Yuk va yo‘lovchilar tashishni optimallashtirish, samaradorligini oshirish va uni maqbullashtirish, transport va transport kommunikatsiyalari kompleksini jadal rivojlantirish va barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, transportda yuk tashish va transmilliy transport yo‘laklarini rivojlantirish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida 1-ilovaga muvofiq tarkibda Transport va transport kommunikatsiyalari masalalari bo‘yicha maxsus komissiya (keyingi o‘rinlarda Maxsus deb ataladi) tashkil etilsin.
Respublika yagona uyg‘un transport tizimini istiqbolda rivojlantirish kompleks konsepsiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan temir yo‘l, havo, avtomobil va daryo transportini rivojlantirishni muvofiqlashtirish;
transport tarmoqlari va logistika tizimini rivojlantirish, yangi transport kommunikatsiyalarini jadal qurish, ularning qatnash imkoniyatlarini oshirish va ulardan samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish;
transport kommunikatsiyalarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, harakatdagi tarkibni yangilash uchun investitsiyalarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda ko‘maklashish, shuningdek investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi monitoringini olib borish;
xorijiy davlatlar bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama asosda xalqaro transport yo‘laklarini samarali rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Transport va transport kommunikatsiyalari masalalari bo‘yicha maxsus komissiya to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.M.Xanov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ramatov A.J. | — | “O‘zbekiston temir yo‘llari” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi raisi, Maxsus komissiya raisi |
Fayzullayev Sh.N. | — | Iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari, Maxsus komissiya raisining o‘rinbosari |
Kamolov A.S. | — | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining o‘rinbosari |
Tursunov Y.E. | — | Moliya vazirining o‘rinbosari |
Qo‘ldoshev A.X. | — | Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari |
Ibragimov I.I. | — | Milliy xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari |
Xayrullayev Sh.Sh. | — | Davlat bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosari |
Maksumov N.E. | — | “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari |
Abduvaliyev A.A. | — | O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining boshlig‘i |
Tyan V.N. | — | “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK bosh direktori |
Abdullayev M.A. | — | “O‘zavtoyo‘l” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi raisi |
Djulibekov N.Q. | — | Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi direktori |
Uljayev T.E. | — | Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish �avlat inspeksiyasi boshlig‘i |
Ikramov R.X. | — | Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i |
lavozimiga ko‘ra | — | “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasining raisi |
Sidiqnazarov Q.M. | — | Avtomobillarda xalqaro yuk tashuvchilar uyushmasi raisi |
Matchanov X.S. | — | O‘zbekiston xalqaro ekspeditorlar uyushmasi raisi |
Salixov F.M. | — | Vazirlar Mahkamasi ATD bosh mutaxassisi, komissiya kotibi |
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 9-oktabrdagi PQ-2048-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 545-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l, havo, avtomobil va daryo transportining faoliyatini muvofiqlashtirish, yuk va yo‘lovchilar tashishni optimallashtirish, samaradorligini oshirish va uni maqbullashtirish, transport va transport kommunikatsiyalari kompleksini jadal rivojlantirish va barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, transportda yuk tashish va transmilliy transport yo‘laklarini rivojlantirish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Transport va transport kommunikatsiyalari masalalari bo‘yicha maxsus komissiya (keyingi o‘rinlarda Maxsus komissiya deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi.
2. Maxsus komissiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Maxsus komissiyaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
4. Maxsus komissiyaga yuklangan funksiyalarni va uning joriy faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli transport tarmoqlari va boshqa manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining yuqori malakali mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tashkil etiladi. Ishchi guruh tarkibi Maxsus komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
5. Maxsus komissiya o‘z faoliyatini har yili tasdiqlanadigan ish rejasiga muvofiq tizimli asosda yig‘ilishlar o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiradi. Maxsus komissiya faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash ishchi guruh, shuningdek manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Respublika yagona uyg‘un transport tizimini istiqbolda rivojlantirish kompleks konsepsiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan temir yo‘l, havo, avtomobil va daryo transportini rivojlantirishni muvofiqlashtirish;
transport tarmoqlari va logistika tizimini rivojlantirish, yangi transport kommunikatsiyalarini jadal qurish, ularning qatnash imkoniyatlarini oshirish va ulardan samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish;
transport kommunikatsiyalarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, harakatdagi tarkibni yangilash uchun investitsiyalarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda ko‘maklashish, shuningdek investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi monitoringini olib borish;
xorijiy davlatlar bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama asosda xalqaro transport yo‘laklarini samarali rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish.
