LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-maydagi 381-sonli “Qurilish sohasida ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash va akkreditatsiya qilish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Loyiha-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 29-apreldagi PQ-847-son qaroriga muvofiq hamda arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini litsenziyalash tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish bo‘yicha ilgari berilgan litsenziyalar Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi tasdiqlangan yangi Nizom talablariga muvofiq 2009-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish to‘g‘risidagi hujjatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha ekspert komissiya tarkibini mustahkamlasin;
2009-yil 1-iyungacha bo‘lgan muddatda litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlari bajarilishi to‘g‘risidagi axborot bilan to‘ldirib boriladigan markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasini tashkil etsin;
ommaviy axborot vositalari, shu jumladan Internet tarmog‘i orqali litsenziya talablari va shartlari, shuningdek litsenziyasining amal qilishi to‘xtatib turilgan, to‘xtatilgan yoki litsenziyasi bekor qilingan litsenziatlar to‘g‘risida muntazam ravishda axborot berib borsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Barcha turdagi arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyati obyektlarni qurish uchun muhandislik-texnik izlanishlarni, dastlabki va yakuniy texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni hamda texnik-iqtisodiy asoslashlarni yaratishni, bino va inshootlarni loyihalashni, qurilishning loyiha-smeta hujjatlarini yaratishni, xo‘jalik, sanoat va boshqa maqsadlardagi binolar va inshootlarni hamda ularning komplekslarini, muhandislik va transport infratuzilmasi binolari va inshootlarini kengaytirish, rekonstruksiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash va mukammal ta’mirlash, shuningdek ularning mustahkamligi, barqarorligi va ishonchliligi yo‘qolgan taqdirda odamlar xavfsizligiga xavf yoki katta moddiy yo‘qotishlar vujudga keladigan uning muhim funksiyalarini bajarish elementlarini o‘z ichiga oladi.
2. Litsenziyalar berish, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda, ularning amal qilishini to‘xtatib qo‘yish, to‘xtatish hamda litsenziyalarni bekor qilish to‘g‘risidagi qarorlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziyalar berish to‘g‘risidagi hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun “Davarxitektqurilish” qo‘mitasida Ekspert komissiya (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tuziladi. Ekspert komissiya faoliyati “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan nizomga muvofiq tashkil etiladi. Komissiya o‘ziga yuklangan funksiyalarni bajarish uchun “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi vakillaridan ishchi guruh tuzadi.
3. Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyati faqat ushbu Nizomda nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Namunaviy litsenziyalar litsenziya talabgorining arizasiga binoan umuman loyihalash faoliyati turiga yoki ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarga muvofiq arxitektura-shaharsozlik hujjatlari klassifikatorlariga hamda obyektlarni loyihalash va qurish murakkabligi toifalariga muvofiq loyihalashning bir yoki bir necha turlariga (bo‘limlariga) beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga litsenziya, loyihalashning murakkablik darajasidan qat’i nazar, 5 yil muddatga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza bilan birinchi marta murojaat qilgan tashkilotlarga litsenziya murakkablikning I-II toifalaridan yuqori bo‘lmagan loyiha hujjatlarini yaratish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga beriladi.
Litsenziya talabgorining shtatida 5 yildan kam bo‘lmagan muddatda murakkablikning yanada yuqori toifasidagi obyektlarni loyihalash tajribasiga ega bo‘lgan hamda ushbu Nizomga 3 va 4-ilovalarda nazarda tutilgan tegishli talablarga javob beradigan bosh muhandislar va arxitektorlar, bosh va yetakchi mutaxassislar mavjud bo‘lgan taqdirda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan unga obyektlarni loyihalash va qurishning ko‘rsatilgan murakkablik toifasiga litsenziya berish masalasi ko‘rib chiqiladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-martdagi 50-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 12-son, 85-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
6. Litsenziya talabgori tomonidan Obyektlarni loyihalash va qurishning murakkablik klassifikatoriga (2-ilova) muvofiq yanada yuqori toifadagi arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatiga litsenziya olish uchun loyihalash tashkiloti tomonidan ikki yil mobaynida joriy toifadagi kamida o‘nta obyektni loyihalash bo‘yicha bajarilgan ishlarning jami ro‘yxati ular yuzasidan arxitektura va qurilish organlari, shuningdek belgilangan hollarda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining davlat ekspertiza va arxitektura-qurilish nazorati organlari bergan xulosalar nusxalari bilan birga hamda ushbu obyektlar bo‘yicha mualliflik nazorati daftarlari taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini amalga oshirishdagi litsenziya talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:
a) qonun hujjatlari, tegishli davlat standartlari, shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga majburiy rioya etish;
b) yuridik shaxs shtatida doimiy ravishda ishlaydigan (vaqtinchalik jalb qilinganlarni hisobga olmasdan) loyihaning bosh muhandisi va bosh arxitektorining, shuningdek tegishli maxsus kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan va ushbu Nizomga 3-ilovada nazarda tutilgan arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish sohasida ish stajiga ega bo‘lgan yetakchi va bosh mutaxassislarning quyidagi miqdorda mavjud bo‘lishi:
Oldingi tahrirga qarang.
