22.12.2006 yildagi 12/149-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.11.2015
 LexUZ sharhi
Tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, ular faoliyatining asossiz cheklanishiga yo‘l qo‘ymaslikka yo‘naltirilgan qonun hujjatlarining sudlar tomonidan to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasi talablariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 17 va 47-moddalariga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xo‘jalik sudi Plenumi qaror qiladi:
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 110 va 114-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 21 va 48-moddalariga muvofiq, sud hokimiyati hujjatlari, shuningdek, Oliy sud Plenumi va Oliy xo‘jalik sudi Plenumining qonun hujjatlarini qo‘llash masalalari bo‘yicha tushuntirishlari sudlar, ushbu tushuntirishlar berilgan qonun hujjatlarini qo‘llayotgan boshqa organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar uchun majburiydir.
3. O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi Qonuni va xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari nazorat qiluvchi organlarning vakolatlarini, tekshirishlarning asoslari, davriyligi va o‘tkazilish muddatlarini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 14-iyundagi “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-3619 sonli Farmoni (keyingi o‘rinlarda — PF-3619 sonli Farmon) nazorat qiluvchi organlarning tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashuvini qisqartirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini asossiz cheklashlarga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan.
4. O‘zbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasiga muvofiq, tadbirkorlik faoliyati deganda, tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat tushuniladi.
Ushbu Qonunning 4-moddasiga muvofiq, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar tadbirkorlik faoliyati subyektlari (tadbirkorlik subyektlari) bo‘ladilar.
Sudlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 14-iyundagi PF-3619 sonli va 2005-yil 24-iyundagi “Tadbirkorlik subyektlarining xo‘jalik sohasidagi huquqbuzarliklari uchun moliyaviy javobgarligini erkinlashtirish to‘g‘risida”gi PF-3622 sonli (keyingi o‘rinlarda — PF-3622 sonli Farmon) Farmonlarida nazarda tutilgan maqsadlardan kelib chiqqan holda, qonun hujjatlariga asosan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi taqiqlangan davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, davlat korxonalari (tashkilotlari, muassasalari), notijorat tashkilotlar, shaxslarga va asosiy faoliyati tadbirkorlik bo‘lmagan boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan huquqiy ta’sir choralari qonun hujjatlarida to‘g‘ridan to‘g‘ri nazarda tutilgan hollardagina sud tomonidan qo‘llanishiga e’tiborlarini qaratishlari lozim.
6. Sudlarning e’tibori PF-3622 sonli Farmonning 1-bandida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda, tadbirkorlik subyektining mansabdor shaxsiga nisbatan ma’muriy javobgarlik chorasi nazorat qiluvchi organ tomonidan materiallar sudga taqdim etilmasdan qo‘llanilishiga qaratilsin. Tadbirkorlik subyekti tomonidan sodir etilgan kam ahamiyatli huquqbuzarlik deganda, ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari formal jihatdan mavjud bo‘lgan, ammo Davlat budjeti va davlatning maqsadli jamg‘armalariga jiddiy moddiy zarar yetkazmagan qilmish tushunilmog‘i lozim.
Sudlar inobatga olishlari lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi qayd etilgan bo‘limining qoidalari mazkur Kodeksining 1-moddasi 2-qismiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga kiritilmagan, ammo qonun hujjatlarida ularni sodir etganlik uchun javobgarlik belgilangan ma’muriy huquqbuzarliklarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
PF-3619 sonli Farmonda nazarda tutilgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan faoliyatni tugatish ko‘rinishidagi huquqiy ta’sir chorasi deganda, tadbirkorlik subyekti faoliyatining to‘liq tugatilishi tushunilishi lozim.
Xo‘jalik nizolarini ko‘rishda xo‘jalik sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining (keyingi o‘rinlarda — XPK) 77-moddasiga muvofiq, qo‘llaniladigan, uning bekor qilinishi XPKda o‘rnatilgan tartib bo‘yicha amalga oshiriladigan, tadbirkorlik subyektiga ma’lum bir harakatlarni sodir etishni taqiqlash da’voni ta’minlash chorasi hisoblanadi.
PF-3619 sonli Farmon mazmun jihatidan moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash masalasini sudgacha hal qilish tartibini belgilaydi. Shu munosabat bilan nazorat qiluvchi organ sudga murojaat qilgunga qadar moliyaviy sanksiya qo‘llanilayotgan shaxsga uni ixtiyoriy ravishda to‘lash to‘g‘risidagi talabni hamda qo‘llaniladigan jarima summasi ko‘rsatilgan hisobni topshiradi yoki topshirilishi ma’lum qilinadigan buyurtma xat bilan yuboradi.
16.2. PF-3622 sonli Farmonning 2-bandiga asosan tadbirkorlik subyekti soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lamaganlik uchun sodir etilgan huquqbuzarlik tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini bir oy mobaynida ixtiyoriy ravishda qoplash hamda uning oqibatlarini bartaraf etish, jumladan, penya to‘lash huquqiga ega. Bunday holda tadbirkorlik subyekti unga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qo‘llanishidan ozod etiladi.
17. Sudlarga PF-3619 sonli Farmonga muvofiq, tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) belgilangan tartibda faqat davlat soliq xizmati organlari, ular tomonidan tekshirish davomida soliq va valyutaga oid jinoyat alomatlari aniqlangan taqdirda esa — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti tomonidan amalga oshirilishi tushuntirilsin. Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyekti faoliyatini tekshirish uning qoidalari va tartibini buzgan holda o‘tkazilishi moliyaviy sanksiya qo‘llash to‘g‘risidagi ariza (taqdimnoma)ni rad qilish uchun asos bo‘ladi.
17.2. O‘zbekiston Respublikasi “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 9-moddasi va “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 41-moddasiga muvofiq, nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini tekshirishni amalga oshirish uchun quyidagi hujjatlar mavjud bo‘lishi lozim:
Sudlar nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari harakatlariga ularning o‘z vakolatlarini amalga oshirish paytida qonun hujjatlari talablariga rioya etganliklari va O‘zbekiston Respublikasi “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 6, 9, 12 va 17-moddalarida nazarda tutilgan, tekshirish uchun asos bo‘lgan hujjatlarni taqdim etganliklari, tekshirishlarni qayd etish daftariga yozuvlar kiritganliklari, davlat sirlari, tijorat va boshqa sirlarni saqlashni ta’minlaganliklari, tekshirish hujjatini rasmiylashtirganliklari va uni tadbirkorlik subyektiga topshirganliklari, xo‘jalik yurituvchi subyektlari faoliyatiga aralashilmaslik nuqtai nazaridan huquqiy baho berishlari lozim.
PF-3619 sonli Farmonda nazarda tutilgan litsenziyalar (ruxsatnomalar)ning amal qilishini 10 kundan ortiq muddatga to‘xtatish ko‘rinishidagi huquqiy ta’sir chorasi litsenziat tomonidan litsenzion kelishuvda nazarda tutilgan talablar va shartlarni bajarmaslik, litsenziat tomonidan litsenziyalovchi organning aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi qarorini bajarmaslik hollarida qo‘llaniladigan tashkiliy xarakterdagi ma’muriy javobgarlik chorasi hisoblanadi.
23. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 1 va 3-moddalariga muvofiq davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari yoki mansabdor shaxslarning tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzuvchi har qanday harakatlari (harakatsizliklari) ustidan tadbirkorlik subyektlari tomonidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.