanoatlantirgan bo‘lsa, shuncha hajmda o‘tadi. Kafil kreditorga to‘langan summaga foizlar to‘lashni va qarzdor uchun javobgarlik munosabati bilan ko‘rgan boshqa zararlarini to‘lashni qarzdordan talab qilishga haqli.
36. FKning 298-moddasi uchinchi qismiga asosan kafillikning amal qilish muddati tugashi kafillikni bekor qilishga asos hisoblanganligi uchun kreditorning kafilga kafillik shartnomasining amal qilish muddatidan keyin qo‘ygan talabi majburiyat tugaganligi asosida rad qilinishi lozim.
40. FKning 302-moddasida nazarda tutilgan kafolatning chaqirib olinmasligi shuni ifodalaydiki, u barcha manfaatdor taraflarning, xususan benefitsiarning roziligisiz o‘zgartirilishi, to‘ldirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas, agar unda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa.
43. Sudlarning e’tibori qaratilsinki, FKning 309-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan kafolat bo‘yicha majburiyatning bekor bo‘lish asoslari ro‘yxati tugal hisoblanmaydi. Kafolat FKning 25-bobida nazarda tutilgan majburiyatlar bekor bo‘lishining umumiy asoslari bo‘yicha ham bekor bo‘lishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”