to‘liq kompleksda loyihalash bo‘yicha faoliyat turlari uchun (loyihalashning barcha bosqichlarida arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish, shu jumladan loyihalarning DTIA, TIA hamda DTIH, TIHlarini ishlab chiqish) — murakkablikning I-II toifasidagi obyektlar uchun — kamida 12 mutaxassis, murakkablikning III toifasidagi obyektlar uchun — kamida 15 mutaxassis, murakkablikning IV-V toifasidagi obyektlar uchun — kamida 25 mutaxassis;
arxitektura-shaharsozlik hujjatlarining ayrim bo‘limlarini ishlab chiqish bo‘yicha faoliyat turlari uchun — kamida 10 mutaxassis.
(7-band “b” kichik bandining ikkinchi—to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-martdagi 50-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 12-son, 85-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
v) yuridik shaxsda ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan, unga mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda tegishli bo‘lgan binolar, xonalar, asbob-uskunalar va jihozlarning mavjud bo‘lishi;
g) “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshirilayotgan yaratilayotgan loyiha hujjatining sifatini nazorat qilish tizimining, shuningdek belgilangan hollarda mualliflik nazorati hujjatlarining mavjud bo‘lishi.
a) litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, litsenziyalanayotgan faoliyatning yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan turi;
b) litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgorining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun litsenziya talabgorining yig‘imni to‘laganini tasdiqlovchi hujjat;
v) arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish bilan shug‘ullanayotgan xodimlarning ro‘yxati, unda ularning egallab turgan lavozimlari, ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi, mutaxassisligi bo‘yicha ish staji, ushbu xodimlar loyihalashtirilishida ishtirok etgan asosiy obyektlar ro‘yxati ko‘rsatiladi;
g) arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish uchun mavjud shart-sharoitlar va texnika vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
tashkilot rahbari hamda soha bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lgan asosiy xodimlar (loyihaning bosh muhandislari va arxitektorlari, bosh va yetakchi mutaxassislar) diplomlarining, shuningdek mehnat daftarchalarining (notarial tasdiqlangan);
(8-band “e” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-martdagi 50-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 12-son, 85-modda)
talabgorga mulk huquqi yoki boshqa qonuniy asosda faoliyatning litsenziyalanayotgan turi uchun zarur bo‘lgan binolar, xonalar, asbob-uskunalar va jihozlarning tegishliligini tasdiqlovchi hujjatlarning;
turar joyda (kvartirada) faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amalga oshirishda mahalliy hokimiyat organlarining turar joyni turar joy bo‘lmagan xona toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorlarining nusxalari.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
10. Hujjatlar “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga litsenziya talabgori tomonidan bevosita yoxud ularning olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.
Hujjatlar “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining mas’ul shaxsi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilingan sana qayd qilingan holda arizachiga yuboriladi (taqdim etiladi).
11. Ishonchli bo‘lmagan yoki buzilgan ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
12. Litsenziya talabgorining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Arizaning ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining bankdagi hisob raqamiga o‘tkaziladi.
13. Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini litsenziyalash mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Komissiyaning litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab o‘n besh kundan oshmaydigan muddatda qabul qilinadi.
Komissiya ishchi guruhning taklifi olingandan keyin uni ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror protokolini tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi tomonidan imzolanadi. Favqulodda hollarda Komissiya qarori so‘rov yo‘li bilan qabul qilinishi mumkin.
14. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat bojini to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berish haqida qaror qabul qilingani to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya bitimi yuboriladi.
15. Litsenziya bitimi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi va litsenziat o‘rtasida tuziladi va unda quyidagilar bo‘lishi kerak:
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan nazorat qilish tartibi.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi uchun bir nusxadan tuziladi.
16. Litsenziya blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. Litsenziya blankalari namunalari “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi hamda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi buyurtmasi bo‘yicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi raisi litsenziyalar blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan javob beradi.
Litsenziyalar “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan rasmiylashtiriladi va “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining raisi (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi.
17. Litsenziya “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to‘langanini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda beriladi.
18. Agar litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir.
19. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror, shuningdek “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining mansabdor shaxsi xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
20. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Keyingi tahrirga qarang.
21. Litsenziya berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni Komissiya tomonidan takroran ko‘rib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya berish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir hafta muddatda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi.
24. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga litsenziyaning amal qilish muddati o‘tgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda yoki uning amal qilish muddatini uzaytirishda litsenziat “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish sohasida ilgari berilgan litsenziyani qaytarib beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Amal qilish muddati o‘tmagan yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga litsenziatning arizasiga ko‘ra dublikat berilishi mumkin. Bunda litsenziat davriy nashrlarda yo‘qolgan litsenziyaning haqiqiy emasligi to‘g‘risida xabar berishi, shuningdek xabarni “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga taqdim etishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya dublikatlarini berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi.
27. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
28. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi o‘z vakolatlari doirasida:
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud bo‘lgan taqdirda litsenziatning ularga rioya etishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni so‘rash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
qonun hujjatlarida belgilangan hollarda litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki litsenziyani bekor qilish masalasi bo‘yicha qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish.
29. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasida qoladi.
30. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
31. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
32. Litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
33. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Bunday qarorning asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
34. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar reyestrini yuritadi, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), telefoni va faksi;
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, to‘xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziat “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga litsenziyalar reyestrida ko‘rsatilgan ma’lumotlardagi har qanday o‘zgarishlarni uch kun muddatda taqdim etishi shart.
35. Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini litsenziyalash huquqini beruvchi litsenziyalar reyestridagi mavjud ma’lumot yuridik va jismoniy shaxslarning u bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi, ular “Davarxitektqurilish” qo‘mitasidan haqini to‘lagan holda aniq litsenziatlar haqida litsenziyalar reyestridan ko‘chirma tarzida ma’lumot olishga haqlidirlar.
Litsenziyalar reyestridan ma’lumot berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yarmi miqdoridagi to‘lov “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining bankdagi hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
36. Litsenziyalar reyestridan ma’lumotlar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga bepul beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
37. Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-martdagi 50-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 12-son, 85-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
1. O‘zbekiston Respublikasi hududini va hududi qismlarini rivojlantirishni rejalashtirish to‘g‘risidagi hujjatlar.
2. O‘zbekiston Respublikasi mintaqalari hududini rivojlantirishni rejalashtirish to‘g‘risidagi hujjatlar.
5. Qurilish obyekti uchun muhandislik-texnik qidiruvlarini (muhandislik-geodeziya qidiruvlaridan tashqari) bajarish.
6. Uy-joy-xo‘jalik qurilishi uchun obyektlar va komplekslar loyiha-smeta hujjatlarini yaratish, shu jumladan ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish.
7. Sanoat qurilishi uchun obyektlar va komplekslar loyiha-smeta hujjatlarini yaratish, shu jumladan ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish.
8. Suv xo‘jaligi qurilishi uchun obyektlar va komplekslar loyiha-smeta hujjatlarini yaratish, shu jumladan ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish.
9. Qishloq xo‘jaligi qurilishi uchun obyektlar va komplekslar loyiha-smeta hujjatlarini yaratish, shu jumladan ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish.
10. Energetika qurilishi va aloqa obyektlari va komplekslarini loyihalashtirish, shu jumladan ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish.
11. Transport va yo‘l qurilishi obyektlari va komplekslarini loyihalashtirish, shu jumladan ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish.
12. Magistral muhandislik tarmoqlarini (magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlaridan tashqari) loyihalashtirish.
13. Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash uchun loyiha-smeta hujjatlarini yaratish.
10. Kapital qurilishda tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilish uchun tanlov (tender) hujjatlarini tayyorlash.
Izoh. Qurilish uchun dastlabki va uzil-kesil texnik-iqtisodiy asoslashlarni, shuningdek qurilishni tashkil etish loyihalarini ishlab chiqish faoliyatning litsenziyalanadigan turi hisoblanadi hamda A guruhining 6—12-bandlari va B guruhining 4 va 9-bandlari bo‘yicha faoliyat turlarini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
T/r | Loyihalashtirish va qurish obyektining nomi | Qurilish obyekti bo‘yicha ko‘rsatkichlar va tavsiflar | Murakkablik toifasi | ||||
I | II | III | IV | V | |||
1. Elektr energetika | |||||||
1.1. | Gidroelektrostansiyalar | + | |||||
1.2. | Issiqlik elektr stansiyalari, qozonxonalar | + | |||||
1.3. | Elektr energetika boshqa obyektlari | + | |||||
2. Neft, gaz va ko‘mir sanoati | |||||||
2.1. | Neft, gaz va ko‘mir sanoati obyektlari | + | |||||
3. Gaz va neftni qayta ishlash komplekslari | |||||||
3.1. | Gaz va neftni qayta ishlash komplekslari obyektlari | + | |||||
4. Gaz va ko‘mir sanoati | |||||||
4.1. | Gaz va ko‘mir sanoati obyektlari | shu jumladan ta’mirlash korxonalari | + | ||||
5. Metallurgiya va elektrotexnika sanoati | |||||||
5.1. | Metallurgiya va elektrotexnika sanoati korxonalari | + | |||||
6. Kon-ruda sanoati | |||||||
6.1. | Kon-ruda sanoati korxonalari | + | |||||
7. Kimyo sanoati, mineral o‘g‘itlar | |||||||
7.1. | Kimyo sanoati, mineral o‘g‘itlar korxonalari | + | |||||
8. Mashinasozlik | |||||||
8.1. | Mashinasozlik obyektlari | energetika, og‘ir sanoat, transport, kimyo, neft | + | ||||
9. Stanoksozlik va asbob-uskunalar sanoati | |||||||
9.1. | Stanoksozlik va asbob-uskunalar sanoati obyektlari | + | |||||
10. Priborsozlik, avtomatlashtirish vositalari va boshqaruv tizimlari | |||||||
10.1. | Priborsozlik, avtomatlashtirish vositalari va boshqaruv tizimlari korxonalari | + | |||||
11. Avtomobil sanoati | |||||||
11.1. | Avtomobil sanoati korxonalari | + | |||||
12. Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi | |||||||
12.1. | Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalari | shu jumladan chorvachilik va ozuqa ishlab chiqarish mashinasozligi | + | ||||
13. Qurilish, yo‘l qurilishi va kommunal xo‘jaligi mashinasozligi | |||||||
13.1. | Qurilish, yo‘l qurilishi va kommunal xo‘jaligi mashinasozligi korxonalari | + | |||||
14. Harakatdagi tarkibni, aviatsiya texnikasini ta’mirlash | |||||||
14.1. | Harakatdagi tarkibni, aviatsiya texnikasini ta’mirlash korxonalari | + | |||||
15. Qurilish metall konstruksiyalari | |||||||
15.1. | Qurilish metall konstruksiyalari korxonalari | + | |||||
16. Yog‘och, yog‘ochni qayta ishlash, sellyuloza-qog‘oz sanoati | |||||||
16.1. | Yog‘och, yog‘ochni qayta ishlash, sellyuloza-qog‘oz sanoati obyektlari | + | |||||
17. Qurilish materiallari sanoati | |||||||
17.1. | Qurilish industriyasi korxonalari | sement, beton, yig‘ma temir-beton buyumlar va boshqalar ishlab chiqarish | + | ||||
18. Yengil sanoat | |||||||
18.1. | To‘qimachilik buyumlari ishlab chiqarish korxonalari | + | |||||
18.2. | Ipak yigiruv fabrikalari (korxonalari) | + | |||||
18.3. | Poyabzal fabrikalari (korxonalari) | + | |||||
18.4. | Paxta tozalash zavodlari (korxonalari) | + | |||||
19. Baliqchilik sanoati | |||||||
19.1. | Baliqchilik sanoati obyektlari | + | |||||
20. Tibbiyot va mikrobiologiya sanoati | |||||||
20.1. | Tibbiyot va mikrobiologiya sanoati obyektlari | + | |||||
21. Agrosanoat kompleksi | |||||||
21.1. | Agrosanoat kompleksi obyektlari | rivojlangan muhandislik infratuzilmasiga ega bo‘lgan hududlarda | + | ||||
