28.04.2000 yildagi 7-son
 LexUZ sharhi
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 20-sonli va 2006-yil 3-fevraldagi 5-sonli qarorlariga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ma’naviy zararni qoplash masalalari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi, Mehnat kodeksining 4, 21, 120, 150, 154, 174, 319, 355, 527, 565, 568-moddalari, 1996-yil 26-apreldagi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 22-moddasi, 2014-yil 6-maydagi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 113-moddasi, 2012-yil 2-maydagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 38-moddasi, Fuqarolik kodeksining 11, 99, 100, 163, 1021 va 1022-moddalari, 1998-yil 29-avgustdagi “Avtomobil transporti to‘g‘risida”gi Qonunining 19-moddasi va va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinishiga e’tibor qaratilsin.
3. Amaldagi qonunga ko‘ra (FK 1021-moddasi) ma’naviy zarar yetkazganlik uchun javobgarlikning kelib chiqishiga asos bo‘luvchi shartlardan biri zarar yetkazuvchining aybi bo‘lishi hisoblanadi. Qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasnodir. Masalan:
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolik kodeksining 989-moddasi 1-qismiga muvofiq yuridik shaxs yoxud fuqaro o‘z xodimi mehnat (xizmat, lavozim) majburiyatlarini bajarib turgan vaqtida yetkazilgan zararni qoplaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Mehnat kodeksining 4, 120, 150, 154, 174, 568-moddalariga binoan sud mehnat va (yoki) mashg‘ulotlar sohasida kamsitishlar, ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etilishi, mehnat shartnomasini qonunga xilof ravishda o‘zgartirishi, ishdan qonunga xilof ravishda chetlashtirishi, mehnat shartnomasi qonunga xilof ravishda bekor qilinishi yoki mehnat shartnomasini bekor qilish asoslarining ta’rifini qonunga xilof ravishda o‘zgartirish oqibatida xodimga yetkazilgan ma’naviy azoblarni kompensatsiya qilish majburiyatini ish beruvchiga yuklashi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Jinoyat protsessual kodeksining 57-moddasiga muvofiq jabrlanuvchi, ya’ni jinoyat tufayli ma’naviy zarar ko‘rgan shaxs, jinoyat ishi yuritilishi jarayonida ma’naviy zararni qoplash haqida fuqarolik da’vosini qo‘zg‘ash huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Reabilitatsiya etilganning ma’naviy ziyonni undirishga bo‘lgan huquqi oqlov hukmi chiqarilganidan yoki jinoyat ishi tugatilganidan keyin vujudga kelishini nazarda tutish lozim (JPK 302, 303, 306, 309 va 310-moddalari). Reabilitatsiya etilganga yetkazilgan ma’naviy ziyonni undirish haqidagi da’vo fuqarolik ishi yuritish tartibida ko‘riladi (FK 1021-moddasi).
11. “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasiga binoan iste’molchining huquqlari buzilishi tufayli unga yetkazilgan ma’naviy zarar uchun uni yetkazgan shaxs, basharti u aybdor bo‘lsa, sud tomonidan belgilanadigan miqdorda haq to‘lashi lozim. Zararni qoplash miqdorini neustoyka bo‘yicha to‘lanadigan summa yoki tovar (ish, xizmat) qiymatiga tobe qilib qo‘yish mumkin emas, uni belgilashda har bir aniq holatda iste’molchiga yetkazilgan ruhiy va jismoniy azoblarning hajmi va xarakteriga asoslanish lozim. Ma’naviy zarar uchun haq to‘lash mulkiy ziyon va iste’molchi ko‘rgan zararning o‘rni qoplanishidan qat’i nazar, amalga oshiriladi.
Ma’naviy zarar, uni yetkazishda aybdor bo‘lgan javobgar(lar) tomonidan qoplanadi. Shu bois, bunday hollarda javobgar FKning 1018-moddasida ko‘rsatilganidek (tovar sotuvchi yoki tayyorlovchi) iste’molchining xohishiga ko‘ra aniqlanmasdan, balki ulardan qaysi biri iste’molchining huquqlarini poymol etishi natijasida ma’naviy zarar yetkazilganiga qarab aniqlanishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar sud muhokamasi davomida, da’vo bo‘yicha javob berishi lozim bo‘lmagan shaxsga nisbatan da’vo taqdim etilganligi aniqlansa, sud FPK 46-moddasi talablariga rioya qilgan holda ishga daxldor bo‘lmagan javobgarni ishga daxldor bo‘lgan javobgar bilan almashtirish yoki bu shaxsni qo‘shimcha javobgar sifatida jalb etishga haqli
Oldingi tahrirga qarang.
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, qarz shartnomasidan kelib chiqqan majburiyat, pul majburiyati bo‘lib, uni bajarmaganlik uchun javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi FKning 327-moddasida belgilanganligi sababli qarz oluvchining shartnoma bo‘yicha majburiyatni buzganligi qarz beruvchining ma’naviy zararni qoplash huquqini istisno etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.