Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga muvofiq xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir.
Bunday da’volar bilan arz qilinganda, sud FPK 152-moddasining 1-bandiga asosan arizani qabul qilishni rad etadi, agar ish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa FPK 100-moddasining 1-bandiga ko‘ra ish yuritishni tugatadi va arizachiga ushbu talab bilan tegishli hokimiyatga murojaat qilish huquqini tushuntiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining 45-moddasiga muvofiq zarur deb topilgan hollarda, uyga bo‘lgan mulk huquqi haqidagi nizolar bo‘yicha mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar sifatida tegishli hokimiyat ishda ishtirok etish uchun jalb etilmog‘i lozim.
Er-xotinning umumiy birgalikdagi mulki bo‘lgan uyni bo‘lish to‘g‘risida nizo kelib chiqqan taqdirda, uyning ulardan har biriga tegishli ulushi miqdori Oila kodeksining 28-moddasiga muvofiq belgilanadi. Agar xotin (er) uydan o‘z ulushi uchun pul kompensatsiyasi olishga rozi bo‘lsa, erga (xotinga) berilishi yoki ularning umumiy ulushli mulki qilib qoldirilishi mumkin. Uy umumiy ulushli mulk qilib qoldirilgan taqdirda, sud o‘zining hal qiluv qarorida uyning er-xotindan har biriga tegishli ulushi miqdorini ko‘rsatishi shart.
11. Umumiy ulushli mulk huquqi asosida bir necha shaxsga tegishli bo‘lgan uydan ulush ajratib berish (uyni bo‘lish) haqidagi nizolarni ko‘rishda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, Fuqarolik kodeksining 223-moddasiga ko‘ra, ulushli mulk ishtirokchisi o‘z ulushini umumiy mol-mulkdan asl holida ajratib berilishini talab qilishga haqli. Umumiy ulushli mulk ishtirokchisining talabi bo‘yicha unga umumiy mulk bo‘lgan uydan tegishli ulushini ajratib berish (uyni bo‘lish) uyning va yordamchi imoratlarni ishtirokchining ulushiga mutanosib hamda kirish-chiqishi alohida bo‘lgan qismini unga mulk qilib berilishini, shuningdek u umumiy mulkdagi ulushga bo‘lgan huquqini yo‘qotganligini anglatishini inobatga olib, sud bunday talabni, agar ajratib berilayotgan ulush uyning kirish-chiqishi alohida bo‘lgan qismini tashkil etsa yoki uyning bu qismini tegishincha qayta jihozlash yo‘li bilan alohida qilib ajratib qo‘yish mumkin bo‘lsagina, qanoatlantirishga haqli.
12. Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun qilingan xarajatlar Fuqarolik kodeksining 221-moddasiga ko‘ra, umumiy ulushli mulkning har bir ishtirokchisi mol-mulkni saqlash chiqimlarida ulushiga qarab qatnashishi shart ekanligi sababli sud tomonidan taraflar o‘rtasida ularning ulushini inobatga olgan holda taqsimlanishi kerak. Shu bilan birgalikda mulkdorlarning moddiy ahvolini va e’tiborga loyiq boshqa holatlarini e’tiborga olgan holda sud ushbu qoidadan chekinishi mumkin.
14. Umumiy ulushli mulk ishtirokchisining uyga bo‘lgan ulushini asl holida ajratib berishning imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, uyning unga tegishli qismi o‘rniga, Fuqarolik kodeksi 223-moddasining oltinchi qismiga ko‘ra, boshqa mulkdorlar tomonidan pul summasini to‘lash yoki boshqacha kompensatsiya to‘lanishiga uning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
a) Fuqarolik kodeksining 223-moddasida, mol-mulkka bo‘lgan umumiy ulushli mulk huquqi umumiy mulkdan ulush asl holida ajratib berilishi bilan bekor bo‘lishi nazarda tutilganligi tufayli, fuqarolarning uyga nisbatan umumiy ulushli mulk huquqi shunday tartibda bekor bo‘lganidan keyin ular mazkur uydan ulushni imtiyozli sotib olish huquqini ham yo‘qotadilar;
Sudlar shuni e’tiborda tutishlari joizki, Fuqarolik kodeksi 153-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, da’vo muddati sud tomonidan faqat nizodagi tarafning sud hal qiluv qarori chiqargunga qadar bergan arizasiga muvofiq qo‘llaniladi.
24. O‘ziga belgilangan tartibda ajratilmagan yer uchastkasida shaxsning o‘zboshimchalik bilan qurgan imoratiga nisbatan mulk huquqini sud Fuqarolik kodeksi 212-moddasining to‘rtinchi qismi talabiga muvofiq, basharti mazkur yer uchastkasi shu shaxsga qurilgan imorat uchun belgilangan tartibda ajratiladigan bo‘lsagina, e’tirof etishga haqli.
25. Fuqarolik kodeksi 212-moddasining beshinchi qismi talabiga ko‘ra, imorat qurilgan yer uchastkasining mulkdori bo‘lgan, unga umrbod meros sifatida egalik qilayotgan, doimiy egalik qilayotgan va foydalanayotgan shaxsning ham o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi sud tomonidan e’tirof etilishi mumkin. Bu holda imoratga nisbatan mulk huquqi e’tirof etilgan shaxs imorat qurgan shaxsning xarajatlarini sud belgilagan miqdorda qoplaydi.
Sudlar shuni e’tiborga olishlari lozimki, Fuqarolik kodeksi 212-moddasining beshinchi qismiga muvofiq, nazarda tutilgan imorat qurilgan yer uchastkasining mulkdori bo‘lgan, unga umrbod meros sifatida egalik qilayotgan, doimiy egalik qilayotgan va foydalanayotgan shaxs bilan ushbu yer uchastkasida o‘zboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs o‘rtasida nizo mavjud bo‘lgandagina o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish haqidagi da’vo sudda ko‘rishga tegishli bo‘ladi.
26. Fuqarolik kodeksi 212-moddasining oltinchi qismi talabiga ko‘ra, agar o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratning saqlab qolinishi boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmaydigan yoki fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmaydigan bo‘lsa, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi Fuqarolik kodeksi 212-moddasining to‘rtinchi va beshinchi qismlariga muvofiq sud tomonidan e’tirof etilishi mumkin. Bunday holda, sudlar o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat hisoblangan uyga nisbatan mulk huquqi bilan bog‘liq nizolarni ko‘rayotganda, ushbu qurilgan imoratning saqlab qolinishi boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzilishiga, shuningdek fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilishiga olib kelmasligini aniqlashi shart.
27. Egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat tufayli uyga bo‘lgan mulk huquqi bilan bog‘liq nizolarni hal qilishda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, Fuqarolik kodeksi 187-moddasining egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat to‘g‘risidagi normalari, uyga egalik qilish mazkur qonunda belgilangan muddat mobaynida shartnoma majburiyatlari (ijara, tekin foydalanish) asosida amalga oshirilgan hollarda qo‘llanilmaydi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”