o‘zlashtirilmagan hududlarda | + | ||||||
22. Un-yorma va omixta yem sanoati | |||||||
22.1. | Un-yorma va omixta yem sanoati korxonalari | + | |||||
23. O‘rmon xo‘jaligi | |||||||
23.1. | O‘rmon xo‘jaligi obyektlari | + | |||||
24. Suv xo‘jaligi qurilishi | |||||||
24.1. | Suv xo‘jaligi qurilishi obyektlari | suv omborlari, sug‘orish, drenaj (zaxni qochirish) tizimlari, meliorativ tizimlardagi gidrotexnika inshootlari, sug‘orish nasos stansiyalari, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash | + | ||||
25. Havo va temir yo‘l transporti | |||||||
25.1. | Havo va temir yo‘l transporti binolari va inshootlari | vokzallar, platformalar, aeroportlar, temir yo‘llar va boshqalar | + | ||||
26. Aloqa muassasalari | |||||||
26.1. | Aloqa bo‘limlari, avtomatlashtirilgan telefon stansiyalari | + | |||||
26.2. | Pochtamtlar, telegraflar, saralash uzellari | + | |||||
26.3. | Aloqa uzeliga ega bo‘lgan avtomatlashtirilgan telefon stansiyalari | + | |||||
27. Temir yo‘l va avtomobil yo‘llari | |||||||
27.1. | Temir yo‘l va avtomobil yo‘llari infratuzilmasi obyektlari | shu jumladan ko‘priklar, tunellar, xizmat ko‘rsatish punktlari va boshqalar | + | ||||
28. Uy-joy qurilishi | |||||||
28.1. | Uylar yonidagi xo‘jalik va qo‘shimcha imoratlar | + | |||||
28.2. | Bog‘ uylari, muvaqqat (yozgi) uylar | + | |||||
28.3. | Ko‘p qavatli turar joy binolari va yotoqxonalar | ko‘p marta qo‘llaniladigan loyihalarni bog‘lash | + | ||||
yakka tartibda loyihalarni yaratish | + | ||||||
28.4. | Shahar tipidagi kam qavatli uylar | + | |||||
28.5. | Shaharsozlik ahamiyatiga ega bo‘lgan alohida uylar, villalar, terrasali turar joylar, ko‘p qavatli turar joy binolari va komplekslari | shu jumladan qulayligi, arxitektura qifasiga talablar yuqori bo‘lgan obyektlar | + | ||||
29. Aholi punktlarini obod qilish | |||||||
29.1. | Mikrorayonlarni, mavzelarni, shaharsozlik komplekslarini, uchastkalarni, turar joy va jamoat binolari guruhlarini qurish (turar joy va jamoat binolarini bog‘lashdan tashqari) | arxitektura-rejalashtirish yechimlari, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, mikrorayonlar, mavzelar, komplekslar chegaralarida relyef, muhandislik tarmoqlari tashkil etish | + | ||||
29.2.� | Past qavatli kottejlar qurib obod qili | + | |||||
29.3. | Hovli tipidagi uylar qurib obod qilish | + | |||||
29.4. | Jamoa bog‘lari | + | |||||
30. Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish (mustaqil obyektlar — obod qilish loyihalaridan tashqari) | |||||||
30.1. | Hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish | obodonlashtirishga eng kam normativ talablar qo‘yiladigan shartlarda qishloq aholi yashash joylari, kommunal va sanoat hududlari | + | ||||
obodonlashtirishga o‘rta darajadagi talablar qo‘yiladigan shahar, dala bog‘lar, zavod hududlar�, kichik arxitektura shakllari | + | ||||||
obodonlashtirishga yuqori darajadagi talablar qo‘yiladigan hududlar | + | ||||||
30.2. | Jihozlanmagan va texnik uskunalar qo‘yilmagan shamol va shovqindan himoya qilish polosalari, velosiped va chana, piyodalar yo‘lakchalari (terrenkurlar) | + | |||||
31. Savdo, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat ko‘rsatish | |||||||
31.1. | Vaqtinchalik pavilonlar, kiosklar, bostirmalar va boshqalar | + | |||||
31.2. | Yil davomida faoliyat ko‘rsatadigan do‘konlar, maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari | shu jumladan kafe, oshxonalar, maishiy xizmat ko‘rsatish punktlari | + | ||||
31.3. | Savdo uylari, yirik universal va ixtisoslashtirilgan do‘konlar, supermarketlar, restoranlar | + | |||||
32. Sog‘liqni saqlash | |||||||
32.1. | Poliklinikalar, ambulatoriyalar, dorixonalar, kasalxonalarning xo‘jalik bloklari, tez tibbiy yordam stansiyalari, sut tayyorlash punktlari, sanepidemstansiyalar | + | |||||
32.2. | Kasalxonalar, tibbiy markazlar, davolash-diagnostika korpuslari, kasalxona komplekslari | standart tarzda jihozlash va uskunalash (ko‘p marta foydalaniladigan) | + | ||||
noyob buyumlar bilan jihozlash va uskunalash, yangi texnologiyalar | + | ||||||
33. Ta’lim va bolalar muassasalari | |||||||
33.1. | Ixtisoslashtirilgan maktablar, litseylar, kollejlar, gimnaziyalar | + | |||||
33.2. | Oliy o‘quv yurtlari | + | |||||
33.3. | Universitetlar | + | |||||
33.4. | Bolalar o‘yin maydonchalari, solyariylar, sog‘lomlashtirish pavilonlari | + | |||||
33.5. | Maktabgacha bolalar muassasalari, maktablar | + | |||||
34. Tomosha muassasalari | |||||||
34.1. | Kino- va video filmlar namoyish qilish uchun vaqtinchalik pavilonlar | + | |||||
34.2. | Yozgi estradalar va kinoteatrlar | + | |||||
34.3. | 1000 o‘ringacha bo‘lgan kinoteatrlar, videomarkazlar | + | |||||
34.4. | 1000 o‘rindan ortiq bo‘lgan kinokonsert zallari va kinoteatrlar | + | |||||
34.5. | Teatrlar, sirklar, muzeylar | + | |||||
35. Matbaa sanoati | |||||||
35.1. | Matbaa sanoati obyektlari | + | |||||
36. Suv bilan ta’m�nlash va kanalizatsiya | |||||||
36.1. | Yer osti manbalaridan suv olish komplekslari | + | |||||
36.2. | Yer usti manbalaridan suv olish obyektlari | daryolar, ko‘llar, suv omborlari, kanallar va boshqalar | + | ||||
36.3. | Tabiiy suv, oqova suv-maishiy va ishlab chiqarish oqova suv uchun tozalash inshootlari | + | |||||
36.4. | Suv quvurlari va tarmoqlar | + | |||||
37. Transport, neft mahsulotlarini saqlash va avtomobillarga yonilg‘i quyish stansiyalari | |||||||
37.1. | Avtotransport korxonalari | shu jumladan avtodormexbazalar, avtoparklar, tramvay va trolleybus depolar | + | ||||
37.2. | Garajlar | tozalash inshootlariga ega bo‘lmagan boksli va bir qavatli garajlar | + | ||||
tozalash inshootlariga ega bo‘lgan garajlar | + | ||||||
ko‘p qavatli yer osti, yer usti garajlari | + | ||||||
37.3. | Neft qazib olish korxonalari, neft bazalari, neft mahsulotlari omborlari | + | |||||
37.4. | Avtomobillarga yonilg‘i quyish stansiyalari | + | |||||
38. Ilmiy-tadqiqot muassasalari | |||||||
38.1. | Loyiha-konstruktorlik tashkilotlari | + | |||||
38.2. | Ixtisoslashtirilgan ITI va laboratoriya�ar | + | |||||
38.3. | Ilmiy-tadqiqot akademik markazlari | + | |||||
39. Jismoniy tarbiya-sport inshootlari | |||||||
39.1. | O‘yin maydonlari va stadionlar | yordamchi binolarga ega bo‘lmagan | + | ||||
mavsumiy yordamchi binolarga ega bo‘lgan | + | ||||||
tribunalarga va tribuna osti binolariga ega bo‘lgan | + | ||||||
39.2. | Suzish havzasi | ochiq | + | ||||
yopiq | + | ||||||
39.3. | Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish komplekslari | suzish havzasiga ega bo‘lgan | + | ||||
suzish havzasiga ega bo‘lmagan | + | ||||||
39.4. | 40000 va undan ortiq o‘ringa ega bo‘lgan ochiq stadionlar | + | |||||
39.5. | 40000 va undan ortiq o‘ringa ega bo‘lgan yopiq stadionlar, sport saroylari | + | |||||
40. Favqulodda vaziyatlar oqibatlaridan himoya qilish inshootlari | |||||||
40.1. | Radiatsiyaga qarshi binolar | + | |||||
40.2. | Yer ostidagi maxsus binolar | muhandislik uskunalarining avtonom tizimiga ega bo‘lmagan | + | ||||
muhandislik uskunalarining avtonom tizimiga ega bo‘lgan | + | ||||||
41. Yong‘in o‘chirish avtomatik qurilmalari, yong‘inga qarshi va qo‘riqlash signalizatsiya tizimlari | |||||||
41.1. | Sprinklerli drencher qurilmalari | mavjud korxonalarda montaj qilish | + | ||||
loyihalashtirilayotgan kompleks | + | ||||||
41.2. | Qo‘riqlash-yong‘inga qarshi signalizatsiya | + | |||||
42. Gazni tozalash va chang tutish inshootlari | |||||||
42.1. | Mavjud korxonalarda va loyihalashtirilayotgan komplekslarda nazarda tutilayotgan qurilmalar | + | |||||
43. Maxsus ishlar | |||||||
43.1. | Tuproqni muzlatish, kimyoviy yo‘l bilan mustahkamlash, tik quduq metodini qo‘llash | + | |||||
43.2. | Qurilishda suv sathini pasaytirish va drenaj | + | |||||
44. Shahar infratuzilmasi muhandislik inshootlari | |||||||
44.1. | Suv quvuri, xo‘jalik-maishiy va yomg‘ir suvlari kanalizatsiyasi, gaz ta’minoti, drenaj, aloqa, elektr ta’minoti, elektr yoritish, televideniye, radio magistrallari va tarmoqlar | obod qilishdan va yer osti kommunikatsiyalaridan holi bo‘lgan hududda loyihalashtirish va qurish | + | ||||
shahar ko‘chalari va shaharning yer osti kommunikatsiyalari mavjud bo‘lgan obod qilingan qismlarida loyihalashtirish va qurish | + | ||||||
yer osti va yer usti inshootlariga, temir yo‘l yoki metropoliten kesishmalariga bevosita yaqin joy | + | ||||||
44.2. | Aloqani boshqarishning, elektr energiyasi va boshqa energiya manbalarini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlari | avtonom obyekt sifatida (loyihadagi qurilish komplekslaridan tashqari) loyihalashtirish va qurish | + | ||||
44.3. | Obod qilingan markaziy issiqlik punktlari, qozonxonalar | + | |||||
44.4. | Shahar transport inshootlari: ko‘priklar, tunnellar, yo‘l o‘tkazgichlar, estakadalar, piyodalar o‘tish joylari, qirg‘oq bo‘ylari, prichallar, temir yo‘l ustidan muhandislik kommunikatsiyalari o‘tkazish uchun ko‘priklar, avtomagistrallar, suv to‘siqlari | obod qilishdan holi bo‘lgan hududda loyihalashtirish va qurish | + | ||||
obod qilish davom etayotgan rayonlarda loyihalashtirish va qurish | + | ||||||
yer osti tarmoqlari rivojlangan rayonlarda loyihalashtirish va qurish | + | ||||||
44.5. | Shahar transport magistrallari, ko‘chalar, yo‘llar, tramvay yo‘llari, mavze ichidagi ko‘chalar, transport ajratmalari, avtomobillar to‘xtash joylari, jamoat transporti to‘xtab turishi va saqlanishi uchun oxirgi stansiyalar va maydonchalar (shu jumladan xizmat ko‘rsatish inshootlariga ega bo‘lgan), piyodalar ko‘chalari va parklardagi xiyobonlar va yo‘lakchalar | shaharning bo‘sh hududida, relyefning qiyaligi 5 %dan 40%gacha bo‘lgan joylarda berilgan qizil liniyalar, belgilar va ko‘ndalang kesimlar bo‘yicha loyihalashtirish va qurish | + | ||||
shaharning obod qilinayotgan rayonlarida yoki relyefning qiyaligi 0%dan 5%gacha va 40%dan ortiq bo‘lgan joylardagi qizil liniyalar, belgilar va ko‘ndalang kesimlar bo‘yicha loyihalashtirish va qurish | + | ||||||
irrigatsiya tizimlari mavjud bo‘lganda yoki qizil liniyalar, belgilar va ko‘ndalang kesimlarga tuzatish kiritgan va ularni ishlab chiqqan holda loyihalashtirish va qurish | + | ||||||
44.6. | Kommunikatsiya tonnellari (yer osti kommunikatsiyalari uchun kollektorlar va issiqlik tarmoqlari | shaharning bo‘sh hududida va mavjud yer osti kommunikatsiyalaridan holi bo‘lgan joylarda loyihalashtirish va qurish | + | ||||
shaharning obod qilingan hududida boshqa yer osti kommunikatsiyalari bilan birgalikda yoki yer osti kommunikatsiyalari mavjud joylarda loyihalashtirish va qurish | + | ||||||
murakkab gidrogeologik sharoitlarda maxsus metodlarni, yakka tartibdagi konstruksiyalarni, yopiq qazish ishlarini qo‘llagan holda, metropoliten va temir yo‘l kesishmalari mavjud bo‘lgan joylarda, kommunikatsiyalar yonma-yon yotqizilganda loyihalashtirish va qurish | + | ||||||
44.7. | Shahar suv havzalari | + | |||||
44.8. | Sug‘orish va suvni chiqarib yuborish tarmoqlarida, sun’iy suv havzalarida va boshqalardagi gidrotexnika inshootlari | + | |||||
44.9. | Elektr korroziyasidan faol himoya qilish | katod bilan himoya qilish stansiyalari va boshqalar | + | ||||
45. Mahalliy oziq-ovqat sanoati | |||||||
45.1. | Nonvoyxonalar | + | |||||
45.2. | Issiqxona xo‘jaligi obyektlari | murakkab asbob-uskunalarsiz | + | ||||
yangi texnologiyalar va uskunalarni, avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini qo‘llagan holda | + | ||||||
45.3. | Konserva, pazandachilik, kolbasa, qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari | + | |||||
46. Mehmonxona xo‘jaligi | |||||||
46.1. | Mehmonxonalar, otellar | 3 yulduzligacha | + | ||||
5 yulduzligacha | + | ||||||
47. Dam olish va turizm muassasalari | |||||||
47.1. | Palatkali lagyerlar, turistlar boshpanalari, to‘xtash joylari, chang‘i bazalari | + | |||||
47.2. | Kempingla�, motellar, turistik bazalar, yozgi lagyerlar, dam olish bazalari, alpinistlar boshpanalari | + | |||||
47.3. | Yil bo‘yi foydalaniladigan lagyerlar | + | |||||
47.4. | Pansionatlar, profilaktoriylar, dam olish uylari, 500 o‘ringacha bo‘lgan sanatoriylar | + | |||||
47.5. | 500 va undan ortiq o‘ringa ega bo‘lgan sanatoriylar, oliy razryadli turistik komplekslar | + | |||||
48. Madaniy-ma’rifiy muassasalar | |||||||
48.1. | O‘yinlar va raqslar uchun vaqtinchalik pavilonlar | + | |||||
48.2. | Madaniyat bog‘larida o‘quv va ko‘rgazma pavilonlari | + | |||||
48.3. | Ko‘rgazma zallari, qishloq klublari, muzeylar | + | |||||
48.4. | Madaniyat uylari, kutubxonalar | + | |||||