transport va logistika tizimini, tranzit transport yo‘laklarini muvozanatli rivojlantirish bo‘yicha kompleks dasturlar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etadi;
investitsiyalarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalari bo‘yicha transport tarmoqlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi monitoringini olib boradi;
transport va transport kommunikatsiyalari sohasida ikki tomonlama va ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalarni, shuningdek transport tarmoqlarida kelishilgan tarif siyosatini o‘tkazish yuzasidan takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etadi.
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlardan Maxsus komissiyaga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni olish;
transport tuzilmalari faoliyatini takomillashtirish va maqbullashtirish, respublika hududida hamda uning tashqarisida yuk va yo‘lovchilar tashish samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritish.
9. Maxsus komissiya o‘z qarorlarining o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazorat va monitoring olib borishi shart.
10. Maxsus komissiyaga rais boshchilik qiladi, rais uning ishiga rahbarlik qiladi, Maxsus komissiyaning ish rejasini va boshqa hujjatlarini tasdiqlaydi.
11. Maxsus komissiya yig‘ilishlari ish rejasiga muvofiq yoxud zaruriyatga ko‘ra o‘tkaziladi. Maxsus komissiya yig‘ilishlarini rais olib boradi, u joyida bo‘lmagan taqdirda Maxsus komissiya raisining o‘rinbosari olib boradi.
12. Maxsus komissiya yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana, vaqti va joyi to‘g‘risidagi xabar, shuningdek yig‘ilish materiallari Maxsus komissiya a’zolariga yig‘ilishdan kamida ikki kun oldin yuboriladi.
13. Maxsus komissiyaning uzrli sabablarga ko‘ra yig‘ilishda qatnashmagan a’zolari o‘rniga ularning vakolatli vakillari ovoz berish huquqisiz qatnashishlari mumkin.
14. Maxsus komissiya kotibi ishchi guruh bilan birgalikda yig‘ilish materiallarini protokol loyihasi bilan birga Maxsus komissiya a’zolariga, zaruriyat bo‘lganda yig‘ilishga taklif etilgan boshqa shaxslarga ham yetkazilishini ta’minlaydi.
15. Maxsus komissiyaning qarorlari Maxsus komissiya a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi, bunda uning a’zolarining kamida to‘rtdan uch qismi qatnashishi shart. Maxsus komissiya a’zolarining ovozi teng bo‘lib qolganda Maxsus komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
16. Maxsus komissiyaning qarorlari Maxsus komissiya yig‘ilishining protokollari bilan rasmiylashtiriladi. Yig‘ilish protokoli Maxsus komissiyaning barcha a’zolari tomonidan vizalanadi, kotib tomonidan imzolanadi va rais tomonidan tasdiqlanadi hamda bir hafta muddat Maxsus komissiya a’zolariga va manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi. Protokolni vizalashda Maxsus komissiya a’zolari protokolga o‘zlarining alohida fikrlarini ilova qilishlari mumkin.
17. Alohida hollarda Maxsus komissiyaning ayrim masalalar bo‘yicha qarori so‘rov yo‘li bilan qabul qilinishi mumkin.
18. Maxsus komissiya muntazam ravishda o‘z yig‘ilishlarida qabul qilingan qarorlarning bajarilishini ko‘rib chiqadi.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Maxsus komissiya protokolining asl nusxasi va unga oid materiallar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamentida saqlanadi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 400-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son)
Maxsus komissiyaning navbatdagi yig‘ilishiga barcha zarur materiallar o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi va unga davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlardan hamda Maxsus komissiya a’zolaridan zarur materiallar va ekspert xulosalari olish huquqi beriladi;
materiallarni tayyorlash va Maxsus komissiya yig‘ilishlarini o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh ishlarini tashkil etadi;
Maxsus komissiya qarorlarining bajarilishi ustidan nazorat va monitoring olib boradi va uning natijalarini ko‘rib chiqish uchun Maxsus komissiya yig‘ilishlariga kiritadi;
Maxsus komissiya protokollarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan protokollarni Maxsus komissiya a’zolariga, manfaatdor vazirliklar va idoralarga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi.