19.12.2003 yildagi 18-son
Hujjat 19.12.2003 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
1. Mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xodimning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplash bilan bog‘liq nizolarni hal qilishda sudlar O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik, Mehnat, Fuqarolik protsessual kodekslari va ushbu munosabatlarni tartibga soluvchi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 60-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni ish beruvchilar tomonidan to‘lash qoidalari” (bundan buyon matnda Qoidalar), Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligini, boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi Nizom”, Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-dekabrdagi 498-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va sarflash tartibi to‘g‘risidagi Nizom” bilan tartibga solinishi sudlarga tushuntirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
d) Qoidalarda nazarda tutilgan shartlar va normalar bo‘yicha zarar to‘lovi miqdorini hisoblab chiqish haqidagi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 197-moddasiga muvofiq, zararni undirish haqidagi arizani ish beruvchiga jabrlanuvchi xodim, u vafot etgan taqdirda esa, zarar to‘lovini olishga haqli bo‘lgan manfaatdor shaxslar beradi.
4. Sudlarga tushuntirilsinki, mayib bo‘lish yoki sog‘liqqa yetkazilgan boshqa shikastlanish yoxud boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan to‘lanadigan zararni qoplash haqidagi da’volar O‘zbekiston Respublikasi FPKning 145, 241-moddalari talablariga muvofiq, da’vogarning tanlashi bo‘yicha javobgar doimiy yashab turgan yoki doimiy mashg‘ul bo‘lgan joydagi sudning yoxud da’vogar yashab turgan joydagi sudning sudloviga taalluqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi FKning 163-moddasi talabiga muvofiq, xodimning mehnat vazifalarini bajarish vaqtida ularga yetkazilgan shikastlar yoki boquvchining vafot etganligi munosabati bilan to‘lanadigan zararni undirish haqidagi talablarga da’vo muddati tatbiq qilinmasligiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
Sudlar yetkazilgan zarar summasini aniqlashda Qoidalarning 50-bandida nazarda tutilgan quyidagi tartibga amal qilishlari kerak:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Qoidalarning 27-bandiga muvofiq, vafot etgan boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan va boquvchining vafoti tufayli zarar to‘lovini olish huquqiga ega bo‘lgan mehnatga layoqatsiz fuqarolar uchun zarar miqdori vafot etgan shaxsning o‘rtacha oylik ish haqi miqdoridan uning o‘ziga va qaramog‘idagi mehnatga layoqatli, ammo zarar to‘lovini olish huquqiga ega bo‘lmagan fuqarolarga to‘g‘ri keladigan ulushni chegirib tashlagan holda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
12. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 194-moddasining 1-qismiga muvofiq, xodimning sog‘lig‘iga shikast yetkazilganligi yoki uning vafoti munosabati bilan ish beruvchi tomonidan bir yo‘la beriladigan nafaqaning miqdori jamoa shartnomasida, agar bunday shartnoma tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi bilan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa organi o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanishi tufayli, mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda sog‘liqqa shikast yetkazilishi yoki boquvchining vafoti tufayli yetkazilgan zararni undirish haqidagi nizolarni ko‘rishda sud jamoa shartnomasini, bunday shartnoma tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi bilan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa organi o‘rtasidagi kelishuvni talab qilib olishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Qoidalarning 23-bandiga muvofiq, maxsus tibbiy parvarishga hamda uy sharoitidagi parvarishga muhtoj bo‘lgan jabrlanuvchiga, uy sharoitidagi parvarish bilan bog‘liq xarajatlar maxsus tibbiy parvarish xarajatlaridan tashqari qoplanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 191-moddasi talabiga muvofiq, agar jabrlanuvchining qo‘pol ehtiyotsizligi zararning kelib chiqishi yoki ko‘payishiga sabab bo‘lsa, to‘lanishi lozim bo‘lgan zarar miqdori jabrlanuvchining aybi darajasiga mutanosib ravishda kamaytiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 187-moddasiga muvofiq, ma’naviy zarar (jismoniy yoki ruhiy azoblar) pul shaklida yoki boshqa moddiy shaklda hamda ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq ravishda, xodim mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda vafot etgan taqdirda esa, ish beruvchi va vafot etgan xodimning oila a’zolari o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq ravishda belgilangan miqdorda qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.