48.5. | Milliy galereyalar, madaniyat markazlari, machitlar | + | |||||
49. Jamoat binolari va ma’muriy binolar | |||||||
49.1. | Ma’muriy binolar, ofis binolari | + | |||||
49.2. | Hokimliklar binolari, ijtimoiy-siyosiy faoliyat markazlari, Hukumatga oid binolar, biznes komplekslar (markazlar), ko‘p funksiyali ijtimoiy komplekslar | + | |||||
49.3. | Banklar, birjalar, banklar bo‘limlari, hisoblash markazlari | + | |||||
50. Moddiy-texnika ta’minoti obyektlari | |||||||
50.1. | Qurilish-montaj tashkilotlari, jamoat transporti korxonalari va shu kabilarning ishlab chiqarish bazalari | + | |||||
50.2. | Omborxonalar, angarlar, omborlar | mavsumiy | + | ||||
yil bo‘yi faoliyat ko‘rsatadigan | + | ||||||
50.3. | Ombor komplekslari | soddalashtirilgan, muhandislik uskunalariga ega bo‘lmagan | + | ||||
muhandislik uskunalariga ega bo‘lgan | + | ||||||
51. Maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari | |||||||
51.1. | Chiqindilarni qayta ishlash zavodlari (korxonalari) | + | |||||
51.2. | Chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari | + | |||||
51.3. | Kirxo�alar, kimyoviy tozalash punktlari, hammomlar | + | |||||
51.4. | Sog‘lomlashtirish hammomlari | saunalar, turk hammomlari va boshqalar | + | ||||
52. Jamoat tartibini saqlash bilan bog‘liq muassasalar | |||||||
52.1. | Tergov izolyatorlari, militsiya bo‘limlari | + | |||||
52.2. | Axloq tuzatish muassasalari | + |
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
Murakkablik toifalari | Loyihalarning bosh muhandislari | Loyihalarning bosh arxitektorlari | Bosh mutaxassislar | Etakchi muhandislar | Muhandislar | O‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislar | |||||
talab qilinadigan ish staji | |||||||||||
10 yildan ortiq | 5 — 10 yil | 3 yildan 5 yilgacha | 10 yildan ortiq | 5 — 10 yil | 3 yildan 5 yilgacha | 5 yildan 10 yilgacha | 3 yildan 5 yilgacha | kamida 5 yil | ish stajiga talab yo‘q | ||
A guruhi | |||||||||||
1 | + | + | + | + | + | + | |||||
2 | + | + | + | + | + | + | |||||
3 | + | + | + | + | + | + | |||||
4 | + | + | + | + | + | + | |||||
5 | + | + | + | + | + | + | |||||
B guruhi | |||||||||||
1 | + | + | + | + | + | ||||||
2 | + | + | + | + | + | ||||||
3 | + | + | + | + | + | ||||||
4 | + | + | + | + | + | ||||||
5 | + | + | + | + | + |
Keyingi tahrirga qarang.
Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
4-ILOVA
Murakkablik toifalari | Texnologik loyihalash va loyihalarni boshqarishning zamonaviy dasturiy-texnik komplekslari | Muhandislik tarmoqlari bo‘yicha amaliy dasturlar | Smetalarni hisoblab chiqishda qo‘llash uchun tavsiya qilingan dasturiy komplekslar | Maxsus asbob-uskunalar* | Binolar | Tashkiliy texnika (kompyuter, printer, plotter, muqovalash uskunasi va nusxa ko‘paytirish texnikasi) | ||||
burg‘ulash texnikasi va asbob-uskunalari | tuproq kimyoviy laboratoriyasi | maxsus laboratoriyalar va asboblar | arxiv | 1 xodim hisobiga kamida 4 kv. metr maydoni bo‘lgan ofis | texnika adabiyotlari kutubxonasi | |||||
A guruhi | ||||||||||
1 | + | + | + | + | + | + | + | + | + | + |
2 | + | + | + | + | + | + | + | + | + | + |
3 | + | + | + | + | + | + | + | + | + | + |
4 | + | + | + | + | + | + | + | + | + | + |
5 | + | + | + | + | + | + | + | + | + | + |
B guruhi | ||||||||||
1 | + | + | + | — | — | + | + | + | + | + |
2 | + | + | + | — | — | + | + | + | + | + |
3 | + | + | + | — | — | + | + | + | + | + |
4 | + | + | + | — | — | + | + | + | + | + |
5 | + | + | + | — | — | + | + | �+ | + | + |
Keyingi tahrirga qarang.
Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA
5-ILOVA
1. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 24-sentabrdagi 410-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi va qarorga 1-ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 87-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 14-noyabrdagi 510-son qarorining 4-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 119-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 21-sentabrdagi PQ-186-son qarori)” 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga ilova 26-bandining “a” kichik bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 34-modda).